scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SHINJON O'ZBEK ADIBI ANDIJONIY IJODIDA FRAZEOLOGIK BIRIKMALARNING VARIANTLANISHI

Gulnoza, Turdiyeva Sayfullayevna

Full text

6 3 5 SHINJON O„ZBEK ADIBI ANDIJONIY IJODIDA FRAZEOLOGIK BIRIKMALARNING VARIANTLANISHI Gulnoza Turdiyeva Sayfullayevna, OʻzDJTU Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi, ilmiy tadqiqotchi E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17950452 Annotatsiya. Ushbu maqolada tilshunoslikning qiziqarli ilmiy sohalardan biri frazeologizmlarning, xususan, XX asr boshlari Sharqiy Turkiston (Shinjon)da yashab ijod qilgan o‘zbek shoirlaridan biri Pirimqul Qori Andijoniyning ijodiga oid frazeologik iboralarning leksik-semantik jihatdan tahlili, milliymadaniy xususiyatlari haqida so‗z boradi. O‗zbek tilshunosligida frazeologizmlarning ma‘nosi, lug‗aviy va semantik xususiyatlariga ko‗ra tasnifi asosida shoir ijodi lirik matnlari ifodasiga daxldor iboralarning rango-rangligi, ularning badiiy-estetik yuklamasi ilmiy asosda izohlandi, she‘rlarida variantlanishning yuzaga kelishi, bugungi kundagi iste‘mol variantlari bilan taqqoslab ko‘rildi. Kalit so„zlar: ―Shinjon o‗zbek adiblari‖, Andijoniy, frazeologik birlik, variantlanish, lingvopoetika, emotsionallik, xalqona tasvir. Аннотация. В статье рассматривается одна из актуальных областей современного языкознания — фразеология, в частности лексико-семантический анализ и национально-культурная специфика фразеологических единиц в поэтическом наследии Пиримкула Кори Андижония, узбекского поэта, жившего и творившего в Восточном Туркестане (Синьцзяне) в начале XX века. В рамках узбекского языкознания фразеологические единицы анализируются на основе их семантической, лексической и стилистической классификации. В статье выявляется многообразие фразеологических выражений, используемых в лирических текстах поэта, и раскрывается их художественно-эстетическая функция. Особое внимание уделяется явлению вариантности фразеологизмов, которые сопоставляются с их современными вариантами употребления. Ключевые слова: узбекские писатели Синьцзяна, Андижоний, фразеологическая единица, вариантность, лингвопоэтика, эмоциональность, народная образность. Annotation. This article explores one of the significant research areas of linguistics – phraseology – focusing on the lexical-semantic analysis and national-cultural specificity of phraseological units found in the poetic works of Pirimqul Qori Andijaniy, an Uzbek poet who lived and created in Eastern Turkestan (Xinjiang) in the early twentieth century. Within the framework of Uzbek linguistics, phraseological units are analyzed based on their semantic, lexical, and stylistic classification. The study reveals the diversity of phraseological expressions used in the poet‘s lyrical texts and clarifies their artistic and aesthetic functions. Special attention is paid to the phenomenon of variation in phraseological units, which is examined through a comparative analysis of their usage in the poet‘s works and their contemporary forms. Key words: Xinjiang Uzbek writers, Andijaniy, phraseological unit, variation, linguopoetics, emotionality, folk imagery. Kirish. Voqelikni obrazli tasvirlashda, uni aniq va to‗la gavdalantirishda frazeologik iboralarning o‗rni, ahamiyati beqiyosdir. Iboralar hayotdagi voqeahodisalarni kuzatish asnosida, jamiyatdagi salbiy va ijobiy xattiharakatlarni baholash, turmush tajribalarini umumlashtirish asosidagi xalq xulosalarini o‗ziga xos obrazli ifodalaydi. ―Turg‗un‖, ―barqaror birikma‖, ―parema‖ atamalari bilan umumlashtirilgan til hodisalari ichida frazeologik birikmaga xos bir necha xususiyat mavjud: tayyor lug‗aviy birlik, ya‘ni barqarorligi, ko‗chma ma‘noda qo‗llanishi, fikrni obrazli ifodalashi, gap yoki 7 3 5 so‗z birikma shaklida bo‗lishi kabi. Bugun shunday to‗liq tasnifga еtguncha tilshunoslikning mazkur sohasi bir qancha tadqiqiy bosqichlarni bosib o‗tgan. Adabiyotlar tahlili. Frazeologiya nazariyasining ilk tadqiqotchisi shvetsariyalik fransuz olim (1865-1947) Sharl Balli bo‘lib, olim o‗zining asarlarida frazeologizmlarni tadqiq etuvchi maxsus boblar kiritib, frazeologiya nazariyasiga asos solgan [1.221]. Frazeologik birliklarning sinonimlik, antonomlik, variantdoshlik, omonimlik xususiyatlari A.M. Melerovich, M.N. Shanskiy, V.A.Yatselinka ishlarida, gap tarkibidagi sintaktik vazifalari S.G. Gavrin, O.V. Shovkunova va boshqalarning ishlarida ko‗rsatib berilgan. Frazeologiya sohasi o‗zbek tilshunosligida ham tadqiqotlari ko‗p olib borilgan soha sifatida e‘tiborga loyiq, bu soha rivojiga Sh.Rahmatullayev, A.Mamatov, B.Yo‗ldoshev kabi olimlarning hissalari benazir. Prof. Sh.Rahmatullayev frazeologik birliklarni ―ikki yoki undan ortiq leksik negizdan tarkib topgan, mazmunan so‗zga muqobil, yaxlitligicha ustama ko‗chma ma‘no anglatadigan lug‗aviy birlik‖ [2.56] deb frazeologik birliklar ta‘rifidagi asosiy nuqtalarga to‗xtalib o‗tadi. B.A.Mamatov, Sh.Almamatovaning ―Farzeologik transpozitsiya va uni o‗rganish haqida‖ izlanishlari (2007) [3.52], B.Yo‗ldoshevning ―O‗zbek frazeologiyasi va frazeologiyasining shakllanishi hamda taraqqiyoti‖ nomli ikki monografiyasi (2013) [4.49] keyingi yillarda ham o‗zbek tilshunosligida frazeologizmlarning turli jihatlarini o‗rganish bo‗yicha jiddiy yutuqlarga erishayotganidan darak beradi. Tadqiqot metodologiyasi. Mazkur tadqiqotda lingvistik va lingvopoetik tahlil metodlaridan foydalanildi. Jumladan, Pirimqul Qori Andijoniyning ―Shinjong o‗zbek adiblari‖ to‗plamiga kiritilgan she‘riy matnlardagi frazeologik birliklar tanlab olinib, ularning leksik-semantik xususiyatlari tavsifiy va qiyosiy metodlar asosida tahlil qilindi. Frazeologizmlarning ma‘nosi, emotsional-ekspressiv yuklamasi hamda badiiy-estetik vazifasi kontekstual tahlil yordamida aniqlandi. Tadqiqot jarayonida tarixiy-lingvistik yondashuv asosida XX asr boshlari eski o‗zbek adabiy tilida qo‗llangan iboralar hozirgi o‗zbek adabiy tilidagi muqobil va variantdoshlari bilan solishtirildi. Variantlanish hodisasi frazeologik lug‗atlar va nazariy manbalarga tayangan holda izohlandi. Shuningdek, statistik kuzatish va tizimlashtirish usullari orqali aniqlangan frazeologik birliklar jadval ko‗rinishida umumlashtirildi. Tahlillar va natijalar. XX asr boshlari eski o‗zbek adabiy tilida ijod qilgan shoirlarning turli janrdagi she‘riy matnlarida uchraydigan iboralarni tadqiq qilish ham dolzab masalalardan hisoblanadi. Qodir Akbarning ―Shinjong o‗zbek adiblari‖ [5.114–140] to‗plami va Sh.Karimovaning ―XX asr boshlari Shinjong ozbek she‘riyati‖ [6.128] monografiyasidan o‗rin olgan Toshkandiy, Andijoniy, Dilafkor, Farhatiy, Vasliy, Barqiy kabi shoirlarning bir qator iboralardan foydalanganlik darajalari, uyg‗urlarning til, adabiy jarayoni ta‘siri doirasida ijod qilish sharoitida o‗zbek tilining imkoniyatlaridan foydalana olganlik mahoratlari tekshirildi. 8 3 5 Frazeologik birliklar tilda bir necha yuz yillardan buyon mavjud boʻlib, koʻpgina iboralar ogʻizdan-ogʻizga koʻchib, har bir milliy tilning ravnaqi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Frazeologizmlar emotsionallikni zarbli ifodalagani uchun ham ular yordamida voqeani obrazli tasvirlab berish, taassurotni, holatni kuchli ifodalash mumkin. Demak, frazeologik birlikda ma‘no uning tarkibidagi soʻz komponentlariga xos leksik ma‘nolarning oddiy yigʻindisiga teng boʻlmaydi, chunki bu soʻzlar koʻchma ma‘noga ega boʻladi. Frazeologizmlarning leksik-semantik tahlili pirovardida iboralarda milliy til va unda so‗zlashuvchi aholining dunyoqarashi, yashash tarzi, o‗y-fikrlari, dini, tuyg‗ulari, kechinmalari va urf-odatlaridagi jihatlar aks etishini kuzatamiz. Tadqiq obyektimiz bo‗lgan shoirlardan biri Andijoniyning she‟rlarining leksemasiga doir iboralar ma‘nosi, atrofida uyushgan leksik birliklarning katta hajmli ko‗lami hamda o‗zida yuklagan rang-barang hissiyotlar, ruhiy holat ifodasi bilan ham milliy-madaniy xususiyatlarni o‗zida yaqqol ko‗rsatib turadi. Pirimqul Qori Andijoniyning ―Shinjong o‗zbek adiblari‖ to‗plamda berilgan she‘rlarida bir nechta ibora ishlatilgan bo‘lib, shoir she‘riyatida frazeologik birliklardan maqsadli foydalanish diqqatga sazovor: Toqatim yo‗q tortqali jabr-u sitamlar ketmasam, Haddin oshdi ko‗nglum ichra g‗ussa-g‗amlar ketmasam – bayti mazmuniga ko‗ra lirik qahramonning jabr-sitam tortishga toqati yo‗q, ketmasa bo‗lmaydi, chunki ko‗nglidagi g‗ussa-g‗amlar haddan oshgan. Baytning qimmati shundaki, ikki misrada uchta ibora bir paytda mujassam: ―toqatim yo„q”, “tortqali jabr-u sitamlar”, “haddin oshdi”. Toqati yo„qning leksik sathi - sabr etmaslik, ―toqati toq” ―toqati yo„q” iborasining bugungi kundagi ko‗proq iste‗mol varianti hisoblanadi. ―Variantlanish tufayli bir ibora boshqa bir iboraga aylanmaydi, bir iboraga xos obraz birligi, lug‗aviy ma‘no birligi saqlanadi, Variantlanish iboraga xos yaxlitlikning o‗zi doirasida, shu yaxlitlik yo‗l qo‗ygan darajada voqe bo‗ladi. Aks holda boshqa bir ibora yuzaga keladi‖ deyiladi O‗zbek tili frazeologik lug‗atida. Frazeologik variantlar dastlab leksik variantlar va grammatik variantlar deb farqlanadi. Ibora tarkibida mustaqil turkum so‗zi bilan ifodalangan komponentni o‗zgartirib hosil qilingan variantga leksik variant deyiladi. Bunda so‗z – komponent almashtiriladi, qo„shiladi, tashlanadi. Bulardan eng murakkabi – leksik almashtirish asosidagi variantlanish. Shunga ko‗ra ―toqati yo„q‖iboraga xos yaxlitlikning o‗zi doirasida yuzaga kelgan, so‗z-komponenti almashtirilgan leksik variant ko‗rinishi. “Haddin oshdi” (g‗ussa-g‗amlar) – ―meyordan o‗tmoq‖, ―tortqali jabr-u sitam‖ – “jabr tortmoq”, ya‘ni jabr ko‗rmoq leksik sathdagi muqobili ―nohaq ravishda adolatsizlikka yo‗liqmoq‖, ―azobga qolmoq‖ [7.213] ma‘nosiga to‗g‗ri keladi. Bu o‗rinda tortqali jabr-u sitam bugungi davrdagi jabr tortmoq (ko‗rmoq) variantidan so‗z-komponenti ham 9 3 5 almashtirilgan, ham qo‗shilgan leksik variant sifatida farqlanadi. ―Aylab ketay‖ radifli she‘rning Och yo‗lim, yo Rabki o‗zni shodmon aylab ketay, Qasd etib, man kabini tarki jahon aylab ketay – misralaridagi “och yo„lim” frazeologik birikmasi – “yo„lini ochmoq” iborasining inversiyaga uchragan shaklidir. Uning leksik sathdagi muqobili ―imkoniyat yaratmoq‖ [7.584] ma‘nosiga ega bo‗lib, bayt mazmuniga ko‗ra lirik qahramon Allohga murojaat etib, istagini bayon etadi: yo‗lini ochsaki, o‗zni shod qilib, tarki jahon qilsa. Baytda yana bir ibora mavjud. “Tarki jahon aylamoq” mavzuga doir lug‗atda “tarki dunyo qilmoq” variantida beriladi, xalq orasida ham, asosan, bu ibora mutasavvuflar orasida ko‗proq iste‘molda bo‗lgan, “barcha dunyoviy ishlardan voz kechmoq, dunyoviy ishlar bilan qiziqmay, shug„ullanmay qo„ymoq‖ ma‘nosida kelmoqda [7.477]. Allohga e‘tiqod va uning zikri bilan yashamoq maqsad qilinadi, shuningdek, baytdagi Qasd etib leksemasi qasd qilmoq emas, maqsad qat‘iyligi sifatida ishlatilgan. Navbatdagi Alamkinman, sitamkinman ajab afkanda g‗amkinman, Gunohimdin juda o‗ksinman ichimdin dil siyoh, yo Rab misralari poetik struktura jihatdan juda go‗zal, sinonimik qatordagi ma‘noviy birlikni frazeologik birlik umumlashtiradi – ―dili siyoh‖. Bu ibora hozirgi o‗zbek adabiy tilida ham shu variantda ishlatiladi, leksik varianti – xafa, lirik qahramonning alam, sitam, g‗amkin, o‗ksik hamda dili siyohligi sababi Rabbi oldida o‗zini gunohkor deb bilishida. Ayni mavzu davomiga quyidagi baytlar mazmuni mos tushadi: Bir jigar bag‗ri ezilgan, bandayi nochorman, Qay mahal kelsa ajal, qulluq aro tayyorman. Ushbu bandda dunyodan dil uzib, faqat Alloh huzuriga oshiqayotgan, tavbalar bilan bandayi nochorligini izhor qilayotgan obraz bor. Uning jigar bag„ri shu sabab ezilgan. ―Jigar-bag„ri ezilmoq‖ iborasi hozirda ham xuddi shu shaklda ishlatiladi. ―Kelsa ajal‖ iborasi inversiya holatda, leksik sathdagi ma‘nosi – ―o‗lim soati, qazosi yetmoq‖, amaldagi mavzuga doir lug‗atda ―ajal(i) yetmoq” shaklida berilgan. Demak, ko‗ramizki, gap yoki erkin bog‗lanma tarkibidagi u yoki bu so‗zning almashtirilishi natijasida uning ma‘nosi o‗zgarsa, frazeologik birliklarning variantlanishi asosida ma‘nosi o‗zgarib ketmaydi, umumiy obraz, ichki bog‗liqlik yo‗qolmaydi. Pirimqul Qori Andijoniy ijodida qo‗llangan iboralarni kuzatish, o‗rganish, estetik zavq olish, shu mavzuga doir bilimlarni kengaytirish va zamon o‗zgarishi hamda makon ta‘sirini oson ajratish maqsadida jadval ilova qilindi. 4 Pirimqul Qori Andijoniy Toqatim yo‗q tortqali jabr-u sitamlar ketmasam, Haddin oshdi ko‗nglum ichra g‗ussa-g‗amlar ketmasam, toqatim yo„q, haddin oshdi, Och yo‗lim, yo Rabki o‗zni shodmon aylab ketay, Qasd etib, man kabini tarki jahon aylab ketay, tarki jahon aylab ketay Bir jigar bag‗ri ezilgan, bandayi nochorman, Qay mahal kelsa ajal, qulluq aro tayyorman bag„ri ezilgan, kelsa ajal Misli bulbul nola-yu afg‗on chekarman dam-badam, Hasrato, topmay murodin ko‗zda nam tanda alam, topmay murodin 10 3 5 Alamkinman, sitamkinman ajab afkanda g‗amkinman, Gunohimdin juda o‗ksinman ichimdin dil siyoh,yo Rab dil siyoh Yigitlik fursatida qilmadim oh-u nadomatlar, Na sud emdi qarib ko‗nglum chekar dod-u fig‗on, yo Rab. ko„nglum chekar fig„on, Berdim ko‗ngulni ul kuni o‗z dilbarim dedim Ikki ko‗zumning nuriyu toji sarim dedim berdim ko„ngul Xulosa. Tadqiqot obyektimiz bo‗lgan ―Shinjong o‗zbek adiblari― to‗plamidan ijodi joy olgan adiblarimiz she‘riyatida ham iboralarning xilma-xil ko‗rinishlaridan unumli foydalanilgan, Tilshunoslikning lingvopoetika yo‗nalishi uchun frazeologizmlar badiiy asarning milliy, xalqona qiyofasini, qarashlarini, an‘analarini gavdalantirishda, tilining ichki xususiyatlarini bor bo‗y-basti bilan namoyon etishda to‗plangan boy xazina sifatida juda katta ustunlikka ega ekanligi mazkur ijodkorlarning she‗rlarida ham kuzatildi. Tadqiq jarayonida iboralarning leksik sathdagi ma‘nodoshlari va hozirgi o‗zbek adabiy tilidagi variantdoshlari farqlab ko‗rsatildi, eski o‗zbek tilida qo‗llangan, ammo hozirda muqobili farqli yoki muqobili yo‗q iboralar, sinonim, variantdosh iboralarning umumiy konsepti izohlab berildi hamda shoirlar ijodida qo‗llangan iboralarga xos farqlarni kuzatish, solishtirishni osonlashtirish maqsadida jadval varianti ilova qilindi. Foydalanilgan adabiyotlar ro„yhati: 1. Балли, Ш. Французская стилистика. – М.: Из=во иностранной лит-ры, 1961. – С. 221. 2. Rahmatullayev Sh. Nutqimiz ko‗rki. — Toshkent: Fan, 1970. — 56 b. 3. Mamatov A. Hozirgi o‗zbek adabiy tilida leksik va frazeologik norma muammolari: Filol. fanlari dokt…diss. avtoref. – T.,1991. – 52 b. 4. Yo‗ldoshev B. Hozirgi o‗zbek adabiy tilida frazeologik birliklarning funksional-uslubiy xususiyatlari: Filol. fanlari dokt…diss. avtoref. – T.,1993. – 49 b. 5. Akbar Qodir. ―Shinjong o‗zbek adiblari‖ Shinjong xalq nashriyoti.1989 y., ناتسىكېبزۆئ ڭاجنىش قلەخ ڭاجنىش .رەبكەئ رىداق :ناغنلاراييەت اقشىلىق رشەن .ىرىلىچۇغزايىتايىرشەن9191 114 –140-betlar. 6. Karimova Sh. XX asr boshlari Shinjong o‗zbek she‘riyati [Matn]: monografiya / – Toshkent: PressPrint nashriyoti, 2025. – 128 b. 7. Rahmatullayev, Sh., Mahmudov, N., Xolmanova, Z., O‗razova, I., Rixsiyeva, K. O‗zbek tili frazeologik lug‗ati. – Toshkent: G‗afur G‗ulom, 2022. – 636 b., 213-b.