O'ZBEKISTONDA TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYANING ROLI
Abstract
Maqolada ta’limni raqamlashtirishning dolzarb muammolari yoritilgan. Maqolada raqamlashtirish bosqichlari va ulkan pedagogik salohiyatni ifodalovchi yangi raqamli texnologiyalarning paydo bo‘lishi tahlil qilindi. Oliy ta’limning o‘quv jarayonida raqamli texnologiyalarning imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi. Raqamli ta'lim muhitining xususiyatlari berilgan. Xulosaga ko‘ra, ta’limni raqamlashtirish o‘qitiladigan kurslarning mazmunini, shuningdek, ma’lumot taqdimotini o‘zgartiradi, bu nafaqat taqdimotlar yoki videolar, balki axborot tarmoqlari, ma’lumotlar bazalari, forumlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishdir.
Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 768 O‘ZBEKISTONDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYANING ROLI Qo‘qon DU dotsenti J.Sh.Kazimov [email protected] Qo‘qon DU 1-bosqich magistranti X.M.Kazimova [email protected] Annotatsiya. Maqolada ta’limni raqamlashtirishning dolzarb muammolari yoritilgan. Maqolada raqamlashtirish bosqichlari va ulkan pedagogik salohiyatni ifodalovchi yangi raqamli texnologiyalarning paydo bo‘lishi tahlil qilindi. Oliy ta’limning o‘quv jarayonida raqamli texnologiyalarning imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi. Raqamli ta'lim muhitining xususiyatlari berilgan. Xulosaga ko‘ra, ta’limni raqamlashtirish o‘qitiladigan kurslarning mazmunini, shuningdek, ma’lumot taqdimotini o‘zgartiradi, bu nafaqat taqdimotlar yoki videolar, balki axborot tarmoqlari, ma’lumotlar bazalari, forumlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishdir. Kalit so‘zlar: raqamlashtirish, transformatsiya, ta’lim, raqamli texnologiyalar, bulutli texnologiyalar, virtual haqiqat, sun'iy intellekt, veb-kvest texnologiyalari, blokcheyn texnologiyasi, ta’lim faoliyati, pedagogik jarayon, raqamli savodxonlik. Аннотация. В статье изложены актуальные проблемы цифровизации образования. В статье проанализированы этапы цифровизации и появление новых цифровых технологий, которые представляют собой огромный педагогический потенциал. Также рассмотрены возможности цифровых технологий в образовательном процессе вуза. Дана характеристика цифровой образовательной среды. Уточнен понятийный аппарат: «цифровая грамотность», «цифровая образовательная среда». Стратегия цифровизации образования предусматривает такие перспективные инновационные технологии, как искусственный интеллект, блокчейн и виртуальная реальность. В заключение, цифровизация образования изменяет содержание преподаваемых курсов, а также подачу информации, это не только презентации или видео, это уже прямые подключения к информационным сетям, к базам данных, форумам. Ключевые слова: цифровизация, трансформация, образование, цифровые технологии, облачные технологии, виртуальная реальность, искусственный интеллект, технологии вебквест, блокчейн-технология, образовательная деятельность, педагогический процесс, геймификация, мобильное обучение, цифровая грамотность. Abstract. The article presents relevant problems of digitalization of education. The authors analyze stages of digitalization and the emergence of new digital technologies, which represent a huge pedagogical potential. The possibilities of digital technologies in the educational process of the university are also considered. The characteristic of digital educational environment is given. The conceptual apparatus includes terms “digital literacy”, “digital educational environment”. The digitalization strategy of education provides for such promising innovative technologies as artificial intelligence, blockchain and virtual reality. The authors conclude that the digitalization of education is changing the content of the courses taught, as well as the flow of information, this is not only presentations or videos, these are direct connections to information networks, databases, forums. Key words: digitalization, transformation, education, digital technologies, cloud technologies, virtual reality, artificial intelligence, web quest technologies, blockchain technology, educational activity, pedagogical process, gamification, mobile learning, digital literacy.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 769 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi PF6079-sonli “Raqamli O‘zbekiston 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmoni raqamli texnologiyalarining barcha sohalarga samarali tatbiq qilish, milliy iqtisodiyot tarmoqlarini raqobatbardoshligini oshirishda muhim omillardan biri sifatida xizmat qilmoqda. O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi oliy ta`limni raqamlashtirish sharoitida yangi takliflarni tahlil qilish va ishlab chiqishda ta`lim jamoatchiligining faol pozitsiyasini nazarda tutadi. Vaziyat shundayki, biz ta`limda axborotlashtirish va raqamlashtirishning keyingi jarayonlarini kuzatib borish uchun raqamdan foydalanmasligimiz mumkin emas. "Raqamlashtirish" atamasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kuchayishi munosabati bilan paydo bo‘ldi, masalan, E.L.Vartanova, M.I. Makseenko, S.S.Smirnov ushbu kontseptsiyani axborotni raqamli shaklga o‘tkazish va shu bilan birga ta'lim mazmunining infratuzilmaviy, boshqaruv, xulq-atvor va madaniy tarkibiy qismlari deb hisoblaydi. Bizning fikrimizcha, oliy ta’lim tizimi ijodiy nostandart yechimlarga moyillikni, shuningdek, muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishni o‘z ichiga olgan bunday kasbiy kompetentsiyalarga ega bo‘lgan yangi kasblar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga e’tibor qaratishi kerak. Ta’limni raqamlashtirishning asosiy elementlaridan biri bu raqamli savodxonlikdir. Raqamli savodxonlik ta’limning asosiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, bu raqamli texnologiyalardan foydalangan holda tarkibni loyihalash va ulardan foydalanish, kompyuter dasturlash, grafik vizualizatsiya texnikasi, kompyuter grafikasi, onlayn kurslarning multimedia rivojlanishi va boshqalar, ma’lumot qidirish va almashish, boshqa talabalar bilan aloqa qilish. Hozirda ta’lim sifatini ko‘tarishda ta’limni raqamlashtirish jarayoni boshlangan. Ta’lim tizimining hozirgi holatida noan’anaviy ta’lim texnologiyalarining roli ortib bormoqda. Ta’lim oluvchi tomonidan ularning yordami bilan bilimlarni o’zlashtirish an’anaviy texnologiyalarga qaraganda ancha tezlik bilan amalga oshirilmoqda. [1] Ayniqsa axborot olish va foydalanish tezligi juda yiriklashgan hozirgi davrda ta’lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish ta’lim sifatini oshirish va ijtimoiy faol yoshlarni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo`lib, oldingi davr ta’lim dasturlarida an’anaviy usulidan foydalanib, ma’ruzani yirik hajmli kitoblar va qo`llanmalar orqali amalga oshirgan. Bu esa o`z navbatida ta’lim sifatini, tinglovchini ongida qolish samarasini oshirishda qoniqarli natijalar bermagan. Shuday ekan texnologiya o‘zi nima, ma’nosi qanday? degen savolga javob berish kerak.[2] “Texnologiya” so'zi grekchadan tarjima qilinganda “san'at, ustalik, malaka “ ma’nosini anglatadi. Shuday ekan, ta’limda texnologiya va raqamli texnologiya tushuchasi qanday bo‘ladi? Texnologiyani quyidagicha ta’riflash mumkin. Texnologiya - bu sun’iy ob’ektlarni yaratishga yo‘naltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yo‘nalishda borishini ta’minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu erda tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini o‘zgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot hosil qilish maqsadida ham boshqariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini quyidagicha ta’riflash mumkin. [3] Axborot texnologiyasi esa - bu axboriy ma’lumotni bir ko'rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko'rinishga keltirish, axborotni yig‘ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 770 O‘zbekistonda raqamli taʼlim muhitining rivojlanishi mustahkam huquqiy va strategik asoslarga ega. Shuningdek, oliy taʼlim sohasini raqamlashtirish boʻyicha qabul qilingan bir qator normativ hujjatlar va milliy dasturlar ushbu jarayonga mustahkam huquqiy vosita yaratgan.[4] Zamonaviy taʼlim tizimida raqamli transformatsiya jarayonlari kechib oʻtishini tushunish uchun, avvalo, “raqamli taʼlim muhiti” tushunchasining mazmun-mohiyatini aniqlashtirish zarur. Raqamli taʼlim muhiti deganda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida yaratilgan integralashgan tizim tushuniladi, u elektron taʼlim resurslari, interaktiv platformalar, virtual vositalar va raqamli kontentni qamrab, taʼlim jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan. Bu tushuncha taʼlimning barcha qatnashchilari – oʻqituvchilar, o‘quvchilar, maʼmuriyat va ota-onalar uchun yaxlit informatsion ekotizimni taqdim etadi. Raqamli taʼlim muhitining asosiy elementlari bir nechta kategoriyalarga boʻlinadi. Jumladan, birinchi darajadagi elementlar – taʼlim boshqaruvi tizimlari (Learning Management System – LMS) boʻlib, ular orqali oʻquv jarayonini tashkil etish, nazorat qilish va baholash amalga oshiriladi. Moodle, Canvas, Blackboard kabi platformalar dunyo boʻyicha keng tarqalgan. [5] Ikkinchi darajadagi elementlar – MOOC (Massive Open Online Courses) platformalari boʻlib, Coursera, edX, Udemy kabi xizmatlar millionlab oʻquvchilarga imkon beradi. Uchinchi darajadagi elementlar – virtual auditoriyalar (Zoom, Microsoft Teams, Google Meet) va interaktiv vositalar (virtual laboratoriyalar, simulyatorlar, 3D-modellar) hisoblanadi. Toʻrtinchi darajada – raqamli kontent va multimedia vositalar (interaktiv darsliklar, videoleksiyalar, podkastlar, veb-kvestlar) joylashgan . Bu borada mutaxassislar jahon tajribasini tahlil qilganlarida, AQShning raqamli taʼlimdagi peshqadamligi yaqqol koʻzga tashlanadi. Garvard, MIT, Stenford kabi universitetlar edX platformasini yaratib, bepul onlayn-kurslarni taqdim etmoqda. AQShda K-12 taʼlim tizimida Google for Education va Microsoft Education platformalari keng qoʻllanilmoqda. Yevropa tajribasida Finlyandiya va Estoniyaning yuqori natijalari diqqatga sazovor. Shuday ekan raqamli taʼlimning afzalliklari nimada ekan, ularning ta`lim tizimidagi o`rni qanday? degan savolga javob berish kerak bo`ladi.[5] Raqamli taʼlimning afzalliklari koʻp jihatli hisoblanadi. Birinchidan, geografik cheklovlarning yoʻqolishi – o‘quvchilar dunyoning istalgan nuqtasidan sifatli taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻladi. Ikkinchidan, individuallashgan oʻqitish – har bir o`quvchining oʻziga xos oʻrganish uslubi, tempi va qiziqishlariga moslashish. Uchinchidan, interaktivlik – multimedia vositalar orqali maʼlumotni yanada yaxshi oʻzlashtirish. Toʻrtinchidan, raqamli portfolio orqali o‘quvchilar oʻz yutuqlarini namoyish etish imkoniyatiga ega. Beshinchidan 24/7 rejimda ta`lim resurslariga kirish imkoni ga keng yo‘l ochiladi. Shuday qulay va tezkor ta’limning o`quv jarayoniga qo‘llash o‘quvchilarning bilimli va o‘z ustida izlanishga harakat qilish yo‘lini ochib beradi.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 771 Foydalanilgan adaboyotlar. 1. Jo‘rayev M. Raqamli ta’lim muammolari va ularni hal etish yo‘llari // Pedagogika va innovatsiyalar ilmiy-amaliy jurnali, 2022. №3. B. 45–50. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori PQ–4699-son, “Raqamli ta’limni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2020-yil 28-aprel. https://lex.uz/docs/4805125 3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. “Raqamli ta’lim” milliy konsepsiyasi, 2021yil. 4. Xolbo‘tayev Q., Abduraxmonova S. Raqamli ta’lim muhitida o‘qituvchilarning axborot texnologiyalarini qo‘llash kompetensiyalari // Innovatsion ta’lim texnologiyalari jurnali, 2023. №1. B. 18–23. 5. Murodova Z. Masofaviy ta’limni tashkil etishda pedagogik texnologiyalar // Ta’limda raqamli transformatsiya to‘plami, 2022. B. 33–37. 6. G.T. Yuldasheva, N.Akmalova CHDPU “Informatika o‘qitish metodikasi” // Raqamli texnologiyalarning ta’limdagi o‘rni 2025-yil 28-aprel. https://doi.org/10.5281/zenodo.15288015 Elektron manbalar: https://www.uzedu.uz https://lex.uz/docs/4805125 https://www.oecd.org/education