YURIDIK XIZMATLAR SOHASIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANING DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIK HUQUQIGA TA'SIRI
Abstract
Hozirgi kunda zamon shiddat bilan rivojlanayotgan bir paytda tur xil kompaniyalar o‘rtasida ham raqobat anchagina ildamlab ketdi. Bunda anchagina ko‘p holatlarda raqamli transformatsiyalarni o`z o`rnida va samarali foydalanganlargina muvaffaqiyat qozonib, boshqa raqobatchilaridan bir qadam ustun bo`lishini tajribalar shu kungacha ko’rsatib kelgan. Shu payt barchamizga bir savol tug‘iladi, xo`sh “Raqamli transformatsiya” o`zi nima?
Full text
Dekabr, 2025-Yil 168 YURIDIK XIZMATLAR SOHASIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANING DAVLATXUSUSIY SHERIKCHILIK HUQUQIGA TA’SIRI Tuxtayev Ravshan Musiyevich Yuqori Chirchiq tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17954937 Hozirgi kunda zamon shiddat bilan rivojlanayotgan bir paytda tur xil kompaniyalar o‘rtasida ham raqobat anchagina ildamlab ketdi. Bunda anchagina ko‘p holatlarda raqamli transformatsiyalarni o`z o`rnida va samarali foydalanganlargina muvaffaqiyat qozonib, boshqa raqobatchilaridan bir qadam ustun bo`lishini tajribalar shu kungacha ko’rsatib kelgan. Shu payt barchamizga bir savol tug‘iladi, xo`sh “Raqamli transformatsiya” o`zi nima? Raqamli transformatsiya-bu rivojlanayotgan bozor va mijozlarning talablarini qondirish uchun mavjud an’anaviy va raqamli boʻlmagan biznes jarayonlari va xizmatlarini o’zgartirish yoki yangilarini yaratish uchun raqamli texnologiyalardan foydalanish jarayoni bo’lib, shu bilan biznesni boshqarish va boshqarishusullarini va mijozlarga qiymat yetkazib berishni butunlay o’zgartiradi. Bu shu ma’noni bildiradiki, agarda raqamli transformatsiyalardan foydalanilib ishni bajarsa, ish anchagina tezroq, sifatliroq va keng ko’lamda bo‟ladi. Misol uchun, raqamli transformatsiyalar bu korxonalarga “tayyor yordamchi”, bu orqali kompaniyalar yangi ishchi kuchiga ketadigan sarf-xarajatni anchagina tejab qolishadi. Buni ayniqsa davlat xususiysherikchilik huquqiga ta`siri anchagina o‘rinlidir. Keling, davlat-huquqiy sherikchilik huquqi haqida bilib olamiz. Davlat-xususiysheriklik davlat va yoki davlat loyihalariga xususiy investitsiyalarni o`z ichiga olgan munosabatlarni ifodalaydi, jamoat manfaatlariga mos bo'lgan xususiy loyihalarni birgalikda moliyalashtirish va bunday munosabatlar davlat va xususiy sektor o’rtasida shakllanadi, davlat infratuzilmasini qurish, ta'mirlash va ulardan foydalanish bilan bog’liq xususiy sheriklar yoki boshqa jamoat manfaatlariga mos bo'lgan va ular bilan bog'liq bo'lgan tijorat va boshqa loyihalar davlat xizmatlari yoki tijorat davlat xizmatlari uchun qo`llaniladigan shartlar va shartlarda ko`rsatiladigan faoliyat; yoki ularning ta'minlanishi jamoat manfaatlariga mos keladigan boshqa faoliyat yoki xususiy boshqa investitsiyalar va qisman yoki toʻliq davlat manfaatlariga daxldor bo`lgan inshootlarni qurishdadavlat mablagʻlari ularning ta'minlanishi jamoat manfaatlariga mos keladigan faoliyat. Endi bizda raqamli transformatsiyalar va davlat xususiy sherikchiligi haqida yetarlicha ma’lumot bor. “Yuridik xizmatlarda davlat-xususiy sherikchilik” nima degani? Bu davlat yuridik xizmatlarni yanada takomillashtirish, xarajatlarni odatdagidan kamaytirish va ish sifatini oshirish uchun xususiy sektorlar bilan birgalikda o`zaro hamkor sifatida faoliyat olib borilishi tushuniladi. MATERIALLAR VA USLUBLAR Ushbu tadqiqot yuridik xizmatlarda raqamli transformatsiyaning davlat – xususiy sherikchilikhuquqiga ta`sirini o’rganish maqsadida huquqiy tahlil yondashuvini qo`llagan holda olibborildi. Quyidagi tadqiqot usullaridan foydalanildi: Adabiyotlar tahlil:
Dekabr, 2025-Yil 169 Aslini olganda adabiyotlar tahlilini olib borayotganimda aynan shu mavzuga doir tahlillar, ma`lumotlar va, shuningdek, nazariy asoslar topish biroz qiyin bo’ldi. Bunga “Raqamli transformatsiya”ning hali hamon insoniyat uchun to`liq odatiy mavzu bo`lib ulgurmaganini javob sifatida ko’rsatishimiz mumkin. Lekin iloji boricha mavzuga doir ilmiy maqolalar o`rganildi. Misol uchun, Google Scholar va Hein Online kabi online ma`lumot bazalaridan foydalanildi. Tahlil jarayonida "Digital transformation", "Public-private partnershiplaw” kabi kalit so`zlar orqali qidiruv amalga oshirib ko`proq ma`lumot topishga muvaqqat bo`ldim. Vaziyat bevosita davlat-xususiy sherikchilik huquqiga bog`liqligini inobatga olib, uni yuridik jihatdan tahlil qilishga kirishsak: Yuridik tahlil: Davlat-xususiy sheriklik to`g`risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining davlat-xususiy sheriklik to`g`risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo`llaniladi. “Davlat-xususiy sherikchilik to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunida yana shunday deyiladi: “Davlat-xususiy sheriklik—davlat sherigi va xususiy sherikning muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun o`z resurslarini birlashtirishiga asoslangan hamkorligi”. Aynan mana shu holat, davlat-xususiy sherikchilik, O`zbekiston Respublikasida qonun darajasida rasmiylashtirilgani e`tiborga molik. Bunda ikki tomon (davlat hamda xususiy sektor) bir xil, teng huquq va majburiyatlarga ega bo’lib, o`z faoliyatini birgalikda olib boradi. Xususiy sektor davlat sherigi sifatida e’tirof etiladi. NATIJALAR VA MUHOKAMALAR Olib borilgan tadqiqot natijasida yuridik xizmatlarda raqamli transformatsiyaning davlatxususiy sherikchilik huquqiga ta’siri bo`yicha quyidagi asosiy ma’lumotlar olindi: O’zbekistonda raqamli transformatsiyadan foydalanish darajasi Hozirgi kunda O’zbekistonda yuridik xizmatlarda davlat-xususiy sherikchiligida raqamli transformatsiyalardan foydalanish darajasi aniq statistikasi hisoblab chiqilmaganligi bois, bundanfoydalanish darajasini aniqlash imkoni bo’lmadi. Raqamlashtirishning asosiy yo‘nalishlari va vositalari Yuridik xizmatlarda eng ko`p foydalaniladigan raqamli transformatsiyalash vositalari quyidagilarekanligi aniqlandi: Mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish (CRM) tizimlari; Sun’iy intellektga yordamida huquqiy tahlilni amalga oshirish; Blockchain texnologiyalari; Hujjatlarni avtomatlashtirish va boshqarish tizimlari. XULOSA Ushbu tadqiqotda biz yuridik xizmatlarda raqamli transformatsiyalashni aynan davlatxususiy sherikchilik huquqiga ta’sirini atroflicha o’rganib chiqdik. Bunda biz ko’rishimiz mumkinki, bu tendensiyaning bir qancha afzallik taraflarini yuqorida natijalar paragrafida ko’rib, talil qilib o`tdik.
Dekabr, 2025-Yil 170 Yaxshi taraflar: mijozlar bilan munosabatlarni olib borishning oson amalga oshirilishi, sun’iy intellektdan ma’lumotlarni tahlil qilishda, blokchain orqali shartnomalarni zamonaviy va xavfsiz tuzish imkoniyatiga egaligi, hujjatlarni avtomatlashtirish va raqamlashtirishning osonligi, shular jumlasidandir. Zararli tandaraflari ham yuqorida qayd etib o’tilganidek, anchagina jiddiy. 1. Avtomatlashtirish xodimlarning ishsizligiga sabab bo’lishi mumkinligi; 2. Texnik bilimva ko`nikmalarning yetishmasligi; 3. Ma’lumotlar xavfsizligi bilan bog`liq xavotirlar. Umuman olganda, so`nggi yillarda texnologiyaning rivoji sababli yuridik xizmatlarda raqamli transformatsiyalash jarayoni jadallashdi. Shu sababli, buning ayni ta’sirlarini davlatxususiy sherikchiligiga nisbatan ko’rib chiqdik. Chunki yuqorida tilga olinganidek, davlat bilan o’zaro ma’lum shartnomalar asosida birlashgan yuridik firmalar qolgan gigant xususiy yuridik sohadagi kompaniyalar va birlashmalardan aholiga ko’proq va ayni damda sifatliroq xizmat ko’rsatishning yagona sharti bu-boshqaruv va xizmat ko’rsatish tizimlarini raqamli transformatsiyalash orqali tubdan takomillashtirishdan iboratdir. Foydalanilgan adabiyotlar 1. https://whatfix.com/digital-transformation/ 2. “Davlat-xususiy sherikchilik to’g’risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonuni, 3. https://lex.uz/ru/docs/-4329270ttps://ppp.worldbank.org/public-privatepartnership/sites/ppp.worldbank.org/files/2021 4. https://www.texnoman.uz/post/crm-customer-relationship-management-