MARG'ILON SHAHRINING TARIXIY FOJIYASI
Full text
PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) MARG’ILON SHAHRINING TARIXIY FOJIYASI HISTORICAL TRAGEDY OF THE CITY OF MARGILAN ИСТОРИЧЕСКАЯ ТРАГЕДИЯ ГОРОДА МАРГИЛАНА Mirzazizov Xayrulloh Zafarjonovich Andijon davlat pedagogika instituti, Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti Tarix yo‘nalishi 201-guruh talabasi Ilmiy rahbar: Tursunova Gulnoza Muminovna Andijon davlat pedagogika instituti Tarix kafedrasi o‘qituvchisi Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqola Marg‘ilon shahrining tarixiy fojiasiga bag‘ishlanib, voqeaning kelib chiqish sabablari, tarixiy jarayonlardagi o‘rni va uning mahalliy jamiyat hayotiga ta’siri ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotda arxiv hujjatlari, tarixiy manbalar, og‘zaki esdaliklar hamda zamonaviy tadqiqotchilarning yondashuvlari asosida fojianing mohiyati, uning siyosiy-iqtisodiy sharoitlar bilan bog‘liqligi va Marg‘ilonning keyingi taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, maqolada ushbu hodisaning tarixiy xotira shakllanishidagi o‘rni, bugungi avlod uchun ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati ham yoritiladi. Tadqiqot natijalari Marg‘ilon tarixini yanada chuqur anglash va o‘tmish saboqlarini ilmiy asosda tahlil qilish uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so’zlar: Marg‘ilon tarixi, Marg‘ilon shahrining fojiasi, Farg‘ona vodiysi tarixi, Marg‘ilondagi ijtimoiy inqiroz,Siyosiy beqarorlik, Aholining
PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) azob-uqubati,Madaniy merosning yo‘qolishi, Mustamlakachilik davri, Sovet davridagi repressiyalar, Milliy qadriyatlar. Abstract: This scientific article is dedicated to the historical tragedy of the city of Margilan, analyzing the causes of the event, its role in historical processes, and its impact on the life of local society on a scientific basis. The study examines the essence of the tragedy, its connection with political and economic conditions, and its influence on the further development of Margilan based on archival documents, historical sources, oral memoirs, and the approaches of modern researchers. The article also highlights the role of this event in the formation of historical memory and its spiritual and educational significance for today's generation. The research results serve as an important source for a deeper understanding of the history of Margilan and a scientific analysis of the lessons of the past. Keywords: History of Margilan, the tragedy of the city of Margilan, the history of the Fergana Valley, the social crisis in Margilan, political instability, the suffering of the population, the loss of cultural heritage, the colonial period, repressions during the Soviet era, national values. Аннотация: Данная научная статья посвящена исторической трагедии города Маргилан, где на научной основе анализируются причины возникновения события, его место в исторических процессах и его влияние на жизнь местного общества. В исследовании на основе архивных документов, исторических источников, устных воспоминаний и подходов современных исследователей изучается сущность трагедии, ее связь с политико-экономическими условиями и влияние на дальнейшее развитие Маргилана. В статье также освещается роль этого события в формировании исторической памяти и его духовно-просветительскoe значение для сегодняшнего поколения. Результаты исследования служат
PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) важным источником для более глубокого понимания истории Маргилана и научного анализа уроков прошлого. Ключевые слова: история Маргилана, трагедия города Маргилана, история Ферганской долины, социальный кризис в Маргилане, политическая нестабильность, страдания населения, утрата культурного наследия, колониальный период, репрессии советского периода, национальные ценности. Kirish Bundan 109 yil muqaddam – 1916 yilning iyul oyida o‘sha payti Rossiya imperiyasiga tegishli bo‘lgan Turkiston o‘lkasi tarixidagi eng yirik qo‘zg‘olon ro‘y berdi. “Mardikorlar qo‘zg‘oloni” nomini olgan bu voqea Markaziy Osiyo davlatlari yangi tarixidagi muhim va shu bilan birga yaxshi o‘rganilmagan, e’tiborsiz qolib ketayotgan voqealardan biri hisoblanadi. Mardikorlar qoʻzgʻoloni — Birinchi jahon urushi davri (1914—1918)da Rossiya podsho hukumatining mustamlakachilik siyosatiga qarshi Oʻrta Osiyo xalqlarining chiqishlari. Oʻrta osiyo qoʻzgʻoloni aslida oʻlkada tobora kuchayib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy qarama-qarshiliklar mahsuli boʻlib, uning boshlanishi uchun Nikolay II ning 1916-yil 25-iyundagi mardikorlikka olish haqidagi farmoni bahona boʻlgan. Bu farmon ijtimoiyiqtisodiy tomondan ahvoli tang boʻlib turgan xalqning sabrkosasini toʻldirib yubordi 1 .Qoʻzgʻolon alangasi Fargʻona viloyatini ham qamrab oldi. U yerdagi dastlabki qoʻzgʻolonni 9-iyulda Andijon shahri aholisi boshlab berdi. Ertasiga Dalvarzin, 13-iyulda esa Chuama qishlogʻi aholisi qoʻzgʻolon koʻtardi. Farg‘onadan 50 ming kishini mardikorlikka yuborish belgilandi. Belgilangan 1 https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBrta_Osiyo_qo%CA%BBzg%CA%BBoloni
PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) miqdorlar viloyatlar bo‘yicha aholi o‘rtasida taqsimlandi. Farg‘ona viloyatida belgilangan mardikorlarni to‘plash uchun viloyatdagi xonadonlarning har beshtasidan bir kishini olishga to‘g‘ri kelgan. Xalq bundan qattiq norozi bo‘lgan. Turkiston erkaklarining o‘z oilasini tashlab ketishi ularni ochlikka mahkum etdi. Ayniqsa, qishloq aholisining safarbar qilinishi qishloq xo‘jaligini inqirozga olib keldi. Mardikorlikka boradiganlarning ro‘yxatini tuzishda Turkiston mahalliy ma’muriyati vakillari adolatsizliklarga yo‘l qo‘ydi. Hatto oilada bir nechta erkak bo‘lishiga qaramasdan badavlat xonadon vakillari pora berib ro‘yxatga yozilmasdi. Lekin kambag‘al oilalarda garchi bitta erkak bo‘lsa ham ro‘yxatga kiritilardi. Bunday nohaqliklar keng xalq ommasi noroziligining kuchayishiga sabab bo‘ldi 2 . Marg‘ilondagi qo‘zg‘olonning boshlanishi 1916-yil iyul oyining boshlarida Marg‘ilon shahrida xalq orasida keskin norozilik kuchaydi. Bu harakat tez orada Farg‘ona vodiysiga yoyildi va vodiy hududida keng ko‘lamli xalq noroziligiga aylandi. Bu yerda ham mahalliy aholi podsho ma’muriyati buyruqlariga bo‘ysunmay, ochiq qarshilik ko‘rsata boshladi. Iyul oyining o‘rtalariga kelib qo‘zg‘olon Farg‘ona viloyatining Qo‘qon, Rishton, Marg‘ilon, Andijon va Namangan uyezdlarida keskinlashdi. Xususan, 9iyul kuni Andijon shahrida podsho farmoni xalqqa e’lon qilingach, aholi tayoq, tosh, ketmon va boshqa oddiy mehnat qurollari bilan qurollanib, mardikorlikka borishdan bosh tortib ko‘chalarga chiqdi. Namoyishchilarga qarshi politsiya va harbiy bo‘linmalar safarbar etildi. Qo‘zg‘olonchilarni tarqatish chog‘ida 3 nafar kishi o‘qdan halok bo‘ldi, 12 kishi esa yaralandi. 10-iyul kuni Eski Marg‘ilonda taxminan 25 ming nafar aholi bozor hududiga yig‘ilib, mardikorlikni bekor qilishni talab qildi. Qo‘zg‘olonchilar mahalliy ma’muriyat binolariga bostirib kirib, mustamlakachi hokimiyatga 2 https://tarix-kitob.uz/ozbekiston-tarixi-9/turkistonda-1916-yilgi-qozgolonning-boshlanishi/
PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) xizmat qilgan ayrim amaldorlarning uylariga va idoralarga o‘t qo‘ydilar. Ushbu to‘qnashuvlar davomida ikki nafar mirshab o‘ldirildi, bir necha kishi jarohat oldi. Vaziyatning keskinlashganidan xavotirlangan viloyat rahbariyati darhol harbiy kuchlarni ishga soldi. Natijada 63 nafar qo‘zg‘olonchi otib tashlandi, ko‘plab odamlar yarador bo‘ldi. Shahrixon hududida ham yuz bergan to‘qnashuvlarda 16 kishi halok bo‘ldi, yana ko‘plab odamlar jarohatlandi. 11-iyul kuni Namanganda boshlangan qo‘zg‘olon ham jiddiy tus oldi. Labbaytog‘a dahasida to‘plangan 1500 dan ortiq kishiga qarshi qurollangan harbiy rota yuborildi va namoyish kuch bilan tarqatib yuborildi. Mustamlakachi hukumatning politsiya va harbiy qismlari bilan qo‘zg‘olonchilar o‘rtasidagi shafqatsiz to‘qnashuvlar oqibatida qurolsiz namoyishchilarning ko‘pchiligi halok bo‘ldi yoki jarohatlandi. Qurbonlar orasida ayollar va bolalarning ham bo‘lgani mustamlakachi hokimiyatning insoniylikdan yiroq siyosatini yana bir bor namoyon etdi. Qo‘zg‘olon o‘z-o‘zidan, ya’ni oldindan puxta rejasiz boshlandi. Uni asosan: dehqonlar, hunarmandlar, kosiblar, kambag‘al shahar aholisi tashkil etgan. Qo‘zg‘olonchilarning aniq markazlashgan rahbari bo‘lmagan, ammo xalq orasida obro‘-e’tiborli oqsoqollar va faol shaxslar ommani harakatga undagan.Namoyishchilar Marg‘ilon bozor maydonida va ma’muriy binolar oldida to‘planib:mardikorlik ro‘yxatlarini yo‘q qilishga, mahalliy hokimiyat vakillarini jazolashga, soliq va majburiyatlarni bekor qilishni talab qilishga urindilar.Ayrim manbalarda qo‘zg‘olon davomida: mardikorlik ro‘yxatlari yondirilgani, bir nechta mahalliy amaldorlar va kamida 2 nafar mirshab o‘ldirilgani qayd etiladi. Qo‘zg‘olonchilar qurollanmagan bo‘lib, asosan tayoq, tosh, ketmon va boshqa oddiy mehnat qurollaridan foydalangan.
PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) Rossiya ma’muriyati Marg‘ilondagi voqealarni juda xavfli deb baholab, shaharga qurolli askarlar, kazaklar va harbiy bo‘linmalarni yubordi. Qo‘zg‘olon qisqa vaqt ichida kuch bilan bostirildi. Natijada ko‘plab tinch aholi o‘qqa tutilgan aniq soni ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, o‘nlab, ehtimol yuzlab odamlar halok bo‘lgan yuzlab kishi qamoqqa olingan ayrimlar surgun qilingan yoki jismoniy jazolarga duchor etilgan. Qo’lga olinganlarni ko’pchiligini yo’ldagi simyog’ochlarga osishgan. Marg‘ilon aholisi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilib, shahar bir necha oy harbiy holatga yaqin sharoitda yashagan. Xulosa 1916-yil Marg‘ilon qo‘zg‘oloni mustamlakachilik siyosati natijasida yuzaga kelgan chuqur ijtimoiy va siyosiy ziddiyatlarning yorqin ifodasi bo‘ldi. Bu qo‘zg‘olon oddiy norozilik harakati emas, balki mahalliy aholining erkin yashash, adolatli munosabat va insoniy qadr-qimmatini himoya qilish yo‘lidagi ongli qarshiligi edi. Mardikorlikka majburlash, adolatsiz soliq siyosati va mahalliy amaldorlarning zo‘ravonligi Marg‘ilon xalqini sabr kosasini to‘ldirib, ochiq kurashga undadi. Garchi qo‘zg‘olon qurolli kuchlar yordamida shafqatsiz tarzda bostirilgan, ko‘plab begunoh insonlar halok bo‘lgan va yuzlab kishilar jazolangan bo‘lsa-da, bu voqea xalq xotirasida chuqur iz qoldirdi. Marg‘ilon voqealari mustamlakachilik tuzumining asl mohiyatini fosh etib, mahalliy aholining milliy o‘zligini anglash jarayonini tezlashtirdi. Aynan shu qo‘zg‘olon orqali xalq o‘z huquqlari poymol etilayotganini chuqur his qildi va erkinlik uchun kurash muqarrar ekanini anglab yetdi. 1916-yilgi Marg‘ilon qo‘zg‘oloni keyingi yillardagi milliy-ozodlik harakatlari uchun muhim tarixiy tajriba va ma’naviy tayanch vazifasini bajardi. U nafaqat fojiali
PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) voqea sifatida, balki xalqning jasorati, birdamligi va adolat yo‘lidagi kurash ramzi sifatida tarix sahifalaridan mustahkam o‘rin egalladi. Foydalangan adabiyotlar: 1. Z.Ilhomov. O’zbеkiston tаrixi. Toshkеnt. 2022. 2. N.Аlimovа. Rossiyа impеriyаsining Turkistondа milliy mаdаniyаt sohаsidа olib borgаn 3. siyosаti (1867-1917-yy). Toshkеnt. 2004. 4. B.Аhmеdov.O’zbеkiston xаlqlаri tаrixi mаnbаlаri. Toshkеnt. “O’qituvchi.1991. 5. D. Bobojonovа , N. Jo’rаyеvа. O’zbеkiston tаrixi. Toshkеnt. 2011. 6. https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBrta_Osiyo_qo%CA%BBzg% CA%BBoloni 7. https://tarix-kitob.uz/ozbekiston-tarixi-9/turkistonda-1916-yilgiqozgolonning-boshlanishi/