NOSIMMETRIK HOLATLARDA 0,4 kV KUCHLANISHLI LINIYALARDAGI QO'SHIMCHA ELEKTR ENERGIYA ISROFLARI
Abstract
Maqolada kuchlanish va toklar nosimmetriyasini vujudga keltiruvchi sabablar keltirilgan. Bundan tashqari Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida joylashgan “Log‘on 35/10” podstansiyasining “Zarbdor” fiderining 0,4 kV li tarmoqlarida olib borilgan tadqiqotlar natijasida nosimmetrik rejimlarda hosil bo‘ladigan quvvat isroflari hisoblangan.
Full text
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 5 DOI: https://10.5281/zenodo.17945766 NOSIMMETRIK HOLATLARDA 0,4 kV KUCHLANISHLI LINIYALARDAGI QO‘SHIMCHA ELEKTR ENERGIYA ISROFLARI Komoliddinov Soxibjon Solijon o‘g‘li Farg‘ona davlat texnika universiteti katta o‘qituvchisi E-mail: [email protected] Qodirov Afzaljon Axror o‘g‘li Farg‘ona davlat texnika universiteti katta o‘qituvchisi ANNOTATSIYA Maqolada kuchlanish va toklar nosimmetriyasini vujudga keltiruvchi sabablar keltirilgan. Bundan tashqari Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida joylashgan “Log‘on 35/10” podstansiyasining “Zarbdor” fiderining 0,4 kV li tarmoqlarida olib borilgan tadqiqotlar natijasida nosimmetrik rejimlarda hosil bo‘ladigan quvvat isroflari hisoblangan. Kalit so‘zlar: nosimmetrik rejim, elektr energiyasi isroflari, kuchlanish nosimmetriyasi, tok nosimmetriyasi, aktiv quvvat yo‘qotishlari, reaktiv quvvat yo‘qotishlari, transformator punktlari, fider tahlili, elektr tarmoqlari sifat ko‘rsatkichlari, normativ hisoblash usullari. ADDITIONAL ELECTRICAL ENERGY LOSSES IN 0.4 KV DISTRIBUTION LINES UNDER UNBALANCED CONDITIONS ABSTRACT The article describes the causes of voltage and current asymmetry. Additionally, based on research conducted in the 0.4 kV network of the "Zarbdor" feeder, supplied by the "Logon 35/10" substation in the Fergana district, Fergana region, the power losses arising under asymmetric conditions were calculated. Keywords: asymmetric mode, electrical energy losses, voltage asymmetry, current asymmetry, active power losses, reactive power losses, transformer points, feeder analysis, power grid quality indicators, normative calculation methods.
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 6 KIRISH Zamonaviy elektr tarmoqlari samaradorligini oshirish va elektr energiyasi sifatini nazorat qilish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, 0,4 kV kuchlanishli tarmoqlarda nosimmetrik rejimlar sababli yuzaga keladigan qo‘shimcha energiya yo‘qotishlari ushbu masalaning dolzarbligini yanada oshiradi. Nosimmetrik yuklamalar natijasida kuchlanish va toklarning notekis taqsimlanishi, elektr tarmog‘ining ishonchliligini pasaytirib, energiya yo‘qotishlarini oshiradi. Uch fazali tizimda kuchlanish va toklarning nosimmetriyasi elektr energiya sifatining eng muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Kuchlanish va toklar nosimmetriyasining paydo bo‘lishini asosiy sababi – elektr ta’minoti tizimining nosimmetrik ish rejimlaridir. Elektr ta’minoti tizimida har xil turdagi bir fazali katta quvvatli elektr termik qurilmalarini keng qo‘llanilishi va uch fazali elektr yoy pechlari nosimmetrik yuklamalarning ulushini sezilarli oshishiga olib kelmoqda [1, 3]. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Kuchlanish nosimmetriyasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan xarakterlanadi: • Nominal liniya kuchlanishiga 𝑈𝑛𝑜𝑚 asosiy chastotaning teskari ketma-ketlikdagi kuchlanishining 𝑈2 nisbati bilan teng bo‘lgan kuchlanish nosimmetriyasini teskari ketma-ketlik koeffitsienti 𝐾2𝑈, %. Nominal faza kuchlanishiga 𝑈𝑛𝑜𝑚 asosiy chastotaning nol ketma-ketlikdagi kuchlanishining 𝑈0 nisbati bilan teng bo‘lgan kuchlanish nosimmetriyasini nol ketma-ketlik koeffitsienti 𝐾0𝑈, %; GOST bo‘yicha elektr tarmog‘iga umumiy ulanish nuqtalarida kuchlanish nosimmetriyasini teskari ketma-ketlik koeffitsientining normal va ruxsat etilgan chegaraviy qiymatlari mos ravishda 2,0 va 4,0% ni tashkil qiladi. Nominal kuchlanishi 0,4 kV bo‘lgan to‘rt simli elektr tarmoqlariga umumiy ulanish nuqtalarida kuchlanish nosimmetriyasini nol ketma-ketlik koeffitsientining normal ruxsat etilgan va ruxsat etilgan chegaraviy qiymatlari mos ravishda 2,0 va 4,0% ni tashkil etadi [2, 4]. HL, KL, tok o‘tkazuvchi shinalar yoki ikki chulg‘amli transformatorlarda tayanch davrda elektr energiyasining yuklama yo‘qotishlari quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi [2]: ∆𝑊𝑦𝑢𝑘 =3∙𝑅∙∑(𝐼𝑗2∆𝑡𝑗) 𝑀 𝑗=1 ∙10−3 =𝑅∙∑(𝑃𝑗2+𝑄𝑗 2 𝑈𝑗2∙∆𝑡𝑗) 𝑀 𝑗=1 ∙10−3,𝑘𝑉𝑡 ∙ 𝑠𝑜𝑎𝑡 (1) bu yerda: 𝑅HL, KL tok o‘tkazuvchi shinalar yoki ikki chulg‘amli transformatorlarning aktiv qarshiligi, Om, 𝐼𝑗−∆𝑡𝑗 vaqt oralig‘ida o‘zgarmas deb olinadigan HL, KL tok o‘tkazuvchi shinalar yoki ikki chulg‘amli transformatorning tok yuklamasi, А, 𝑃𝑗,𝑄𝑗−∆𝑡𝑗 vaqt oralig‘ida o‘zgarmas deb olinadigan HL, KL tok o‘tkazuvchi shinalar yoki ikki chulg‘amli transformatorning aktiv va reaktiv quvvati
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 7 qiymatlari, mos ravishda MVt, MVAr, 𝑈𝑗−∆𝑡𝑗 vaqt oralig‘ida o‘zgarmas deb olinadigan HL, KL tok o‘tkazuvchi shinalar yoki ikki chulg‘amli transformatorlardagi kuchlanish qiymati, V, ∆𝑡𝑗−R qarshilikka ega bo‘lgan tarmoq elementining yuklamasi o‘zgarmas deb olinadigan vaqt oralig‘I, M-tayanch davridagi ∆𝑡𝑗 vaqt oraliqlar soni. 0,4 kV kuchlanishli liniyadagi elektr energiyasi yo‘qotilishi tarmoqqa berilgan elektr energiyasining qiymatidan (foizda) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi [2, 11]: ∆𝑊%=0,7∙𝐾НТ∙∆𝑈∙ 𝜏 𝑇𝑚𝑎𝑥 (2) bunda: ∆𝑈− tarmoqning maksimal yuklamasida TP shinalaridan eng uzoq elektr qabul qilgichgacha kuchlanishning yo‘qotilishi, %, 𝐾нт− yuklamaning fazalar bo‘yicha notekis taqsimlanishini hisobga oluvchi koyeffisent, Agar TP ning shinalarida o‘lchangan faza kuchlanishining darajalari har xil bo‘lsa, ∆𝑈 ni aniqlashda TP ning shinalaridagi uchta o‘lchangan kuchlanishning o‘rtacha arifmetik qiymati qabul qilinadai. Agar yuklamaning maksimal qiymatida magistral liniyaning eng uzoq nuqtasidagi uch fazali kirishda faza kuchlanishi o‘lchangan bo‘lsa, hisoblash uchun o‘lchangan uchta qiymatlardan eng kichigi qabul qilinadi [2, 8, 10]. 𝐾нт koyeffisenti quyidagicha aniqlanadi: 𝐾НТ =3∙𝐼𝐴 2+𝐼𝐵 2+𝐼𝐶 2 𝐼𝐴+𝐼𝐵+𝐼𝐶∙(1+1,5𝑅𝐻 𝑅𝐹)−1,5𝑅𝐻 𝑅𝐹, (3) bunda: 𝐼𝐴,𝐼𝐵,𝐼𝐶− fazalarning o‘lchangan tok yuklamalari, 𝑅Н 𝑅Ф− nol va faza simlari qarshiliklarining nisbati. Fazalarning tok yuklamalari to‘g‘risidagi ma’lumot mavjud bo‘lmagan holda: 𝑅Н 𝑅Ф=1 bo‘lgan liniyalar uchun𝐾нт =1,13, 𝑅Н 𝑅Ф=2 bo‘lgan liniyalar uchun 𝐾нт = 1,2 0,4 kV li K ta liniyalardagi elektr energiyasining nisbiy yo‘qotishlari quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi [2, 3, 5]: ∆𝑊%∑ =∑∆𝑊% 𝑖∙𝐼𝑖 𝐾 𝑖=1 ∑𝐼𝑖 𝐾 𝑖=1 , (4) bu yerda: ∆𝑊% 𝑖− i chi liniyadagi elektr energiyasining nisbiy yo‘qotishlari, 𝐼𝑖− i chi liniyaning bosh uchastkasidagi maksimal yuklama. 0,4 kV li elektr tarmoqlarda elektr energiyasi yo‘qotishlarini aniq hisoblash uchun boshlang‘ich ma’lumotlar yetarli darajada mavjud bo‘lganda 0,4 kV kuchlanishli alohida liniyalarda elektr energiyasini yo‘qotishlarini hisoblashda quvvat va elektr energiyasi yo‘qotishlarini elektr tarmog‘i sxemasi va rejim parametrlaridan foydalanib, uning elementlari bo‘yicha hisoblash metodini qo‘llash tavsiya etiladi [6, 7, 9].
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 8 NATIJALAR Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida joylashgan “Log‘on 35/10” podstansiyasining “Zarbdor” uzatmasining 0,4 kV li tarmoqlarida olib borilgan o‘rganishlarga ko‘r uzatmada 20 TP bo‘lib, ularning 55 % tik quduq nasoslari uchun, qolgan 45 % TP lar aholiga to‘g‘ri keladi. O‘lchash ishlari aholini ta’minlovchi TPlarda bajarilgan. TPlarni o‘lchash natijalari 1-jadvalda keltirilgan. Ma’lumotlar har bir transformator punktida uch fazali kuchlanishning boshlang‘ich va TP ning eng uzun liniyasining oxirgi nuqtasidagi qiymatlari, shuningdek, har bir fazadagi toklari bo‘yicha tahlil qilindi. Zarbdor uzatmasidagi TPlar 1-jadval TP nomeri U boshlanish (V) U oxiri (V) I (A) A faza B faza C faza A faza B faza C faza A faza B faza C faza TP50 255 258 258 250 240 238 0 8 24 TP28 239 240 241 230 236 229 16,8 11,2 23,2 TP303 232 251 238 219 237 226 46 45,2 56 TP23 234 236 236 225 224 229 0,07 0,4 0,6 TP332 234 236 236 225 229 230 72 72 72 TP28 228 229 219 219 217 213 2,8 16 24 TP324 229 226 227 223 221 220 50,4 56 78 TP723 235 232 231 220 216 221 30 30 32 TP842 232 225 225 221 218 214 136 132 140 TAHLIL “TP 50” punktida kuzatildilgan holat. A fazadagi kuchlanish 255 V dan 250 V ga tushdi (5 V farq). Toki 0 ga teng. Bu holat tarmoqda umuman yuklama yo‘qligini bildiradi. Kuchlanishning o‘zgarishi bo‘lsa, liniyaning qarshiligiga bog‘liq holda o‘zgarmoqda. B fazasidagi kuchlanish 258 V dan 240 V ga tushdi. Toki 8 A ni tashkil etmoqda. Bu holat liniyaning uzunligi bilan tushuntirish mumkin. C favadagi 258 V kuchlanish liniya oxirida 238 V ga tushmoqda va 24 A tok oqmoqda. “TP 28” punktida A fazada 2,8 A, B fazada 16 A, C fazada esa 24 A tok oqmoqda. Bu yuklamani teng taqsimlash zarurligini ko‘rsatadi. 2-jadvalda TP lardagi qo‘shimcha energiya yo‘qotishlari keltirilgan.
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 9 TP lardagi qo‘shimcha energiya yo‘qotishlari 2-jadval TP nomeri Transformator quvvati, kVA knt dU W% ТP50 100 3,188 7,393 9,897 TP28 160 1,206 4,583 2,322 TP303 100 1,025 8,877 3,822 TP23 63 1,939 4,816 3,921 TP332 100 1,000 4,391 1,844 TP29 160 1,939 5,473 4,456 TP324 100 1,094 3,226 1,482 TP723 100 1,002 7,163 3,016 TP842 63 1,001 5,865 2,467 2-jadvaldan ko‘rinib turubdiki yuklamaning fazalar bo‘yicha notekis taqsimlanishini hisobga oluvchi koyeffisent katta bo‘lgan TP larda energiya isrofi yuqori bo‘lgan. Bundan kelib chiqadiki, notekis taqsimlangan yuklamalarda qo‘shimcha energiya yo‘qotishi yuqori bo‘ladi [12, 13]. 1-rasmda TPlar kesimida qo‘shimcha quvvat yo‘qotilishini keltirilgan. 2-rasmda qo‘shimcha quvvat yo‘qotilishini yuklamaning fazalar bo‘yicha notekis taqsimlanishini hisobga oluvchi koyeffisent bilan bog‘lanishi ko‘rsatilgan. 1-rasm. TPlar kesimida qo‘shimcha quvvat yo‘qotilishi
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 10 2-rasm. Qo‘shimcha quvvat yo‘qotilishini yuklamaning fazalar bo‘yicha notekis taqsimlanishini hisobga oluvchi koyeffisent bilan bog‘lanishi XULOSA Kuchlanishning sezilarli pasayishi kuzatilgan joylarda tarmoqni qayta optimallashtirish kerak. Tarmoqdagi qarshilikni kamaytirish uchun o‘tkazgich sifatini oshirish yoki transformator quvvatini moslashtirish tavsiya etiladi. Fazalar o‘rtasidagi notekis yuklanishni bartaraf etish uchun qayta muvofiqlashtirish amalga oshirilishi kerak. Tok qiymatlari o‘rtasidagi katta farqlarni kamaytirish tarmoqning samaradorligini oshiradi. 0,4 kV li elektr tarmoqlarida qo‘shimcha isroflar asosan kuchlanish pasayishi va yuklamaning notekis taqsimlanishi bilan bog‘liq. Transformator punktlari bo‘yicha tahlillar ushbu isroflarni kamaytirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rishni talab etadi. Ma’lumotlar asosida amalga oshirilgan tavsiyalar tarmoq samaradorligini oshirishga yordam beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. GOST 13109-97. Нормы качества электрической энергии в системах элетроснабжения общего назнечения. -М.: Изд-во стандартов, 1998. 2. O‘zbekiston Respublikasi Adilya vazirligi tomonidan 2017 yil 31-mart kuni ro‘yxatdan o‘tkazilgan va 2871 tartib raqami berilgan “Elektr energiyasini elektr tarmoqlari bo‘ylab uzatish va taqsimlashda texnologik yo‘qotishlarning normativlarini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 3,188 1,206 1,025 1,939 1 1,939 1,094 1,002 1,001 W % KNT
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 11 3. I.X.Xoliddinov. “Elektr energiya sifat ko‘rsatkichlarini nazorat qilish”. O‘quv qo‘llanma. 2022. 4. Kamoliddinov S. et al. Регулировка изменения напряжения в устройстве автокомпенсatsiи (на примере одной фазы) //Главный редактор: Ахметов Сайранбек Махсутович, д-р техн. наук. – 2022. – С. 49. 5. Холиддинов И. Х., Неъматжонов Х., Кoмолддинов С. Моделирование коэффициента несимметрии и потерь мощности в электрических сетях 0, 4 кв //Известия. – 2021. – Т. 2. – С. 255. 6. Khojiakbar E. et al. Development of simulation model of smart phase selector device //E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2023. – Т. 461. – С. 01051. 7. ўғли Комолдинов C. С. Расчет дополнительных потерь мощности, образующихся в трансформаторах под действием гармоник более высокого порядка //Educational Research in Universal Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 16 special. – С. 519-523. 8. Kholiddinov I. et al. Estimation the state of power quality in distribution networks using fuzzy logic //E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2024. – Т. 538. – С. 01011. 9. Kholiddinov I. On the method of calculating the coefficient of asymmetry in the reverse sequence //AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing, 2023. – Т. 2789. – №. 1. 10. Khosiljonovich K. I., Solidjon o‘g‘li K. S. Application Of The Method Of Indeterminate Lagrange Multipliers For Optimal Power Distribution Of Compensating Devices Between Consumers. – 2023. 11. Холиддинов И. Х. и др. анализ снижения потерь в электрических сетях при использовании современных электрических кабелей //Universum: технические науки. – 2022. – №. 6-6 (99). – С. 26-30. 12. Комолддинов Сохибжон Солижон Ўғли ЭКОНОМИЯ ЭЛЕКТРИЧЕСКОЙ ЭНЕРГИИ ЗА СЧЕТ СНИЖЕНИЯ РЕАКТИВНОЙ МОЩНОСТИ В ВЕРТИКАЛЬНЫХ СКВАЖИННЫХ НАСОСАХ // Universum: технические науки. 2024. №12 (129). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ekonomiyaelektricheskoy-energii-za-schet-snizheniya-reaktivnoy-moschnosti-v-vertikalnyhskvazhinnyh-nasosah (дата обращения: 05.12.2025). 13. Cахибжон Солижон ўғли Комолдинов РАСЧЕТ ДОПОЛНИТЕЛЬНЫХ ПОТЕРЬ МОЩНОСТИ, ОБРАЗУЮЩИХСЯ В ТРАНСФОРМАТОРАХ ПОД ДЕЙСТВИЕМ ГАРМОНИК БОЛЕЕ ВЫСОКОГО ПОРЯДКА // Educational Research in Universal Sciences. 2023. Vol. 2 No. 16 SPECIAL. URL: https://erus.uz/index.php/er/article/view/5026.