IELTS VA TOEFLNI TAHLILIY TAQQOSLASH
Abstract
Ushbu maqolada IELTS va TOEFL xalqaro ingliz tili imtihonlari o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlar tahlil qilindi. Imtihonlarning formatlari, baholash tizimi, bo‘limlari, afzalliklari, kamchiliklari va qo‘llanilish sohasi yoritildi. Tahlil natijasida har ikki imtihonning turli ehtiyojlarga mos ravishda foydali ekani ko‘rsatildi. Maqola ingliz tilini o‘rganuvchilar va imtihonga tayyorlanuvchilar uchun amaliy yo‘nalish beradi.
Full text
Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 91 IELTS VA TOEFLNI TAHLILIY TAQQOSLASH Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalari Homidova Shohsanam Ergashali qizi [email protected] Xolmurodova Maftuna [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada IELTS va TOEFL xalqaro ingliz tili imtihonlari o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlar tahlil qilindi. Imtihonlarning formatlari, baholash tizimi, bo‘limlari, afzalliklari, kamchiliklari va qo‘llanilish sohasi yoritildi. Tahlil natijasida har ikki imtihonning turli ehtiyojlarga mos ravishda foydali ekani ko‘rsatildi. Maqola ingliz tilini o‘rganuvchilar va imtihonga tayyorlanuvchilar uchun amaliy yo‘nalish beradi. Kalit so‘zlar: IELTS, TOEFL, ingliz tili imtihoni, taqqoslash, til kompetensiyasi, akademik ingliz tili, baholash tizimi, Listening, Reading, Speaking, Writing. Globallashuv jarayonida ingliz tilini bilish xalqaro miqyosda o‘qish, ishlash va ko‘chib o‘tish uchun asosiy talabga aylanib bormoqda. Shu sababli, ingliz tilini bilish darajasini ishonchli mezonlar asosida baholaydigan xalqaro imtihonlarga talab ortib bormoqda. Ularning ichida eng ko‘p qo‘llaniladigani — IELTS (International English Language Testing System) va TOEFL (Test of English as a Foreign Language). Har ikki test akademik va kundalik kommunikativ kompetensiyalarni tekshiradi, biroq mazmuni, formati, baholash tizimi va topshiriq turlari jihatidan sezilarli farqlarga ega. IELTS — Britaniya Kengashi, IDP Australia va Cambridge Assessment English tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ikkita modulga ega: Academic va General Training. Imtihon 4 qismdan iborat: Listening, Reading, Writing va Speaking. Speaking imtihoni instruktorga yuzma-yuz o‘tkaziladi. TOEFL — ETS (Educational Testing Service) tomonidan yaratilgan imtihon bo‘lib, asosan TOEFL iBT (onlayn versiya) shaklida o‘tkaziladi. Test ham Listening, Reading, Writing va Speaking bo‘limlaridan iborat, biroq barcha jarayon kompyuter orqali amalga oshiriladi. IELTS va TOEFLning Asosiy Farqlari1. Format IELTS: qog‘ozda yoki kompyuterda topshiriladi; Speaking — yuzma-yuz suhbat. TOEFL iBT: faqat kompyuter orqali; Speaking bo‘limi mikrofon orqali yozib olinadi. 2. Til Varianti IELTS: Britaniya inglizchasi unsurlari ko‘p. TOEFL: Amerika inglizchasiga asoslangan. 3. Savollar Tužilishi quyidagicha boʻladi: IELTS: ko‘proq real holatlarga moslashgan; grafik
Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 92 tahlil, ese, qisqa javoblar, moslashtirish (matching). TOEFL: akademik matnlar, ko‘proq tanlash (multiple-choice) turi ustun. 4. Baholash Sistemi IELTS: 0–9 ballik tizim. TOEFL iBT: 0–120 ballik tizim. 5. Listening Bo‘limi IELTS: 4 qism, turli inglizcha aksentlar (avstraliya, britan, kanada). TOEFL: uzun akademik ma’ruzalar va suhbatlar. 6. Speaking Bo‘limi IELTS: 11–14 daqiqalik jonli suhbat. TOEFL: mikrofon orqali gapirish, javoblar kompyuterda qayd etiladi. 7. Writing Bo‘limi IELTS: 2 ta vazifa — grafik tahlil (Task 1) va insho (Task 2). TOEFL: integratsiyalashgan yozma (matn + audio) va mustaqil ese. IELTS Afzalliklari-Real kommunikatsiya holatlariga yaqin.Aksentlarning xilma-xilligi tinglab tushunishni yaxshilaydi.Speaking natural, jonli shaklda. IELTS Kamchiliklari-Vaqt boshqaruvi qiyinroq.Speaking bo‘limida inson bilan suhbat ba’zi abituriyentlarni hayajonga soladi. TOEFL Afzalliklari-Akademik tilga yo‘naltirilgan, ilmiy matnlarga tayyorlaydi.Kompyuterda ishlash qulay bo‘lganlar uchun yengilroq.Savollar strukturalangan, aniq. TOEFL Kamchiliklari - Aksent va matnlar ko‘proq Amerika uslubida — Britan inglizchasiga o‘rganganlar qiynalishi mumkin.Speaking bo‘limi sun’iy tuyulishi mumkin. IELTS va TOEFLning Qo‘llanish Sohalari-IELTS: Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yevropa davlatlari. TOEFL: AQSh, Kanada va ko‘plab xalqaro universitetlar. Har ikkisi ham butun dunyo bo‘ylab 11 000 dan ortiq tashkilot tomonidan tan olinadi. Xulosasam shuki, IELTS va TOEFL — ingliz tilini bilish darajasini xalqaro miqyosda tasdiqlovchi ikki eng ishonchli testdir. Ularning har biri o‘ziga xos format, baholash tizimi, afzalliklar va qiyinchiliklarga ega. IELTS ko‘proq real kommunikatsiya, turli aksentlar va jonli suhbatga asoslangan bo‘lsa, TOEFL akademik muhitda o‘qish yoki ishlashni maqsad qilganlar uchun mos variantdir. Abituriyentning maqsadi, qulayligi va tilga bo‘lgan yondashuviga qarab mos test tanlanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. British Council. IELTS Information for Candidates. 2. ETS. TOEFL iBT Test Guidelines and Preparation Materials. 3. Cambridge Assessment English. Understanding IELTS. 4. Educational Testing Service. TOEFL iBT Test Overview.