scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

AMIR HAYDARNING DAVRIDA BUXORO AMIRLIGINING TARIXIY MANZARASI

Sultonava Kumushxon

Abstract

Mazkur maqolada Amir Shohmurod vafotidan keyin Buxoro taxtiga o‘tirgan amir Haydarning siyosiy faoliyati, harbiy yurishlari, davlat boshqaruvidagi islohotlari hamda uning davrida yuzaga kelgan ichki ixtiloflar tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Amir Haydar hukmronligi davrida viloyat hokimlarining mustaqillikka intilishi, ichki tarqoqliklar, muntazam qo‘zg‘alonlar davom etgan bo‘lsa-da, u shariatga asoslangan boshqaruvni tiklash, tartib-intizomni mustahkamlash va qo‘zg‘olonlarni bostirishda faol siyosat yuritgan. Tadqiqot amir Haydar faoliyatining tarixiy tarixshunoslikdagi o‘rnini aniqlashga xizmat qiladi.

Full text

Dekabr, 2025-Yil 119 AMIR HAYDARNING DAVRIDA BUXORO AMIRLIGINING TARIXIY MANZARASI Sultonava Kumushxon Shahrisabz pedagogika instituti I bosqich tayanch doktranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17952283 Annotatsiya. Mazkur maqolada Amir Shohmurod vafotidan keyin Buxoro taxtiga o‘tirgan amir Haydarning siyosiy faoliyati, harbiy yurishlari, davlat boshqaruvidagi islohotlari hamda uning davrida yuzaga kelgan ichki ixtiloflar tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Amir Haydar hukmronligi davrida viloyat hokimlarining mustaqillikka intilishi, ichki tarqoqliklar, muntazam qo‘zg‘alonlar davom etgan bo‘lsa-da, u shariatga asoslangan boshqaruvni tiklash, tartibintizomni mustahkamlash va qo‘zg‘olonlarni bostirishda faol siyosat yuritgan. Tadqiqot amir Haydar faoliyatining tarixiy tarixshunoslikdagi o‘rnini aniqlashga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar. Mahalliy, harbiy jarayon, Miyonqol, Vamberi, parvonachi, qasr, sayyid, ixlilof, Samarqand, Amudaryo, devonbegi. THE HISTORICAL LANDSCAPE OF THE BUKHARA EMIRATE DURING THE REIGN OF AMIR HAYDAR Abstract. This article analyzes the political activities, military campaigns, reforms in state administration, and internal conflicts that arose during the reign of Amir Haydar, who ascended the throne of Bukhara after the death of Amir Shahmurad, based on historical sources. Although the regional governors' desire for independence, internal discord, and regular uprisings continued during the reign of Amir Haydar, he pursued an active policy of restoring Sharia-based governance, strengthening discipline, and suppressing uprisings. The study serves to determine the place of Amir Haydar's activities in historical historiography. Keywords. Local, military process, Miyonqol, Vamberi, parvonachi, palace, sayyid, conflict, Samarkand, Amu Darya, devanbegi. Kirish. XIX asr boshlarida Buxoro amirligi siyosiy, ijtimoiy va harbiy jarayonlar jihatidan murakkab davrni boshdan kechirgan. Amir Shohmurodning vafotidan so‘ng taxtga o‘tirgan amir Haydar (1800–1826) hukmronligi ana shu murakkabliklarning avj olgan davriga to‘g‘ri keladi. Mamlakatning turli hududlarida yuzaga kelgan mustaqillikka intilishlar, mahalliy hokimlar o‘rtasidagi ziddiyatlar, Marv va Xorazm bilan bog‘liq siyosiy munosabatlar hamda Miyonqol qo‘zg‘olonlari amirlik ichki hayotini keskin o‘zgartirgan. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Mazkur asarni tahlil etishda quyidagi manbalarda foydalanildi: 1. Sovet davrida chop etilgan adabiyotlar; 2. Mustaqillik yillarida chop etilgan adabiyotlar; 3. Xorijda chop etilgan adabiyotlar. Metodologiyasi. Maqolada tarixiy – qiyosiy tahlil, tarixiylik, xolislik ma’lumotlarni tizimlashtish metodlaridan foydalanildi. Muhokama va natija. Amir Shohmurod vafotidan so‘ng taxtga uning o‘g‘li amir Haydar keladi. Ahmad Donish u haqida shunday ma’lumotlarni beradi. “Uning podsholik taxtiga o‘tirishi 1800 yil yakshanba, rajab oyining 14 da bo‘lib, uning hukmronlik davrida amirlarning ko‘pchiligi unga qarshi muxolifat va adovatda edilar. Dekabr, 2025-Yil 120 Buxoroga tobe qal’alar va el-ulus orasida buzg‘unchilik kuchaydi, elatlar o‘rtasida urush va janjallar uzluksiz davom etdi. Bu podsho yoshlik davridayoq din ilmini chuqur o‘rganish, Qur’onni yod olish, kunora ro‘za tutishni ahd qilgan bo‘lib, bu uch majburiyatni o‘z ahdiga muvofiq ado etardi” deydi.[1;63] Amirlikda yosh Sayyid Haydarga qarshi dastlabki qo‘zg‘alon hukmronligining birinchi yilidan boshlandi. Unga qarshi kurash boshlagan dastlabki kishi O‘ratepa hokimi Bobobek parvonachi hisoblanadi. Bobobek parvonachi Jizzaxni qo‘lga kiritgandan so‘ng, shahar hokimi, ya’ni amir Haydar singlisining eri Muhammad Yusufxo‘jani asir oldi. Bu voqeadan xabar topgan Kattaqo‘rg‘on hokimi Muxammad Xo‘ja o‘z o‘g‘li Muhammad Yusufni ozod kilish uchun katta qo‘shin bilan Jizzaxga keldi va Bobobek parvoyachi qo‘shinlari bilan jang qilib, uni besh yuz lashkari bilan birga asirga oldi. Ularning ba’zilarini qatl etdi, qolganlarini Bobobek parvonachi va uning onasi hamda kichik o‘g‘li Qosim Xo‘ja hamrohligida Buxoroga jo‘natdi.[2;42] Yosh amir ularni avf etadi va ularni ozod qilishga buyruq beradi. Muhammad Aminxo‘ja naqib amir Sayyid Haydarning bu ishidan ranjib, amir Haydarning akalari Umarbiy va Fozilbiylarni Shahrisabzdan Kattaqo‘rg‘onga taklif etdi va ulardan harbiy yordam so‘raydi. Amir Haydarning akasi Abdulla dodxoh Shahrisabziy boshchiligidagi ming nafar lashkarni yordamga yubordi. Muhammad Amin naqib amir Haydarning akalari Umarbiy va Fozilbiyni Panjshanba viloyatida, o‘g‘li Qosim Xo‘jani Kattaqo‘rg‘onda qoldirib o‘zi Samarqandni qo‘lga kiritish uchun uni qamal qilishga kirishdi. Samarqandni qamal qilinganligidan xabar topgan amir Sayyid Haydar Xolmo‘minxonbiy parvonachi va Muhammad Aminbiy qalmoqni o‘n ming ko‘shini bilan o‘z ukasi Samarqand hokimi Husaynbekka yordam berish uchun jo‘natdi. O‘zi esa Panjshanba viloyatiga hujum qilib, birodarlari Umarbiy va Fozilbiyni hamda jangda ishtirok etayotgan ularning o‘g‘illarini, jami ikki yuz kishini qatl etdi va Muhammad Amin naqib ustiga yurish boshladi. Muhammad Amin naqib bundan ogoh bo‘lib, Samarqandni tashlab Shahrisabzga qarab qochdi. Amir Sayyid Haydar Kattaqo‘rg‘on va Yangiqo‘rg‘onni ishg‘ol qilib, so‘ng Samarqandni egalladi hamda “Ko‘ktosh” deb ataladigan Amir Temur Ko‘ragon qasriga kirdi. Bir necha kun Samarqandda bo‘lib, so‘ngra ukasi Husaynbekni Buxoroga jo‘natdi va bir vaqtlar otasining xizmatkori bo‘lgan Davlat devonbegini G‘uzordan chaqirib olib, Samarqand hokimi etib tayinladi hamda unga qushbegi mansabini berdi. O‘ratepa hokimi Bobobek parvonachiga iltifot ko‘rsatib, uni o‘z qizi bilan birga Samarqandga yubordi. Xo‘jand hokimi Bekmurodbiy valad Xudoyorbiyni o‘ziga ya’ni amir Haydarga tobe deb e’lon qildi. Shu vaqtda Qo‘qon xoni Olimxon bin Norbo‘tabiy Xo‘jandga hujum qilib, uni o‘z tasarrufiga kiritdi va Bekmurod Xo‘janddan qochib O‘ratepaga, akasi Bobobek huzuriga kelib shu yerda panoh topdi. Amir Haydarning bu kabi islohotlaridan so‘ng shuni tushinishimiz mumkinki, u otasi davridagi hokimlarini almashtirib o‘zining yaqin kishilarini keltiradi. Bekmurod tunda o‘z ukasi Bobobekni o‘ldirib, O‘ratepa hukmdorligini o‘z qo‘liga oldi va Xo‘jandni olishda yordam so‘rab amir Haydarga murojaat qildi. Bekmurodbiy amir Haydar askarlari tomonidan asir olindi. Amir Haydar uni Bobobek parvonachi farzandlari qo‘liga topshirdi va ular Bekmurodbiyni qatl etib otalari xuni uchun qasos oldilar. Amir Haydar O‘ratepani fath etib, mulla Ernazarni hokim etib tayinladi. Dekabr, 2025-Yil 121 Bu yurushlar haqida biz Mirza Salimbekning “Kashkuli Salimiy tavorixi muttaqadimin va muttaaxirin” asarida quyidagilqrni bilib olishimiz mumkin: “…Amir Ma’sumni vafotidan keyin O‘ratepa hokimi Bobobek parvonachi Jizzaxni muxosara qildi. U yerning hokimi Muhammad Yusuf Xo‘ja Atoyi bo‘lib amir Haydarning singlisi uning qo‘lida edi. Bu xabarni Muhammad Amin xo‘ja Naqib - Kattaqo‘rg‘on hokimi eshitib, o‘z farzandini muxlisi sifatida katta lashkar bilan Jizzaxga borib Bobobek parvonachini mag‘lub qilib, besh yuz nafar uning askarlaridan asir olib Kattaqo‘rg‘onga olib kelib, ba’zilarni o‘ldirib, boshqalarni otasi hamroligida va kichik o‘g‘li Qosimxo‘ja bilan Buxoroga yubordi. Amir Haydar asirlarni ozod qilib, uning otasi va o‘g‘liga mehribonlik qilmay ularni uzatdi. Bu vajdan Naqib ozurdaxotir bo‘lib Shahrisabzga odam yubordi. Umarbiy va Fozilbiylardan amirga qarshi urushida madad so‘radi. Ular Abdullo dodxoh Shahrisabzlik hamroligida bir ming nafar lashkar yubordilar. Umarbiy va Fozilbiyni Panjshanba va Qosim Xo‘ja o‘z o‘g‘lini Yangiqo‘rg‘on va Xitoy qipchoqqa hokim qilib, amir Haydarga bog‘i (dushman) bo‘ldi. [4;292] Quyidagi ma’lumotlar ham shuni tasdiqlaydiki, Buxoro amirligida XIX asrning o‘zidan boshlab, mamlakatda notinchliklar, ichki tarqoqliklar boshlangan. Bunga asosiy sabab viloyat hokimlarining mustaqillikka intilishi, amir Ma’sumdan keyingi hukmdorni tan olishni istamasliklari sabab bo‘ladi. Aynan mana shu kabi voqealarni Ahmad Donish ham aytib o‘tgan. Uning shogirdlari davrasidagi maruzasi esa mingdan kam odam bo‘lmagan. 1216 yilda (1801-1802), otasi vafotidan keyin u o‘tirdi taxt. Uning hukmronligi davrida shariat keng tarqalgan edi tarqaldi, uqubatga uchragan va uyi vayron qilgan huquqlari himoya qingan odamlar tinch-totuv yashagan.[8;61] Mirzo Abduazim Somiyning ham yashagan davri amir Haydar davriga to‘g‘ri kelmasa ham uning davrini haqida eshitgan bo‘lishi mumkin. Ammo Mirzo Somiydan boshqa tarixchi olimlar ham amir Haydarning hukmronlik davri va uning shaxsiyati haqida iliq fikrlar bildirishgan. Amir Haydar haqida vengriyalik olim Herman Vamberi ham biroz bo‘lsa ham o‘z fikrlarini qoldirib ketgan. Uning fikriga ko‘ra amir Haydar oz bo‘lsa ham otasiga mos farzand bo‘lishga harakat qilgani, diniy ilmlarda otisidan kam bilmagani va shuningdek yurtni shariatga muvoffiq boshqargani keltirib o‘tadi.[4;61] Amir Haydar hukmronlik qilgan davrda harbiy yurishlar va g‘animlarni bartaraf etish bilan bir qatorda dars berish va ulamolar bilan suhbatlar munozara uyushtishga ham fursat topgan. Amir dunyo lazzatlaridan voz kechib ro‘za tutar, iftori han ortiqcha bo‘lmagan. U haqida bir so‘z bilan aytganda shariat buyurganiga qanoat qilar edi. Amir ortiqcha sarf xarajatlarga yo‘l qo‘ymazligini, shuningdek davlat boshqaruvini islomga asoslaganligini bilishimiz mumkin. Marv hokimi Dinnosirbekni amir Haydar doimo Buxoro taxtini egallashga da’vogar bo‘lgan raqobatchi deb bilar edi. Bir safar uni Buxoroga chaqirtirganda, Dinnosirbek akasiga ishonmagan va Eronga, Fathalishoh (1797–1834) huzuriga ketgan. Keyinchalik, u Xorazm xoni Eltuzarxon (1804–1806) qutqusiga uchib, 1804-yil akasiga qarshi bosh ko‘taradi va mag‘lubiyatga uchraydi. Bu voqeadan so‘ng Eltuzarxon talonchilarini yuborib, bir necha bor Buxoro tumanlarini talon-toroj qildi. Eltuzarxonning maqsadi o‘z odami bo‘lgan Dinnosirbekni Buxoro amirligi taxtiga chiqarish va bu orqali amirlikni o‘z nazoratiga olish bo‘lgan. Oxir-oqibat, 1806-yilda Amir Haydar Niyozbek parvonachini yigirma ming suvoriy bilan Xorazm tomon yubordi. Xorazm xoni qo‘shin bilan Amudaryodan o‘tib, Buxoro qo‘shini bilan jang qildi. Dekabr, 2025-Yil 122 Bo‘lib o‘tgan qattiq jangda xorazmliklarning ko‘pchiligi shikast topib, aksari daryoga g‘arq bo‘ldi. Qolganlarini Eltuzarxonning uch birodari bilan birga asir qilib Buxoroga olib keldi. Amir Haydar boshqaruviga qarshi uning ukasi Dinnosirbek 1821-yilda 4000 nafar lashkar bilan Chorjo‘yga hujum qiladi. Amir Haydar tomonidan sarkarda Niyozbek parvonachi boshchiligida yuborilgan qo‘shin Dinnosirbekni mag‘lubiyatga uchratib uning lashkarlaridan 2000 nafarini halok etdi va asirga oldi. Dinnosirbek o‘z oilasi bilan Mashhadga qochdi. Dinnosirbek va Niyozbek parvonachi o‘rtasidagi asosiy jang Marv ostonasida bo‘lib o‘tadi va jang davomida Marvni suv bilan ta’minlab turgan to‘g‘on buzib tashlangan va marvliklar asosiy suv manbasidan uzilib qolgan edi. Marv shahrida to‘rt yil hokim bo‘lmaydi. Urushdan so‘ng amir Haydar Erlaqabbiyni ikki yuz turkman xonadoni bilan birga Marvga yuborib shaharning vayron bo‘lgan joylarini va ariq to‘g‘onlarini obod qilinishini buyuradi. Erlaqabbiy Marvda o‘n yil davomida hukmronlik qiladi. 1821–1825-yillarda Amir Haydar hukmronligi davrida yana bir yirik qo‘zg‘alonlardan biri Miyonqolda ko‘tarilgan, amir qo‘zg‘alon ko‘targan xitoy-qipchoqlariga qarshi faol kurash olib bordi. 1821 yilda boshlangan bu qo‘zg‘olonning tashqi sababi quyidagi holat edi. Marvda harbiy safarbandlik xizmatini amalga oshirish uchun Buxoro hukumati muntazam ravishda u yerga Miyonqol oʻzbeklarining har bir qabilasidan (firka) navbatma-navbat yigʻilgan 500 tadan qoʻshin yuborib turdi. Yuborilgan otryad uch oy xizmat qildi, shundan so‘ng u almashtirildi.[6;56] Samarqanddan Miyonqolgacha bo‘lgan yerlar bu jamoalarning makoni bo‘lib, ular qariyb besh ming uylik aholi bo‘lgan. Ayrim vaqtlarda amir Haydarning odamlaridan ularga zulm va zug‘um o‘tgan edi. Shu sababdan xorazmliklar bilan bo‘lgan muvaffaqiyatsiz janglar natijasida fursatni g‘animat bilib, Kattaqo‘rg‘on, Yangiqo‘rg‘on va Chelak qal’asini bir kunda qo‘lga kiritib oldilar. Samarqand va Yangiqo‘rg‘on hokimi Davlat qushbegini yaqinlari bilan Yangiqo‘rg‘onda asir oldilar. Ayoz yaqinlarini Kattaqo‘rg‘onda ushladilar. Bu xabarni eshitgan amir sarosimada yo‘lga tushib, o‘z o‘g‘li Nasrulloni oldinroq yuborib, o‘zi ham urganchliklar kelayotganiga qaramay o‘g‘li ortidan yo‘lga chiqdi.[7;58] Nasrullo olg‘a yurib, Kattaqo‘rg‘onni egalladi va qariyb ikki yuz xitoyni asir oldi. Nasrullo ularning ba’zilarini qatl ettirib, otasi ortidan yetib oldi va yigirma besh kun davomida Kattaqo‘rg‘onda bo‘ldi. O‘ratepa hokimi Otaliqbek yetib kelib unga qo‘shilgach, u yerdan ko‘chib Samarqandga bordi. U yerdan qaroqalpoqlarni bo‘ysundirishga azm aylab, Chipor qal’asi tomon yo‘l oldi. Qoraqalpoqlar qariyb yigirma ming uylik aholi bo‘lib, xitoy-qipchoqlar bilan ittifoq edilar. Nasrullo borib ularning qal’asini egalladi. Shundan keyin Nasrullo qipchoqlar ustiga yurish qildi va Chelak qal’asini egalladi. Ushbu voqealardan keyin amir Haydar Samarqandga kelib, o‘g‘li Mir Husaynni hokim etib tayinladi va o‘zi Buxoroga qaytdi. Amir Haydar vafotidan keyin uning vorislarini taxtga o‘tqazish boshlanadi. Taxtga dastlab amir Husayn o‘tirgan. Uning podsholigi uzoq davom etmadi. U taxtga o‘tirgandan keyin ikki oy o‘n to‘rt kun o‘tgach olamdan o‘tdi. Ahmad Donish amir Husaynni davrini ijobiy baholab quyidagicha ta’riflaydi: Bu amir g‘oyat fazlu kamolga yetishgan bo‘lib, ko‘p fanlarni puxta egallagan, she’r yozish, kimyo, tibbiyot ilmidan xabardor, fol ochishni bilar edi. Xulosa. amir Haydar bu vaziyatda qat’iy siyosat yuritib, qo‘zg‘olonlarni bostirish, hukmdorlik nufuzini tiklash va markazlashuvni kuchaytirishga harakat qilgan. Dekabr, 2025-Yil 123 U davlat boshqaruvida shariat me’yorlariga tayanib, diniy-ma’rifiy hayotni rivojlantirishni muhim deb bilgan. Uning shaxsiy hayotidagi taqvodorlik, ilmga ixlos va sarf-xarajatlardagi tejamkorlik manbalar tomonidan ijobiy baholangan. Tarixiy manbalar amir Haydarning hukmdor sifatida irodali, g‘ayratli bo‘lganini, biroq amirlik hududlaridagi doimiy tarqoqlik va tashqi bosimlar uning siyosiy barqarorlik o‘rnatishiga to‘liq imkon bermaganini ko‘rsatadi. Shu bois, amir Haydar davri Buxoro amirligining ichki siyosiy jarayonlarini, viloyat hokimlarining roli va ular bilan markaz o‘rtasidagi munosabatlar tarixini o‘rganishda muhim davrlardan biri hisoblanadi. Umuman olganda, tadqiqot natijalari amir Haydar faoliyatining tarixshunoslikdagi o‘rnini to‘g‘ri baholash, XIX asr boshlaridagi Buxoro amirligining siyosiy manzarasini yanada aniqroq tasvirlash imkonini beradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Аhmаd Donish. Risolа yohud mаng’itlаr xonаdoni sаltаnаtining qisqаchа tаrixi.— T.:O’zbekiston milliy ensiklopediyаsi 2014.-B.29. 2. Sаyyid Mаnsur Olimiy .Buxoro – Turkiston Beshigi.—Buxoro:“ BUXORO”. 2004. –B.42. 3. Q. Rаjаbov.Nаsrulloxon (risolа).—T:АBU MАTBUOT KONSАNT, 2011.—B.178. 4. Mirzа Sаlimbekning “Kаshkuli sаlimiy tаvorixi muttаqаdimin vа muttааxirin ”.Buxoro.“Buxuro”, 2003.—B.298 5. Vаmberi “Buxoro yohud movorаunnаhr tаrixi” II jild .:—T. “INFO CАPITАL GROUP”, 2019.—B.178 6. Zаmonov “Buxoro аmirligi tаrixi”.:—T.:TАMАDDUN, 2022 —B.63. 7. Иванов “Востание Китай-Кипчаков В Бухарском Ханстве 1821— 1825 гг.” — Ленинград,1937. –C.58. 8. Мирза Абдал Азим Сами. Тарихи Салатини-и мангитийа (История мангытских государей). / Пред. Л.М.Епифановой. – М.: Вост. литер., 1962. —C.61.