YOSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Full text
92 YOSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI Tursunova Shahribonu Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Tabiiy fanlar fakulteti, 1-bosqich talabasi https://doi.org/ 10.5281/zenodo.17959728 Annotatsiya: Ushbu tezis yosh va pedagogik psixologiya fanining asosiy vazifalari, uning shakllanishi va tarixiy rivojlanish bosqichlari haqida ilmiy tahlil beradi. Fan ta’lim jarayonida shaxsning psixik rivojlanishini o‘rganish, yosh davrlari bo‘yicha psixologik xususiyatlarni aniqlash hamda pedagogik jarayonni samarali tashkil etishdagi ahamiyati yoritiladi. Kalit so‘z: Yosh davrlari, bosqich, jarayon, holat, vazifa, maqsad, rivojlanish, shakil. Abstract: This thesis provides a scientific analysis of the main tasks of the science of age and pedagogical psychology, its formation and stages of historical development. The importance of the science in the process of education in studying the psychological development of a person, identifying psychological characteristics by age periods, and effectively organizing the pedagogical process is highlighted. Keywords: Age periods, stage, process, state, task, goal, development, form. KIRISH. Yosh va pedagogik psixologiya fanining vazifalari hamda rivojlanish bosqichlarini ilmiy asosda yoritish, zamonaviy ta’limdagi o‘rnini chuqur tahlil qilish. Yosh psixologiyasi shaxsning biologik, psixologik va ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan sifatida shakllangan. Pedagogik psixologiya esa ta’lim-tarbiya jarayonining psixologik mexanizmlarini o‘rganadi. Z. Freud, J. Piajé, L. S. Vygotskiy, A. G‘. G‘oziev kabi olimlarning nazariyalari bu sohaning metodologik asosini tashkil etadi. Tahliliy metod, ilmiy adabiyotlarni o‘rganish, solishtirish va umumlashtirish usullari qo‘llanildi. Shaxsning yosh davrlari bo‘yicha psixologik rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish - O‘quvchining bilish jarayonlari: idrok, xotira, tafakkurni aniqlash - Ta’lim jarayonida motivatsiyani shakllantirish omillarini tahlil qilish. - O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatning psixologik mexanizmlarini o‘rganish. - Tarbiya jarayonining psixologik asoslarini ishlab chiqish. Fan rivojlanish bosqichlari• I bosqich (XIX asr oxiri – XX asr boshlarida) – psixologiya mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. W. Vundt va G. Ebbinghauslarning ishlari yosh va ta’lim psixologiyasiga asos soldi. • II bosqich (XX asr o‘rtalari) – Piajé, Vygotskiy, Rubinshtaynlarning ilmiy qarashlari bilan yosh psixologiyasi nazariy jihatdan boyidi. • III bosqich (XXI asr) – ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalar, kognitiv psixologiya, neyropsixologiya yutuqlariga asoslangan yangi tadqiqotlar rivojlandi. 6. Tahlil va muhokama. Olib borilgan ilmiy tahlillar yosh psixologiyasining nafaqat pedagogik, balki jamiyat taraqqiyoti uchun ham muhim omil ekanini ko‘rsatadi. Bugungi ta’limda psixologik yondashuvlar o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish imkonini beradi. XULOSA Yosh va pedagogik psixologiya shaxs rivojlanishining ilmiy asoslarini o‘rganadi. Fan ta’lim jarayonini samarali tashkil etishda muhim o‘rin tutadi. Rivojlanish bosqichlari psixologik
93 qarashlarning tarixiy shakllanishini ko‘rsatadi. Zamonaviy psixologik tadqiqotlar ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Jalolov, S. (2021). Psixologiya asoslari. Toshkent: Fan nashriyoti. 2. Vygotsky, L. S. (1978). Mind in Society. Harvard University Press. 3. Piaget, J. (1972). The Psychology of the Child. Basic Books. 4. G‘oziev, A. G‘. (2019). Umumiy psixologiya. Toshkent: O‘zMU nashriyoti. 5. O‘G‘Li, O. O. B. (2024). Vatanparvarlik ruhini talаbalarda rivojlantirish pedagogik muammo sifatida. Central Asian Journal of Academic Research, 2(10-2), 37-41. 6. 6.Bahodir o'g'li, O. O. (2024). RAHBAR VA XODIM MUNOSABATLARINING BOSHQARUV JARAYONIDAGI PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 41(1), 110-113. 7. Bahodir o'g'li, O. O. (2024). Samadova Laylo Alisher qizi 2024. FANLAR TIZIMIDA PEDAGOGIKA FANINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQADORLIGI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 41(1), 103-106. 8. Ozodqulov, O. B. O. G. L. (2020). O’RTA OSIYODA CHO’L MINTAQASINING EKOLOGIK OQIBATLARI. Academic research in educational sciences, (2), 196-200.