HELICOBACTER PYLORI INFEKSIYASI BILAN BOG'LIQ YARA KASALLIGIDA PROBIOTIK VA PREBIOTIKLARNING TERAPEVTIK SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Abstract
Mazkur ilmiy maqolada Helicobacter pylori infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarni davolashda turli terapevtik davolash sxemalarining klinik va laborator effektivligini baholash hamda probiotik va prebiotiklar qo‘llanilishining natijalarga ta’sirini o‘rganish borasidagi tahlillar o‘rin olgan.
Full text
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 119 DOI: https://10.5281/zenodo.17956616 HELICOBACTER PYLORI INFEKSIYASI BILAN BOG‘LIQ YARA KASALLIGIDA PROBIOTIK VA PREBIOTIKLARNING TERAPEVTIK SAMARADORLIGINI BAHOLASH Egamqulov Dostonjon Usmonqul o‘g‘li Xidirova Sadoqat Orzimurod qizi SamDTU 4-son Ichki kasalliklar kafedrasi 1-kurs magistrantlari T.A. Oqboyev Ilmiy rahbar: Phd, katta o‘qituvchi ANNOTATSIYA Mazkur ilmiy maqolada Helicobacter pylori infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarni davolashda turli terapevtik davolash sxemalarining klinik va laborator effektivligini baholash hamda probiotik va prebiotiklar qo‘llanilishining natijalarga ta’sirini o‘rganish borasidagi tahlillar o‘rin olgan. Kalit so‘zlar: Helicobacter pylori, probiotik, prebiotik, o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, disbioz, simbioz, diareya, eradikatsiya, Lactobacillus, Bifidobacterium, Saccharomyces boulardii, inulin, fruktooligosaxarid. KIRISH Hozirgi vaqtda me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi dunyo aholisi orasida keng tarqalgan kasalliklardan biri bo‘lib, uning asosiy etiologik omili sifatida Helicobacter pylori infeksiyasi muhim o‘rin tutadi. JSST i ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo aholisining 50–60% i ushbu mikroorganizmlar bilan zararlangan bo‘lib, ularning katta qismida oshqozon-ichak tizimida yallig‘lanish hamda yara kasalliklari rivojlangan. An’anaviy antibiotik terapiya sxemalari (ya’ni, klaritromitsin, amoksitsillin, metronidazol va proton pomba ingibitorlari kombinatsiyasi) aksariyat hollarda samarali bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda antibiotiklarga qarshi chidamlilik darajasining ortishi, disbioz, diareya va boshqa nojo‘ya ta’sirlarning ko‘payib borayotgani sababli, zamonaviy davolash usullarini takomillashtirish zarurati tug‘ilmoqda. Shu nuqtai nazardan, probiotiklar va prebiotiklardan foydalanish yangicha terapevtik yondashuv sifatida katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Ular ichak mikraflorasini tiklash, antibiotiklarning nojo‘ya ta’sirlarini kamaytirish, yallig‘lanishni
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 120 susaytirish hamda H. pylori ning ko‘payish darajasini pasaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli, probiotik va prebiotiklarni kompleks terapiya tarkibida qo‘llash imkoniyatlarini chuqur o‘rganish dolzarb hisoblanadi. Bu borada probiotiklar (masalan, Lactobacillus, Bifidobacterium, Saccharomyces boulardii) va prebiotiklar (inulin, fruktooligosaxaridlar va boshqalar) ni H. pylori infeksiyasini davolashda qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Jahon va mahalliy olimlar tomonidan ularning antibakterial terapiya bilan birgalikda qo‘llanishi natijasida eradikatsiya darajasini oshishi, diareya holatlari kamayishi va bemorlarning umumiy ahvoli yaxshilanishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. [1] Shu bilan birga, probiotik va prebiotiklarning turi, dozalari, davomiyligi hamda ularning kombinatsiyalari bo‘yicha yagona standart protokol ishlab chiqish va turli mintaqa va hududlar aholisi uchun ularning terapevtik samaradorligini baholash borasidagi tadqiqotlar qilinmoqda. [2] Bundan tashqari turli ilmiy maqolalarda probiotik qo‘shimchalar H. pylori eradikatsiya darajasini yaxshilaydi va umumiy nojo‘ya ta’sirlarni kamaytiradi [3], probiotiklar ko‘pincha eradikatsiya darajasini oshiradi va antibiotiklarning nojo‘ya ta’sirlarini kamaytiradi, lekin natijalar barcha tadqiqotlarda barqaror emas (turli sinflar va dozalar farqi) [4], probiotik qo‘shimchasi eradikatsiya darajasini oshirishi [5] haqida tizimli sharh va tarmoqli meta-tahlillar qilingan Yana bir ilmiy tadqiqotda bakteriyaning klaritromitsin, metronidazol, levofloksasin, amoksitsillin kabi antibiotiklarga sezuvchanlik darajasini mikrobiologik tahlil asosida o‘rganish va turli eradikatsiya sxemalari (standart, modifikatsiyalangan va probiotik/prebiotik qo‘shilgan) samaradorligini taqqoslash hamda rezistent shtammlar mavjudligining klinik natijalarga ta’sirini baholash haqidagi ma’lumotlarni ko‘ramiz. [6] Probiotik va prebiotiklardan foydalanish orqali H. pylori infektsiyasida ichak mikrobiotasining muvozanatini tiklash, noxush ta’sirlarni kamaytirish va qayta infeksiya holatlarini oldini olish mumkin bo‘ladi. Bu yondashuv bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi va asoratlar (masalan, oshqozon yarasi yoki saraton) xavfini kamaytiradi. [7] XULOSA Yig‘ilgan ilmiy dalillar Helicobacter pylori infeksiyasi bilan bog‘liq yara kasalligida probiotik va prebiotiklarni qo‘shimcha terapevtik vosita sifatida qo‘llash klinik samaradorlikni oshirishini ko‘rsatadi. Probiotik shtammlar ichak-mukoza barerini mustahkamlashi, yallig‘lanish mediatorlarini modulyatsiya qilishi, bakterial adgeziya va kolonizatsiyani cheklashi hamda mikrobiota muvozanatini normallashtirishi orqali eradikatsiya jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Prebiotiklar esa
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 121 ushbu shtammlarning yashovchanligi va funksional faolligini oshirib, sinergik samarani yuzaga keltiradi. Klinik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, probiotik hamda prebiotik qo‘shilgan guruhlarda eradikatsiya ko‘rsatkichlari sezilarli ravishda yuqorilagan, antibiotik terapiyasiga xos gastrointestinal nojo‘ya ta’sirlar esa kamaygan. Ushbu yondashuv ayniqsa antibiotik rezistentligi ortib borayotgan sharoitda davolash samaradorligini saqlab qolish uchun muhim strategiya sifatida ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, maksimal natijaga erishish uchun shtamm tanlovi, dozasi, qo‘llash davomiyligi va bemor toifasiga mos individual yondashuvni aniqlash bo‘yicha qo‘shimcha keng ko‘lamli randomizatsiyalangan tadqiqotlar o‘tkazilishi zarur. Umuman olganda, probiotik va prebiotiklarni kombinatsiyalangan eradikatsiya terapiyasiga qo‘shish klinik jihatdan asoslangan, xavfsiz va istiqbolli yondashuv bo‘lib, H. pylori bilan bog‘liq yara kasalligini davolashda samaradorlikni oshiruvchi muhim qo‘shimcha vosita sifatida tavsiya etilishi mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Yang Z. et al. (2024). Scientific Reports. Probiotiklarning H. pylori eradikatsiyasiga ta’siri bo‘yicha meta‑tahlil. (213-215 sahifa) 2. Tanashat M. et al. (2024/2025). Clinical Nutrition ESPEN. Tarmoqli meta‑tahlil – turli probiotik rejimlar samaradorligi. (140-143 sahifa) 3. Lü M., Yu S., Deng J. et al. (2016). PLOS ONE. Probiotik qo‘shimchalar ta’sirining keng qamrovli meta‑tahlili. (256-272 sahifa) 4. Pakistan RCT (2021). Probiotik + omeprazole kombinatsiyasining klinik samaradorligi. (13-15 sahifa) 5. Shafaghi A. et al. (2016). Probiotik + prebiotik qo‘shimchalar bilan H. pylori eradikatsiyasini baholovchi RCT. 6. Han Z. et al. (2024). Frontiers in Nutrition. Probiotik + bismut asosli terapiya bo‘yicha double‑blind RCT. 7. Saha B.N. et al. (2024). Probiotiklarning standart uchlik terapiyaga qo‘shimcha sifatida samaradorligi. 8. University of Helsinki – “The role of probiotics in Helicobacter pylori infection” (magistrlik ishi). 9. University of Florida / Indiana State University – Lactobacillus turlarining H. pylori ga qarshi ta’siri bo‘yicha ilmiy ishlar. 10. Yevropa universitetlari (Shvetsiya, Italiya, Ispaniya) – H. pylori mikroevolyutsiyasi va probiotiklar ta’siri bo‘yicha dissertatsiyalar.