BOLALARNI MAKTAB TA'LIMIGA INTELLEKTUAL TAYYORLASHDA RIVOJLANTIRUVCHI O'YINLARDAN FOYDALANISH
Abstract
Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy rivojlantiruvchi o‘yinlar haqida, o‘yinlarni o‘tkazishning maqsadi, vazifalari va usullari haqida ma’lumotlar berilgan. Bu o‘yinlar asosan maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda bolalarni aqliy rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
Full text
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 95 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17943225 BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA INTELLEKTUAL TAYYORLASHDA RIVOJLANTIRUVCHI O‘YINLARDAN FOYDALANISH Abdullayeva Feruza Shavkatovna Fan va texnologiyalar universiteti “Pedagogika” kafedrasi katta o‘qituvchisi [email protected] ANNOTATSIYA Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy rivojlantiruvchi o‘yinlar haqida, o‘yinlarni o‘tkazishning maqsadi, vazifalari va usullari haqida ma’lumotlar berilgan. Bu o‘yinlar asosan maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda bolalarni aqliy rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Kalit so‘zlar: o‘yinlar, aqliy rivojlantirish, maktabgacha ta’lim, idrok, diqqat, tafakkur, xotira, qobiliyat, o‘quv jarayoni, jarayon, fikrlash, didaktik o‘yin. АННОТАЦИЯ В статье представлена информация об интеллектуально развивающих играх для детей дошкольного возраста, а также о целях, задачах и методах проведения этих игр. Эти игры в основном предназначены для воспитанников подготовительной группы к школе и направлены на умственное развитие детей при подготовке их к школьному обучению.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 96 Ключевые слова: игры, умственное развитие, дошкольное образование, восприятие, внимание, мышление, память, способности, учебный процесс, процесс, мышление, дидактическая игра. ABSTRACT This article provides information about intellectually stimulating games for preschool-aged children, including the purpose, objectives, and methods of conducting these games. These games are primarily designed for children in school preparatory groups and aim to foster the mental development of children in preparation for their school education. Keywords: games, mental development, preschool education, perception, attention, thinking, memory, ability, learning process, process, reasoning, didactic game. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining maktabga tayyorlov guruhlarida harakatli o‘yinlar va shu bilan bir qatorda bolalarning intellectual qobilyatlarini rivojlantiruvchi o‘yinlar ham o‘tkazish lozim. Bu o‘yinlar bolalarni idroki, diqqati, tafakkuri, xotirasi va ijtimoiy-hissiy jarayonlarni rivojlantirish va shu asosda bolani maktabdagi ijtimoiy hamda o‘quv jarayonlariga aqliy jihatdan tayyorlashga xizmat qiladi. Bunday o‘yinlarga quyidagi o‘yinlarni kiritishimiz mumkin: “Juftini top” (Aqliy (intellektual) rivojlantiruvchi didaktik o‘yin.) Maqsad: Bolalarda e’tibor, fikrlash, diqqat hamda eslab qolish qobiliyatini rivojlantirish. O‘yin qoidasi: Stol ustiga bir tomoni rasmli bir tomoni rasmsiz bo‘lgan kartochkalar rasmi pastga qaratib qo‘yiladi. Kartochkalarda shakl, rang yoki buyumlarning rasmi bo‘lishi mumkin. Rasmlarda bir necha juft bir xil predmetlar tasvirlangan bo‘lishi kerak. Bolalarning barchasi kartalar joylashtirilgan stol atrofida
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 97 joylashadilar. Qatnashchi bola chiqib 2 ta kartochkani ochadi va qanday rasmlar chiqqanini bolalarga ko‘rsatadi. Agar 2 ta bir xil rasm chiqsa, qatnashchi bola rasmdagi predmetning xususiyatlarini aytadi, agar bir xil rasm chiqmasa rasmlarni o‘girib yana joyiga qo‘yadi. Kuzatayotgan bolalar barcha rasmlarni va ularning joylashgan o‘rnini eslab qolishga harakat qilishlari va bir xil rasmlarni topishga harakat qilishlari kerak bo‘ladi. O‘yin oxirida kim ko‘p karta yig‘ib olgan bo‘lsa shu bola o‘yin g‘olibi bo‘ladi. Natija: Bolalarda diqqat, xotira, tafakkur rivojlanadi hamda bolalar jamoaviy ishlash ko‘nikmalari mustahkamlanadi. Bundan tashqari, rasmlardagi predmetlarning xususiyatlarini aytish jarayonida bolalar o‘z tajribalari va bilimlarini namoyon qilishlariga imkon yaratiladi. “Jenga boom” (Didaktik – koordinatsion va jamoaviy o‘yin) Maqsad: Bolalarda e’tibor, mantiqiy fikirlash, mayda motorika va muvozanatni saqlash, kuzatuvchanlik, mustaqil qaror qabul qilish hamda hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, guruh bilan ishlash, navbat kutish va tartibni saqlash madaniyatini shakllantirish. O‘yin qoidasi: 1. Har bir bola navbati bilan bitta jenga bo‘lagini minoradan chiqaradi. 2. Chiqarilgan bo‘lak minoraning ustiga ehtiyotkorlik bilan qo‘yiladi. 3. Kim minorani qulatib yuborsa, unga “Boom!” deyiladi. 4. O‘yin sabrlilik, muvozanat va e’tibor bilan o‘ynaladi.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 98 “Jenga boom” o‘yini 1970-yil Lesli Skot tomonidan yaratilgan. O‘yinni dastlab o‘zining farzandlari uchun yaratgan va o‘yin shunchaki kubiklarni chetga surib qo‘yish orqali o‘ynalgan. Keyinchalik Lesli Skot o‘yinni murakkablashtirgan va minora orasidan olingan kubiklar minora ustiga qo‘yish orqali takomillashtirilgan. “Geo doska bilan shakllarni yasaymiz” (Didaktik o‘yinlar toifasiga kiradi va tasviriy san’at, matematika hamda maktabgacha ta’limda sensor rivojlanish mashg‘ulotlarida keng qo‘llaniladi. Inklyuziv guruhlardada ham qo‘llanilishi mumkin.) Maqsad: Bolalarni geometrik shakllar haqidagi bilimlarini mustahkamlash, qo‘l barmoqlari harakati va mayda motorikani rivojlantirish. Kuzatish, tafakkur va fazoviy tasavvurni shakllantirish. O‘yin qoidasi: 1. Tarbiyachi bolalarga geo doskani va rezinkalarni tarqatadi. 2. Tarbiyachi aytadi: “Keling endi doskamizda kvadrat shaklini hosil qilamiz”! “Endi uni to‘g‘ri to‘rtburchakka aylantiraylik”! “Kim endi chiroyli uchburchak yasaydi?”
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 99 3. Har bir bola rezinkani mixlar orasiga tortib, shakl hosil qiladi. 4. So‘ngra shakl nomini aytadi, bolalar birgalikda takrorlaydi. 5. Tarbiyachi savol beradi: “Bu shaklning nechta tomoni bor?” “Kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchakning qanday farqi bor?” Bunday o‘yinlarni tashkil qilish bolalarda ta’limiy jarayonga bo‘lgan qiziqishni oshiradi, bolalarni aqliy va mantiqiy qobilyatlarini rivojlantirishda juda katta yordam beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarori. 2. O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi”qonuni 3. M.F.Dadaxodjayeva, K. Murotmusayev, F.Abdullayeva “Yosh psixologiyasi”. Darslik. Toshkent-2024 4. F.Abdullayeva. “Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent-2025 5. www.ziyonet.uz. 6. www.pedagog.uz. 7. www. tdpu. uz. 8. www. edu. uz