Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 545 KORPORATIV BOSHQARUVDA ESG STANDARTLARI VA UNING KORPORATIV KENGASH A'ZOLARINING FIDUSIAR MAJBURIYATLARI TRANSFORMATSIYASIDAGI AHAMIYATI Buriev Khamidjon Tulkin ugli The Master Graduate of Pennsylvania State University, the freelance scientific researcher in international and corporate law. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17952383 I. Kirish Asrlar davomida korporativ huquq doirasida korporativ kengash a'zolarining fidusiar majburiyatlari kontseptsiyasi deyarli o‘zgarmas bo‘lib kelgan. Bu an'anaviy paradigma uzoq vaqt davomida aksiyadorlarning ustunligi (Shareholder Primacy) nazariyasiga asoslanib, korporativ kengashlarning majburiyatlari asosan, aksiyadorlar uchun moliyaviy foydani maksimallashtirish maqsadiga qaratgan. Korporativ huquqdagi bu yondashuv korporativ maqsadni iqtisodiy o‘sish va qisqa muddatli qiymat yaratish bilan tenglashtirdi. Biroq, XXI asrning boshidan boshlab, global miqyosdagi uchta fundamental omil Ekologik, Ijtimoiy va Boshqaruv (ESG) xatarlarining keskin kuchayishi fonida, bu tor doiradagi korporativ huquqdagi korporativ boshqaruv a’zolarining fudisar majburiyatlar tizimi sezilarli darajada bosim ostiga olinmoqda va inqirozga yuz tutmoqda. Natijada, bugungi kunda korporativ kengash qarorlari faqatgina qisqa muddatli moliyaviy natijalarni emas, balki uzoq muddatli barqarorlikni ta'minlash, ijtimoiy mas'uliyatni anglash va barcha manfaatdor tomonlar (stakeholders) oldidagi majburiyatni ham o‘z ichiga olishi qonuniy va amaliy jihatdan tartibga solinishi talab etilmoqda. Bunday yangi huquqiy transformatsiya jarayonlari korporativ huquqda korporativ kengash a'zolari uchun yangi, murakkab huquqiy savollarni yuzaga keltirmoqda. Kalit so‘zlar: ESG (Ekologik, Ijtimoiy, Boshqaruv), Fidusiar Majburiyatlar, Korporativ Boshqaruv, Aksiyadorlar Ustunligi, Manfaatdor Tomonlar, Biznes Qarorini Baholash Qoidasi, Iqlim O‘zgarishi Bo‘yicha Sud Ishlari, Yevropa Ittifoqi Korporativ Huquqi, Aksiyadorlar Javobgarligi, Barqaror Rivojlanish. Introduction For centuries, the concept of fiduciary duties of corporate board members within the realm of corporate law has remained virtually unchanged. This traditional paradigm has long been rooted in the doctrine of Shareholder Primacy, essentially directing the obligations of corporate boards toward the goal of maximizing financial profit for shareholders. This corporate law approach equated the corporate purpose with economic growth and the creation of short-term value. However, since the beginning of the 21st century, the system of fiduciary duties for corporate governance members within corporate law, previously confined to this narrow scope, has come under significant pressure and is facing a crisis. This is taking place against the backdrop of the sharp escalation of three fundamental global factors: Environmental, Social, and Governance (ESG) risks. Consequently, contemporary corporate board decisions are required, both legally and practically, to encompass not only short-term financial results but also the assurance of long-term sustainability, the recognition of social responsibility, and the fulfillment
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 546 of obligations toward all stakeholders. Such processes of new legal transformation are generating novel and complex legal questions for corporate board members in corporate law. Keyswords: ESG (Environmental, Social, Governance), Fidusiary Duties, Corporate Governance, Shareholder Primacy, Stakeholder Theory, Business Judgment Rule (BJR), Climate Change Litigation, EU Corporate Law, Director Liability, Sustainable Development / Soft Law. Korporativ huquqda hozirgi huquqiy amaliyot moliyaviy manfaatlar (Short-term profits) va ijtimoiy-ekologik barqarorlik (Long-term value) o‘rtasida keskin ziddiyatni yuzaga chiqarmoda deyish mumkin. Agar korporativ kengash masalan, ekologik jihatdan toza, ammo qimmatbaho texnologiyaga sarmoya kiritsa, bu korporatsiyaning qisqa muddatda daromadni pasaytirishiga olib keladi. Bu esa korporatsiya akasiyadorlarining foydasini amalda kamayishiga olib keladi deyishimiz mumkin. Natijada esa yuqorida tilga olingan moliyaviy manfaatlar (Short-term profits) va ijtimoiyekologik barqarorlik (Long-term value) o‘rtasida keskin ziddiyatni keltirib chiqarmoqda. Ushbu mavjud ziddiyatlarni hal etishda bugungi kunda dunyoning turli huquqiy yurisdiksiyalarida turlicha huquqiy yondashuvlar mavjud. Xususan, AQShda an'anaviy huquqiy doktrinalar AQShning Delaware huquqidagi Dodge v. Ford kabi pretsedentlar 1 , korporativ kengashni aksiyadorlarga nisbatan sodiqlikni birinchi o‘ringa qo‘yishga majburlaydi, bu esa zamonaviy ESG talablarini korporativ huquqda joriy qilishga va uni amalda qo‘llashga to‘sqinlik qiladi deyish mumkin. AQShdan farqli ravishda Yevropa ittifoqida esa zamonaviy ESG talablarini korporativ huquqda joriy qilish uchun huquqiy asoslar yetarli deyish mumkin. Hozirgi vaqtda Yevropa Ittifoqida SFDR 2 kabi majburiy tartibga soluvchi qoidalarni (Regulatory Rules) o‘z yurisdiksiyasiga kiritilmoqda. Bu esa ESG talablarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari Yevropa Ittifoqida yaqinda bo‘lib o‘tgan Shell ishi 3 kabi sud pretsedentlari korporativ kengashlarning fudisar majburiyatlar doirasini ESG talablarini inobatga olgan holda amalda kengaytirishga undaydi. Bu xalqaro rivojlanish tendensiyasi O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan bozorga ega, ammo shu bilan birga yildan yilga ekologik va ijtimuommolari ortib borayotgan mamlakat uchun korporativ huquqda o‘zining korporativ boshqaruv tizimini global standartlarga moslashish va unda fidusiar majburiyatlar va ESGni uyg‘unlashtirishi kabi muommoni keltirib chiqaradi. O‘zbekistonning Korporativ Boshqaruv Kodeksi 4 da “barqaror rivojlanish” va “manfaatdor tomonlar” haqida umumiy eslatmalar mavjud bo‘lsa-da, bu qoidalar tavsiyaviy tusda ekanligi (soft law) va shaxsiy fidusiar javobgarlikni bevosita belgilamasligi sababli, korporativ kengash a’zolarini ijtimoiy yoki ekologik zararlar uchun javobgarlikka tortishda katta huquqiy bo‘shliqni yuzaga keltiradi. 1 Stout, Lynn A., Why We Should Stop Teaching Dodge v. Ford. UCLA School of Law, Law-Econ Research Paper No. 07-11, Available at SSRN: https://ssrn.com/abstract=1013744 or http://dx.doi.org/10.2139/ssrn.1013744 2 Sustainable Finance Disclosure Regulation - SFDR) Regulation - 2019/2088 - EN - sfdr - EUR-Lex 3 Milieudefensie va Royal Dutch Shell plc On April 5th, 2019 Milieudefensie et al. v. Royal Dutch Shell plc. - appeal - The Climate Litigation Database 4 Korporativ boshqaruv kodeksi Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish Komissiyasining 2015 yil 31 dekabrda o’tkazilgan yig’ilishida (2016 yil 11 fevraldagi 0202/01-187-son Bayonnomasi) Korporativ boshqaruv kodeksi tasdiqlangan. Korporativ boshqaruv kodeksi
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 547 Shuning uchun ushbu tadqiqotning eng asosiy maqsadi quyidagi uchta yirik huquqiy yurisdiksiyaning (AQSh, Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi) amaliyotlari va huquqiy doktrinalarini solishtirma-huquqiy metodologiya (comparative legal methodology) orqali o‘zaro qiyoslash va shu orqali qonunchilikdagi bo‘shliqlarni bartaraf etish va mavjud ushbu tadqiqotning eng dolzarb muammosi — uchta turli huquqiy tizimning (AQSh, Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston) ESG chaqiriqlariga javobini solishtirma-huquqiy tahlil qilish va mavjud qonunchilikdagi bo‘shliqlarni aniqlash va shu orqali rivojlanayotgan bozorlar uchun mavjud huquqiy noaniqliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqish va korporativ Kengash a’zolarining fidusiar majburiyatlari (fidusiary duties) tushunchasi Ekologik, Ijtimoiy va Boshqaruv (ESG) omillari ta’sirida qanday transformatsiyaga uchrayotganini chuqur o‘rganish maqsad qilingan. Ushbu maqolamizni biz quydagi reja asosida amalga oshiramiz; An’anaviy Shareholder Primacy (Aksiyadorlar Ustunligi) doktorinasining ESG qarorlariga ta’sirini tahlil qilish. Yevropa Ittifoqining SFDR kabi majburiy normativ aktlari va muhim sud pretsedentlari (masalan, Shell ishi) asosida javobgarlikning oshishini baholash. O‘zbekiston Respublikasi korporativ qonunchiligidagi Manfaatdor Tomonlar Nazariyasi (Stakeholder Theory) uchun potensial huquqiy zamin mavjudligini aniqlash. Toplangan tahliliy ma’lumotlar asosida yuqorida o‘rganiladigan uchta huquqiy yurisdiksiyada korporativ boshqaruv huquqiga kiritilishi lozim bo‘lgan amaliy huquqiy islohotlar bo‘yicha aniq takliflar berish. ESG me’yorlarining ortib borayotgan qamrovi korporativ boshqaruv organlari va ularning aksiyadorlarning an’anaviy fidusiar majburiyatlarini ham kengaytirishni talab qilmoqda. Bu esa korporativ Kengashlarni moliyaviy manfaatdan tashqari, manfaatdor tomonlar (stakeholders) manfaatlari bo‘yicha ham huquqiy javobgarlikka tortishga olib keladi. Solishtirma tahlil shuni ko‘rsatadiki, AQShning “Materiality” 5 (Moliyaviy Muhimlik) va Yevropa Ittifoqining “Majburiy Oshkor Qilish” (Mandatory Disclosure) 6 kabi progressiv huquqiy amaliyotlari O‘zbekistonning korporativ boshqaruv Kodeksi va qonunchiligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ESGga asoslangan, majburiy fidusiar majburiyatlarni kiritish uchun fundamental huquqiy va amaliy asos bo‘lishi kerak. Korporativ huquqning asosi bo‘lmish fidusiar majburiyatlar (fidusiary duties) korporatsiya kengashi a’zolari va ijroiya organi rahbarlari o‘rtasida ishonchga asoslangan munosabatni ifodalaydi. Ushbu majburiyatlarning asosiy maqsadi har doim aksiyadorlarning moliyaviy manfaatlarini himoya qilish va kompaniyaning qiymatini oshirish bo‘lgan. An’anaviy korporativ huquqning aksariyat qismi, ayniqsa AQShda, Aksiyadorlar Ustunligi Doktrinasi (Shareholder Primacy) 7 hukmronlik qilgan. Ushbu doktrina, korporatsiyaning yagona qonuniy maqsadi aksiyadorlar uchun moliyaviy foydani (profit) maksimallashtirish ekanligini ta’kidlaydi. Bu doktrinaning eng asosiy va huquqiy jihatdan eng muhim misoli 1919-yilda Michigan Oliy Sudi tomonidan qabul qilingan Dodge v. Ford Motor Company 8 ishidir. 5 Materiality materiality | Wex | US Law | LII / Legal Information Institute 6 Mandatory Disclosureey-mdr-flyer-emeia.pdf 7 A Legal Theory of Shareholder Primacy Robert J. Rhee, University of Florida, on Tuesday, April 11, 2017 A Legal Theory of Shareholder Primacy 8 Stout, Lynn A., Why We Should Stop Teaching Dodge v. Ford. UCLA School of Law, Law-Econ Research Paper No. 07-11, Available at SSRN: https://ssrn.com/abstract=1013744 or http://dx.doi.org/10.2139/ssrn.1013744
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 548 Mazkur ishda, Genri Ford foydani maksimallashtirish o‘rniga, avtomobillar narxini pasaytirish va ishchilar maoshini oshirish orqali jamiyatga xizmat qilishni maqsad qilganini e’lon qiladi. Aksiyadorlar (Dodge aka-ukalar) esa Kengashni foydani taqsimlamasdan ijtimoiy maqsadlarga sarflagani uchun sudga beradi. Sud, korporatsiyaning asosiy maqsadi aksiyadorlar manfaatiga xizmat qilish ekanligini tasdiqlab, Ford kompaniyasini dividend to‘lashga majbur qiladi. Bu sud pretsedenti ESG qarorlarini moliyaviy foydadan ustun qo‘yishning qonuniy xatarini aniq belgilab bergan deyish mumkin. Aksiyadorlarning ustunligi doktrinasi haqida mashhur iqtisodchi iqtisodiyot sohasida Nobil mukofoti sovrindori Milton Friedmanning 1970-yildagi mashhur bayonotida ham Aksiyadorlar Ustunligi Doktrinasi (Shareholder Primacy) haqida quydagi fikrni ilgari surgan: “Korporatsiyaning ijtimoiy mas’uliyati – bu qonuniy doirada o‘z foydasini oshirishdir. Boshqa ijtimoiy masalalarni hal qilish Kengashning emas, balki hukumat va aksiyadorlarning shaxsiy ishi bo‘lishi kerak.” 9 Yuqoridagilardan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, Dodge ish va Friedman kabi iqtisodchilarning shaxsiy yondashuvlari Aksiyadorlar Ustunligi Doktrinasi (Shareholder Primacy)ni bir ovozdan qo‘llab quvvatlash sifatida qabul qilish mumkin. Bunday yondashuvlar ESG standartlarini korporativ kengashlar tomonidan qabul qilinishini qiyinlashtiradi va natijada ko‘plab korporativ kengashlar ESG qarorlarini amalda qo‘llash korporatsiyaning moliyaviy foydasini kamaytiradi degan xulosaga kelishiga sabab bo‘ladi. Yevropa ittifoqiga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, Yevropa Ittifoqi (EI) korporativ huquqi AQShdan farqli o‘laroq, ESG ni yumshoq qonunlar (soft law) emas, balki qat’iy normativ aktlar orqali korporativ huquqda korporativ kengash majburiyatlar doirasiga kiritmoqda. Yevropa Ittifoqi korporativ boshqaruvni isloh qilishda oldingi qatorda turibdi, bunda ESG omillarini shunchaki ixtiyoriy tashabbus emas, balki huquqiy va me’yoriy majburiyat sifatida belgilaydi. Bu yondashuv Kengash a’zolarining an’anaviy fidusiar majburiyatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatib, javobgarlik uchun yangi zamin yaratmoqda. Bunda Barqaror Moliyani Oshkor Qilish Reglamenti (Sustainable Finance Disclosure Regulation - SFDR) EI ning eng muhim huquqiy qadamlaridan biri hisoblanadi. 10 Uning asosiy maqsadi shundan iboratki, SFDR moliyaviy bozor ishtirokchilarini (asset-menejerlar, investitsiya fondlari va boshqalar) o‘z faoliyatlarida ESG risklarini qanday integratsiya qilishlari va bu faoliyatning noxush barqarorlik ta’sirlarini (Principal Adverse Impacts - PAI) qanday hisobga olishlari to‘g‘risida aniq va standartlashtirilgan ma’lumotlarni oshkor qilishga majbur qiladi. Bunday majburiy oshkor qilish korporativ kengash qarorlarini xalqqa va aksiyadorlarga ochiq qiladi. Agar korporativ kengashning e’lon qilingan ESG maqsadlari va haqiqiy amaliyoti o‘rtasida farq bo‘lsa, bu oxir oqibat bunday xavf korporativ kengash a’zolarining bevosita G‘amxo‘rlik Majburiyatini (Duty of Care) buzganlikda ayblanishiga olib keladi. Bundan tashqari EI Barqaror Moliyani Oshkor Qilish Reglamenti (Sustainable Finance Disclosure Regulation - SFDR) qoidalari korporatsiyalardan o‘z ta’minot zanjirlarida inson huquqlari va atrof-muhitga 9 Friedman, M. (1970). The Social Responsibility of Business is to Increase its Profits. The New York Times Magazine, September 13, 1970. PDF nusxasi (University of Michigan sayti) The Social Responsibility of Business is to Increase its Profits 10 Sustainable Finance Disclosure Regulation - SFDR) Regulation - 2019/2088 - EN - sfdr - EUR-Lex
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 549 ta’sirni kamaytirish choralarini ko‘rishni talab qiladi. 11 Ushbu majburiyatlarni e’tiborsiz qoldirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri korporatsiyalarda mavjud Kengash a’zolarining ESG majburiyatining buzilishiga olib kelishi mumkin. Yuqorida keltirilgan so‘zlarimiz tastig‘i sifatida Yevropada ESG standartlari asosida korporativ javobgarlikning oshishini isbotlovchi eng yaxshi misollardan biri shubxasis 2021-yilda ko‘rilgan Milieudefensie va Royal Dutch Shell plc sud pretsedenti 12 hisoblanadi. Ushbu sud ish aksariyat izlanuvchilar tomonidan Yevropada korporativ javobgarlikning oshishini isbotlovchi eng inqilobiy misol ekanligini e’tirof ham etishadi. Ushbu ishning mazmuniga keladigan bo‘lsak, Nederlandiyaning Milieudefensie (Atrofmuhit himoyachilari) Niderlandiya Fuqarolik Kodeksi asosida Royal Dutch Shell kompaniyasidan o‘z chiqindilarini, jumladan, Scope 3 - ya’ni, iste’molchilarning yoqilg‘ini ishlatishdan kelib chiqadigan chiqindilarini 2030-yilga kelib 45% ga qisqartirishni talab qildi. Ishni ko‘rgan Gaaga Tuman sudi esa Milieudefensie foydasiga qaror qabul qilib, Royal Dutch Shell kompaniyasini o‘z "Ijtimoiy g‘amxo‘rlik majburiyatini" (Social duty of care) buzgan deb topdi. Sud o‘z qarorida Royal Dutch Shell korporatsiyasining faoliyati inson huquqlariga (iqlim o‘zgarishi orqali) xavf tug‘dirganini va kompaniya o‘z emissiyalarini qisqartirishga majbur ekanligini ta’kidladi. Ushbu qarorning huquqiy ta’siriga va ahamiyatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, Bu qaror direktorlarning fidusiar majburiyatlari aksiyadorlarning moliyaviy manfaatlaridan tashqariga chiqib, global ekologik va ijtimoiy majburiyatlarni ham o‘z ichiga olishi mumkinligi haqida eslatma va keyinchalik sudlar uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladigan mustahkam pretsedenti sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Garchi keyinchalik 2024yil bo‘lib o‘tgan Apellyatsiya sudida Scope 3 - ya’ni, iste’molchilarning yoqilg‘ini ishlatishdan kelib chiqadigan chiqindilarini 2030-yilga kelib 45 foizlik aniq qisqartirish talabini rad etgan bo‘lsa-da, sud o‘zining apellatsiya qarorida Shell kompaniyasida iqlim o‘zgarishini yumshatish bo‘yicha huquqiy g‘amxo‘rlik majburiyati (legal duty of care) mavjudligini tasdiqladi va bunda korporativ kengashning javobgarligi masalasini bekor qilmadi. Endi maqolamizning 3qismiga to‘xtaladigan bo‘lsak, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi korporativ qonunchiligidagi Manfaatdor Tomonlar Nazariyasi (Stakeholder Theory) uchun potensial huquqiy zamin mavjudligini aniqlash masalasiga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, ushbu nazariya haqida yana bir bor tushuncha berib o‘tishni lozim deb hisoblaymiz. Ushbu nazariya tarafdorlari sodda qilib aytganda, Stakeholder Nazariyasi (yoki Manfaatdor Tomonlar Nazariyasi) korporatsiyaning maqsadi va mas’uliyati faqatgina kompaniyaning egalari – aksiyadorlarga (shareholders) xizmat qilishdan iborat emas deb hisoblaydi. Bu degani korporatsiya faoliyati kompaniyaga bevosita yoki bilvosita aloqador bo‘lgan va uning faoliyatidan ta’sirlanuvchi barcha tomonlarning manfaatlarini hisobga olishi kerakligini anglatadi. Ushbu nazariya va uning tarafdorlari biznesni, shunchaki, moliyaviy mexanizm sifatida emas, balki ijtimoiy institut sifatida ko‘rishdir. Ushbu nazariya tarafdorlari Korporativ Kengash a’zolaridan ESG (Ekologik, Ijtimoiy va Boshqaruv) omillarini faol ravishda o‘z qarorlariga kiritishga undaydi. Masalan, jamiyat va atrof-muhitga zarar yetkazadigan qarorlar aksiyadorlarga yuqori foyda keltirsa ham, ular bunga yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi. 11 Milieudefensie va Royal Dutch Shell plc On April 5th, 2019 Milieudefensie et al. v. Royal Dutch Shell plc. - appeal - The Climate Litigation Database 12 Milieudefensie va Royal Dutch Shell plc On April 5th, 2019 Milieudefensie et al. v. Royal Dutch Shell plc. - appeal - The Climate Litigation Database
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 550 Endi maqola rejasidagi masala O‘zbekiston Respublikasi korporativ qonunchiligidagi Manfaatdor Tomonlar Nazariyasi (Stakeholder Theory) uchun potensial huquqiy zamin mavjudligini aniqlash masalasiga keladigan bo‘lsak, O‘zbekiston qonunchiligida ESG standarlarini joriy qilishni amalda qo‘llab quvvatlaydigan aniq, bevosita va yagona huquqiy normalar ishlab chiqilmagan bo‘lsada, ESG standartlarini qonunchikda aks ettirish va tartibga solish va shuningdek Manfaatdor Tomonlar Nazariyasi (Stakeholder Theory)ni qo‘llab quvvatlaydigan normativ-huquqiy hujjatlar majmuasini ishlab chiqish uchun nazariy patensial mavjud deyish mumkin. Bu potensial asosan ikkita manbada ko‘rinadi: Birinchisi: tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lgan Korporativ Boshqaruv Kodeksi (KBK) 13 va ikkinchisi: amaldagi asosiy normativ-huquqiy hujjatlardagi umumiy majburiyatlar. Dastlab, Korporativ Boshqaruv Kodeksi (KBK)ga to‘xtaladigan bo‘lsak, ushbu kodeks (soft law) korporatsiyalar uchun tavsiyaviy tusdagi manba bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburiy qoida bo‘lmasa-da, korporativ maqsadning faqat foyda bilan cheklanmasligini nazariy jihatdan tasdiqlaydi. Jumladan, ushbu tavsiyaviy kodeksning 1-bobning 3-bandida keltirilgan quydagi jumla “Mazkur Kodeks maqsadlarida korporativ boshqaruv deganda, aksiyadorlik jamiyati faoliyatini samarali tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarish va uni tashqi bozorga eksport qilish maqsadida aktsiyadorlik jamiyatlari ijroiya organi, kuzatuv kengashi, aktsiyadorlar, mehnat jamoasi vakillari va boshqa manfaatdor tomonlar, shu jumladan, kreditorlar oʼrtasida mazkur shaxslar manfaati uygʼunligiga erishish tizimi tushuniladi.” 14 va 5-bandidagi quydagi jumla “Kodeks hisobdorlik, ochiqlik, haqqoniylik, yuksak axloqiy tamoyillarga rioya etishni oʼz ichiga oluvchi hamda АJni uzoq muddatli istiqbolda barqaror rivojlantirishni taʼminlashga yoʼnaltirilgan tegishli boshqaruvning asosiy printsiplari asosida ishlab chiqilgan.” 15 Ushbu yuqorida e’tirof etilgan jumlalar kodeksining Manfaatdor Tomonlar Nazariyasi (Stakeholder Theory) uchun potensial asos mavjudligini va qonunchilikda ESG standarlarini joriy qilish va takomillashtirish uchun imkon beradi deyish mumkin. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Kanstitutsiyasining muqaddimasida “Oʻzbekistonning yagona xalqi mamlakatimizning mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini koʻpaytirishga hamda hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga hamda atrof-muhit musaffoligini saqlashga astoydil ahd qilinganligi” 16 va bundan tashqari ushbu kanstitutsiyaning 61-moddasida “Fuqarolar Oʻzbekiston xalqining tarixiy, maʼnaviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab-avaylashi shart ekanligi, Tarixiy, maʼnaviy, madaniy, ilmiy va tabiiy meros davlat tomonidan muhofaza qilinadi” va 62-moddasida esa “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majburdirlar” jumlalari belgilab o‘tilgan. 13 Korporativ boshqaruv kodeksi Komissiyasining 2015 yil 31 dekabrda o’tkazilgan yig’ilishida (2016 yil 11fevraldagi 02-02/01-187-son Bayonnomasi) Korporativ boshqaruv kodeksi tasdiqlangan. 14 Korporativ boshqaruv kodeksi, Komissiyasining 2015 yil 31 dekabrda o’tkazilgan yig’ilishida (2016 yil 11fevraldagi 02-02/01-187-son Bayonnomasi) Korporativ boshqaruv kodeksi tasdiqlangan. Korporativ boshqaruv kodeksi 15 Korporativ boshqaruv kodeksi, Komissiyasining 2015 yil 31 dekabrda o’tkazilgan yig’ilishida (2016 yil 11fevraldagi 02-02/01-187-son Bayonnomasi) Korporativ boshqaruv kodeksi tasdiqlangan. Korporativ boshqaruv kodeksi 16 Oʻzbekiston Respublikasi Kanstitutsiyasi Yangi tahrir 30.04.2023. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 551 Bundan tashqari mamlakatdagi quydagi normative-huquqiy hujjatlar jumladan: “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi” 17 , “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi Qonun 18 , "Chiqindilar to‘g‘risida"gi Qonun, "Aholining sanitariya epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida"gi Qonun, "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonun 19 , "Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida"gi Qonunlar 20 va boshqa normativhuquqiy hujjatlar mamlakatda ESG standartlarini amalda joriy qilish imkoniyatini beradi deyish mumkin. Biroq O‘zbekiston qonunchiligida korporativ Kengash a’zolari ESG omillarini e’tiborsiz qoldirgani uchun shaxsan (moliyaviy zarar ko‘rgan aksiyadorlar oldida) fidusiar majburiyatni buzganlikda javobgarlikka tortilishini bevosita belgilaydigan maxsus qoidalar mavjud emas. Ushbu maqolani yozish davomida maqolaning asosiy maqsadi quyidagi uchta yirik huquqiy yurisdiksiyaning (AQSh, Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi) amaliyotlari va huquqiy doktrinalarini solishtirma-huquqiy metodologiya (comparative legal methodology) orqali o‘zaro qiyoslash va shu orqali qonunchilikdagi bo‘shliqlarni bartaraf etish va mavjud ushbu tadqiqotning eng dolzarb muammosi — uchta turli huquqiy tizimning (AQSh, Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston) ESG chaqiriqlariga javobini solishtirma-huquqiy tahlil qilish va mavjud qonunchilikdagi yurisdiksiyani aniqlash va shu orqali rivojlanayotgan bozorlar uchun mavjud huquqiy noaniqliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqish va korporativ kengash a’zolarining fidusiar majburiyatlari (fidusiary duties) tushunchasi Ekologik, Ijtimoiy va Boshqaruv (ESG) omillari ta’sirida qanday transformatsiyaga uchrayotganini chuqur o‘rganish maqsadiga erishishga harakat qilindi. Endi esa yuqoridagi o‘rganishlarimiz asosida yuqorida ta’kidlangan uch yurisdiksiya uchun korporativ boshqaruv sohasidagi qonunchilikni isloh qilish va unda ESG standartlarini joriy qilish yuzasidan quydagi aniq, amaliy va huquqiy jihatdan asoslangan takliflarni berishga harakat qilaman. Birinchisi, AQSH korporativ boshqaruv huquqida ESG standartlarini inobatga olgan holda fidusiar majburiyatlarni kengaytirish yuzasidan takliflarga keladigan bo‘lsak, AQSh korporativ huquqi (asosan Delaware amaliyoti) Shareholder Primacy (Aksiyadorlar Ustunligi) va Business Judgment Rule (BJR) bilan himoyalangan. Ushbu boshqaruv huquqida ESG standartlarini joriy qilishda asosiy e’tibor uzoq muddatli qiymat yaratish (Long-term Value) g‘oyasini mustahkamlashga qaratilishi kerak. Bundan tashqari korporativ boshqaruvda "Material ESG Risk" tushunchasining aniq huquqiy ta’rifini ishlab chiqish lozim. Bundan tashqari korporativ kengashning G‘amxo‘rlik Majburiyatini buzganlikda javobgarlikka tortish uchun ESG standartlarini aniq belgilash zarur. Bundan tashqari Caremark (Nazorat Majburiyati) tamoyilini kengaytirib, korporativ kengash a’zolarini iqlim yoki ijtimoiy omillarga aloqador bo‘lgan huquqiy va boshqa xavf-xatarlarini doimiy nazorat qilishga majburiyatini yuklash kerak. 17 Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi, 22.09.1994. Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 18 Oʻzbekiston Respublikasining Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Qonun 09.12.1992 yildagi 754-XII-son https://lex.uz/docs/-107115# 19 Oʻzbekiston Respublikasining Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Qonun 223-I-сон 26.04.1996. Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida 20 Oʻzbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi Qonun O‘RQ-404-сон 13.04.2016. “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 552 Bundan tashqari AQSH korporativ boshqaruv huquqida B-Korporatsiya (Benefit Corporation) Modelini Kengaytirish zarur. Bunda B-Korporatsiya, ya’ni korporativ maqsadda nafaqat foydani, balki ijtimoiy va ekologik ta’sirlarni ham belgilashga imkon beruvchi yuridik shakl tuzilishini yanada soddalashtirish va unga moliyaviy imtiyozlar berish zarur. Ushbu taklif korporativ bozor ishtirokchilariga Shareholder Primacy cheklovlaridan qonuniy ravishda chiqib, Manfaatdor Tomonlar (Stakeholders) uchun harakat qilishga imkon beradi deyish mumkin. Ikkinchidan, EI korporativ boshqaruv huquqida ESG standartlarini inobatga olgan holda fidusiar majburiyatlarni kengaytirish yuzasidan takliflarga keladigan bo‘lsak, Yevropa Ittifoqi allaqachon Majburiy Disclosure (oshkor qilish) yo‘lidan ketmoqda. Bu esa bevosita korporativ kengash a’zolarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga qaratilgan deyish mumkin. Takliflarga keladigan bo‘lsak, Yevroittifoq huquqida mavjud Corporate Sustainability Due Diligence Directive (CSDDD) 21 kabi direktivalarning yakuniy matnlarida korporativ kengash a’zolarining G‘amxo‘rlik Majburiyatini CSDDD talablari bilan inson huquqlari va atrof-muhit bo‘yicha ehtiyotkorlikni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bajarish bilan bog‘lash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Umuman olganda korporativ kengashlar ESG standartlarini o‘zining moliyaviy rejalari bilan integratsiya qilishi zarur ahamiyatga ega hisoblanadi va bunda ESG stantartlarini kompaniyalarning byudjetlashtirish va kapital ajratish jarayonlariga majburiy integratsiya qilishlari lozim. Bundan tashqari muntazam ravishda korporativ kengashning qarorlari nafaqat ESG hisobotlarida, balki kompaniyaning real investitsiya qarorlarida ham ekologik mezonlarga qanchalik mos kelishini doimiy nazorat qilib borishlari lozim. Uchinchidan, O‘zbekiston korporativ boshqaruv huquqida ESG standartlarini inobatga olgan holda fidusiar majburiyatlarni kengaytirish yuzasidan takliflarga keladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasining korporativ boshqaruv modeli oddiy tushunarli tilda aytadigan bo‘lsak, "Soft Law"dan "Hard Law"ga o‘tish bosqichidadir. O‘zbekistonda asosiy vazifa tavsiyaviy me’yorlar (KBK) va korporativ javobgarlikni (MJTK) fidusiar majburiyatlar bilan bog‘laydigan huquqiy zanjirni yaratishi lozim. Amaliy takliflarga keladigan bo‘lsak, “Aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risida”gi Qonun va “Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisida” 22 Qonunlarga ESG standartlariga javob beradigan huquqiy normalarni kiritib o‘tish zarur. Misol uchun “Aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risida”gi Qonun va “Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisida”gi O‘zbekistonda korporativ munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarga korporativ kengash a’zolarining halol va oqilona harakatlanish majburiyatini belgilovchi quyidagi normani kiritishni taklif etamiz: “Korporativ kengash a’zolari o‘z majburiyatlarini ijro etishda korporatsiyaning uzoq muddatli barqarorligini ta’minlash maqsadida, ESG omillarini (ekologik, ijtimoiy va boshqaruv xatarlari) inobatga olishi shart.” Ushbu normaning yuqorida sanab o‘tilgan qonunlarga kiritish amaliy jihatdan O‘zbekistonda ham Manfaatdor Tomonlar (Stakeholder) manfaatlarini huquqiy jihatdan himoya qilishga asos yaratgan bo‘ladi va bu esa yuqorida muhokama qilingan huquqiy bo‘shliqni to‘ldirishga yordam beradi deb o‘ylaymiz. 21 Corporate Sustainability Due Diligence Directive (CSDDD) Directive - EU - 2024/1760 - EN - EUR-Lex 22 Oʻzbekiston Respublikasining Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisidagi Qonun 310-II-сон 06.12.2001. Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisida
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 553 Bundan tashqari O‘zbekiston korporatib boshqaruv huquqida Fidusiar javobgarlik choralarini kuchaytirish uchun Davlat va yirik korxonalar uchun Korporativ Boshqaruv Kodeksining ESG Disclosure va Nazorat Tizimlariga oid qismlarini davlat organlari tomonidan majburiy ijro etiladigan me’yorlar deb tan olish ham muhim ahamiyatga ega deb hisoblaymiz. Agar Korporativ boshqaruv kodeksi mamlakatda rasmiy normativ huquqiy hujjat sifatida qabul qilinsa, Korporatsiya ESG standartlariga rioya qilmaganligi uchun MJTK asosida ekologik qoidabuzarlik uchun takroriy yoki katta miqdorda jarimaga tortilsa, bu holat korporativ kengash a’zolarining samarali nazorat tizimini o‘rnata olmaganligining (G‘amxo‘rlik Majburiyatining buzilishi) isboti sifatida aksiyadorlarning sud da’volariga huquqiy asos bo‘lib xizmat qilgan bo‘lardi. Bu esa O‘zbekiston sharoitidagi Caremark tamoyilini shakllantirishda muhim qadam bo‘lardi. Maqolamiz so‘ngida yuqorida o‘rganilgan uchta yurisdiksiya: AQSH, Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston korporativ boshqaruv huquqida ESG omillarini inobatga olinishi yuzasidan o‘tkazilgan tatqiqot maqolamiz yuzasidan quyidagicha yakuniy xulosaga kelish mumkin. AQSHda Ekologik, Ijtimoiy va Boshqaruv (ESG) omillarining korporativ Kengash a'zolarining an'anaviy fidusiar majburiyatlariga ta'sirini hali yuqori emas. Tahlil shuni ko‘rsatdiki, klassik Aksiyadorlar Ustunligi (Shareholder Primacy) doktrinasi hali ham korporativ boshqaruv huquqida hukmron bo‘lib qolmoqda. Yevropa Ittifoqiga keladigan bo‘lsak, Yevropa Ittifoqi global miqyosda ESG standartlarini o‘zining korporativ boshqaruv huquqida transformatsiyaning yetakchisi hisoblanib, butun dunyoga namuna sifatida SFDR va CSDDD huquqiy normalarida korporativ kengashlarning javobgarligini majburiy oshkor qilish va ehtiyotkorlik (due diligence) talablari orqali keskin oshirmoqda. Bunda eng muhimi, yuqorida tahlil qilgan Shell ishi kabi sud pretsedentlar “ijtimoiy g‘amxo‘rlik majburiyati”ning aksiyadorlarning moliyaviy manfaatlari doirasidan tashqariga chiqishini holatini keltirib o‘tsak bo‘ladi. Maqolamizning uchinchi huquqiy yurisdiksiya bo‘lgan O‘zbekistonga keladigan bo‘lsak, ushbu mamlakatning korporativ boshqaruv tizimiga ESG standartlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Xususan, yuqorida sanalagan O‘zbekiston korporativ huquqida asosiy normativlar “Aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risida”gi Qonun va “Ma’suliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunlarda Kengash a'zolari o‘z majburiyatlarini ijro etishda ESG omillarini inobatga olishi shart degan normani kiritish huquqiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi lozim degan xulosaga keldik. Ushbu normaning qonunchilikda aks etishi O‘zbekistonda korporativ qonunchilikni global tendentsiyalarga moslashtirish va mahalliy korporativ kengashlarning ESG talablaridan kelib chiqib hisobdorligini oshirish mamlakatda mavjud ekologik va ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun dastlabki muhim fundamental qadam bo‘lardi deb hisoblaymiz. REFERENCES 1. Stout, Lynn A., Why We Should Stop Teaching Dodge v. Ford. UCLA School of Law, LawEcon Research Paper No. 07-11, Available at SSRN: https://ssrn.com/abstract=1013744 or http://dx.doi.org/10.2139/ssrn.1013744 2. Sustainable Finance Disclosure Regulation - SFDR) Regulation - 2019/2088 - EN - sfdr - EUR-Lex