FUTBOLCHILARNING IRODAVIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH ORQALI MUSOBAQA OLDI HAVOTIRINI KAMAYTIRISH
Abstract
Biz hayotimiz davomida oldimizga turli xil maqsad qoʻyamiz va bu maqsadlarimizni amalga oshirish uchun ba'zan har-xil qiyinchiliklarga, turli sinovlarga duch kelamiz. Mana shunday holatlarda inson oʻzining nimalarga qodir ekanini, nimalar qoʻlidan kelishi, nimalar qoʻlidan kelmasligi haqida bilib oladi. Irodali inson bu olamdagi barcha qiyinchiliklarni yengib oʻta oladi. Faqat biz harakat va mehnat qilishdan toʻxtamasligimiz kerak.
Full text
2025 DECEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 12 178 FUTBOLCHILARNING IRODAVIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH ORQALI MUSOBAQA OLDI HAVOTIRINI KAMAYTIRISH Jo'rayev Islomjon Ismonjon o'g'li Botir Zokirov nomidagi milliy estrada san'ati instituti "Ijtimoiy fanlar va dars berish metodikasi" kafedrasi o'qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17956136 Kalit so‘zlar: sport psixologiyasi, psixologik zoʻriqishlar, irodaviy futbol, sport mashg‘ulotlarini davriylashtirish, oliy sport mahorati. Ключевые слова: спортивная психология, психологическое напряжение, волевой футбол, периодизация спортивной тренировки, высокое спортивное мастерство. Keywords: sports psychology, psychological stress, volitional football, periodization of sports training, high sports skills. Kirish. Biz hayotimiz davomida oldimizga turli xil maqsad qoʻyamiz va bu maqsadlarimizni amalga oshirish uchun baʼzan har-xil qiyinchiliklarga, turli sinovlarga duch kelamiz. Mana shunday holatlarda inson oʻzining nimalarga qodir ekanini, nimalar qoʻlidan kelishi, nimalar qoʻlidan kelmasligi haqida bilib oladi. Irodali inson bu olamdagi barcha qiyinchiliklarni yengib oʻta oladi. Faqat biz harakat va mehnat qilishdan toʻxtamasligimiz kerak. Biz taklif qilayotgan yondashuv sportda tug‘ma qobiliyatlarni, muayyan fazilatlarni rivojlantirish, zarur bilimlarni shakllantirish va takomillashtirish bo‘yicha kundalik ishlarni amalga oshiradigan sportchining turmush tarzida hukmronlik qiluvchi kasbiy faoliyat paradigmasida ko‘rib chiqilishiga asoslanadi. Hayotiy ko‘nikmalarni egallaydi va o‘z iste'dodlarini yuqori natijalarda maksimal darajada oshirishga intiladi. Psixologik tayyorgarlik shuningdek, jismoniy, texnik, taktik, sport mashg‘ulotlarining federal standartlari bilan belgilangan hajmda har bir bosqichda amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan psixologik tayyorgarlikning tuzilishida ham, mazmunida ham sportchilarning yosh xususiyatlariga, mashg‘ulotlar davrlariga, shuningdek, mashg‘ulotlar va raqobatbardosh yuklamalar hajmiga mos keladigan mashg‘ulotlar jarayonini rejalashtirilishi kerakligini taqazo etadi. Zamonaviy sport turlari har bir sportchining ruhiy jarayonlari va psixologik fazilatlariga ma’lum talablarni qo‘yadi. Sport faoliyatini psixografik tahlil qilish va psixosportogrammalarni yaratishga bag‘ishlangan ko‘plab mahalliy va xorijiy ishlar orasida mashg‘ulotlar va musobaqalarning turli jihatlarini qamrab oluvchi integratsiyalashgan yondashuv sport faoliyatini psixologik-pedagogik tahlil qilishdir. A.N.Leontev faoliyatning psixologik nazariyasiga asoslanib, turli sport turlarida psixologik omillarni tahlil qilish sxemasi yaratilgan bo‘lib, unga ko‘ra ishlab chiqilgan psixosportogrammalar muayyan sport turlari bo‘yicha psixologik tayyorgarlikning tuzilishi va mazmunini asoslash uchun xizmat qilishi mumkin. Tadqiqotning maqsadi. Irodaviy futbolni oʻynash orqali futbolchilarda irodaviy sifatlar rivojlanishini hamda musobaqaga tayyorlashini sport psixologi yoki murabbiylar tomonidan tushuntirib berish. Futbolchilarning irodaviy sifatlarini rivojlantirish va musobaqa sharoitiga tayyorlash, Bugungi kunda futbol sporti olimpizmning ko‘plab xususiyatlarini o‘zlashtirdi va turli darajadagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan boshlang‘ichdan yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan sport mashg‘ulotlari tizimiga ega mustaqil sport harakatiga aylandi.
2025 DECEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 12 179 Futbol sport turi bo‘yicha psixologik tayyorgarlikni rejalashtirish va amalga oshirish mamlakatimizda ham, xorijda ham eng dolzarb tadqiqot yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi, ammo hozirgi bosqichda u kam o‘rganilgan . Irodaviy futbol oʻynash orqali irodaviy sifatlarning barchasi rivojlanadi. Oʻyindagi birinchi golni urishga boʻlgan intilish va hisobda ortda qolgan jamoaning magʻlub boʻlmaslik uchun harakatlari, hamda hisobda oldinga oʻtib olishi uchun xarakat qilishini ko‘rishimiz mumkin. Sportchilarda maqsadlilik, tashabbuskorlik, mustaqillik kabi irodaviy sifatlarni rivojlantirilishi, oʻzini tuta bilish, chidamlilik, qatʼiyatlilik, dadillik, matonatlilik va intizomlilik kabi sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Oʻyinning ikkinchi qismidan bitta golning ikkitadan hisoblanishi hisobda oldinda boʻlgan jamoa uchun kuchli himoyaga etibor berish hamda xisobni yanada yiriklashtirish, xisobda orqada qolgan jamoaning esa oldinga chiqib olishiga yordam beradigan motiv boʻlishiga turtki boʻladi. Oʻyinning ikkinchi bo‘lim vaqtining kam boʻlishi sportchilarda kuchli psixologik va jismoniy zoʻriqishni talab qiladi. Sport faoliyatida irodaviy hususiyatning oʻrni nihoyatda muhim sanaladi. Har bir sportning oʻziga xos usullari, maqsadi, qiyinchiliklari boʻladi. Sportchi oldiga maqsad qoʻyar ekan, bu maqsadini amalga oshirish uchun bor imkoniyatidan foydalanishga harakat qiladi. Irodasi sust sportchi oddiy muskul ogʻrishi yoki arzimagan oddiy jarohat orqali ham sportni tark etib ketishi mumkin. Sport faoliyatida irodani rivojlantirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Irodaviy fudbol bu oddiy fudbol turiga oʻxshash boʻlib maʼlum bir oʻzgartirishlar kiritilgan. Bunda irodaviy fudbolning oddiy fudboldan farqi oʻyin vaqti qancha davom etishidan qatʼiy nazar, oʻyinning birinchi qismi oʻyindagi hisob ochilguncha, yani ikkala jamoadan qaysi biri birinchi golni urgincha davom etadi. Shundan soʻng ikkinchi bo‘lim boshlanadi va oʻyinning asosiy vaqtining 4/1 qismini tashkil etadi. Masalan: 90 daqiqa oʻynash kerak boʻlgan oʻyinda hisob ochilgandan keyin ikkinchi bo‘lim 22-23 daqiqa davom etishi kerak. Ikkinchi bo‘limda qoidalar oʻzgaradi. Bunda ikkala jamoaga ham har bir urgan goli uchun ikkitadan gol yozib boriladi va har qanday qoidabuzarliklar uchun qizil kartochka berilib oʻyinchi oʻyindan chetlashtiriladi. Oʻyinning qolgan qonun qoidalari oʻzgartirilmaydi va oddiy futboldagidek davom etadi. Oʻyin vaqti kam boʻlganligi sababli, sportchilarda psixologik zoʻriqishlar paydo boʻlib, natijada oʻyin qoidalarini buzish holatlari uchrashini hisobga olgan holda, oʻyinda albatta hakam va murabbiylar boʻlishi va ular tomonidan oʻyin boshqarilib turilishi kerak. Tavsiyalar. Irodaviy fudbolni oʻynatishdan oldin albatta mashgʻulot jarayonida olgan jismoniy yuklamalarni xisobga olgan holda, iloji boricha oʻyindan oldin sportchilarga kamroq jismoniy yuklamalar berish. -oʻyinchilarni ikki jamoaga boʻlishda kuchlar teng boʻlishiga eʼtibor berish -oʻyinchilarga oʻzlarining bir imkoniyatlarini ishga solishini tushuntirish -irodaviy futbolni musobaqagacha boʻlgan vaqtni inobatga olgan holda haftada bir yoki ikki marta fudbolchilarni oʻynatish. -irodaviy futbolni yosh xususiyatlarini inobatga olib ularga mos maydonlarda o‘ynatish Oliy sport mahorati bosqichida musobaqalar sonining ko‘payishi va raqobat tajribasi to‘planishi bilan umumiy psixologik tayyorgarlikdagi asosiy e'tibor musobaqa faoliyatini tahlil qilishga o‘tadi.
2025 DECEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 12 180 Sportga ixtisoslashish bosqichida o‘z-o‘zini tartibga solish ko‘nikmalarini takomillashtirish va sport mashg‘ulotlarining oldingi bosqichlarida shakllangan maxsus psixologik fazilatlarni rivojlantirishga e'tibor berish maqsadga muvofiqdir. Ushbu yondashuv sportchilarning intizomini rivojlantirishga va ularni mashg‘ulot jarayoniga yanada ongli ravishda kiritishga qaratilgan, chunki u mutaxassis tomonidan davriy nazorat ostida keng qamrovli mustaqil ishlarni o‘z ichiga oladi. Uni amalga oshirish uchun aqliy tarbiyaning shved modelining ruscha versiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, u sport ixtisosligi bosqichidagi sportchilarni tayyorlashda o‘zining samaradorligini isbotlaydi . Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, futbol sport turi taraqqiyotining xozirgi bosqichida, o‘yin shiddati o‘sib bormoqda. Bu holat o‘yinchidan eng avvalo kutilmaganda o‘zgaradigan vaziyat, chegaralangan vaqt va makon sharoitida texnik-taktik usullarni tez va samarali bajara olishni talab etadi. Futbolchining maxorati vaqt tanqisligi ichida va ruhiy holati yuqori qo‘zg‘aluvchan sharoitida oqilona xarakatlarni amalga oshirish malakasi bilan belgilanadi. Shunday qilib, sportchilarining umumiy psixologik tayyorgarligi dasturlarini ishlab chiqish sport mashg‘ulotlarini davriylashtirish kontseptsiyasiga asoslangan kasbiy faoliyat paradigmasida, ma'lum bir sport turining xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak. Sportchining irodaviy xususiyatlari kerakli darajada rivojlanmagan bo‘lsa, hatto jismoniy va texnik jihatdan juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan sportchining imkoniyatlari baland bo‘lganda ham musobaqada g’alabaga erisha olmasligi mumkin. Bundan xulosa qilish mumkinki, sportchining irodaviy jihatdan psixologik tayyorgarligi xuddi uning jismoniy, texnik va taktik tayyorgarlik kabi o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. O‘yin vaqti kam bo‘lganligi sababli, sportchilarda psixologik zo‘riqishlar paydo bo‘lib, natijada o‘yin qoidalarini buzish xolatlari uchrashini inobatga olgan holda o‘yinda albatta hakam va murabbiylar bo‘lishi va ular tomonidan o‘yin boshqarilib turishi kerak.Sportchi yil davomida musobaqaga yuqori darajada tayyorgarlik ishlari olib borsa, yillik yuklama mashg’ulotlarini ilmiy asosda rejalashtirsa, bu musobaqada faol ishtirok qiladi va yuqori ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ladi. Sportchining musobaqadan oldingi tayyorgarlik holatini quyidagi psixologik jihatlariga alohida etibor berish kerak. -yuqori darajadagi ishchanlikni vujudga keltirish, musobaqaga chidamlilikni o‘stirish uslublaridan foydalanish. -sportchining musobaqadan oldingi va musobaqa jarayonidagi ruhiy holatini o‘rganish. -noqulay ruhiy holatdan chiqib ketish yo‘llari izlab topish. -sportchilarning psixologik tayyorgarlik va chiniqish uslublaridan foydalanish. Sport faoliyatini insonparvarlashtirish maqsadida psixologik muhit va shartsharoitlarini vujudga keltirish. agar sport faoliyati insonparvarlashtirilsa, sportchilar orasida tan jarohati olish kamayadi. ruhiy toliqish, zo‘riqish va har xil kasalliklarga chalinishning oldi olinadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi PF-5924-son “O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni.
2025 DECEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 12 181 2. “O’zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish choratadbirlari to’g’risida” gi 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887-son Farmoni 3. Abidov Sh.U. Yosh futbolchilarnining uquv-mashgulot jarayonini tashkil qilish va rejalashtirish. Uslubiy tavsiyanoma. Toshkent.2011. 4. Tolipjonov A.I. Yuqori malakali futbolchlar tayyorlashning zamonaviy tizimi. O‘quv qo‘llanma. – T.: O‘ZDJTvaSU. 2012. – B. 164. 5. О. Б. Лапшин – Теория и методика подготовки юных футболистов. учебнометодические пособия «Спорт», 2014г