scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

AKMEOLOGIK YODASHUV ASOSIDA O'QUVCHILARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASH METODIKASI

Kuchkorova Ozoda G'ayrat qizi

Abstract

Mazkur maqolada akmeologik yodashuv asosida o'quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasining mazmuni va mohiyati tahlil etilgan bo‘lib, pedagogik jarayonda akmeologik metodikalarni qo’llash orqali o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash bo‘yicha zaruriy metodikalar ham namuna sifatida keltirib o‘tilgan. Ushbu maqola keltirilgan ma’lumotlar va tavsiyalar oliy ta’lim magistrlari, o‘qituvchilar va shu mavzu bo‘yicha ilmiy ish olib borayotgan izlanuvchilar uchun zaruriy ma’lumot sifatida xizmat qiladi.

Full text

Dekabr, 2025-Yil 135 AKMEOLOGIK YODASHUV ASOSIDA O'QUVCHILARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASH METODIKASI Kuchkorova Ozoda G‘ayrat qizi Pedagogika fakultet magistranti 1-kurs. https://doi.org/10.5281/zenodo.17953428 Annotatsiya. Mazkur maqolada akmeologik yodashuv asosida o'quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasining mazmuni va mohiyati tahlil etilgan bo‘lib, pedagogik jarayonda akmeologik metodikalarni qo’llash orqali o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash bo‘yicha zaruriy metodikalar ham namuna sifatida keltirib o‘tilgan. Ushbu maqola keltirilgan ma’lumotlar va tavsiyalar oliy ta’lim magistrlari, o‘qituvchilar va shu mavzu bo‘yicha ilmiy ish olib borayotgan izlanuvchilar uchun zaruriy ma’lumot sifatida xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: akmeologiya, kasbiy tayyorgarlik, o‘quvchi, o‘qituvchi, akmeogramma, nazariya, faoliyat, ta’lim, tarbiya, ong. Аннотация. В данной статье анализируется содержание и сущность методики подготовки студентов к профессиональной деятельности на основе акмеологического подхода, а также приводятся примеры необходимых методов подготовки студентов к профессиональной деятельности с использованием акмеологических методов в педагогическом процессе. Представленная в статье информация и рекомендации служат необходимыми сведениями для магистров высшего образования, преподавателей и исследователей, ведущих научную работу по данной теме. Ключевые слова: акмеология, профессиональная подготовка, студент, преподаватель, акмеограмма, теория, деятельность, образование, воспитание, сознание. Abstract. This article analyzes the content and essence of the methodology for preparing students for professional activity based on the acmeological approach, and the necessary methods for preparing students for professional activity through the use of acmeological methods in the pedagogical process are also cited as examples. The information and recommendations presented in this article serve as necessary information for masters of higher education, teachers, and researchers conducting scientific work on this topic. Keywords: acmeology, professional training, student, teacher, acmeogram, theory, activity, education, upbringing, consciousness. Akmeologiyaning nazariy metodlari tizimi va amaliy metodlari ta’lim jarayonida oʻquvchilarning axborot bilan ishlashida samarali foyda beradi. Bundan tashqari oʻquvchilar akmeogramma asosida faoliyat olib borsa, u ta’lim tizimining mohiyatini yanada chuqurroq anglay boshlaydi. Shu bilan bir qatorda tafakkuri oʻsib, yetuklik sari boradi Insonning yetuklik bosqichi — yetukligining «akme» deb ataladigan choʻqqisi hayotini, vaqt uzunligining asosiy qismini qamrab oladigan koʻp oʻlchovli holatidir. Bu holat doimo insonni faoliyatning ma'lum sohasida qay darajada fuqaro, mutaxassis sifatida chiqqanligini koʻrsatadi. Uni oʻrab olgan voqelik ichidagi boy yoki nochor aloqalar uning umr yoʻldoshi, ota-ona sifatida qandayligini bildiradi. Shu bilan birga, u statik tuzilgan boʻla olmaydi, aksincha, koʻp yoki kamroq variantivligi va oʻzgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Dekabr, 2025-Yil 136 Insonning jismoniy holatiga mansub boʻlgan kompenentlik qoidaga koʻra, yetuklik parametrlari doirasida tipik tavsifni doimo olib yuradi va qayta oʻzgarishlarga uchraydi. Insonning mazmunli spetsifikasi va uni ifodalash shaklining mana shunday harakatchan birligi fuqaro, shaxs faoliyati subyekti, umr yoʻldoshi, ota-ona sifatida ifodalanayotgan yetuklik bosqichida har doim kuzatilishi mumkin. Insonni yaxlit tushunishda ular orasidagi bog‘liqliklarning barcha murakkabligini anglash uchun turli fan nuqtayi nazaridan olib borilgan tadqiqotlarda olingan yetuk insonni oʻrganish natijalarini yaxlit bir tizimga toʻplash zarur boʻladi. Akmeologik yondashuv asosida oʻquvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi oʻquvchining eng yuqori kasbiy darajasi — "akme"ga erishishini taʼminlashga qaratilgan boʻlib, bunda shaxsning individual xususiyatlari, qobiliyatlari, fazilatlarini rivojlantirish, ularni kasbiy faoliyatga kompleks tayyorlash, akmeogramma, profiogramma kabi usullardan foydalanish va oʻquvchining oʻz ustida ishlashini ragʻbatlantirish muhim oʻrin tutadi. Metodikada loyihaviy faoliyat, konfliktologik madaniyatni shakllantirish va ijodkorlikni rivojlantirish orqali kasbiy kompetentlikni oshirish nazarda tutiladi. Asosiy tamoyillar: 1. Shaxsga yoʻnaltirilganlik: Har bir oʻquvchining individualligini, qobiliyatini, intilishlarini hisobga olgan holda tayyorlash. 2. Kamolotga intilish: Oʻquvchida oʻz kasbini mukammal oʻzlashtirish va eng yuqori darajaga erishish istagini uygʻotish. 3. Kompleks yondashuv: Kasbiy bilim, koʻnikma va malakalarni shaxsiy sifatlar bilan birga rivojlantirish 4. Metodik yondashuvlar Akmeogramma metodi: Profesiogramma va psixogrammadan farqli oʻlaroq, individuallikni yuqori darajada namoyon etadi. Loyihaviy faoliyat: Oʻquvchilarni loyiha tuzish va amalga oshirishga oʻrgatish, bu ularning ijodiy salohiyatini ochib beradi. Konfliktologik madaniyatni shakllantirish: Kasbiy faoliyatdagi nizolarni samarali hal qilish koʻnikmasini rivojlantirish. Ijodkorlikni rivojlantirish: Ilmiy va kasbiy ijodkorlikni ragʻbatlantirish orqali muvaffaqiyatga erishishga yordam berish. Metodikaning mazmuni 1. Nazariy asos: Akmeologik yondashuvning nazariy va amaliy asoslarini oʻrganish. 2. Amaliy mashgʻulotlar: Oʻquvchilarni real kasbiy vaziyatlarga tayyorlash. 3. Oʻz-oʻzini rivojlantirish: Oʻquvchilarni oʻz kasbiy rivojlanishini rejalashtirish va amalga oshirishga undash. Ushbu metodika oʻquvchilarni nafaqat bilimli, balki ijodkor, malakali, oʻz kasbiga sodiq va yuqori malakali mutaxassis sifatida tayyorlashni maqsad qiladi. Akmeologiyaning nazariy metodlari tizimiga quyidagilar kiradi: Mantiqiy: analiz, sintez, induksiya, deduksiya, mushohadali (xayoliy) eksperiment. Tahlilning matematik metodi: korrelyativ, omilli, dispersion, diskriminatsion, klasterli va boshq. Fanlararo metodlar - yondashuvlar: kompleks, tizimli, funksional, genetik, longityudli, modelli, biografik, vaziyatli va boshq. Akmeologiyaning amaliy-ishlab chiqarish metodlari sinfiga quyidagilar kiradi: Dekabr, 2025-Yil 137 a) umumilmiy: kuzatuv, eksperiment, ekspert bahosi; b) alohida fanlarning metodlari, jumladan: •psixologik (test, kuzatish, suhbat, oʻz-oʻzini kuzatish, o‘z-o‘ziga hisobot berish, psixosemantik); • ijtimoiy (roʻyxatga olish, soʻrov, intervyu olish, so‘rovnoma o‘tkazish); • psixofiziologik. d) akmeologik metodlar: (akmeogramma, test, psixobiografiya, akmeologik ekspertiza). Akmeogramma — akmeografik yondashuvning asosiy metodi va u progressiv rivojlanishga hamda birinchi navbatda shaxsning professionalizmi va muayyan mehnat subyektlari faoliyatining taraqqiyotiga imkon beradigan talablar, sharoit va omillar tizimini namoyon etadi. Akmeogramma doimo individual boʻladi, rasmiy ravishda u samarali faoliyat koʻrsatayotgan subyektning individual «kesimi»ni, uning imkoniyatlari va istiqbollarini, oʻrnini qoplaydigan va aksi boʻlgan xususiyatlarini oʻzida mujassam etadi. Akmeogrammalar inson faoliyatiga qarab turlicha tuzilishi mumkin. yuqorida akmeolog tavsiya berishi yoki ekspert toʻg’ri xulosa chiqarishi uchun tuzilgan “mutaxasis akmeogrammasi” keltirilgan. Akmeogramma — professiogramma va psixogrammaga nisbatan umumlashtiruvchi kategoriya boʻlib hisoblanadi. Akmeogramma insonning individual-ruhiy va psixofiziologik oʻziga xos xususiyati va kasbiy faoliyatini kompleks tarzda tavsiflash boʻlib, buyuk zotlarning oʻsib-ulg‘ayishi va mukammallashuvi, oʻz kasbi tomon intilishi jarayoni, qanday qilib olamshumul yangiliklar yaratganliklari va liderlik qobiliyatlarini oʻrganadi. Natijada, jamiyatimizning ilg‘or akme shaxslari oʻtmishdagi ajdodlarimiz bosib oʻtgan yoʻ1, ular erishgan choʻqqilar — kamolot va mukammallik choʻqqisiga erishish mexanizmlarini yaxshiroq va mukammal anglashidir. Bu esa, oʻz navbatida, bugungi kun nuqtayi nazaridan istiqbolimiz trayektoriyasini ham belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Akmeogramma professional faoliyatning atroflicha tavsifini va u tomondan insonning individual-psixologik va psixoflziologik xususiyatlariga qoʻyiladigan talablami o‘z ichiga oladi. Bolalar va yoshlarda ularning iqtidor va qobiliyatlarini aniqlash, rivojlantirish boʻyicha real sharoitlarni yaratish akmeologik muhitdan darak bersa, ushbu yoshlarni topish, iste'dodlarini aniqlash va ularni rivojlantirish asosida yuqori pog‘onalarga erishuvini ta’minlash bir-biridan ajralmas, bir butun yaxlit tizim sifatida qaralmoqda. Akmeogrammani aniq, toʻg‘ri va xolisona toʻldirish ekspert yoki akmeolog tomonidan maqbul va ishonchli natijaning olinishi kafilidir. Xulosa qilib aytganda, akmeologik yondashuv asosida oʻquvchilarni kasbiy faoliyatga tayorlash ta’lim jarayonida akmeologiyaning yuqorida keltirilga nazariy va amaliy metodlariga tayanish yaxshi natija beradi. REFERENCES: 1. Tillayeva G.H. Akmeologiya asoslari. “Tafakkur boʻstoni” Toshkent - 2014 2. Деркач А., Зазыкин В. Акмеология: Учебное пособие. – Спб.: «Питер», 2003. 3. Деркача А. А. Акмеология: Учебник. Изд. РАГС, 2006 Dekabr, 2025-Yil 138 4. Xudayqulova, F. B. (2022). Ta'lim tizimini boshqarish. O'qituvchi ilmiy uslubiy metodik va badiiy jurnali, 3(9), 69-72. 5. Xodjamkulov, U. N.; Xudayqulova, F. B. (2021). Kelajak o‟qituvchisi konsepsiyasi. O’zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar, 2(3), 130-135. 6. Темиров, Б. Б., & Худойкулова, Ф. Б. (2021). Характеристики личности учителя связанные обменом идеями. Экономика и социум, (1-2), 496-499