AFRIKA TARIG'INING OʻSISHI VA RIVOJLANISHIGA OʻGʻITLARNI TA'SIRINI O'RGANISH
Abstract
Maqolada Afrika tarig’ini etishtirishda oʻgitlarning ahamiyati va Afrika tarig’ining oʻsishi va rivojlanishiga oʻgʻitlarni ta’siri natijasida oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishi har xilligi tahlil qilingan.
Full text
newjournal.org zenodo.org 1 AFRIKA TARIG’INING OʻSISHI VA RIVOJLANISHIGA OʻGʻITLARNI TA’SIRINI O’RGANISH Seytekova Miuagul Tanirbergenovna Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tayanch doktoranti [email protected] Namozov Normamat Chorievich Toshkent davlat agrar universiteti q.x.f.f.d. dotsenti Annotatsiya. Maqolada Afrika tarig’ini etishtirishda oʻgitlarning ahamiyati va Afrika tarig’ining oʻsishi va rivojlanishiga oʻgʻitlarni ta’siri natijasida oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishi har xilligi tahlil qilingan. Kalit so’zlar: Afrika tarig’i, oʻsimlik, ozuqa miqdorlari, oʻgit. Kirish. Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligida suv resurslarini tejash va aholi sonining oʻsishi bilan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish va jahon bozorlariga chiqarish muhim masalaralardan biri hisoblanadi. Chorvachilik mahsuldorligini oshirish maqsadida, mustahkam ozuqa bazasi yaratilishida noana’naviy ekinlarini olib kelinib ekilmoqda. Noana’naviy ekinlardan biri Afrika tarig‘i (Pennisetum americanum) serhosil ozuqa ekinlari xizmat qilishi mumkin. Afrika tarig‘ining hosildorligi tashqi muhit va o‘sish sharoitining ta’siriga bog‘liq. Afrika tarig‘ining vatani Afrika bo’lib, u yerda yashaydigan xalqning muhim oziqovqat ekini hisoblanadi. Afrika tarig‘i keng territoriyaga ekish uchun to‘plagan formasi va navi har xil vegetatsiya davriga moslashgan bo‘lishi kerak. Quruq zonada qisqa vegetatsiya davridagi forma va navi ekiladi, namli zonada uzoq davom etadigan navlari ekiladi. Uzoq davom etadigan vegetatsiya davrida ko‘k massa miqdorini ko‘paytiradi, o‘simlik bo‘yi va poyasi ko‘payadi, lekin don hosildorligii pasayadi, kech ro‘vaklashi va sug‘orish davri cho‘zilganligi uchun don pishishi cho‘ziladi. Iyul-
newjournal.org zenodo.org 2 avgust oyida harorat yuqori bo‘lganligidan va nam etishmaganligi uchun donning tarkibiga zahira moddalarining endospermaga yig‘ilishiga yomon ta’sir qiladi [2]. Qoraqolpog‘iston sharoitida Nukus tumanida Afrika tarig‘ining istiqbolli yangi navlarni o’rganish, yem-xashak etishtirish hozirgi vaqtda dolzarb masala sanaladi va yuqorida aks ettirilgan muammolarning echimiga qaratilgan. Nukus tumani “Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti ilmiy tajriba stantsiyasida” sugʻoriladigan oʻtloqli allyuvial tuproqlarda olib borildi. Dalaning umumiy maydoni 6 sotix. Tajriba maydoninig uzunligi 30 m eni 20 metr 1 qaytariqning uzunligi 10m, eni 20m. Dala tajribasining umumiy maydon 600 m2 sugʻoriladigan tuproqlar sharoitida organilmoqda. Tadqiqotning materiallari va usullari. Tuproq torkibidagi gumusni I. V. Tyurin usulida aniqlandi, tuproq tarkibidagi harakatchang fosfor va kaliyni aniqlandi, (B.P.Machigin va P.B.Protasov usılı), o'simlik tarkibidagi yalpi azot, fosfor va kaliydi bitta namunada aniqlandi(Ginzburg, Sheglova, Vulfius usuli)[3]. Natijalar va ularning tahlili. Bizning koʻzatishlarimiz natijasida, Аfrika tarigʻini ekilgandan soʻng uning unib chiqqanidan soʻng suvga talabchangligi past boʻlganligi uchun 40 kundan keyin sugʻoriladi. Qurgʻoqchilikka chidamli va dastlabki davrda, unib chiqqandan taxminan bir oy oʻtgach, u sekin oʻsadi. Bizning bu yilgi obhavo sharoiti juda murakkab boʻlib, 2024 yil 25-aprelda ekilgannan soʻng 2025 yi1ning 28-29-aprel kunlari yomgʻir yogʻdi, yerda qatqaloq paydo boʻlmadi. Eng dastlabki oʻnib chiqishi 28-apreldan boshlab chiqa boshladi. Uning urugʻlari 14-15°S haroratda unib chiqadi. 1-mayda Аfrika tarigʻining yaprogʻining soni 2-3 chiqib boshladi (Rasm-3.2.1). Ranggi och-sariq boshqa oʻsimliklarga nisbatan och ranggi bilan ajralib turadi.5-8mayda esa yaproqlarning soni 5-6 etdi.
newjournal.org zenodo.org 3 Rasm-1 Unuvchanglik 1-jadval Аfrika tarigʻining 1 m2 maydondagi oʻsib-rivojlanishi № Variantlar Unuvchanglik,% Oʻsimliklar soni Poyalar soni Umumiy yon novdalar Balan dligi, sm 1.05 8.05 1 Nazorat 47 80 8 21 2 20 2 N60P45K30 53 82 9 23 2 21 3 N90P65K45 55 85 10 24 3 21 4 N120P85K60 56 89 10 24 3 23 5 20 t goʻng 65 83 9 23 3 21 6 N60P45K30+ 20t/ga goʻng 67 86 10 24 3 22 7 N90P65K45+ 20t/ga goʻng 68 85 10 25 4 23 8 N120P85K60+ 20t/ga goʻng 70 86 11 26 4 24 Kurtaklar paydo bo'lgandan so'ng, o'simlik o'sishining tezlashishi davri boshlanadi, bu davrda kuchli ildiz tizimi rivojlanadi. Bu vaqtda er usti organlari yomon rivojlanadi va ekinlar qattiq tiqilib qolishi mumkin. Tezlashtirish davri ekin ekish bosqichi boshlanishidan 5-6 hafta oldin davom etadi [1]. Bizning tadqiqotimizda fenologik koʻzatuv natijalariga koʻra, Аfrika tarigʻining 1 m2 maydondagi oʻsib-rivojlanishi 1-mayda Nazorat variantining unuvchangligi boshqa variantlarga nisbatan eng past 47% ni tashkil etdi. N120P85K60+ 20t/ga goʻng variantida unuvchangligi boshqa variantlarga nisbatan eng yuqori 70%
newjournal.org zenodo.org 4 ni tashkil etdi. Demak mineral va organik o'g'itlarning birgalikda qo'llanilgan variantlarda yaxshi samara berishi aniqlandi (1-jadval). Keyingi fenologik koʻzatuvlar 8-mayda boʻldi, bunda Nazorat variantining unuvchangligi boshqa variantlarga nisbatan eng past 80% ga etdi.Ozuqa moddalarning etarli boʻlmaganligi uchun koʻrsatkichlarning pastligi N120P85K60 variantida unuvchangligi boshqa variantlarga nisbatan eng yuqori 89% ni tashkil etdi. Аfrika tarigʻining 1 m2 maydondagi Nazorat variantining oʻsimliklar soni 8 ga etdi. Bu esa boshqa variantlarga nibatan oʻsimliklar sonining kamligini bildiradi. N120P85K60+ 20t/ga goʻng variantida oʻsimliklar soni 11 ga teng bu esa, boshqa variantlarga nisbatan oʻsimliklar sonining yuqoriligini koʻrsatdi. Umumiy yon novdalar esa, Nazorat va N60P45K30 variantida 2 ta boʻlib, bu boshqa variantlarga nisbatan kamligi kuzatildi. N90P65K45+ 20t/ga goʻng va N120P85K60+ 20t/ga goʻng variantlarida 4tadan yon novdalar boʻlib, bu boshqa variantlarga nisbatan yuqoriligi kuzatildi. Xulosa, Аfrika tarigʻining 1 m2 maydondagi Nazorat variantidagi oʻsimlikning buyi 20 sm boʻlib, bu boshqa variantlarga nisbatan kichikligi kuzatildi. N120P85K60+ 20t/ga goʻng variantidagi oʻsimlikning buyi 25 sm boʻlib, bu boshqa variantlarga nisbatan yuqori koʻrsatkichlar kuzatildi. Demak mineral va organik o'g'itlarning birgalikda qo'llanilgan variantlarda yaxshi samara berishi aniqlandi. Adabiyotlar 1. Романенко Г.А., Тютенников А.И., Гончаров П.А. Кормовые растения России. М.: Изд-во ЦИНАО, 1999.- C.128-130. 2. Варадинов С.Г. Изучение коллексионных образсов просовидных култур. // Бюл. ВИР. Л. 1985. – с. 85-91. 3. Seytekova M. Аfrika tarigʻini etishtirishda oziqlantirishning ta’siri Meждународный научный журнал "Образование наука и инновационные идеи в мире" №69 часть-4 Мая-2025 155-162 –c. https://scientific-jl.com/obr/issue/view/236