Full text
38 ActaCAMU № 4(12) 2025 ISSN: 2181-4155 QARIYALAR HAYOT SIFATINI SAQLASH VA YAXSHILASH YO‘LLARI ПУТИ СОХРАНЕНИЯ И УЛУЧШЕНИЯ КАЧЕСТВА ЖИЗНИ В ПОЖИЛОМ ВОЗРАСТЕ WAYS TO MAINTAIN AND IMPROVE QUALITY OF LIFE IN OLD AGE Норматова Ш.А.- PhD, доцент https://orcid.org/0000-0001-6057-555X Ruzmatova Hiloloy Kabilovna https://orcid.org/0009-0003-6255-5597 Central Asian Medical University Annotatsiya. Mazkur tadqiqot zamonaviy dunyoda aholining qarish jarayonining tezlashuvi va uning sog‘liqni saqlash hamda ijtimoiy sohalarga ta’sirini baholashga qaratilgan. Tadqiqotning maqsadi — yoshi katta aholining organizmida erta qarish jarayoniga olib keluvchi asosiy ekologik va ijtimoiy omillarni aniqlash hamda ularning sog‘lig‘iga ta’sir darajasini kompleks baholashdir. Ishda gigiyenik, sotsiologik, kliniko-laborator metodlar qo‘llanilib, shahar va qishloq aholisi o‘rtasidagi farqlar tahlil qilingan. Farg‘ona viloyati misolida atmosferaning ifloslanishi, shovqin, ichimlik suvi sifati, zararli odatlar, surunkali kasalliklar va hayot sifati kabi omillarning qarish tezligiga ta’siri baholandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, erta qarishga sabab bo‘luvchi ustuvor omillar aniqlandi va biologik yoshni aniqlashning amaliy usuli ishlab chiqildi. Xulosa sifatida, faol uzoq umr ko‘rishni ta’minlash uchun ijtimoiy-gigiyenik, tibbiy-profilaktik va axborot-tahliliy tadbirlarni o‘z ichiga olgan kompleks model joriy etish tavsiya etiladi. Kalit so‘zlar. Depopulyatsiya, ijtimoiy-gigiyenik, tibbiy-profilaktik, axborot-tahliliy, gerontologiya. Аннотация. Данное исследование направлено на оценку ускорения процессов старения населения в современном мире и их влияния на систему здравоохранения и социальные сферы. Цель исследования — выявить основные экологические и социальные факторы, вызывающие преждевременное старение организма пожилых людей, а также комплексно оценить степень их воздействия на здоровье. В работе применены гигиенические, социологические и клинико-лабораторные методы, проведено сравнение жителей городских и сельских территорий. На примере Ферганской области оценено влияние загрязнения атмосферы, уровня шума, качества питьевой воды, вредных привычек, хронических заболеваний и качества жизни на темпы старения. По результатам исследования выявлены ведущие факторы преждевременного старения и разработан практический метод определения биологического возраста. В качестве вывода рекомендуется внедрение комплексной модели, включающей социально-гигиенические, медицинско-профилактические и информационноаналитические меры для обеспечения активного долголетия. Ключевые слова: депопуляция, социально-гигиенические, медико-профилактические, информационно-аналитические, гериатрия. Abstract. This study is aimed at assessing the accelerating population aging in the modern world and its impact on the healthcare system and social sectors. The purpose of the study is to identify the main environmental and social factors leading to premature aging in the elderly population and to comprehensively evaluate their impact on health. Hygienic, sociological, and
39 ActaCAMU № 4(12) 2025 ISSN: 2181-4155 clinical-laboratory methods were used in the research, and differences between urban and rural populations were analyzed. Based on the example of the Fergana region, the influence of atmospheric pollution, noise levels, drinking water quality, harmful habits, chronic diseases, and quality of life on the rate of aging was assessed. The results of the study revealed the key factors contributing to premature aging and led to the development of a practical method for determining biological age. It is concluded that implementing a comprehensive model that includes socio-hygienic, medicalpreventive, and information-analytical measures is recommended to ensure active longevity. Keywords: depopulation, socio-hygienic, medical and preventive, informational and analytical, gerontology. Dolzarbligi: Zamonaviy dunyoda aholining qarish jarayoni global muammolardan biriga aylanmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti prognozlariga ko‘ra, 2050-yilga kelib 60 yoshdan katta yoshdagi aholining soni 1 milliarddan oshadi. Statistik kuzatuvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, 1950-yilda aholining 8 foizini yoshi katta insonlar tashkil etgan bo‘lsa, 2000-yilda bu ko‘rsatkich 10 foizga, 2050-yilda esa 21 foizga yetishi kutilmoqda. Bu demografik o‘zgarishlar ijtimoiy sohalar, ayniqsa sog‘liqni saqlash tizimi oldiga yangi talab va vazifalarni qo‘ymoqda. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili: Chet-el olimlaridan Plagg B. va Zerbe S. (2020) qarish jarayoniga atrof-muhit omillarining ta’sirini quyidagicha izohlaydi: “Qarish jarayoniga atrofmuhitning (havo ifloslanishi, iqlim, yashash sharoitlari) ko‘rsatadigan kompleks ta’sirini ko‘rsatagan. Ushbu ilmiy izlanish havoning sifati, suv, iqlim, shahar yashash muhiti va ijtimoiy-madaniy omillar qarish va qarilik kasalliklariga qanday ta’sir etishi muhokama qilingan. Atrof-muhit faktorlarining kognitiv buzilish, yurak qon-tomir kasalliklari, saraton va boshqa holatlar bilan bog‘liq ta’sirlari tahlil qilingan” [1, 2]. Yun Chul Hongning ta`kidlashicha: “Qarilarning toksinlarga, chang, kimyoviy moddalarga nisbatan yuqori sezuvchanligi, ob-havo o‘zgarishlari va ijtimoiy sharoitlar bilan bog‘liqligi borligi hamda qarilarning salomatlik muammolarini tashqi muhit bilan bog’liqlik borligini muhokama qilingan” [3, 4]. Tadqiqot metodologiyasi: Aholining qarishi jamiyat hayotining barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatmoqda: sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy ta’minot, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, sug‘urta, pensiya tizimi va boshqa yo‘nalishlarga. Shunday ekan, yoshi katta insonlarning salomatligi va mehnatga layoqatini saqlab qolish nafaqat sog‘liqni saqlash tizimi, balki davlatimiz iqtisodiyoti uchun ham ustuvor vazifalardan biri bo‘lishi lozim. Depopulyatsiya 65% hollarda o‘lim darajasining oshishi bilan, 35% hollarda esa tug‘ilish darajasining pasayishi bilan bog‘liq. Hududiy ekologik-gigiyenik holat o‘ziga xos jihatlari o‘rganilib, shahar va qishloq aholisi qarish jarayoniga ta’sir qiluvchi ustuvor xavf omillari aniqlandi. Bu omillarni sog‘liqni saqlash sohasidagi mintaqaviy dasturlarni shakllantirishda ustuvor yo‘nalishlarni asoslashda hisobga olish zarur. Pensiya yoshidagi aholining umr davomiyligi va mehnatga layoqatini ta’minlash maqsadida yashash muhiti xavf omillarining ta’sirini gigiyenik jihatdan kompleks baholash asosida erta qarishning oldini olish bo‘yicha tadbirlar tizimini takomillashtirish. Tashqi muhit omillarining yoshi katta aholi organizmiga ta’sir darajasini baholash maqsadida qarish jarayonini aniqlash uchun eng informativ kliniko-laborator ko‘rsatkichlarni aniqlashga qaratilgan uslubiy yondashuv ilmiy asoslandi va amaliyotga joriy qilindi. Bu yondashuv qarish jarayonida aholining sog‘lig‘ holati va yashash muhiti omillari o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘liqliklarini aniqlash sifatini oshirishga xizmat qiladi va ijtimoiy-gigiyenik monitoring tizimida qo‘llaniladi. Natijalar: Hududiy ekologik-gigiyenik holat o‘ziga xos jihatlari o‘rganilib, shahar va qishloq aholisi qarish jarayoniga ta’sir qiluvchi ustuvor xavf omillari aniqlandi. Bu omillarni sog‘liqni saqlash sohasidagi mintaqaviy dasturlarni shakllantirishda ustuvor yo‘nalishlarni asoslashda hisobga olish zarur. Tashqi muhit omillarining yoshi katta aholi organizmiga ta’sir darajasini baholash maqsadida qarish jarayonini aniqlash uchun eng informativ kliniko-laborator ko‘rsatkichlarni aniqlashga qaratilgan uslubiy yondashuv ilmiy asoslandi va amaliyotga joriy qilindi. Bu yondashuv qarish
40 ActaCAMU № 4(12) 2025 ISSN: 2181-4155 jarayonida aholining sog‘lig‘ holati va yashash muhiti omillari o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘liqliklarini aniqlash sifatini oshirishga xizmat qiladi va ijtimoiy-gigiyenik monitoring tizimida qo‘llaniladi. Qarish jarayonini sekinlashtirish va faol uzoq umr ko‘rishni ta’minlash maqsadida ijtimoiy-gigiyenik, tibbiy-profilaktik va axborot-tahliliy chora-tadbirlar tizimining modeli ishlab chiqildi. Aholining qarish darajasi bo‘yicha Farg’ona viloyatiga alohida to‘xtalib o‘tish kerak. Ushbu hududda 4,061,500 nafar aholi istiqomat qiladi, ularning 499 000 ming nafari yoki 12,3 foizi mehnatga layoqatsiz yoshdan katta aholidir. O’zbekiston bo‘yicha bu ko‘rsatkich o‘rtacha 25% dan oshmaydi. Farg’ona viloyati asosiy demografik ko‘rsatkichlar bo‘yicha O’zbekistonning eng og‘ir holatdagi hududlaridan biri hisoblanadi. Farg‘ona viloyatida shaxar va qishloq aholisi qarish jarayoniga yashash muxiti ta’siri o‘rganilganildi. Natijada organizmning erta qarishiga olib keluvchi xavf omillarini gigiyenik baholash natijasida ularning orasidan ustuvor (asosiy) omillar ajratib ko‘rsatildi. Ular quyidagilar: - Zararlı odatlar (ta’sir kuchi kamayish tartibida): alkogol, chekish, gipodinamiya (harakatsizlik) - Surunkali kasalliklar mavjudligi - Depressiya mavjudligi - Hayot sifati darajasi Shuningdek, shahar va qishloq muhitida atrof-muhitning ifloslanish darajasi tahlil qilindi. Tahlil shuni ko‘rsatdiki: • Shahar aholisi uchun asosiy salbiy omillar – atmosfera havosining ifloslanishi va shovqin darajasi • Qishloq aholisi uchun esa – ichimlik suvi sifatidir Shaharda ham, qishloqda ham keksalar salomatligiga va organizmning qarish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan bir qancha omillar mavjud bo‘lib, ular qarish tezligining ortishiga olib keladi. Ushbu tadqiqot gigiyenik va sotsiologik uslublar asosida olib borilgan bo‘lib, qarilik yoshidagi aholining hayot sifatini ifodalovchi omillarni kompleks tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. Jumladan: biologik yoshni aniqlash, qarish tezligini baholash, kasallanish ko‘rsatkichlari, sog‘liq buzilishiga olib keluvchi xavf omillarining ta’sir darajasi aniqlangan. Bu esa aholi umrining davomiyligini oshirish va faol uzoq umr ko‘rishni ta’minlashga yo‘naltirilgan ustuvor ijtimoiygigiyenik, tibbiy-profilaktik va axborot-tahliliy chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqishga imkon berdi. Biologik yoshni aniqlash usuli ishlab chiqildi, bu esa tashqi muhit omillarining organizmning yoshga bog‘liq degenerativ o‘zgarishlarga uchraydigan tuzilmalari va tizimlariga ta’sirini baholashga imkon yaratadi. Bu uslub umr davomiyligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Qarilik yoshidagi aholining hayot sifatini yaxshilash bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Xulosa va takliflar: Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, erta qarishning asosiy sabablari orasida ijtimoiy va ekologik omillar yetakchi o‘rin tutadi. Yoshi ulg‘aygan aholining soni ortgani sari sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimlariga yuklama kuchaymoqda. Shu bois, keksalarning sog‘ligini muhofaza qilish, ularning jismoniy va ruhiy faolligini saqlab qolish dolzarb vazifa sifatida e’tirof etiladi. Ishlab chiqilgan metodologiya asosida: 1. Yashash muhiti va hayot tarzining noqulay omillarining umr davomiyligiga ta’sir darajasini tahlil qilish va baholash. 2. Umr davomiyligiga genetik moyillikni tahlil qilish. 3. Keksalar orasida sog‘lomlashtiruvchi jismoniy mashg‘ulotlarning samaradorligini baholash va ularni dinamik shifokor nazoratida kuzatish. 4. Keksalar orasida qo‘llanilayotgan gerontologik preparatlar va organizmni yoshartirish dasturlarining samaradorligini baholash. Ilmiy izlanishlar natijasida amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi: 1. Biologik yoshni aniqlash uchun ishlab chiqilgan usul tibbiyot muassasalarida ommaviy skrining tekshiruvlari uchun, shuningdek, sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya yoki sport mashg‘ulotlari samaradorligini miqdoriy baholash maqsadida qo‘llash tavsiya etiladi.
41 ActaCAMU № 4(12) 2025 ISSN: 2181-4155 2. Keksalarga tibbiy yordam ko‘rsatishda erta qarishning oldini olish va faol uzoq umrni uzaytirish maqsadida quyidagi uch bo‘limdan iborat kompleks tadbirlarni joriy etish maqsadga muvofiq: – ijtimoiy-gigiyenik bo‘lim, – tibbiy-profilaktik bo‘lim, – axborot-tahliliy bo‘lim. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Inoyatova Sh.M., Normatova Sh.A. (2020). Yoshga doir o‘zgarishlar va qarilik davrining gigiyenik xususiyatlari. – Toshkent: TTA nashriyoti. 2. Normatova Sh.A. (2021). Yosh o‘zgarishlari va tashqi muhit omillarining o‘zaro ta’siri: gigiyenik yondashuvlar. – Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6099-sonli Farmoni (2020). Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. 4. Barbara Plagg & Stefan Zerbe (2020) – “How does the environment affect human ageing? An interdisciplinary review”