scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TUROPERATORLIK FAOLIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY HAMDA IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Bobokalonov Suhrobjon Ramazonovich; Toshev Akmal Salimovich

Abstract

Maqolada O‘zbekistonda turoperatorlik faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. So‘nggi yillarda turizm milliy iqtisodiyotning ustuvor strategik tarmoqlaridan biriga aylangani sababli, turoperatorlik tizimining samaradorligini oshirish, innovatsion boshqaruv mexanizmlarini joriy etish va raqamli texnologiyalar asosida sohani modernizatsiya qilish zarurati asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida O‘zbekistonda turoperatorlik faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlari tizimlashtirilgan hamda ularning o‘zaro integratsiyasiga asoslangan model ishlab chiqilgan. Tadqiqotda ishlab chiqilgan iqtisodiy va tashkiliy modellarning mohiyati –davlat siyosati, xususiy sektor resurslari hamda xalqaro standartlarning uyg‘unlashuvi orqali turoperatorlik sohasida barqaror o‘sish, raqobatbardoshlik va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishdan iborat. Modelning amaliy tatbiqi turizm sektorida yangi ish o‘rinlarini yaratish, eksport salohiyatini kengaytirish va hududiy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishga xizmat qiladi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 523 TUROPERATORLIK FAOLIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY HAMDA IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH Bobokalonov Suhrobjon Ramazonovich i.f.d., Buxoro davlat universiteti professori. Toshev Akmal Salimovich Buxoro davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17948824 Annotatsiya. Maqolada O‘zbekistonda turoperatorlik faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. So‘nggi yillarda turizm milliy iqtisodiyotning ustuvor strategik tarmoqlaridan biriga aylangani sababli, turoperatorlik tizimining samaradorligini oshirish, innovatsion boshqaruv mexanizmlarini joriy etish va raqamli texnologiyalar asosida sohani modernizatsiya qilish zarurati asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida O‘zbekistonda turoperatorlik faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlari tizimlashtirilgan hamda ularning o‘zaro integratsiyasiga asoslangan model ishlab chiqilgan. Tadqiqotda ishlab chiqilgan iqtisodiy va tashkiliy modellarning mohiyati –davlat siyosati, xususiy sektor resurslari hamda xalqaro standartlarning uyg‘unlashuvi orqali turoperatorlik sohasida barqaror o‘sish, raqobatbardoshlik va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishdan iborat. Modelning amaliy tatbiqi turizm sektorida yangi ish o‘rinlarini yaratish, eksport salohiyatini kengaytirish va hududiy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: turoperator, tashkiliy mexanizmlar, iqtisodiy mexanizmlar, raqamli turizm, davlat-xususiy sheriklik, innovatsion boshqaruv, barqaror rivojlanish. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili Turoperatorlik faoliyatiga oid ilmiy tadqiqotlar xorijlik olimlardan P.J.Sheldon, C.Dale, D.Ioannides. E.Aguiló, J.Alegre, M.Sard, G.Goffi, L.Masiero, T.Pencarelli, S.Collins, A.E.Sveeney, A.G.Geen, S.Hossain, M.A.Hussain, T.Ahmed, A.Calveras, S.Simlesa, D.Koutoulas, Z.Mottiar, K.Boluk, C.Kline, P.Christou, A.Farmaki, G.Evangelou, M.Trunfio, L.Petruzzellis, C.Nigro 1 tomonidan olib borilgan bo‘lib, olimlar turoperatorlik faoliyati bilan 1 Sheldon P. J. The tour operator industry: an analysis //Annals of tourism research. – 1986. – Т. 13. – №. 3. – С. 349365; Dale C. The UK tour-operating industry: A competitive analysis //Journal of Vacation Marketing. – 2000. – Т. 6. – №. 4. – С. 357-367; Ioannides D. Tour operators: the gatekeepers of tourism //The economic geography of the tourist industry. – Routledge, 1998. – С. 155-174; Aguiló E., Alegre J., Sard M. Examining the market structure of the German and UK tour operating industries through an analysis of package holiday prices //Tourism Economics. – 2003. – Т. 9. – №. 3. – С. 255-278; Goffi G., Masiero L., Pencarelli T. Rethinking sustainability in the tour-operating industry: Worldwide survey of current attitudes and behaviors //Journal of cleaner production. – 2018. – Т. 183. – С. 172-182; Goffi G., Masiero L., Pencarelli T. Rethinking sustainability in the tour-operating industry: Worldwide survey of current attitudes and behaviors //Journal of cleaner production. – 2018. – Т. 183. – С. 172-182; Collins S., Sweeney A. E., Geen A. G. Training for the UK tour operating industry: advancing current practice //Tourism Management. – 1994. – Т. 15. – №. 1. – С. 5-8; S.Hossain, M.A.Hussain, T.Ahmed. The Role of Travel Agencies and Tour Operators in the Development of the Tourism Sector: An Empirical Study on Bangladesh. 26 May 2025American journal of tourism and hospitality; A.Calveras. What Do Tour Operators Do? Internet and the Economics of Intermediation in the Tourism Industry 5 Sep 2007-Social Science Research Network; Š.Šimleša. Suvremeni trendovi u poslovanju turoperatora. Dissertation. 17 Sep 2019; Koutoulas, D. (2006). The Market Infl uence of Tour Operators ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 524 bevosita bog‘liq bo’lgan hamda turizm xizmatlari, raqamli transformatsiya, boshqaruv, raqobat, bozor strukturalari, turizm bozorida turoperatorlarning strategik roli, ta’minot zanjiri hamda turizmda intermediatsiya (vositachilik) jarayonining o‘zgarishlarini o‘rganishgan. Shuningdek, an’anaviy turoperatorlik modelidan raqamli, moslashuvchan va onlayn platformalarga o‘tish tendensiyalarini tahlil qilib, bu jarayonning iqtisodiy samaradorlik va iste’molchi xatti-harakatlariga ta’sirini baholashgan. Tadqiqot metodologiyasi Mazkur maqola tadqiqot metodologiyasi turoperatorlik faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlarini ilmiy asosda aniqlash va takomillashtirish uchun kompleks yondashuvga asoslangan. Tadqiqot bir nechta bosqichlarda amalga oshirilgan. Birinchidan, nazariy tadqiqotlar bosqichi doirasida xalqaro va milliy adabiyotlar, shuningdek turizm sohasidagi ilg‘or amaliyotlar o‘rganilib, turoperatorlik faoliyatining asosiy tendensiyalari, dolzarb muammolari va sohaning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan. Shu bilan birga, O‘zbekiston turizm sohasi, hududiy resurslar va turoperatorlik bozorining xususiyatlari tahlil qilingan. Ikkinchidan, kvantitativ tahlil usullari orqali turoperatorlik faoliyatining samaradorligi statistik ma’lumotlar asosida baholangan. Bu jarayonda turpaketlar savdosi, mijozlar oqimi, mavsumiy talab va moliyaviy ko‘rsatkichlar o‘rganilgan. Shuningdek, dinamik narx belgilash tizimi va daromad prognozlarini hisoblash uchun matematik modellar va koeffitsientlardan foydalanilgan. Uchinchidan, tadqiqot natijasida turoperatorlik faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlarini integratsiyalashgan model ishlab chiqilgan. Model tarkibiy qismlari makroiqtisodiy barqarorlik, moliyaviy manbalar diversifikatsiyasi, iqtisodiy instrumentlar, operatsion darajadagi amaliy choralar va mijozlar bilan ishlash tizimidan iborat. Ushbu model pilot hududlarda eksperimental tarzda sinovdan o‘tkazilib, indikatorlarga asoslangan holda takomillashtirilishi rejalashtirilgan. Kirish So‘nggi yillarda O‘zbekistonda turizm sohasini milliy iqtisodiyotning muhim strategik tarmoqlaridan biri sifatida rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Turizm xizmatlari eksporti hajmining ko‘payib borishi, mavsumiy va doimiy yangi ish o‘rinlarining yaratilishi, mamlakatning turizm bozoridagi xalqaro imijini oshirish va hududlar iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishda turoperatorlik faoliyatining o‘rni nihoyatda muhimdir. Shu boisdan turoperatorlik faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy jihatlarini tubdan takomillashtirish, sohada zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish va bunda yuqori texnologik, innovatsion yondashuvlardan keng miqyosda foydalanish bugungi kunda dolzarb vazifalardan hisoblanadi. on the Hospitality Industry: The Case of Greek Resort Hotels. In: Papatheodorou, A. (ed.). Corporate Rivalry and Market Power: Competition Issues in the Tourism Industry. London: I.B. Tauris Publishers. 94-123; Mottiar, Z., Boluk, K., & Kline, C. (2018). The roles of social entrepreneurs in rural destination development. Annals of Tourism Research, 68, 77–88; Christou, P., Farmaki, A., & Evangelou, G. (2018). Nurturing nostalgia?: a response from rural tourism stakeholders. Tourism Management, 69, 42–51; Trunfio, M., Petruzzellis, L., & Nigro, C. (2006). Tour operators and alternative tourism in Italy: Exploiting niche markets to increase international competitiveness. International Journal of Contemporary Hospitality Management, 18(5), 426–438; ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 525 Tahlil va natijalar Yuqoridagilarni inobatga olib, tadqiqotlar natijasida O‘zbekistonda turoperatorlik faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqdik (1-jadvalga qarang). 1-jadval O‘zbekistonda turoperatorlik faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy hamda iqtisodiy mexanizmlari 2 T/r Tashkiliy mexanizmlar T/r Iqtisodiy mexanizmlar 1 Turoperatorlik faoliyati doirasida yagona milliy reestr bazasini rivojlantirish 1 Turoperatorlar samarali faoliyat yuritishi uchun imtiyozli kredit liniyalarini joriy qilish 2 Litsenziyalash va sertifikatlash tartibtamoyillarini soddalashtirish 2 Turizm xizmatlariga qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini kamaytirish 3 Hududiy turizm klasterlarini tashkil etish 3 Turoperatorlarga maxsus davlat subsidiyalarini ajratib berish 4 Yagona “Turizm agentligi” orqali davlatxususiy sheriklik faoliyatini yo‘lga qo‘yish 4 Xorijiy investitsiyalar uchun soliq imtiyozlarini joriy etish 5 Turoperatorlar uchun “Smart Tourism” raqamli platformasini joriy etish 5 Turoperatorlar faoliyati uchun grant dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish(ekoturizm, halol turizm) 6 Turizm infratuzilmasi bo‘yicha davlat bilan hamkorlikdagi loyihalar portfelini yaratish 6 Mahalliy transport kompaniyalari va mehmonxonalar bilan paketlashtirishda chegirmalar joriy etish 7 Turoperatorlar Innovatsion uyushmasini tashkil etish 7 Eksport qilinadigan turpaketlar uchun moliyaviy rag‘batlantirish sxemalarini ishlab chiqish 8 Hududiy turizm ofislari moddiy-texnik bazasini rivojlantirish 8 Sug‘urta mexanizmlarini takomillashtirish 9 Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash dasturlarini rivojlantirish 9 Turoperatorlarga xorijiy yarmarkalarda ishtirok uchun moliyaviy ko’mak ko’rsatish 2 Muallif ishlanmasi ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 526 10 Turizm bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy etilishini izchil davom ettirish 10 Davlat tomonidan kafolatlangan kredit sug‘urtasini shakllantirish 11 Milliy brend va marketing kampaniyalarini tashkil qilish 11 Xorijiy turistlarni jalb qiluvchi turpaketlar uchun soliq imtiyozlarini ishlab chiqish 12 “Eko turoperator” tashabbusini yo‘lga qo‘yish 12 Yashil turizmni rivojlantiruvchi loyihalarni moliyalashtirish 13 Hududlar kesimida turizm yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish 13 Mahalliy aholini turizm biznesiga jalb qiluvchi kreditlar taklif etish 14 Xalqaro turizm tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish 14 Turizm infratuzilmasiga investitsiyalarni faol tarzda jalb qilish 15 Turoperatorlar uchun maxsus “One Stop Service” markazlarini tashkillashtirish 15 “UzTourism Fund” orqali davlatxususiy moliyalashtirish mexanizmlarini shakllantirish 16 Sun’iy intellekt asosida turistlar oqimini boshqarish tizimini yo’lga qo’yish 16 Onlayn bronlash tizimlarini qo‘llabquvvatlash uchun subsidiyalar ajratish 17 Turoperatorlar o‘rtasida kooperatsiya va hamkorlikni muntazam rivojlantirish 17 Eksport qiluvchi turoperatorlar uchun valyuta konvertatsiyasi yengilliklarini taqdim etish 18 Hududiy turistik resurslarni inventarizatsiya qilish 18 Turistik xizmatlar uchun bank kafolatlari mexanizmlarini rivojlantirish 19 Turizmni ilmiy tadqiqot va innovatsion markazlar orqali yanada faol tarzda qo‘llabquvvatlash 19 Turizm sohasidagi startaplarni venchur kapital bilan ta’minlash 20 Virtual turizm markazlari va eng so’nggi texnologiyalarni joriy qilish 20 Turizm loyihalarini davlat-xususiy sheriklik asosida moliyalashtirish Shuningdek, tadqiqotlar natijasida turoperatorlik faoliyatining iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish modelini ishlab chiqdik (1-rasmga qarang). ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 527 1-rasm. Turoperatorlik faoliyatining iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish modeli 3 Modelning nazariy poydevori turoperatorlikning yuqori tashqi ta'sirlarga ega xizmat sektori ekanligi, ya’ni yuqori darajadagi talab sezuvchanligi, mavsumiylik, mintaqaviy o’ziga xoslik, noyob madaniy-tarixiy resurslarga tayanilishi singari jihatlarga asoslanadi. 3 Muallif ishlanmasi Makroiqtisodiy asos Soliq imtiyozlari Barqaror moliyaviy siyosat Davlat byudjeti Grantlar Marketing fondlari Turoperatorlar uchun subsidiya va grantlar Investitsiya muhiti Moliyaviy manbalar Xususiy kapital Xorijiy invetsiyalar Iqtisodiy instrumentlar Reinvestitsiya Risk menejment Sug’urta Operatsion darajadagi qo’llanish Kreditlar va imtiyozli moliyalashtirish Ekologik loyihalarni qo’llabquvvatlash Hududiy biznes vakillari biln hamkorlik Davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash Turoperatorlik faoliyatningi barqaror iqtisodiy o’sishi ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 528 Turizm bozori o‘z-o‘zini samarali ravishda tartibga sola olmaganida axborot asimmetriyasi, investitsiya va infraturilmaga yo’naltiriladigan yuqori hajmdagi boshlang‘ich xarajatlar, ekologik tashqi ta’sirlar, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi samarali mexanizmlar orqali, kamchiliklarni bartaraf etish asnosida tartibga solinadi. Ilgari surilayotgan asosiy gipoteza maqsadli davlat qo‘llab-quvvatlash tartibotini ishlab chiqish, diversifikatsiyalangan moliyalashtirish manbalari va shunga mos iqtisodiy instrumentlar yordamida turoperatorlik sektoriga investitsiyalarni faol jalb etishni nazarda tutib, bunda yangi ish o‘rinlarini yaratish va mintaqaviy rivojlanishni rag‘batlantirish, ya’ni barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash ustuvordir. Modelning tarkibiy elementlari va ularning o‘zaro ta'siriga e’tibor qaratar ekanmiz, bunda makroiqtisodiy asos yaratilishi, ya’ni barqaror makroiqtisodiy siyosat (inflyatsiya, valyuta barqarorligi), soha uchun real prognozlanadigan soliq va byudjet rejimlari shakllanishiga tayaniladi. Ushbu bo’g’in turoperatorlar faoliyati uchun ishonchli biznes muqobilini ta’minlaydi va xususiy invеstorlarga “crowd-in” ta'sirini ko‘rsatadi. Ma’lumki, crowd-in ta’siri odatda ijtimoiy infratuzilma, ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm va transport loyihalarida kuchliroq seziladi, chunki bu sohalar yuqori tashqi ijobiy ta’sirlarga ega. Oddiyroq qilib aytganda davlat investitsiyasi yoki qo‘llab-quvvatlashi jarayoni misol uchun, ma’lum bir infratuzilmaga mablag‘ ajratilishi, subsidiyalar, kafolatlar berilishi xususiy sektor tomonidan qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, davlat mablag‘lari xususiy sektor kapitalini siqib chiqarish (crowdout) o‘rniga, aksincha, uni rag‘batlantiradi va faol jalb etadi. Aksincha, ayrim hollarda davlatning haddan tashqari ko’p miqdordagi subsidiyalari yoki monopolizatsiyasi “crowd-out”, ya’ni xususiy kapitalni siqib chiqarish ta’sirini keltirib chiqarishi ham mumkin. Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash birinchidan, soliq imtiyozlari: boshlang‘ich investitsiyalar, kichik turoperatorlar, ekoturizm yoki halol turizmga mo‘ljallangan loyihalar uchun vaqtinchalik soliq yengilliklarini nazarda tutsa, ikkinchidan, qulay investitsiya muhiti litsenziyalash jarayonlarini soddalashtirish, infratuzilma yo‘l, aeroport, elektr tarmoqlari bo‘yicha ko‘mak berilishini anglatib, uchinchidan, barqaror moliyaviy siyosat orqali eksportni rag‘batlantirish, valyuta mablag’larni samarali boshqarishni ta’minlash mumkin bo’ladi. Moliyaviy manbalar sifatida davlat byudjeti – grantlar, maxsus ko‘mak dasturlari; xususiy kapital, xorijiy investitsiyalar hamda xalqaro tashkilotlar va rivojlanish banklari tomonidan ajratiladigan mablag’lar ko’zda tutiladi. Fikrimizcha, davlat kafolatlari va kredit garovlari xususiy investitsiyalarni kengroq jalb qilsa, grantlar esa loyiha boshlanishini yanada tezlashtiradi. Iqtisodiy yo’nalishdagi qadamlar tashkiliy jihatdan asoslangan bo’lishi lozimligini inobatga olib, tadqiqotlar natijasida turoperatorlik faoliyatining tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish modelini ishlab chiqdik (2-rasmga qarang). ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 529 2-rasm. Turoperatorlik faoliyatining tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish modeli 4 Turoperatorlik faoliyatining tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish modeli, asosan, tashqi omillar, milliy boshqaruv tizimi va ichki boshqaruv mexanizmlarining o‘zaro 4 Muallif ishlanmasi Tashqi omillar Global turizm trendlari Xalqaro standartlar Davlat siyosati Hududiy hokimyatlar Professional assotsatsiyalar Raqamli texnologiyalar Xalqaro tashkilotlar Milliy boshqaruv tizimi Faoliyat strategiyalari Turizm qo’mitasi Turoperatorlik uyushma va tashkilotlari O’zaro manfaatli hamkorlik tizimi Umumiy manfaatlarni himoya qilish Ichki boshqaruv mexanizmlari Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish Kooperatsiya Raqobatchilarni ng mavjud tajribasi Xizmat sifat standartlari Turoperatorlik faoliyatning barqaror tashkiliy rivojlanishi Mijozlar bilan ishlash Brend targ’iboti Turistlar ehtiyojini aniqlash Potensial mijozlar fikrmulohazalarini o’rganish ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 530 uyg‘unlashuvi hamda mijozlar bilan samarali aloqadorlikka tayanib, mazkur modelda tashqi omillar sifatida global turizm trendlari, xalqaro standartlar, raqobatchilar va yangi texnologiyalar, shuningdek davlat siyosati va hududiy hokimiyatlarning faoliyati muhim rol o‘ynaydi. Ushbu muhim omillar turoperatorlarning tashkiliy faoliyatini tashqi muhitga moslashtirishni talab etib, masalan, jahon bozorida raqamli turizm va barqarorlikka asoslangan xizmatlar keng tarqalayotgan bir paytda, mahalliy turoperatorlar ham shu talablarga mos faoliyat yuritishi zaruratini namoyon etadi. Modelning ikkinchi qatlamini milliy boshqaruv tizimi qamrab olgan va bu tizim orqali turoperatorlik faoliyatini tartibga solish, muvofiqlashtirish hamda rivojlantirish amalga oshiriladi. Milliy turizm qo‘mitasi va hududiy hokimiyatlar turoperatorlarni qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani yaxshilash va litsenziyalash jarayonlarini soddalashtirish orqali sohada barqaror muhit yaratishlari birlamchi zarurat hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda, turoperatorlik uyushmalari va professional assotsiatsiyalar milliy brendni shakllantirish, xizmatlarni xalqaro standartlarga moslashtirish hamda umumiy manfaatlarni himoya qilishda muhim vazifani o’tab, ularning mavjudligi xususiy sektor bilan davlat organlari o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajarib, sohaning institutsional rivojlanishini ta’minlaydi. Ichki boshqaruv mexanizmlari esa turoperatorlarning o‘z faoliyatini samarali tashkil etishida asosiy omil hisoblanib, bunda raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, xodimlarning malakasini oshirish, xizmat sifati standartlarini joriy etish hamda turizm klasterlari doirasida boshqa xo‘jalik subyektlari bilan kooperatsiya qilish asosiy yo‘nalishlar sifatida ko‘zda tutiladi. Zamonaviy IT-platformalar orqali xizmatlarni tezkor va qisqa muddatlarda taqdim etish, sun’iy intellekt asosida mijozlar ehtiyojlarini tahlil qilish yoki xalqaro sertifikatlar asosida xizmat sifati ustidan qat’iy nazoratni kuchaytirish ichki samaradorlikni oshiradi deb hisoblaymiz. Modelning yakuniy bosqichi bevosita mijozlar bilan ishlashga qaratilgan bo‘lib, bu jarayon fikrimizcha, tashkiliy mexanizmlarning eng muhim qismi hisoblanadi. Mijozlar ehtiyojlarini muntazam o‘rganish, turistik talabni segmentatsiya qilish va ular asosida yangi tur mahsulotlarni ishlab chiqish turoperatorlik faoliyatining bozor talabiga moslashuvchanligini ta’minlaydi. Shu bilan birga, birinchidan, potensial mijozlarning fikr-mulohazalarini tahlil qilish, onlayn sharhlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali monitoring olib borish xizmatlarning sifatini oshirishga xizmat qilsa, ikkinchidan, milliy va hududiy brend imidjini shakllantirish hamda uni xalqaro bozorda targ‘ib etish mijozlar bilan uzoq muddatli, ishonchli va manfaatli aloqadorlikni kuchaytiradi. O’zbekiston Respublikasi “Turoperator va turagentlik xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomi”da qayd etilgan huquq va majburiyatlarni o’rganish jarayonida takomillashtirilishi lozim bo’lgan hamda inobatga olish zarurati mavjud bir qator jihatlar aniqlandi. Shunga muvofiq, mamlakatimizda faoliyat yuritadigan turoperatorlar va turagentliklar huquqlarini takomillashtirish borasida bir qator takliflarimizni ilgari suramiz. 1. Turni o‘zgartirish doirasida turistning mobil ilova orqali roziligi olinishi, marshrut o‘zgarishi haqidagi real vaqtdagi SMS yoki e-mail xabarnomalar berilishi, yuzaga keladigan o‘zgarishlarni sug‘urtalash orqali kafolatlash, turistlarga alternativ variantlar taklif etish, tur yo‘nalishi o‘zgarishi uchun kompensatsiya to’lash mexanizmlarini joriy etish, xavfsizlik standartlarini xalqaro talablar asosida belgilash, turist mulkini sug‘urtalash majburiyatini kiritish lozim. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 531 2. Narxni oshirish huquqi doirasida narx o‘zgarishlarini blokcheyn asosida shaffof ko‘rsatib berish, narx oshishiga taalluqli sabablar bo‘yicha ochiq hisobot taqdim etish, narx o‘zgarishi bilan birga ko’rsatiladigan xizmatlar sifati yaxshilanishi, yuzaga kelayotgan o‘zgarishlardan voz kechish huquqining turistda saqlab qolinishi, narxni oshirishda davlat organlari monitoringini amalga oshirish, turistga chegirmali variantlar taqdim etish, oldindan to‘lovni amalga oshirgan mijozlarga nisbatan narxlarni o‘zgartirmaslik, narx oshganda bonus xizmatlarni qo‘shib berish zarur. 3. Shartnomani bekor qilish huquqi borasida onlayn platforma orqali bekor qilish tizimini yo’lga qo’yish, xizmatlar uchun alternativ yo‘nalish taqdim etish, minimal miqdorda kompensatsiya to‘lash, favqulodda holatlar bo‘yicha maxsus sug‘urta paketini taqdim etish, guruh a’zolari to‘planmaganda boshqa guruhlarga qo‘shish imkoniyatlarini yaratish, qonunchilikda aniq muddat va tartibotni belgilash, turistga keyingi turni chegirma bilan xarid qilish huquqining berilishi muhim ahamiyat kasb etadi. 4. Zararni qoplashni talab qilish huquqi bo’yicha sudgacha nizolarni hal qilish onlayn platformasini ishga tushirish, zararni baholash bo‘yicha mustaqil ekspertlar tizimi mavjud bo’lishi, nomoddiy zararlarni ma’naviy-psixologik yordam orqali qoplash, sug‘urta mexanizmlarini kuchaytirish, huquqiy maslahat markazlarini yaratish, zararni blokcheyn orqali hujjatlashtirish, davlat kafolatlari asosida zararni minimal miqdorda qoplash mexanizmlarini ishga tushirish maqsadga muvofiq. Xalqaro adabiyotlarni hamda mashhur turoperatorlar faoliyatini tahlil qilish natijasida olingan xulosalarimizga muvofiq sohani rivojlantirishga oid quyidagi amaliy takliflarimizni ilgari suramiz: Birinchidan, mamlakatimizdagi mavjud turoperatorlar faoliyati samaradorligini oshirish, ustuvor yo’nalishlarni belgilash va rivojlantirish, yangi tashkil etiladigan operatorlarni faol tarzda qo’llab-quvvatlash maqsadida “Turoperatorlar innovatsion uyushmasi”ni tashkil etishni taklif etamiz. Uyushmaning asosiy vazifasi turoperatorlarni yagona strategik maqsad atrofida birlashtirish, innovatsion xizmatlar kompleksini yaratish, davlat va xalqaro tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat bo’ladi. Ikkinchidan, sohada dinamik narx belgilash tizimini joriy etish asosida tur paket narxlarini mavsum, talab va mijozlar tajribasi asosida avtomatik ravishda moslashtirish natijasida daromad hajmini15-20% ga oshirish, raqobatbardoshlikni kuchaytirish mumkin. Misol tariqasida Buxoro – Samarqand – Toshkent yo’nalishidagi oddiy 7 kunlik tur paket o’rtacha narx miqdori 800 AQSH dollari miqdori ekanligini inobatga olib, dinamik narx belgilash tizimi murakkab hisob-kitoblarni amalga oshirish orqali turli mavsumlarda turlicha narxlar belgilab beradi (2-jadvalga qarang). 2-jadval Buxoro – Samarqand – Toshkent 7 kunlik turpaketining dinamik narx belgilash tizimi natijalari 5 5 Muallif ishlanmasi