GULJAMOL ASQAROVA SHE'RLARIDA METAFORALARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI
Abstract
O‘zbek zamonaviy she’riyati taraqqiyotida ayol ruhiy olamining badiiy talqini yuksak darajada ifodalangan ijodkorlar ko‘p, biroq har bir ijodkorning o‘ziga xos uslubi bor. Shuday ijodkorlardan biri Guljamol Asqarovadir.
Full text
Dekabr, 2025-Yil 142 GULJAMOL ASQAROVA SHE’RLARIDA METAFORALARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI Isaqulova Shahzoda NavDU 2-kurs talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17953584 O‘zbek zamonaviy she’riyati taraqqiyotida ayol ruhiy olamining badiiy talqini yuksak darajada ifodalangan ijodkorlar ko‘p, biroq har bir ijodkorning o‘ziga xos uslubi bor. Shuday ijodkorlardan biri Guljamol Asqarovadir. Shoiraning lirikasida insoniy kechinmalari, vatanparvarlik, mehr-muhabbat, ona-bola munosabatlari, milli-madaniy qadriyatlarning ifodalanishidagi samimiyat hamda ruhiy iztiroblar alohida o‘rin tutadi. Ushbu maqolada shoiraning ijodida uchraydigan metaforalar va ularning uslubiy vazifalari haqida ba’zi mulohazalarimizni bayon etamiz. Shoira she’riyatida oddiy, kundalik so‘zlardan foydalanish yaqqol seziladi. Bu shoiraning o‘ziga xos uslubi va badiiyatidan darak beradi. Adiba Guljamol Asqarovaning “Dil fasli”, “Uyg‘otuvchi alla”, “Baxt dastxati” kabi qator she’riy kitoblari nashr etilgan. Shu to‘plamlariga kirgan “Ona qandoq o‘yin boshlab qo‘ydim men”, “Keldi”, “Do‘stijon”, “ Kelinchak orzusi”, “O‘zbekiston Madhi”, “Vatan o‘g’loni”, “Vatan va ostona” kabi she’rlaridagi obrazlilik, real tasviriylik, sifatlash va metaforalar o‘quvchini o‘ziga tortadi. Xususan, shoiraning “Vatan va ostona” she’rida metaforalarni juda soddalashtirilgan bolalarcha, xalqchil va hammaga birdek tasavvur uyg‘otadigan shaklda namoyon bo‘ladi. Assalomu alaykum! Ey moviy osmon Sen mening muqaddas beshigim Vatan Meni porloq kunlar chorlagan zamon Dunyoga ochilgan eshigim – Vatan 1 . Mazkur she’riy parchada Vatan obrazi sodda, xalqchil va milliy xarakterdagi metaforalar orqali ifodalangan. Xususan, “muqaddas beshik” va “dunyoga ochilgan eshik” birliklari konseptual metafora sifatida namoyon bo‘ladi. “Vatan – muqaddas beshik” metaforasi Vatanning inson hayotidagi o‘rni, uni “tetapoya” bo‘lishdagi ahamiyati haqida muhim o‘rin tutadi. Bu metafora abstrakt tushunchani (Vatan) konkret predmet (beshik) orqali anglatishga xizmat qiladi. “Metafora milliy-madaniy stereotipga tayangan bo‘lib, o‘zbek poetik tafakkurida keng tarqalgan” 2 . Mazkur misrada metaforalar murakkab obrazlilikka emas, balki didaktik va emotsional ta’sirga ega ekanligi bilan ajrail buribdi. Metaforalarning sodda va nutqiy “ochiqligi” ularni talqin qilishda tafakkur “zo‘riqishni” talab etmaydi. Ijodkorningn “O‘zbekiston madhi” she’rida metaforaning yana bir xususiyatini ko‘rishimiz mumkin. Vodiy kelinidek nozlangan yurt bu Vohasi kuyovdek otlangan yurt bu 1 Guljamol Asqarova. Uyg‘otuvchi alla. –Toshkent, 2007. 103-bet 2 https://in-academy.uz/index.php/cajei/article/download/56817/35963/63279
Dekabr, 2025-Yil 143 Manglayiga zardan zarxarlar solib O‘zbekka xudodan xatlangan yurt bu 3 Milliy qadriyatlar va ularni aks ettiruvchi o‘xshatishlar, metaforalar, so‘z va birikmalar she’rni yanada “jonli” chiqishiga sabab bo‘lgan. Mazkur she’rda yurt obrazi inson va milliy marosimlar orqali metaforik tarzda ifodalangan. “Vodiy kelini, “nozlangan yurt” antropomorf metaforalarni yuzaga keltirgan. Bu metaforalar o‘zbek milliy madaniyatiga xos to‘y marosimi milliuy konseptlariga tayangan holda yaratilgan bo‘lib, Vatanni betakror va o‘ziga xos go‘zallik, baraka va milliy tantana timsolida talqin etadi. Bu esa uslubiy jihatdan metaforalar ochiq, rang-barang va tantanavor bo‘lib, murakkab poetik ramzlardan ko‘ra sodda emotsional-ta’sirchanlik va publitsistik-lirik tasvir ustuvor. Bunday xususiyat metaforalarning omma uchun tushunarli qiladi hamda she’rning muxlislarini oshirishga xizmat qiladi. Dunyo bir tush aslida Faqat visoli xush aslida Har odam bir qush aslida Dunyoga ne axtarib keldi. Shoiraning “Keldi” she’rida atoqli otlarning deyarli barcha tiplari uchraydi. Xususan, antroponimlar Alpomish, Shiroq, Mashrab, Sohibqiron, Jamshid; toponimlar: Samarqand, Surxon, Andijon, Farg’ona, Namangan, O‘zbekiston, Navoiy, Yerqo‘rg’on, Buxoro; zoonimlar andalib, kapalak, ot, tulpor shaklidagi birliklar uchraydi va ular metaforalarning turlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Guljamol Asqarova o‘z she’riyarida qaysi so‘zni qo‘llamasin, qaysi iboradan foydalanmasin ularning hammasi xalq tili va ularning turmush tarzi, qadriyatlari, milliy ma’naviyati hamda madaniyati biln o‘zaro bog‘iq. 3 Guljamol Asqarova. Uyg’otuvchi alla to‘plami. –Toshkent, 2007. 78 - bet