scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISH TO'G'RISIDAGI FAN SIFATIDA

Muratova Karomat Shavkat qizi; Abdurahmonov Azamat Kamolovich

Abstract

Ushbu maqolada pedagogika fani doirasida shaxs tarbiyasi va rivojlanish jarayonlari tahlil qilinadi. Pedagogika insonning har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni o‘rganadigan fan sifatida qaraladi. Shaxs tarbiyasi va rivojlanishi oilaviy, maktabgacha, maktab va oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiyaviy jarayonlar bilan uzviy bog‘liqdir. Ushbu maqolada tarbiya shakllari, rivojlanish bosqichlari hamda pedagogik yondashuvlarning ta’siri tahlil qilinadi. Pedagogik ta’limotlar asosida inson ma’naviy, intellektual va jismoniy jihatdan kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlar va metodlar muhokama qilinadi. Bundan tashqari, maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interaktiv usullar asosida shaxsning rivojlanishiga ko‘rsatiladigan ta’sir masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Full text

Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 432 PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISH TO’G’RISIDAGI FAN SIFATIDA Muratova Karomat Shavkat qizi Abdurahmonov Azamat Kamolovich Termiz davlat pedagogika instituti talabalari [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada pedagogika fani doirasida shaxs tarbiyasi va rivojlanish jarayonlari tahlil qilinadi. Pedagogika insonning har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni o‘rganadigan fan sifatida qaraladi. Shaxs tarbiyasi va rivojlanishi oilaviy, maktabgacha, maktab va oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiyaviy jarayonlar bilan uzviy bog‘liqdir. Ushbu maqolada tarbiya shakllari, rivojlanish bosqichlari hamda pedagogik yondashuvlarning ta’siri tahlil qilinadi. Pedagogik ta’limotlar asosida inson ma’naviy, intellektual va jismoniy jihatdan kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlar va metodlar muhokama qilinadi. Bundan tashqari, maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interaktiv usullar asosida shaxsning rivojlanishiga ko‘rsatiladigan ta’sir masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Kalit so‘zlar: pedagogika, shaxs tarbiyasi, rivojlanish bosqichlari, ta’lim, tarbiya metodlari, pedagogik yondashuvlar, axloqiy tarbiya, aqliy tarbiya, jismoniy tarbiya, innovatsion ta’lim, interaktiv usullar, shaxs shakllanishi, o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘qitish metodikasi, ta’lim texnologiyalari KIRISH Pedagogika insonni har tomonlama kamol toptirishga qaratilgan ilmiy fan bo‘lib, uning asosiy yo‘nalishlaridan biri shaxs tarbiyasi va rivojlanishidir. Har bir insonning tarbiyasi va rivojlanishi ijtimoiy muhit, oila, ta’lim tizimi hamda pedagogik yondashuvlarga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu maqolada shaxs tarbiyasi va uning rivojlanish bosqichlari, pedagogik yondashuvlar hamda zamonaviy tarbiya metodlari tahlil qilinadi. Shaxs tarbiyasi va uning asosiy jihatlari.Tarbiyaning asosiy vazifasi - insonni ijtimoiy hayotga tayyorlash, unda ma’naviy, axloqiy, aqliy, estetik va jismoniy sifatlarni shakllantirishdan iborat. Shaxs tarbiyasi quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: 1. Aqliy tarbiya - insonning intellektual rivojlanishiga qaratilgan ta’lim-tarbiya jarayonlari. Bu jarayonda mantiqiy fikrlash, muammolarni tahlil qilish va ilmiy Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 433 qarashlarni shakllantirish muhim sanaladi. 2. Axloqiy tarbiya - jamiyatda to‘g‘ri xulq-atvorni shakllantirish, ma’naviyat va odobaxloq me’yorlarini singdirish. 3. Estetik tarbiya - insonning san’at va go‘zallikka bo‘lgan munosabatini rivojlantirish. 4. Mehnat tarbiyasi - shaxsni kasbiy tayyorlash, mehnatsevarlik fazilatlarini singdirish. 5. Jismoniy tarbiya - sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va sport bilan shug‘ullanishni rag‘batlantirish. Shaxsning tarbiyalanishi va rivojlanishi turli bosqichlardan o‘tadi: Maktabgacha yosh (0-6 yosh) - bolaning ilk ijtimoiy ko‘nikmalari shakllanadi, nutq rivojlanadi va atrof-muhitni anglash jarayoni boshlanadi. Maktab yoshi (7-18 yosh) - intellektual va ma’naviy shakllanish jarayoni faollashadi, mustaqil fikrlash va o‘zligini anglash bosqichi kechadi. Yoshlik davri (19-25 yosh) - kasbiy tayyorgarlik, mustaqil hayotga kirish bosqichi, jamiyatda o‘z o‘rnini topish jarayoni.Voyaga yetganlik davri (25 yoshdan keyin) - jamiyatga foydali shaxs sifatida shakllanish, mehnat faoliyati va oilaviy munosabatlarni olib borish. Pedagogik yondashuvlar va metodlar. Zamonaviy pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishiga oid turli yondashuvlarni qo‘llaydi: An’anaviy pedagogika - klassik ta’lim usullari asosida shaxsga ta’sir o‘tkazish, innovatsion pedagogika - ilg‘or texnologiyalar va interaktiv usullarni qo‘llash (masalan, STEAM, CLIL metodlari), individual yondashuv - har bir shaxsning psixologik xususiyatlariga asoslangan tarbiya metodikasi, kooperativ ta’lim - guruh bo‘lib ishlash orqali shaxsning ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z-o‘zini rivojlantirish - shaxsga mustaqil o‘qish, o‘rganish va o‘z ustida ishlash qobiliyatini rivojlantirish imkonini beradigan yondashuv. Shaxs tarbiyasi va rivojlanishi pedagogikaning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, insonning intellektual, ma’naviy va jismoniy kamolotiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni o‘rganadi. Tarbiya jarayoni oiladan boshlanib, ta’lim muassasalarida davom etadi va inson butun umri davomida rivojlanishda davom etadi. Zamonaviy pedagogika innovatsion yondashuvlar va interaktiv metodlar asosida shaxsni har tomonlama tarbiyalashga yo‘naltirilgan. Shaxs tarbiyasi nafaqat bilim berish, balki insonda ijtimoiy mas’uliyat, axloqiy qadriyatlar va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga ham xizmat qiladi. Umuman olganda, shaxs tarbiyasi va rivojlanishini to‘g‘ri yo‘naltirish jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Shu sababli pedagogik tadqiqotlar va ta’lim metodlarini yanada takomillashtirish bugungi kunda dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 434 Pedagogika qadimgi yunoncha — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Pedagogika institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham pedagogika deb yuritiladi. Pedagogika fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan. Zamonaviy pedagogika bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyasi bilan shugʻullanishni koʻzda tutadi. Pedagogika tarbiya jarayonining qonuniyatlari, tarkibi va uni tashkil etish mexanizmlarini tadqiq etadi, tarbiyaviy va oʻquv ishlarining mazmuni, tamoyillari, ularni tashkil etish shakl, usul hamda yoʻsinlarini belgilab beradi. Shaxsni tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirish pedagogikaning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Shaxsni tarbiyalash pedagogikadagi asosiy tushuncha sanalib, oila va jamiyatning barkamol shaxsni shakllantirishga yoʻnaltirilgan birgalikdagi faoliyatini anglatadi. Tarbiya yordamida inson shaxsining maʼnaviy jihatlarini qaror toptirish koʻzda tutiladi. Dunyoqarash, eʼtiqod, ezgulik, goʻzallik, yaxshilik, adolatga doir qarash va koʻnikmalarning shaxs sifatiga aylantirilishi tarbiya yordamidagina amalga oshiriladi. Insonlar orasida yashash, hayotda turmush kechirish va faoliyat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar yigʻindisini oʻzlashtirishga qaratilgan faoliyat oʻqitish tushunchasini ifoda etadi. Oʻqitish natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan taʼminlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus maʼlumotni olish imkoniga ega boʻladi. Tarbiyalash va oʻqitish natijasida odamda muayyan shaxs sifatlari shakllantiriladi. Shaxsni tarbiyalash va oʻqitish orqali oʻzida oldin boʻlmagan maʼnaviy-intellektual sifatlarga ega boʻladi. Bu hol shaxsning umri mobaynida uzluksiz davom etadi va uning rivojlanishiga omil boʻladi. Inson va uni shakllantirishga doir fan sifatida pedagogika falsafa, etika, estetika, madaniyatshunoslik, psixologiya, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, demografiya, tarix, adabiyot, tibbiyot, matematika va boshqa fanlar bilan uzviy bogʻliq. Pedagogika fani va amaliyoti taraqqiyotida bu fanlarning nazariy asoslari, tadqiqot metodlari, ilmiy xulosalarni aniqlash, tahlil qilish hamda umumlashtirish usullaridan foydalanadi. Pedagogikada taʼlim va tarbiya jarayonlarining qaysi jihatlarini oʻrganishdan kelib chiqadigan bir qancha soha va boʻlimlar mavjud. Oʻqitishning maqsadi, vazifalari, tamoyillari, usullari bilan shugʻullanadigan sohasi didaktikadir. Shaxsning axloqiy sifatlarini tarkib toptirish, unda eʼtiqod, dunyoqarash, axloq singari maʼnaviy jihatlarni shakllantirish masalalarini pedagogikaning tarbiya nazariyasi va amaliyoti tarmogʻi oʻz ichiga oladi. Taʼlim-tarbiyani tashkil etish, uyushtirish va uni boshqarish singari tashkiliy-pedagogik ishlar qonuniyati pedagogikaning maktabshunoslik sohasi Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 435 tomonidan ishlab chiqiladi. Pedagogika hamisha muayyan yoshdagi, maʼlum hayotiy va aqliy tajribaga ega boʻlgan kishilar bilan ish koʻradi. Shuning uchun ham pedagogikaning qonuniyatlarini belgilashda taʼlim-tarbiya oluvchining yosh xususiyatlarini hisobga olish hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi. Shu sababli pedagogika oila pedagogikasi, maktabgacha taʼlim pedagogikasi, maktab pedagogikasi, kasb-hunar taʼlimi pedagogikasi, oliy taʼlim pedagogikasi, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlimi pedagogikasi kabi qismlarga boʻlinadi va umumlashtirilgan holda yosh pedagogikasi deb ataladi. Ayrim oʻquv fanlarini oʻqitish qonuniyatlari va usullarini oʻrgatuvchi metodika (tadris) fanlari ham pedagogikaning sohalari hisoblanadi. Bularga nisbatan didaktika umumiy metodika hisoblanadi va har bir alohida predmeti metodikasi xususiy didaktika sanaladi. Ammo bu xil chegaralanish anchagina shartlidir. Chunonchi, adabiyot oʻqitish metodikasi didaktikaga nisbatan xususiy didaktika hisoblanadi, ayni vaqtda, u mumtoz adabiyot tarixini oʻrganish metodikasi, chet el adabiyotini oʻrganish metodikasi, xalq ogʻzaki ijodini oʻrganish metodikasiga nisbatan umumiy metodika vazifasini bajaradi. Xususiy metodikalar umumiy didaktikaga tayangan va uning nazariy umumlashmalariga asoslangan holdagina rivojlana oladi. Ayni vaqtda, har bir aniq fanga tatbiq etilgan didaktik qonuniyatlar oʻsha oʻquv predmetini oʻqitish tajribasidagi oʻziga xoslik bilan boyitiladi, umumiy jihatlarni konkretlashtiradi, har bir oʻziga xoslikda oʻqitishning universal jihatlarini namoyon etadi. Pedagogikaning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar rivojlanishining ruhiy-jismoniy xususiyatlarini, ularni tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirishdagi oʻziga xosliklarini hisobga olib ish koʻradigan tarmogʻi defektologiyadir. Defektologiya bolaning qanday jismoniy nuqsonga egaligi hamda ularga beriladigan taʼlim-tarbiyaning yoʻnaltirilganligiga qarab tiflopedagogika, surdopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya singari tarmoqlarga boʻlinadi. Jahon yoki milliy tarbiya nazariyasi, didaktika fani hamda amaliyoti jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida qanday mazmun-mundarija, shakl-shamoyil kasb etganligi, qaysi usul va shakllardan foydalanib ish koʻrganligi, qanday natijalarga erishganligi kabi masalalar pedagogika tarixi fani tomonidan tadqiq etiladi. XX asr boshlaridan qiyosiy pedagogika fani pedagogikaning alohida tarmogʻi sifatida dunyoga keldi. Unda jahondagi turli xalqlarning pedagogik qarashlari va taʼlim-tarbiya tizimi qiyosiy-genetik yoʻsinda bir-biriga solishtirilgan holda oʻrganildi. Pedagogikaning bu tarmogʻi taʼlim-tarbiya borasidagi eng ilgʻor usul va yondashuvlarni solishtirish, maqsadga muvofiqlarini muayyan milliy pedagogik fan va amaliyotga tatbiq qilish imkonini beradi. Oʻzbekistonda hozircha qiyosiy pedagogika Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 436 alohida fan sifatida shakllanmagan boʻlsa-da, bu borada jiddiy izlanishlar amalga oshirilgan. Pedagogika inson faoliyatining eng qadimiy turidir. U odam bilan birga paydo boʻlgan va odamning odamligini, uning oila, jamoa hamda jamiyat boʻlib yashashini taʼminlab turgan fan va amaliyotdir. Insoniyat mavjud tajribalarni oʻrganish va boshqalarga oʻrgatishni yoʻlga qoʻya boshlagan vaqtdan, yaʼni pedagogika paydo boʻlganidan buyon hamda shu tufayligina mavjuddir. Dastlab sof amaliy xarakterga ega boʻlgan va insoniyat koʻp yillar mobaynida orttirgan hayotiy tajribalarni yoshlarga qisqa muddatda oʻrgatishni koʻzda tutgan. Bu pedagogika udum, odat, anʼana tarzida namoyon boʻlgan. Shuning uchun ham oldin xalq pedagogikasi vujudga kelgan. Chunonchi, oʻzbek xalq pedagogikasiga muvofiq, kichik yoshdagilar kattalardan oldin taomga qoʻl uzatmaydi, koʻrishish uchun oldin katta qoʻl choʻzishi lozim, ota bilan masala talashilmaydi, kattalarga ran qaytarilmaydi va boshqalar. Odamzodning hayotiy va aqliy tajribasi ortib, turmush kechirish tarzi xilmaxillashib, mehnat taqsimoti yuzaga kelib turli fanlar paydo boʻla boshlashi bilan pedagogika ham inson faoliyatining alohida sohasiga aylandi. Taʼlim va tarbiyaga doir qarashlar tizimi shakllandi. Lekin bular darhol pedagogik nazariy tizimlar sifatida emas, balki milliy fikr tarbiyaga daxldor qarashlar, aqidalar, hikmatlar tarzida namoyon boʻldi. Yozuv paydo boʻlishi bilan pedagogik qarashlar yozuvga koʻchiriladigan boʻldi. Antik davrdagi mutafakkirlarning taʼlim-tarbiya borasidagi fikrlari markazida yetuk insonni shakllantirishga intilish istagi turardi. Shumer, Misr, Xitoy, Hindiston va Oʻrta Osiyodagi turli madaniy-maʼrifiy obidalar moddiy madaniyat namunalarigina boʻlib qolmay, oʻz davridagi buyuk pedagogik meros hamdir. Qadim zamonlarda paydo boʻlgan pedagogik qarashlar koʻproq amaliy xususiyatga ega boʻlsa-da, keyinchalik pedagogikaning alohida fan sifatida shakllanishiga ulkan hissa qoʻshdi. Pedagogika insoniyatning axloq-odobi va maʼnaviyatigagina emas, balki aqliy rivojiga ham hal qiluvchi taʼsir koʻrsatgani sababli uning taraqqiyot darajasi jamiyatning ravnaqiga muvofiq tarzda roʻy berdi. Bir qancha mamlakatlarning rivojiga ham, boshqalarining esa qoloqligiga ham koʻpincha oʻsha mamlakatdagi pedagogikaning holati sabab boʻlgan. Xususan, Sharq xalqlari oʻz vaqtida eng qadimiy va ilgʻor pedagogik qarashlar tizimini yaratgan boʻlishlariga qaramay, shu tizimni zamona talablariga muvofiq tarzda takomillashtirib bormaganliklari uchun keyinchalik ilm-fan taraqqiyoti jihatidan qoloq holga tushib qoldilar. Dunyoda turli xil kasblar juda ko’p, o’qtuvchilik dunyodagi kasblardan farq qilib, pedagoglik kasbi kishilik tarixining butun davomida har bir ijtimoiy formatsiyani qaror Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 437 toptirish va rivojlantirishga xizmat qiladigan eng muhim doimiy shart-sharoitlardan biridir. Buning sababi shundaki, tarbiya muayyan va eng muhim ijtimoiy ehtiyoj tariqasida juda qadimgi zamonlardayoq vujudga kelgan bo’lib, u yosh avlodni tayyorlashni va pedagogik g’oyalar hamda mussasalarni kishilarning g’oyat zarur talabi qilib qo’ygan. O’qituvchilik kasbi to’xtovsiz o’sib bormoqda, takomillashmokda va yangi mazmun bilan boyimoqda. Pedagoglik mexnati o’z-mazmuni jihati bilan huqur dialektik mehnatdir. Pedagoglik kasbining mazmuni va xarakteri obektiv jihatdan muqarrar suratda o’zgaradi: har bir tarixiy davr o’ziga muvofiq pedagogini yaratadi va unga shu jamiyat davr uchun kerakli mutaxasis kadrlarni tayyorlash uchun mas’uliyat yuklaydi. Umuman kishilik jamiyati o’z taraqqiyotida qanchalik olga qarab borsa, tarbiyaviy faoliyat xam shunchalik ko’p ilgarilashadi. Jamiyat tuzumi qanchalik yuqoriab borsa, maktab va o’qituvchining jamiyatdagi roli, ahamiyati ham shunchalik ortadi. Ijtimoiy jamiyatdaolib boriladigan tarbiya va ta’lim-tarbiya jarayonlarini amalga oshiradigan maktab kishilik jamiyatining progressiv taraqqiyoti tarixida qonuniy bir hodisadir. Xalq pedagogikasi insoniyatning butun o’tmishdagi tarixida to’plagan eng yaxshi tajribalarni yangi ijtimoiy, g’oyaviy va falsafiy asosda ijodiy va tanqidiy nuqtayi nazardan o’zlashtirib oldi. Chunki taʼlim va maʼlumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi koʻpayibgina qolmay, balki axloqiy-maʼnaviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi. Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jaravon. Chunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallar, axloqiy meyorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o’rganib mazkur jamiyatda yashash, uning azosi bo’lish imkoniyatiga ega bo’ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq tasir etadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Pedagogika tarixi. Maruza matni. Qo’llanma II qism T.,(tuz. S.Nishonova, B.Hasanova ) TDPU 2002 y. 2. Pedagogika tarixidan Xrestomatiya (Tuz. O. Hasanboyeva) T., O’qituvchi, 1973. 3. Rajabov.S.Pedagogika faning buyuk allomalari. T. «O’kituvchi», 1990. 4. Hasanov R. K.D.Ushinskiy. (voizga yordam) T. MRDI 1999. 5. Hoshimov K., Nishonova S Pedagogika tarixi. O’quv qo’llanma. T., A.Novoiy nomidagi O’z.Res “milliy kutibxona” nashryoti, 2006.