Full text
10 ActaCAMU № 4(12) 2025 ISSN: 2181-4155 FARG‘ONA VILOYATIDA 2020-2024 YILLAR DAVOMIDA KO‘KRAK BEZI SARATONINI ERTA ANIQLASH (SKRINING) DASTURLARI NATIJALARINING TAHLILI АНАЛИЗ РЕЗУЛЬТАТОВ ПРОГРАММ РАННЕГО ВЫЯВЛЕНИЯ (СКРИНИНГА) РАКА МОЛОЧНОЙ ЖЕЛЕЗЫ В ФЕРГАНСКОЙ ОБЛАСТИ ЗА 2020-2024 ГОДЫ ANALYSIS OF THE RESULTS OF BREAST CANCER EARLY DETECTION (SCREENING) PROGRAMS IN THE FERGANA REGION DURING 2020-2024 Normatova Shahnoza Anvarovna - PhD, dotsent https://orcid.org/0000-0001-6057-555X Parpiyeva Odinaxon Raxmanovna https://orcid.org/0000-0001-6223-103X Central Asian Medical University Annotatsiya. Ushbu maqolada 2020-2024 yillar davomida Farg‘ona viloyatida amalga oshirilgan ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash (skrining) dasturlari natijalari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 18 470 nafar ayol skriningdan o‘tkazilgan, ulardan 248 nafarida saraton holatlari aniqlangan. Aniqlangan holatlarning 67,3 foizi erta bosqichlarda (I-II) qayd etilgan. Qishloq joylarda skrining qamrovi 35,6 %, shahar hududlarida esa 61,8 % ni tashkil etgan. Tadqiqot ko‘rsatishicha, erta tashxis qo‘yish natijasida davolash samaradorligi oshgan hamda o‘lim ko‘rsatkichlari pasaygan. Maqolada skrining dasturlarining samaradorligini baholash, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: ko‘krak bezi saratoni, skrining, erta tashxis, mammografiya, onkologiya, ayollar salomatligi, tibbiy profilaktika. Аннотация. В данной статье анализируются результаты программ скрининга рака молочной железы, реализованных в Ферганской области в 2020-2024 годах. По результатам исследования скрининг прошли 18 470 женщин, из них у 248 диагностирован рак. 67,3% выявленных случаев были зарегистрированы на ранних стадиях (I-II). Охват скринингом в сельской местности составил 35,6%, а в городской - 61,8%. Исследование показывает, что ранняя диагностика повысила эффективность лечения и снизила показатели смертности. В статье рассматривается оценка эффективности программ скрининга, существующие проблемы и пути их устранения. Ключевые слова: рак молочной железы, скрининг, ранняя диагностика, маммография, онкология, здоровье женщин, медицинская профилактика. Abstract. This article analyzes the results of breast cancer screening programs implemented in Fergana region in 2020-2024. According to the results of the study, 18,470 women were screened, of which 248 were diagnosed with cancer. 67.3% of the detected cases were recorded in early stages (I-II). Screening coverage in rural areas was 35.6%, and in urban areas - 61.8%. The study shows that early diagnosis has increased treatment effectiveness and reduced mortality rates. The article considers the assessment of the effectiveness of screening programs, existing problems and ways to eliminate them. Keywords: breast cancer, screening, early diagnosis, mammography, oncology, women's health, medical prevention.
11 ActaCAMU № 4(12) 2025 ISSN: 2181-4155 Kirish. Ko‘krak bezi saratoni ayollar orasida eng keng tarqalgan onkologik kasalliklardan biri bo‘lib, butun dunyoda ayollar o‘limining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda har yili 2,3 milliondan ortiq yangi ko‘krak saratoni holatlari qayd etilgan, ulardan 685 mingdan ortig‘i o‘lim bilan yakunlangan. O‘zbekiston Respublikasida ham ko‘krak saratoni ayollar orasidagi saraton turlarining birinchi o‘rnida turadi. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda 100 000 ayolga nisbatan ko‘krak bezi saratoni bilan kasallanish 26-28 holatni tashkil etgan. Eng muhim jihati bemorlarning 40-45 % ida kasallik faqat 34 bosqichda aniqlanmoqda, bu esa davolash samaradorligini pasaytiradi. Farg‘ona viloyati aholisi zich joylashgan, ekologik va sanoat omillar ta’siri yuqori bo‘lgan hududlardan biri bo‘lib, bu viloyatda ayollar salomatligiga oid skrining tadqiqotlarini o‘tkazish dolzarb ahamiyatga ega. Dolzarbligi. Ko‘krak bezi saratoni ayollar orasida eng keng tarqalgan onkologik kasalliklardan biri bo‘lib, dunyo bo‘yicha har yili 2 milliondan ortiq yangi holatlar aniqlanadi. O‘zbekiston Respublikasida ham ko‘krak bezi saratoni ayollar o‘rtasidagi onkologik kasalliklar ichida birinchi o‘rnini egallaydi. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi so‘nggi yillarda onkologik kasalliklarni erta aniqlashga qaratilgan bir qator islohotlarni amalga oshirmoqda. Shu jumladan, ayollar salomatligini mustahkamlash maqsadida barcha viloyatlarda 45-65 yoshli ayollarni bepul ko‘krak bezi skrining tekshiruvlaridan o‘tkazish rejalashtirilgan. Shunga qaramay, viloyat miqyosida skrining qamrovi yetarli emas: Farg‘ona viloyatida 2024 yilda o‘tkazilgan dastlabki tahlillarga ko‘ra, 45 yoshdan yuqori ayollarning atigi 38-40 % qismi mammografik skriningdan o‘tgan. Bu esa erta tashxis qo‘yish imkoniyatini kamaytiradi. Demak, Farg‘ona viloyatida ko‘krak bezi saratonini skrining orqali aniqlash natijalarini o‘rganish, ularning statistik tahlilini amalga oshirish va muammolarni aniqlash bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir. Tadqiqotning maqsadi. Farg‘ona viloyatida ayollar orasida ko‘krak bezi saratoni bo‘yicha skrining tekshiruvlarining samaradorligini baholash, aniqlangan holatlarning statistik tahlilini o‘tkazish hamda mavjud muammolar asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. Materiallar va metodlar. Tadqiqot materiali sifatida 2020-2024 yillar davomida RIO va RIATM Farg‘ona viloyat filiali va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining rasmiy ma’lumotlari olindi. Umumiy 18 470 nafar 40 yoshdan katta bo‘lgan ayollar skrining dasturi doirasida tekshiruvdan o‘tkazilgan. Tadqiqot quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga olgan: klinik ko‘rik; ultratovush tekshiruvi (UZI); mammografiya; biopsiya va gistologik tahlil. Statistik tahlil uchun foiz ko‘rsatkichlari, yosh va hudud bo‘yicha taqsimot, bosqichlar bo‘yicha aniqlanish dinamikasi o‘rganildi. Ma’lumotlar Microsoft Excel va SPSS Statistics 25.0 dasturlari yordamida qayta ishlanib, diagramma va jadval ko‘rinishida taqdim etildi. Natijalar: 1. Skrining qamrovi. 2020-yilda dastlabki bosqichda 2 850 nafar ayol tekshiruvdan o‘tkazilgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib bu ko‘rsatkich 4 430 nafarga yetgan. Qamrov dinamikasi ijobiy yo‘nalishda rivojlangan, ammo viloyatning ayrim tumanlarida (Furqat, Rishton, Uchko‘prik) ko‘rsatkich hali ham pastligicha qolmoqda. Farg‘ona viloyatida ayollar orasida ko‘krak bezi saratoni bo‘yicha skrining tekshiruvlarining natijalari Yil Skriningdan o‘tgan ayollar soni Aniqlangan gumonli holatlar Tasdiqlangan saraton holatlari Qamrov (%) 2020 2850 74 19 22.5 2021 3120 86 25 28.4
12 ActaCAMU № 4(12) 2025 ISSN: 2181-4155 2022 3 860 112 28 31.4 2023 4 210 124 33 34.1 2024 4 430 139 37 39.6 2. Bosqichlar bo‘yicha aniqlanish. Aniqlangan 248 holat bosqichlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlandi: 1-diagramma Bu natijalar erta bosqichda aniqlanish ko‘rsatkichlarining yildan-yilga ortib borayotganini ko‘rsatadi. 3. Hududiy taqsimot. Shahar aholisi orasida skriningdan o‘tish darajasi 61,8 %, qishloq joylarda esa 35,6 % ni tashkil etdi. Qishloq joylarda asosan ijtimoiy xabardorlikning pastligi, tibbiy uskunalarning yetishmasligi va transport cheklovlari muammo sifatida qayd etilgan. Natijalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, Farg‘ona viloyatida skrining dasturlari bosqichma-bosqich rivojlanmoqda, biroq tumanlar o‘rtasida katta tafovut mavjud. 2020-yildan boshlab mobil mammografiya markazlari ishga tushirilgani erta tashxis qo‘yish ko‘rsatkichlarini 15 % ga oshirgan. Shu bilan birga, profilaktik tekshiruvlarning majburiyligi va ayollar xabardorligining oshirilishi bilan kasallikning kech bosqichda aniqlanishi kamaygan. Xulosa: 1. 2020-2024 yillar davomida 18 470 nafar ayol skriningdan o‘tkazilib, 248 ta saraton holati aniqlangan; 2. Holatlarning 67,3 foizi erta bosqichlarda (I-II) qayd etilgan, bu esa davolanish samaradorligini oshirish imkonini beradi; 3. Qishloq joylarda skrining qamrovi shahar joylariga nisbatan past (35,6% va 61,8%); 4. 2024-yilga kelib dastur samaradorligi oshgan bo‘lsa-da, xodimlar malakasi va texnik bazani kuchaytirish zarur; 5. Skrining dasturining qamrovi yetarli emas, ayniqsa qishloq joylarda diagnostika imkoniyatlari cheklangan. Tavsiyalar: Qishloq joylarda mobil skrining markazlari sonini ko‘paytirish; Aholi o‘rtasida profilaktika va o‘zinio‘zi tekshirish tibbiy madaniyatini targ‘ib qilish; Skrining natijalarini elektron tibbiy reyestr asosida yuritish; Mahalliy tibbiyot xodimlarini onkologik diagnostika bo‘yicha qayta tayyorlash; Ayollar uchun muntazam bepul tekshiruv haftaliklari tashkil etish. 97 70 58 23 39.1 28.2 23.3 9.4 0 20 40 60 80 100 120 I-bosqich II-bosqich III-bosqich IV-bosqich BOSQICHLAR BO‘YICHA ANIQLANISH Absolyut soni %
13 ActaCAMU № 4(12) 2025 ISSN: 2181-4155 Adabiyotlar ro‘yxati: 1. World Health Organization. Global Cancer Observatory, Breast Cancer Statistics, 2024. 2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari, 2023. 3. RIO va RIATM Farg‘ona viloyat filiali hisobotlari, 2020-2024 yillar. 4. Parpiyeva O.R. -Assessment of the main indicators of breast cancer in the territories of the fergana region//New Day in Medicine 4(78)2025 1121-1126 https://newdayworldmedicine.com/en/new_day_medicine/4-78-2025. 5. Normatova, S. A., & Parpiyeva, O. R. (2024). Assessment of the role of risk factors in the development of breast cancer. Theory and Analytical aspects of recent research, 2(21), 7478. 6. Normatova Sh.A., Parpiyeva O.R. (2024). Ko'krak bezi saratoni bilan og'rigan bemorlar ovqatlanish holatini o'rganish natijalari. Actacamu, 7(7), 30– 33. https://doi.org/10.5281/zenodo.14131853. 7. Parpiyeva, O. (2024). Ko'krak bezi saratonining farg'ona viloyati hududlari kesimida epidemiologik tarqalishi // Eurasian journal of medical and natural sciences (Т. 4, Выпуск 10, сс. 281–288). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.14038694.