O'SMIRLARDAGI AGRESSIV XULQ-ATVORNING O'RGANILGANLIGI VA MAZKUR MUAMMONING METODOLOGIK ASOSI
Abstract
Mazkur maqolada o’smirlik yoshidagi bolalarda agressiv xulq atvorni namoyon bo’lishida oilaning tahlil qilingan bo‘lib, ushbu mavzuda ilmiy izlanishlar olib borgan psixolog olimlarning ilmiy tadqiqot ishlari va psixologlar fikrlari keltirilgan. Shunungdek, o’smirlik davrida agressivlikni keltirib chiqaruvchi omillar to’g’risida mulohaza yuritilgan, ularga yechim bo‘luvchi taklif va tavsiyalar ham berilgan.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 483 O‘SMIRLARDAGI AGRESSIV XULQ-ATVORNING O‘RGANILGANLIGI VA MAZKUR MUAMMONING METODOLOGIK ASOSI Azizova Elnora Adhamjon qizi Mustaqil tadqiqotchi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17948040 Annotatsiya. Mazkur maqolada o’smirlik yoshidagi bolalarda agressiv xulq atvorni namoyon bo’lishida oilaning tahlil qilingan bo‘lib, ushbu mavzuda ilmiy izlanishlar olib borgan psixolog olimlarning ilmiy tadqiqot ishlari va psixologlar fikrlari keltirilgan. Shunungdek, o’smirlik davrida agressivlikni keltirib chiqaruvchi omillar to’g’risida mulohaza yuritilgan, ularga yechim bo‘luvchi taklif va tavsiyalar ham berilgan. Kalit so’zlar: O‘smirlik davri, agressivlik, oila, ota-ona, xarakter, psixologiya, namoyon bo’lish, munosabat, tajovuz, ijtimoiy muhit. Аннотация. В данной статье анализируется роль семьи в проявлении агрессивного поведения у подростков, представлены научные работы психологов, проводивших исследования по данной теме, а также мнения психологов. Кроме того, обсуждаются факторы, вызывающие агрессию в подростковом возрасте, и даются предложения и рекомендации по их устранению. Ключевые слова: Подростковый возраст, агрессия, семья, родители, характер, психология, проявление, отношение, агрессия, социальная среда. Abstract. This article analyzes the role of the family in the manifestation of aggressive behavior in adolescents, presents the scientific research works of psychologists who have conducted scientific research on this topic, and the opinions of psychologists. In addition, the factors that cause aggression in adolescence are discussed, and suggestions and recommendations are given to solve them. Keywords: Adolescence, aggression, family, parents, character, psychology, manifestation, attitude, aggression, social environment. O`smirlardagi agressiv xulq-atvorni o‘rganishning metodologik asosi bir nechta ilmiy yondashuvlarga tayanadi: Psixologik yondashuv – agressiv xulq-atvorni shakllantiruvchi ichki (biologik, nevrofiziologik) va tashqi (ijtimoiy, tarbiyaviy) omillar o‘rganiladi. Bu yo‘nalishda Z. Freydning psixoanalitik nazariyasi, A. Banduraning ijtimoiy ta’lim nazariyasi va L. Vigotskiy hamda A. Leontyev kabi olimlarning madaniy-tarixiy yondashuvlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy-psixologik yondashuv – o`smirlardagi agressiya ijtimoiy muhit, oilaviy tarbiya, maktabdagi munosabatlar va ommaviy axborot vositalari ta’sirida shakllanishi tahlil qilinadi. Biologik yondashuv – agressiyaning irsiy va neyrofiziologik asoslari o‘rganiladi. Masalan, D. Bass va A. Darkning agressiyaga oid tadqiqotlari shunga qaratilgan. Ijtimoiyfarhangiy yondashuv – turli madaniyatlarda agressiyaning namoyon bo‘lish xususiyatlari va uning ijtimoiy me’yorlar bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Tajribaviy tadqiqot usullari – testlar, anketa so‘rovlari, kuzatuvlar va psixologik eksperimentlar orqali o‘smirlardagi agressiv xulq-atvor o‘rganiladi. Masalan, Bass va Darki testlari, Rozensveyg frustratsiya testlari shular jumlasidandir. Ushbu metodologik yondashuvlar asosida agressiv xulq-atvorning sabablari, shakllanish mexanizmi va uning oldini olish yo‘llari aniqlanadi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 484 Inson faolligining o‘ziga xosligi shundaki, u muttasil boshqa odamlar yoki o‘zi yaratgan narsalar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Ular o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi tabiiy qonunlardan tashqari ijtimoiy hayotning gohida munosabatlar variativligini muayyan darajada belgilab turuvchi axloqiy me’yorlarning qat’iy qoidalar shaklidagi qonunlari kuchga kiradi. Pirovardida, insonlararo o‘zaro munosabatlarni idora qiluvchi bir-birining hatti-harakatini va xulqini, shuningdek, boshqa insonlarga qaratilgan xususiy harakatlarni baholash tizimi ishga tushadi. Insonlar tomonidan belgilanadigan munosabatlarni aks ettiruvchi mazkur baholarning nisbiyligi asosiy falsafiy va axloqiy masaladir. Kimningdir nuqtai-nazariga ko‘ra zaruriyatday tuyuladigan narsa boshqa bir inson uchun nafaqat befoyda, balki zararli deb hisoblanishi, bir madaniyatda ma’qul sanalgan narsa boshqa bir madaniyatda noma’quldek e’tirof etilishi mumkin.Shaxsga doir individual taraqqiyot samarasini hamda insonlararo munosabatlarni belgilovchi xulq-atvor va xatti-harakatlarning eng muhim xususiyatlardan biri agressivlikdir. Psixologiyada “agressiya” tushunchasi turlicha yondashuv asosida tahlil qilingan bo‘lib, bir guruh tadqiqotchilar agressiyani salbiy xulq-atvor modeli sifatida baholasalar, yana bir guruh tadqiqotchilar bu xulq-atvorning ijobiy tomonlari ham mavjudligini ta’kidlaydilar.[ 41;73-109-b] “Bizlar, – deb yozadi R. Kratchfild va N.Livsonlar – agressiya axloqiylikning aksi demoqchi emasmiz: zotan agressiyaning ba’zi bir shakllariga axloqsizlik sifatida qaralmaydi. Biroq u aksariyat hollarda axloqsizlikdir, shuning uchun axloqiylikni o‘zlashtirilishiga ma’sul mexanizmlar agressiv inpulslar ijtimoiylashuvi negizida ham yotadi”. Ular agressiyaning ikki bir-birini inkor etmaydigan va birday maqbul tavsiflarini berganlar. Birinchisi, xulq-atvorning zoxiriy (tashqi) alomatlariga asoslanadi: “Agressiya – kimgadir ziyon yetkazuvchi xulq-atvorning har qanday ko‘rinishidir”. Ikkinchisi, odamning botiniy (niyatlari bilan bog‘liq, ya’ni insonni harakatga undovchi kuchlarni o‘rganish bilan anglash mumkin bo‘lgan holatlar bilan mushtarak: “Agressiya – boshqa bir insonga ziyon yetkazishni maqsad qilib olgan har qanday hattiharakatdir”.[8;144-b] Agressiyaning yuqoridagi zikr etilgan tavsiflariga monand tushunchalarga tayangan holda ko‘pgina psixologlar agressiyani jonli olamning, yashash uchun kurash bilan bog‘liq uzviy xususiyati, deb hisoblaydilar. V.Klayn agressivlikning salbiy jihatlarini inkor etmagan holda agressiyada “ma’lum ma’nodagi sog‘lom jihatlar” ham mavjud bo‘lishi, ular faol hayot kechirish uchun asqotishi mumkinligini e’tirof etadi. Agressiya va agressivlik tushunchalarini bir-biridan ajratib tahlil qilish lozimdir. Agressiya – bu odamlar, odamlar guruhiga nisbatan jismoniy va ruhiy zarar yetkazishga qaratilgan individual yoki jamoaviy xatti-harakatlar majmui bo‘lib hisoblanadi. Agressivlik – shaxsning nisbatan barqaror xususiyati bo‘lib, u agressiyaga tayyorgarlikni ifodalash bilan birga dushmanlik asosida boshqalarning xulq-atvori, xatti-harakatini qabul qilish va tushunishga moyillikni bildiradi. Agressivlik barqarorlik kuchi hamda shaxs tuzilishining bir qismi sifatida xulq-atvorning umumiy tendensiyasini oldindan aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Demak, agressiya – bu jismoniy yoki ruhiy zarar yetkazishga yo‘naltirilgan har qanday xulq-atvor shaklidir. Ushbu ta’rifda ta’kidlanishicha, agressiya – bu emosiya yoki motiv emas, balki xulq-atvor modelidir.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 485 Garchi agressiya aksariyat hollarda haqoratlash yoki zarar yetkazishga intilish bilan bog‘lik bo‘lgan motivlar asosida hamda salbiy emosiyalar jumladan, qahr, g‘azab, tajanglik bilan bog‘liq tarzda assosiatsiya qilinadi. Albatta, yuqoridagi omillar agressiv xulq-atvorga ma’lum ma’noda katta ta’sir ko‘rsatadi, lekin ularning mavjudligi bunday xulq-atvorni yuzaga kelishida zarur bo‘lgan sharoit hisoblanmaydi. [16;241-b] Agressiv xulq-atvorni 2-guruhga bo‘lish mumkin: 1. Motivasion agressiya. Agressiya - motivasion faoliyat sifatida norma hamda qoidalarni buzish, atrofidagilarga zarar va azob-uqubat keltirish deb tushuniladi. Shu o‘rinda instrumental hamda g‘araz bilan qilingan (oldindan o‘ylangan) agressiya tiplari ham farqlanadi. Instrumental agressiya. Inson agressiv harakat qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymaydi, balki bu sharoit bilan bog‘lik holda yuzaga keladi. Ayni holda motiv mavjud bo‘ladi, lekin anglanmagan tarzda namoyon bo‘ladi. Gʻaraz bilan qilingan (oldindan o‘ylangan) agressiya. Agressiv xulq-atvor ya’ni zarar yoki ziyon yetkazishga qaratilgan xatti-harakatlar anglangan motiv asosida amalga oshiriladi. 2. Agressiya dushmanlik va vayronagarchilik akti sifatida. R. Beron va D. Richardsonlar bu borada bunday aniqlikni keltirishadi. Agressiya - bu haqoratlash yoki boshqa tirik mavjudotga zarar yetkazishga yo‘naltirilgan har qanday xulq-atvor shaklidir. Bu mualliflarning fikricha: - agressiya albatta g‘araz bilan qilingan (oldindan o‘ylangan) va zarar yetkazish maqsad qilib olingan xulq-atvorni nazarda tutadi; - agressiv xulq-atvor sifatida faqatgina tirik mavjudotga zarar yoki ziyon yetkazishga yo‘naltirilgan xulq-atvor ko‘rinishlari tushuniladi; - agressiya qurbonida o‘ziga nisbatan qilingan bunday munosabatdan motivasion qochish istagi mavjud bo‘lishi kerak . Insondagi agressiv xulq-atvor ko‘rinishlarini turlarga ajratishda biz A.Bass tomonidan tuzilgan jadval bilan tanishib chiqamiz.[60;333-b] Shaxsdagi agressiv xulq-atvor turlarining ko`rinishi. 1.1.1-jadval Agressiya turlari To‘g‘ridan-to‘g‘ri faol agressiya Bilvosita faol agressiya To‘g‘ridan-to‘g‘ri sust agressiya Bilvosita sust agressiya Jismoniy agressiya Zarba berish Oyog‘idan chalish Halaqit berish, ziyon yetkazish, to‘siqlar Vazifani bajarishdan bosh tortish Verbal agressiya Jabrlanuvchini haqorat qilish Yomon mishmish tarqatish So‘zlashishdan bosh tortish Yozma yoki og‘zaki kelishishni xohlamaslik A.Bass agressiya turlarini uchga: jismoniy - verbal, faol - sust, to‘g‘ri - bilvositaga ajratib tadqiq qilganini kuzatdik. Agressiya namoyon bo‘lish mexanizmi va faoliyatiga ko‘ra farqlanib, faoliyat mexanizmi hamda tamoyili ko‘pincha inson tomonidan vaziyatni hal qilinishi, baholanishiga bog‘lik bo‘ladi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 486 Quyidagi omillar agressiv xulq-atvorni aniqlashga yordam beradi. Agressiya turlari klassifikatsiyasi bilan tanishib chiqamiz. 1.1.1-rasm. 1. Gʻarazli maqsad. Qachonki inson, boshqa birov unga nisbatan hujum qilish yoki halaqit berish istagidaligini bilsa, birinchi navbatda g‘arazli maqsad, dushmanlik holatini o‘ziga qanchalik darajada tegishli ekanligini hal qilib olishi lozimdir. Ko‘pincha agressiyaning boshlanishida faqatgina, boshqa bir inson dushmanlik maqsadidagi, hatto sub’yekt hujum qilmagan bo‘lsada bu haqdagi bilim unga yetarli asos bo‘lishi kuzatiladi. Shu bilan birga dushmanning oldindan o‘z agressiv xulq-atvori uchun uzr so‘rashi, aksariyat hollarda qaramaqarshi tomonning g‘azabini so‘ndirib javob agressiyasini namoyon bo‘lishini oldini oladi. Sub’yekt g‘arazli maqsad unga zarar yetkazishi va g‘azabni yuzaga keltirishi mumkinligini hal qilgan zahoti bu aniqlanuvchidan halos bo‘lishi qiyinlashadi. Faqatgina katta mehnat orqali bu aniqlovchini o‘zgartirishi mumkindir. Agar sub’yekt mojaro kutilmaganda yoki xatolik asosida yuz berganligiga qat’iy ishonsa, u holda g‘azab, o‘ch olish niyati va javob agressiyasini qaytarishga bo‘lgan intilish bir zumda so‘nishi mumkin. 2. Agressiyani maqsadiga erishishini kutish va agressiv xulq-atvor uchun jazolanish. Subyekt to‘g‘ridan-to‘g‘ri agressiyani amalga oshirish uchun unga qiyinchilik tug‘dirmaydigan imkoniyatlarga ega bo‘lmaguncha jabrlanuvchiga zarar yetkazishi va shu bilan Agressiya turlari Geteroagressiya Reaktivagressiya To‘g’ridanto‘g’ri agressiya Instrumental agressiya Bilvosita agressiya Motivatsion agressiya Jismoniy agressiya Verbal agressiya Autoagressiya Ikki sabab natijasida vujudga keluvchi agressiya
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 487 birga agressiv faoliyatda maqsadga erishishdagi ehtimollik darajasi muhim ahamiyatga ega bo‘lmasligi kuzatiladi. Ehtimollikni amalga oshirishi faqatgina shunday bir holatlarda, ya’ni javob agressiyasi bevosita agressorning agressiyaga yetib bormagan vaziyatlarda, jumladan uchrashish imkoni yo‘q bo‘lganda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Bunda, bilvosita agressiya shakli agressorning shaxsiyatiga yoki uning obro‘-e’tiboriga zarar yetkazishdan iborat bo‘ladi. Bilvosita agressiv faoliyat agressorni yengib, faoliyat natijasi oqibatini kutish sifatida ya’ni hal qiluvchi determinant tarzda namoyon bo‘ladi. Masalan: Agar inson bir o‘zi agressorning ustidan rahbariyatga shikoyat qiladigan bo‘lsa, bu shikoyatga rahbariyatning e’tibor bilan munosabatda bo‘lishi va chora-tadbir qo‘llashiga nisbatan ishonish mushkul. Vujudga kelgan agressiv tendensiya ham amalga oshmay kelajakka saqlab qo‘yiladi. Agar sub’yekt agressiya qurboniga aylansa, hatto qasos javob kuchi yuqori bo‘lish ehtimoli mavjudligiga qaramay u albatta qasos olishga intiladi. 3. Agressiya orqali erishilgan, qo‘lga kiritilgan natijadan qoniqish. Agressiyaga yo‘liqqan va qasos olish haqida o‘ylovchi insonda masalan, ringdagi jangdan so‘ng boksyorlar juftligining birida xavotirlanish bilan qo‘shilgan mag‘lubiyat hissi kuzatiladi. Bu qasos olish niyatini qo‘zg‘atib, kuchaytiradi. Natijada esa, motivatsiyani ortishiga olib keladi. Ayniqsa, sub’yektni bevosita qoniqish hosil qilishiga jabrlanuvchining har qanday azob uqubat chekishini, eng avvalo boshdan kechirayotgan og‘riqlarni ifodalovchi reaksiyalar ta’sir ko‘rsatadi. Agar dushmanlik agressiyasi qasos olish tamoyiliga asoslansa, u holda oldindan ma’lum kuchdagi og‘riqlarni kuzatish orqali shaxs maksimal darajada qoniqish hosil qilishi mumkin. Bunday agressiya ta’siri natijasidagi jabrlanishni kuzatish motivasion agressiyani yuqori darajadan “0” darajagacha qisqartirib, bir vaqtning o‘zida agressiv xulq-atvorni anologik holatga mustahkamlaydi. Ahamiyatsiz bo‘lgan og‘riqni keltirish subyektda to‘laqonli qoniqishni hosil qilmaydi, shu sababli agressiv tendensiyaning qolgan qismi saqlanib qoladi. 4. O‘z-o‘zini baholash. O‘z-o‘zini baholash jarayoni sub’yektning agressiv xulq-atvorini hal qiluvchi determinant sifatida namoyon bo‘ladi. O‘zini-o‘zi baholash darajasi ichki majburiy bo‘lgan normativ me’yorlarini boshqarib, agressiyani amalga oshirishga to‘sqinlik qilishi mumkin. Agar sub’yektni noxaq shaxsiyatiga tegib, xaqoratlab, hujum qilib, to‘sqinlik qilinsa (bu normativ daraja) u holda bu vaziyatda agressiya subyektning qasos olish orqali o‘z qadr-kiymatini tiklashiga yo‘naltirilib, amalga oshiriladi. 5. Agressiya asab buzuvchi qulay holatdir. Ta’kidlash lozimki, agressivlik asosida biz nafaqat o‘zimizni, balki atrofimizdagi insonlarni ham kayfiyatini umuman ruhiy holatiga ta’sir ko‘rsatib, asablarini buzishimiz mumkindir. Shu sababli agressiya asab buzuvchi holat sifatida e’tirof etiladi. Agressiv xulq-atvorni aniqlashda ushbu ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.[46; 95-100-b] Bass va Dark tomonidan agressiv xulq-atvorning quyidagi shakllari ajratib ko‘rsatilgan. 1.Jismoniy agressiya - boshqa bir odamga qarshi jismoniy kuch ishlatishni ifodalaydi; 2.Verbal agressiya - salbiy his tuyg‘ularni og‘zaki tarzda ifodalanishi (qiy-chuv solish, so‘kinish, og‘zaki tahdid qilish, la’nat aytish, qarg‘ish); 3.Bilvosita agressiya - boshqa shaxsga qaratilgan g‘iybat, piching ko‘rinishida bilvosita olinadigan alam, hech kimga yo‘naltirilmagan nafrat (yer tepish, baqirib-chaqirish);
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 488 4.Negativizm - mavjud qonun-qoidalarga shunchaki qarshi chiqishdan totib, ular bilan kurashishgacha bo‘lgan reaksiyalar (voqye’likka salbiy munosabatda bo‘lish, hamma narsani inkor etish); 5.Jizzakilik - jizzakilikka moyillik, arzimagan narsalarga portlab ketish, keskinlik, qo‘pollik qilish; 6.Sergumonlik - ishonchsizlikka moyillik, odamlardan shubhalanish, ular bilan ehtiyot bo‘lib munosabatga kirishish, atrofdagilar zarar yetkazishi mumkin degan o‘y bilan yashash; 7.Ranj – butun olamdan yoki kimdandir alamzadalik, xayolan yoki chindan ham keltirilgan iztirobdan g‘azablanish, atrofdagilarga nisbatan nafrat va hasadning namoyon bo‘lishi; 8.Autoagressiya - o‘zi va atrof-muhit o‘rtasidagi munosabatlarda kuzatiladigan aybdorlik hissi, o‘ziga qarshi qaratilgan xatti-harakat (o‘zini ayblash, men shundoqman, men bundoqman deb ich etini yeyish). Demak, agressiv reaksiyalarga boshqa odamlarni qoralash, xaqoratlash, tahdid qilish, jismoniy kuch ishlatish, janjallashish kirsa, neagressiv reaksiyalarga vaziyatni yumshatish, aybni o‘z bo‘yniga olish, ro‘y bergan hodisaga e’tibor bermaslik, hissiyotga berilmay bosiqlik bilan qaror qabul qilish kabilarni kiritish mumkindir. "Agressiya - psixologik tadqiqotlar predmeti" bo’limida Psixologik tadqiqotlarda agressiya keng qamrovli ravishda o‘rganiladi, uning biologik, psixologik va ijtimoiy sabablariga alohida e'tibor qaratiladi. Psixologiya ilmida agressiya jismoniy va ruhiy ko‘rinishlarda mavjud bo‘lib, turli omillar ta'sirida yuzaga keladi. Tadqiqotlarda agressiyaning neyrokimyoviy jarayonlar, ijtimoiy stresslar, shaxsiy rivojlanish va boshqalar bilan bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, agressiyaning salbiy ta'sirlarini kamaytirish va uni boshqarish bo‘yicha turli psixologik metodlar, jumladan, anger management (g'azabni boshqarish) va kognitiv-behavioral terapiya kabi usullar ishlab chiqilgan. Xulosa qiladigan bo‘lsak, agressiya yoki kishilar o‘rtasidagi kelishmovchilik oqibatida kelib chiqadigan vajohat holati – bu shunday yo‘nalishki, unga oid xulosalar nafaqat psixologlarni, balki sosiologlar, huquqshunoslar, pedagoglar, faylasuflar, ijtimoiy soha xodimlarini barchasini birdek qiziqtiradi. Zero, inson tabiati va uning boshqa insonlarga bog‘liq jihatlarini o‘rganish uchun xulqning aynan shu tomonini ham o‘rganish, bilish va boshqara olish lozimdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: 1. Л.М.Семенюк «Психологические особенности агрессивного поведения подростков и условия его коррекции» Москва, 1996 96-ст. 2. Р.Берон Д.Ричардсон – Агрессия спб 1997. 104 ст. 3. К.Ю Гуляева «Агрессивность в подростковом возрасте и ее коррекция» УДК 159.96+159.94+316.6 23.12.2006г. 4. Илешева Р.Г. Нарушения поведения у детей и подростков. – Алма-Ата: Наука, 1990. – 160 ст. 5. Юнусова, Гузаль Султановна. «Развитие воображения молодежи и подростков, воспитывающихся в благополучных и неблагополучных семьях.» theoretical & Applied Science 6 (2013): 91-94.