scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

NAZAR ESHONQUL ROMANLARIDA SHAXS VA JAMIYAT ZIDDIYATI FALSAFIY TALQINI

Tursunboyeva Shohzoda

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yirik vakili Nazar Eshonqul ijodida inson, jamiyat, hayot va o‘lim konsepsiyasining falsafiy-badiiy talqini tahlil qilingan. Adib asarlarida insonning ruhiy iztirobi, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi ziddiyat, mavjudlik ma’nosini anglash, yolg‘izlik va ruhiy inqiroz kabi ekzistensial holatlar badiiy timsollar orqali yoritilgan. Shuningdek, “Go‘ro‘g‘li yohud hayot suvi” romanida demonizm, marginallik va “Kafka effekti” motivlari muallif dunyoqarashining o‘ziga xos jihati sifatida tahlil etilgan. Tadqiqot davomida Eshonqul ijodida Sharq va G‘arb adabiy an’analari sintezi, shaxsning ijtimoiy tuzumga qarshi ichki kurashi hamda ruhiy tanazzulning badiiy ifodasi yoritiladi.

Full text

Aprel, 2023-Yil 111 NAZAR ESHONQUL ROMANLARIDA SHAXS VA JAMIYAT ZIDDIYATI FALSAFIY TALQINI Tursunboyeva Shohzoda tursunboye[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17943215 Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yirik vakili Nazar Eshonqul ijodida inson, jamiyat, hayot va o‘lim konsepsiyasining falsafiy-badiiy talqini tahlil qilingan. Adib asarlarida insonning ruhiy iztirobi, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi ziddiyat, mavjudlik ma’nosini anglash, yolg‘izlik va ruhiy inqiroz kabi ekzistensial holatlar badiiy timsollar orqali yoritilgan. Shuningdek, “Go‘ro‘g‘li yohud hayot suvi” romanida demonizm, marginallik va “Kafka effekti” motivlari muallif dunyoqarashining o‘ziga xos jihati sifatida tahlil etilgan. Tadqiqot davomida Eshonqul ijodida Sharq va G‘arb adabiy an’analari sintezi, shaxsning ijtimoiy tuzumga qarshi ichki kurashi hamda ruhiy tanazzulning badiiy ifodasi yoritiladi. Kalit so‘zlar: Nazar Eshonqul, zamonaviy o‘zbek adabiyoti, ekzistensializm, hayot va o‘lim, demonizm, marginallik, Kafka effekti, falsafiy tahlil, shaxs va jamiyat. Аннотация. В данной статье анализируется философско-художественная интерпретация концепции жизни и смерти в творчестве одного из крупнейших представителей современной узбекской литературы — Назара Эшонкула. В произведениях писателя раскрываются экзистенциальные состояния человека — духовные страдания, конфликт между личностью и обществом, осмысление смысла бытия, одиночество и душевный кризис — посредством художественных образов. Кроме того, в романе «Гўрўгли, или Вода жизни» рассматриваются мотивы демонизма, маргинальности и «эффект Кафки» как своеобразные черты мировоззрения автора. В ходе исследования освещаются синтез восточных и западных литературных традиций в творчестве Эшонкула, внутренняя борьба личности против социального строя, а также художественное выражение духовной деградации. Ключевые слова: Назар Эшонкул, современная узбекская литература, экзистенциализм, жизнь и смерть, демонизм, маргинальность, эффект Кафки, философский анализ, личность и общество. Annotation. This article analyzes the philosophical and artistic interpretation of the concept of life and death in the works of Nazar Eshonqul, one of the prominent figures of contemporary Uzbek literature. In the author’s works, existential conditions such as human spiritual suffering, the conflict between the individual and society, the search for the meaning of existence, loneliness, and psychological crisis are revealed through artistic imagery. Moreover, in the novel “Go‘ro‘g‘li or the Water of Life,” the motifs of demonism, marginality, and the “Kafka effect” are examined as distinctive features of the author’s worldview. The study highlights the synthesis of Eastern and Western literary traditions in Eshonqul’s work, the individual’s inner struggle against the social order, and the artistic representation of spiritual decline. Keywords: Nazar Eshonqul, contemporary Uzbek literature, existentialism, life and death, demonism, marginality, Kafka effect, philosophical analysis, individual and society. Nazar Eshonqul ijodi zamonaviy o‘zbek adabiyotining eng muhim badiiy-falsafiy namunalaridan biri sifatida namoyon bo‘lib, unda inson mavjudligi, inson va jamiyat, inson va Aprel, 2023-Yil 112 muhit, hayot va o‘lim masalalariga chuqur estetik va falsafiy yondashuv kuzatiladi. Muallif ijodida hayot fenomeni oddiy realizm mezonlari doirasida emas, balki falsafiy ramzlar, psixologik o‘zgarishlar, ichki iztirob va ekzistensial izlanishlar vositasida talqin etilishi N.Eshonqulning zamondosh adiblar orasida alohida o‘rinni egallashini ta’minlagan omillardandir Jumladan, “Go‘rog‘li yohud hayot suvi” romanida jamiyat tomonidan o‘lik deb e’lon qilingan qahramon butun roman davomida o‘zining tirikligini isbotlashga urinadi. Bu roman antiutopik asar hisoblanib, bunday asarlar qorong‘i, repressiv yoki zulmga asoslangan jamiyatni tasvirlaydi. Bu turdagi asarlar, ko‘pincha, insoniyatning kelajagi haqida ogohlantirish berish, ijtimoiy muammolarni yoritish yoki totalitar tizimlarning xavfini ko‘rsatish uchun yoziladi. Romanda poyezd tagida qolib o‘lgani haqida gazetaga bosilgan xabardagi xatolik tufayli jamiyat tomonidan o‘ldiga chiqarilgan qahramon asar so‘nggigacha jamiyatga tirikligini, o‘z mavjudligini isbotlashga urinadi. Biroq uddalay olmaydi. Adabiyotda bunday hodisalar Kafka effekti deb ataladi, ya’ni Frans Kafka asarlarida tasvirlangan g‘alati, tushunarsiz va tushga o‘xshash holatlarni ifodalaydi. Bu atama, Kafka qahramonlarining byurokratik mantiqsiz va begona muhitlarda o‘zini ojiz va tushunarsiz vaziyatlarda topishlarini tasvirlaydi 1 . Nazar Eshonqulning ushbu romani qahramoni N. ham xuddi F.Kafkaning “Jarayon” romanidagi K. kabi tushunarsiz va g‘alati vaziyat qurboni bo‘lgandi. Insonlardagi individualizmga tupurgan, “T. mi, N.mi kim ekanlgining farqi yo‘q”, inson taqdiri, fuqarolari hayotidan ko‘ra hujjat va qog‘ozlardagina mavjud bo‘lgan o‘zining obro‘si va kuchini ustun qo‘ygan tuzum esa asta-sekin o‘limiga qahramonning o‘zini ham ishontirish uchun bor imkonini qo‘llaydi, hamda so‘nggida o‘z niyatiga yetadi. Kurashdan charchagan, hayoti, ishi, uyidan mahrum bo‘lgan personaj o‘z joniga qasd qiladi, ya’ni tuzum istaganidek poyezd tagiga o‘zini otadi: “Uni hamma o‘lganga chiqargan, endi bu hukmni hech narsa bilan o‘zgartirib bo‘lmas, uning tiriklik da’vo qilgan barcha harakatlari zoe ketgan, aksincha, uni tiriklik da’vo qilgani sari shunchalik lahadga itarishgan edi” 2 . Qahramon 33 yillik hayoti davomida hech kim bo‘lib yashagani, hech kim bo‘lib o‘lgani va tirigining hech kimga qizig‘i yo‘q ekanligini tushunib yetgach, “qahramon o‘zining qismatiga o‘qilgan ijtimoiy hukmni ijro etadi” 3 . O‘z joniga qasd qilish, odatda, kishining yoki o‘zini yo‘q qilish, inkor qilish uchun yoki jamiyatga qarshi isyoni sifatida yuzaga keladi. Lekin bu romandagi suitsid inkor ham, isyon ham emas edi. N. jamiyat talabiga ko‘nishga, kurashni to‘xtatishga majbur bo‘lgandi. Istiqlol davri o‘zbek romanlarida Sharq va G‘arb an’analarining badiiy sintezini tadqiq qilgan Sh.Davronova ushbu romandagi qahramon suitsidining tub ildizlari muallifning ekzistensial qarashlariga bog‘liq ekanligi hamda hayot va o‘lim o‘rtasidagi chegaraviy vaziyatda personajning tutgan yo‘li milliy xarakter talablaridan uzoqlashish deb hisoblaydi, vaziyatga e’tiqodiy qadriyatlar hamda Sharqona axloq prinsiplariga ko‘ra baho beradi. Ammo shu bilan birga muallif qahramonning individualizm va shaxsiy o‘zlikni tan oldirish borasida muvaffaqqiyatsizlikka uchrashi natijasidagi suiqasdiga bir tomondan ijtimoiy tuzumning aybi ekanligi, boshqa jihatdan esa, inson ming harakat qilmasin, muayyan vaziyatlarda baribir ilojsiz qolishi haqidagi ehtimollarni inkor etmaydi. Ayni paytda bu romandagi suitsid yondashuvi muallifning adabiy1 https://heritageclassicbooks.com/kafkaesque/ 2 Nazar Eshonqul. Saylanma II: roman va qissalar. – Toshkent: “Akademnashr”, 2022, 277-b 3 Davronova Sh. Istiqlol davri o‘zbek romanlarida Sharq va g‘arb an’analarining badiiy sintezi. – T.: 2019.253-b Aprel, 2023-Yil 113 estetik g‘oyalariga bevosita aloqador emas, balki ijtimoiy muammolarni aks ettirish uslubining aksi o‘laroq qabul qilish to‘g‘ri bo‘ladi deb hisoblaydi. Ammo fikrimizcha, ushbu ijodkor badiiyatida majburiy o‘lim, ayniqsa, suidsid ko‘lami kengligi ijtimoiy muammolar hosilasidan ham ko‘proq muallifning psixologik holati va dunyoqarashini aks ettiradi. Muallifning o‘zi esa bunday milliy an’analardan uzoqlashish “tashxis”lariga munosabatini quyidagicha bayon qiladi: “Adabiyot hech qachon yakka holda taraqqiy etgan emas… An’analar adabiyotdan adabiyotga tabiiy ravishda o‘tadi. Kimda nimaga ehtiyoj bo‘lsa, o‘shani oladi. Men ham o‘z ehtiyojimga yarasha olganman. Hatto ba’zi hikoyalarimda ataylab, bildirib olganman… Men ta’sirni juda oddiy tushunaman, shu sababli cho‘chimayman. “Boshqacha yozish” agar o‘ziga xos yozish bo‘lsa, muqarrar hodisadir” 4 . Muallif bu o‘rinda o‘zini haqli deb biladi, chinakam san’atkor uchun Sharq va G‘arb adabiyoti degan ayri tushunchalar yo‘q deb hisoblaydi, ular o‘rtasiga Xitoy devori qo‘yib, bu G‘arb an’anasida, bu Sharq qadriyatlariga ko‘ra yozilganiga qarab qiymat berish, jahon adabiyoti tushunchasiga cho‘chib havotir bilan yondashish ijod jarayonini chegaralaydi, tasvir ko‘lamini toraytiradi. Nazar Eshonqulning aksariyat asarlarida ilk gunoh, qurbonlik, ilohiy taqdir motivlarini demonizm motivi to‘ldiradi. Demonizm yovuz kuchlar: ruh, iblis va jinlar bilan bog‘liq tushuncha. U romantizm adabiy yo‘nalishida inson ruhining qorong‘u tomonlarini, isyonkorlikni va yovuzlik bilan bog‘liq ichki kurashni tasvirlaydi. Romantik demonizmda shaytoniy qahramonlar, jinlar yoki iblis bilan kurashayotgan insonlar tasvirlanadi. Bu qahramonlar, odatda, og‘ir individualizm (jamiyatdan ajraib qolish), g‘amginlikdan aziyat chekishadi. Tubanik va olijanoblik o‘rtasidagi kurash hamda g‘ayritabiiy yovuz kuchlarga moyillik bilan ajralib turishadi. Aksariyat, jamiyat tomonidan rad etilgan yoki o‘z yo‘lini o‘zi tanlaydigan, halokatga mahkum shaxs sifatida tasvirlanishadi. Demonik qahramon ko‘pincha jamiyat me’yorlarini rad etadi va mutlaq erkinlikka intiladi, ko‘pincha, insonlar orasida o‘zini begonadek his qiladi, yaxshilik va yovuzlik o‘rtasida, ehtiros va vijdon orasida ichki azob chekadi. Romantik demonizm ko‘pincha shayton, jinlar, sirli kuchlar yoki la’natlar bilan bog‘liq. Jahon adabiyotida Gyotening “Faust”, Bayronning “Manfred”, Lermontovning “Demon” asarlaridagi qahramonlar bilan shunday bo‘lgan edi. Nazar Eshonqulning ham “Tun panjaralari” qissasidagi jinlar, “Taqiq mevasi” va “Qora kitob”dagi insonni yo‘ldan ozdiruvchi va halokatga yetaklovchi Iblis timsollari insonning ichki zaifliklari, nafsga berilish va ma’naviy inqiroz, bu inqiroznng insoniyat tarixidagi ibtidosi va intihosining belgisi sifatida tasvirlangan bo‘lsa, “Go‘ro‘g‘li yohud hayot suvi”dagi qahramonning o‘zi jamiyat holatiga ko‘ra demonik qahramon edi deyish mumkin. Bu asarlardagi umumiy ideologiyaga ko‘ra, inson ruhining tanazzuli ibtidodayoq boshlangan, bu esa, ishonchsizlikka, marginallikka (shaxsning jamiyatdan ajralib yakkalanishiga) olib keladi, bu tanazzul inson hayotini ma’nosiz qiladi va ruhning o‘limiga sabab bo‘ladi. Ruhi o‘lganidan so‘ng jismoniy o‘lim tabiati ahamiyatsiz bo‘lib qoladi. Obrazlardagi shubha, ishonchsizlik, kibr, ruhiy bo‘shliq va o‘limga nisbatan hissiyotlar Nazar Eshonqul asarlarida g‘arb adabiyotining asosiy xususiyatlarini aks ettiradi. Nazar Eshonqul ijodi o‘zbek adabiyotida hayot va o‘lim konsepsiyasining yangi estetik modelini yaratgan. Uning badiiy-falsafiy qarashlari, ramzlar tizimi, timsollar vositasida ifodalangan hayotiy haqiqatlari, inson ruhiyatining eng nozik va murakkab qatlamlarini yoritishga 4 Nazar Eshonqul. Kitob bandasi. – Toshkent. “Akademnashr”. 2022. 352-b. Aprel, 2023-Yil 114 yo‘naltirilganligi bilan o‘ziga xos va betakror adabiy hodisa sifatida e’tirof etilishi zarur. Bu zamonaviy adabiyotshunoslik uchun nafaqat badiiy, balki falsafiy-tanqidiy tahlil uchun boy manba hisoblanadi. Asarlarida hayotdan norozilik, jamiyatga isyon, umidsizlik, yolg‘izlik, dahshat, ruhiy va jismoniy og‘riq kabi holatlar badiiy syujet va obrazlar vositasida chuqur mushohada qilingan N.Eshonqul qahramonlari ko‘pincha quyidagi bosqichlarni boshdan kechirishadi: hayotdan ma’no izlash, o‘z mavjudligini anglash, uni ongli ravishda tanqid qilish va uni rad etish. Bu esa muallifning asarlari absurd va ekzistensializm falsafasiga yaqinligini ko‘rsatadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. https://heritageclassicbooks.com/kafkaesque/ 2. Nazar Eshonqul. Saylanma II: roman va qissalar. – Toshkent: “Akademnashr” nashriyoti, 2022 3. Davronova Sh. Istiqlol davri o‘zbek romanlarida Sharq va g‘arb an’analarining badiiy sintezi. – T.: 2019.253-b 4. Nazar Eshonqul. Kitob bandasi. – Toshkent. Akademnashr” nashriyoti, 2022. 352-b.