scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SUN'IY INTELLEKT ORQALI LOGISTIKA FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

Yoqubjonov, Furqatjon Davlatali oʻgʻli; Inamov, Dilmirza Dedamirzayevich; Habibullayev, Abdulvohid Abdulbori o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada logistika faoliyatini takomillashtirishda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan oqilona foydalanishning ahamiyati mazmunan yoritib berilgan. SI asosida rejalashtirish, aniqlash, transport oqimlarini boshqarish, ombor jarayonlarini optimallashtirish hamda xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, logistika tizimlarida ma’lumotlarni ishlash tezligini oshirish, inson omiliga bog‘liq xatolarni kamaytirish va qaror qabul qilish samaradorligini oshirishda sun’iy intellektning roli ko‘rib chiqilgan. Maqola natijalari logistika sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

Full text

SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 220 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17953042 SUN’IY INTELLEKT ORQALI LOGISTIKA FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH Yoqubjonov Furqatjon Davlatali oʻgʻli NamDTU Magistranti e-mail: [email protected] Inamov Dilmirza Dedamirzayevich NamDTU, PhD, dotsent e-mail: [email protected] Habibullayev Abdulvohid Abdulbori o‘g‘li NamDTU 2a-TTE va B-23 talabasi e-mail: habibullaye[email protected]om ANNOTATSIYA Ushbu maqolada logistika faoliyatini takomillashtirishda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan oqilona foydalanishning ahamiyati mazmunan yoritib berilgan. SI asosida rejalashtirish, aniqlash, transport oqimlarini boshqarish, ombor jarayonlarini optimallashtirish hamda xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, logistika tizimlarida ma’lumotlarni ishlash tezligini oshirish, inson omiliga bog‘liq xatolarni kamaytirish va qaror qabul qilish samaradorligini oshirishda sun’iy intellektning roli ko‘rib chiqilgan. Maqola natijalari logistika sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, logistika faoliyati, raqamli logistika, optimallashtirish, transport boshqaruvi, ombor logistika, prognozlash, avtomatlashtirish. SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 221 IMPROVING LOGISTICS OPERATIONS THROUGH ARTIFICIAL INTELLIGENCE ABSTRACT This article highlights the importance of rational use of artificial intelligence (AI) technologies in improving logistics activities. The possibilities of planning, forecasting, managing transport flows, optimizing warehouse processes, and reducing costs based on AI are analyzed. The role of artificial intelligence in increasing the speed of data processing in logistics systems, reducing human errors, and improving the efficiency of decision-making is also considered. The results of the article show that the introduction of digital technologies in the logistics sector serves to increase competitiveness. Keywords: artificial intelligence, logistics activities, digital logistics, optimization, transport management, warehouse logistics, forecasting, automation. KIRISH Mavzuning dolzabligi. Hozirgi globallashuv sharoitida logistika tizimlari samaradorligini oshirish muhim strategik omillardan biriga aylanmoqda. Bozor talablarining tez o‘zgarishi, yetkazib berish yo’nalishlarining murakkablashuvi, transport xarajatlarining oshishi hamda vaqt omilining ahamiyati logistika faoliyatini innovatsion yondashuvlar asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda. Bugungi kunda an’anaviy boshqaruv usullari ushbu muammolarni to‘liq hal etishda yetarlicha bo‘lmay qolmoqda. Sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi logistika sohasida yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda. Xususan, katta hajmdagi ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish, talabni aniq prognozlash, transport marshrutlarini optimallashtirish, ombor jarayonlarini avtomatlashtirish hamda risklarni oldindan aniqlash sun’iy intellekt SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 222 orqali samarali amalga oshirilmoqda. Bu jarayon esa logistika tizimlarida xarajatlarni kamaytirish, xizmat sifatini oshirish va raqobatbardoshlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Shu bois, logistika faoliyatini sun’iy intellekt asosida takomillashtirish masalasi bugungi kunda ilmiy-amaliy jihatdan dolzarb bo‘lib, ushbu yo‘nalishda olib boriladigan tadqiqotlar transport-logistika sohasining barqaror rivojlanishiga muhim hissa qo‘shadi. O‘zbekistonda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar (Big Data) va avtomatlashtirilgan tizimlarni iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, transport va logistika sohasida yuk tashish jarayonlarining samaradorligini oshirish, bojxona va ombor xizmatlarini tezlashtirish, transport xarajatlarini kamaytirish hamda korrupsiya va inson omili ta’sirini qisqartirishda sun’iy intellekt muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Shuningdek, ichki va tashqi savdo hajmining oshib borishi, elektron tijoratning rivojlanishi va eksport-import operatsiyalarining kengayishi logistika tizimlaridan yuqori aniqlik, tezkorlik va shaffoflikni talab etmoqda. Sun’iy intellekt asosida marshrutlarni optimallashtirish, talabni prognozlash va resurslardan oqilona foydalanish, O‘zbekistonda logistika infratuzilmasini yanada rivojlantirish va xalqaro bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirishda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI Bugungi kunda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining logistika sohasiga joriy etilishi bo‘yicha ko‘plab xorijiy va mahalliy ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, xorijiy olimlar tomonidan sun’iy intellektning transport marshrutlarini optimallashtirish, talabni prognozlash, ombor jarayonlarini avtomatlashtirish va yetkazib berish zanjirini boshqarishdagi ahamiyati keng yoritilgan. Ularning tadqiqotlarida mashinaviy o‘rganish, neyron tarmoqlar va optimallashtirish SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 223 algoritmlaridan foydalanish logistika xarajatlarini kamaytirish hamda xizmat sifatini oshirishga xizmat qilishi isbotlangan. Aytish joizki, xalqaro tashkilotlar va buyurtmachi kompaniyalar tomonidan tayyorlangan ma’lumotlarga ko’ra sun’iy intellekt (SI) asosidagi logistika tizimlari aniq vaqt rejimida ma’lumotlarni tahlil qilish, taxminiy ma’lumotlarni oldindan aniqlash va tezkor qarorlar qabul qilish imkonini berishi aniqlangan. Ushbu ma’lumotlarda SI texnologiyalarining raqamli logistika va “Aqlli” transport tizimlarini shakllantirishdagi vazifalari alohida ko‘rib chiqilgan. Mamlakatimiz olimlari va tadqiqotchilari tomonidan O‘zbekistonda logistikani rivojlantirish, transport infratuzilmasini isloh qilish va raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy - amaliy yondashuvlar mavjud. Ushbu izlanishlarda asosan logistika tizimlarining bugungi holati, mavjud muammolar va ularni raqamlashtirish orqali bartaraf etish yo‘llari aniqlangan. Lekin, sun’iy intellekt texnologiyalarini logistika faoliyatiga to‘liq tatbiq etish masalalari yetarlicha chuqur o‘rganilmaganligi mazkur maqolaning dolzarbligini ko‘rsatadi. Ushbu maqolada logistika faoliyatini sun’iy intellekt yordamida takomillashtirish masalasini o‘rganishda to‘liq holda ilmiy yondashuvlardan foydalaniladi. Shuningdek, nazariy tahlil metodi orqali sun’iy intellekt va logistika sohasiga oid ilmiy adabiyotlar, normativ-huquqiy hujjatlar bilan birgalikda strategik dasturlar ham o‘rganiladi. Empirik tadqiqot jarayonida statistik manbalardan foydalangan holda logistika jarayonlarining samaradorligi, transport xarajatlari, yetkazib berish muddati va resurslardan foydalanish ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi. Shuningdek, taqqoslash va tizimli tahlil metodlari yordamida an’anaviy logistika boshqaruvi bilan sun’iy intellekt asosidagi logistika tizimlari samaradorligi integratsiyasi ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, modellashtirish va aniqlash usullari orqali sun’iy intellekt texnologiyalarini tadbiq etish natijasida yaratilgan iqtisodiy samaradorlik baholanadi. Tadqiqot natijalari asosida O‘zbekiston sharoitida logistika faoliyatini sun’iy SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 224 intellektdan foydalangan holda takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqiladi. NATIJALAR Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, sun’iy intellekt texnologiyalarini logistika faoliyatida qo‘llash logistika jarayonlarining samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkonini vujudga keltiradi. Xususan, sun’iy intellekt orqali talabni aniqlashtirish tizimlaridan foydalanish natijasida yuk oqimlarini rejalashtirish aniqligi ortib, ortiqcha zaxiralar va yetkazib berishdagi kechikishlar kamaydi. Transport logistikasida sun’iy intellekt yordamida marshrutlarni optimallashtirish yoqilg‘i sarfi va transport xarajatlarini kamaytirishga xizmat qildi. Tadqiqot doirasida o‘tkazilgan tajriba tahlillari sun’iy intellekt asosidagi rejalashtirish tizimlari yetkazib berish vaqtini qisqartirish va transport vositalaridan foydalanish darajasini oshirishini ko‘rsatdi. Bu esa logistika tizimlarining kompleks samaradorligini ta’minladi. Ombor logistikasida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish mahsulotlarni joylashtirish, saralash va hisobga olish jarayonlarini avtomatlashtirishga yo‘l ochib berdi. Natijada ombor maydonlaridan foydalanish samaradorligi oshdi, inson omiliga bog‘liq xatolar kamaydi va buyurtmalarni qayta ishlash tezligi sezilarli darajada yaxshilandi. Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida real vaqt rejimida ma’lumotlarni tahlil qilish, logistika jarayonlarida yuzaga keladigan muammolarni oldindan aniqlash va tezkor qarorlar qabul qilish imkonini berdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sun’iy intellektni joriy etish logistika xizmatlari sifatini oshirib, xarajatlarni kamaytirish hamda raqobatbardoshlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Umuman olganda, olingan natijalar O‘zbekiston sharoitida logistika faoliyatini sun’iy intellekt asosida rivojlantirish iqtisodiy va tashkiliy tomondan samarali ekanligini tasdiqlaydi hamda ushbu yo‘nalishda amaliy mexanizmlarni tadbiq etish zarurligini ko‘rsatadi. SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 225 1-jadval Sun’iy intellekt qo’llashdan oldin va keyin logistika ko‘rsatkichlarining taqqoslanishi Ko‘rsatkichlar An’anaviy logistika Sun’iy intellekt asosida O‘zgarish (%) Yetkazib berish muddati 7–10 4–6 30–40 % Transport xarajati Yuqori O‘rtacha 20–25 % Rejalashtirish aniqligi Past Yuqori 35–40 % Inson omiliga bog‘liq xatolar Yuqori Past 40–50 % 2-jadval Sun’iy intellekt texnologiyalarining logistika yo‘nalishlari bo‘yicha samaradorligi Logistika yo‘nalishi Qo‘llanilgan SI texnologiyasi Erishilgan natija Transport logistikasi Marshrutlarni optimallashtirish algoritmlari Yo‘qilg‘i tejalishi, tezkor yetkazib berish Ombor logistikasi Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi Buyurtmalarni qayta ishlash tezlashdi Talab prognozi Mashinaviy o‘rganish Ortiqcha zaxiralar kamaydi Ta’minot zanjiri Real vaqt monitoringi Risklar oldindan aniqlandi SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 226 3-jadval Ombor logistikasida sun’iy intellekt joriy etish natijalari 4-jadval Sun’iy intellektning umumiy iqtisodiy samaradorligi Yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlari Olingan natija Umumiy logistika xarajatlari 20–30 % ga qisqardi Xizmat sifati Sezilarli darajada oshdi Raqobatbardoshlik Mustahkamlandi Qaror qabul qilish tezligi 2 barobarga oshdi MUHOKAMA Muhokama jarayonida aniqlanganki, sun’iy intellektning eng katta ustunligi real vaqt rejimida ma’lumotlarni tahlil qilish va tezkor qarorlar qabul qilish imkoniyatidadir. Bu esa an’anaviy logistika boshqaruvi bilan solishtirganda inson omiliga bog‘liq xatolarni kamaytiradi va logistika xizmatlari sifatini oshiradi. Shu bilan birga, sun’iy intellektni joriy etishda malakali kadrlar yetishmasligi, dastlabki Ko‘rsatkichlar Joriy etishdan oldin Joriy etilgandan keyin Buyurtmani qayta ishlash vaqti 24 soat 8–10 soat Ombor maydonidan foydalanish 65 % 85 % Hisob-kitobdagi xatolar Yuqori Minimal Mehnat unumdorligi O‘rtacha Yuqori SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 227 investitsiya xarajatlarining yuqoriligi va axborot infratuzilmasini rivojlantirish zarurati kabi muammolar mavjudligi ham aniqlandi. Umuman olganda, muhokama natijalari sun’iy intellekt asosida logistika faoliyatini takomillashtirish O‘zbekiston sharoitida istiqbolli yo‘nalish ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish va kadrlar salohiyatini oshirish orqali logistika tizimlarining samaradorligini yanada kuchaytirish mumkin. Xulosa Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellekt texnologiyalarini logistika faoliyatiga joriy etish logistika jarayonlarining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Sun’iy intellekt asosida rejalashtirish, prognozlash, transport va ombor jarayonlarini optimallashtirish orqali xarajatlarni kamaytirish, yetkazib berish muddatlarini qisqartirish hamda xizmat sifatini yaxshilash mumkin. Shuningdek, sun’iy intellekt inson omiliga bog‘liq xatolarni kamaytirib, tezkor va asosli qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Tadqiqot xulosalariga ko‘ra, O‘zbekiston sharoitida logistika faoliyatini sun’iy intellekt asosida takomillashtirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lib, raqobatbardoshlikni oshirish va transport-logistika tizimining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmoni. — Toshkent, 2020. 2. Russell, S., Norvig, P. Artificial Intelligence: A Modern Approach. — New Jersey: Prentice Hall, 2021. 3. Ivanov, D., Tsipoulanidis, A., Schönberger, J. Global Supply Chain and Operations Management. — Springer, 2019. 4. Christopher, M. Logistics and Supply Chain Management. — London: Pearson Education, 2016.