scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishida tabiat bilan tanishtirishning ahamiyati

Olimova Dilrab Nurali qizi; Oltiboyeva Muyassar Nurali qizi

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishida tabiat bilan tanishtirish jarayonining o‘rni, mazmuni va pedagogik ahamiyati keng yoritilgan. Tabiat bilan bevosita muloqot, kuzatishlar, ekskursiyalar, tajribalar, tabiat burchagi faoliyati kabi metodlar orqali bolalarda kuzatuvchanlik, mantiqiy fikrlash, tasavvur, xotira, nutq va ekologik madaniyat shakllanishi ilmiy-pedagogik asosda tahlil qilingan. Shuningdek, tabiiy muhitning bola tafakkuri va shaxsiyati rivojlanishidagio o‘rni, tarbiyachining vazifalari va tabiat bilan tanishtirishning samarali shakllari haqida fikr yuritilgan.

Full text

PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 102 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishida tabiat bilan tanishtirishning ahamiyati Namangan davlat pedagogika institute Maktabgacha ta’lim kaferdasi o‘qituvchi Olimova Dilrab Nurali qizi Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi, 2bosqich talabasi Oltiboyeva Muyassar Nurali qizi Annotatsiya Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishida tabiat bilan tanishtirish jarayonining o‘rni, mazmuni va pedagogik ahamiyati keng yoritilgan. Tabiat bilan bevosita muloqot, kuzatishlar, ekskursiyalar, tajribalar, tabiat burchagi faoliyati kabi metodlar orqali bolalarda kuzatuvchanlik, mantiqiy fikrlash, tasavvur, xotira, nutq va ekologik madaniyat shakllanishi ilmiy-pedagogik asosda tahlil qilingan. Shuningdek, tabiiy muhitning bola tafakkuri va shaxsiyati rivojlanishidagio o‘rni, tarbiyachining vazifalari va tabiat bilan tanishtirishning samarali shakllari haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: Maktabgacha yosh, tabiat bilan tanishtirish, kuzatish, aqliy rivojlanish, ekologik tarbiya, tafakkur, tasavvur, xotira, nutq, tabiat burchagi, ekskursiya. Аннотация В данной статье подробно раскрыта роль, содержание и педагогическая значимость ознакомления детей дошкольного возраста с природой в их умственном развитии. Научно-педагогически проанализировано формирование у детей наблюдательности, логического мышления, воображения, памяти, речи и экологической культуры посредством непосредственного общения с природой, наблюдений, экскурсий, опытно-экспериментальной деятельности и работы в природном уголке. Также рассмотрены значение природной среды в развитии мышления и личности ребёнка, задачи воспитателя и эффективные формы ознакомления дошкольников с природой. Ключевые слова: дошкольный возраст, ознакомление с природой, наблюдение, умственное развитие, экологическое воспитание, мышление, воображение, память, речь, природный уголок, экскурсия. Annotation This article provides a detailed analysis of the role, content, and pedagogical PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 103 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us significance of introducing preschool-aged children to nature in the process of their intellectual development. It offers a scientific and pedagogical discussion of how children develop observation skills, logical thinking, imagination, memory, speech, and ecological awareness through direct interaction with nature, various observations, excursions, experiments, and activities in the nature corner. The article also examines the importance of the natural environment in the development of a child’s thinking and personality, the responsibilities of the educator, and effective forms of introducing preschool children to nature. Keywords: preschool age, nature exploration, observation, intellectual development, environmental education, thinking, imagination, memory, speech, nature corner, excursion. Kirish: Maktabgacha yosh davri bolaning shaxs sifatida shakllanishida eng muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Bu davrda bola atrof-muhitni faol o‘rganadi, savollar beradi, kuzatadi, o‘z-o‘zidan yangi bilimlarni egallaydi. Bolaning ilk dunyoqarashi, tafakkuri va bilim olish jarayonlari aynan real tajribalar orqali boyiydi. Shu jihatdan tabiat bilan tanishtirish jarayoni maktabgacha ta’limning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, bola aqliy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Piaget ta'kidlashicha:"Aqliy rivojlanish - bu bolaning dunyoni anglashi va òrganish qobiliyatlarini muntazam rivojlantirish jarayonidir". Aqliy rivojlanish – bolaning bilish, fikrlash, xotira, e’tibor, tasavvur va muammolarni yechish qobiliyatlarini shakllantirish jarayoni. Tabiat – bola uchun eng sodda, ammo eng boy bilim manbai. Undagi o‘zgarishlar, rangbaranglik, hodisalar va tirik mavjudotlar bola tafakkuri, xotirasi, kuzatuvchanligi hamda nutqini rivojlantiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi dastlab muomalada bòlish,narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida keyin esa òquv mehnat, samarali faoliyatlar jarayonida (rasm chizish,loy) amalga oshirib boriladi. Hozirgi zamon pedagogika fanidan bilimlar sistemasini òzlashtirib olish, ularning jamg‘arish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish hamda yangi bilimlar hosil qilish uchun zarur bo‘lgan bilish faoliyati usullarini egallab olish aqliy rivojlanishining asosiy ko'rsatkichlari hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda aqliy rivojlanishning asosiy shakllari: xotira, diqqat, tasavvur, tafakkur va muammolarni hal qilish qobiliyati bo‘lib, ular maktabgacha ta’lim muhitida samarali tarzda rivojlantiriladi. PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 104 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Maktabgacha yoshda bolaning aqliy rivojlanishi quyidagi yo‘nalishlarda kechadi: • kuzatish va diqqatning kuchayishi; • mantiqiy fikrlashning shakllanishi; • tasavvur va xotiraning rivojlanishi; • o‘xshashlik va farqlarni farqlash qobiliyatining o‘sishi; • tushunchalar boyligi va nutqning rivojlanishi; • sabab–oqibat bog‘lanishlarini anglash. Bu xususiyatlarni rivojlantirishda tabiiy muhit katta ahamiyatga ega. Tabiat bilan tanishtirishning aqliy rivojlanishga ta’siri xilma-xil. Bular: 1. Kuzatish qobiliyatining rivojlanishi. Tabiat bolada doimiy kuzatish jarayonini shakllantiradi. Bola: • qushlarning uchishi, • barglarning to‘kilishi, • ob-havoning o‘zgarishi, • hayvonlarning xatti-harakati kabi jarayonlarni ko‘rib, ularni taqqoslaydi va xulosa chiqaradi. Bu esa uning diqqatini, kuzatuvchanligini va analiz qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. 2. Mantiqiy fikrlashning shakllanishi . Bola tabiatdagi hodisalar asosida sabab–oqibat bog‘lanishlarini tushuna boshlaydi: • “Nima uchun o‘simlik suv ichadi?” • “Issiqda qor nega eriydi?” • “Ba’zi qushlar nega ko‘chib ketadi?” Shu tariqa bolada mantiqiy fikrlashning ilk asoslari paydo bo‘ladi. 3. Tasavvur va xotiraning rivojlanishi. Tabiat bolaga cheksiz tasavvur imkoniyatlarini yaratadi: • ranglar uyg‘unligi, • shakllarning turfaligi, • tovushlarning xilma-xilligi barchasi bolada yorqin obrazlar paydo qiladi. Eshitgan, ko‘rgan, his qilgan narsa xotirada uzoqroq saqlanadi, bu esa aqliy rivojlanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 4. Tushunchalar va nutqning rivojlanishi . Tabiat bilan tanishtirish jarayonida bola ko‘plab yangi so‘zlar va tushunchalarni o‘rganadi: •g‘uncha, •novda, PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 105 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us •ildiz, •fasl, •hosil, •yer osti suvlari kabi tushunchalar uning lug‘atini boyitadi. Bu orqali bolada mantiqiy nutq va ilmiy ifodalanish malakasi shakllanadi. 5. Tadqiqotchilik qobiliyatining o‘sishi . Amaliy tajribalar bolada izlanish ruhini oshiradi: • urug‘ unishini kuzatish, • suv bug‘lanishini tajriba qilish, • o‘simlikka parvarish ko‘rsatish, • hasharotlarning hayotini o‘rganish bularning barchasi bola tafakkurini, mantiqiy xulosalar chiqarish qobiliyatini rivojlantiradi. 6. Ekologik madaniyat va tarbiyaning shakllanishi . Tabiat bilan tanishtirish jarayonida bola: • tabiatni asrash, • tirik mavjudotga mehr, • mas’uliyatlilik, • atrofni toza tutish kabi ekologik madaniyat elementlarini o‘zlashtiradi. Bu esa uning shaxsiy sifatlarini tarbiyalaydi. Maktabgacha ta’limdagi rivojlanish markazlari va ularning aqliy rivojlanishga ta’siri: 1. "Qurish – yasash, konstruksiyalash va matematika" markazi. Bolalar turli konstruksiyalar qurish orqali mantiqiy fikrlash, tasavvur va muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Masalan, lego bloklar, modul shakllar va turli konstruksiyalar yordamida ular geometrik shakllarni, hajm va o‘lchamlarni o‘rganadi. Shu bilan birga, matematik markazdagi mashg‘ulotlar bolalarga son, hisoblash va tartibni tushunishga yordam beradi. 2." Syujetli-rolli o‘yinlar va dramatizatsiya" markazi. Rolli o‘yinlar bolalarning ijtimoiy fikrlashini, mantiqiy bog‘lanish va sabab-natija munosabatlarini tushunish qobiliyatini rivojlantiradi. Masalan: “Do‘kon”, “Shifoxona” kabi o‘yinlar bolaning nutqini, xotirasini va tasavvurini faollashtiradi. Tabiat mavzulari bilan bog‘langan rolli o‘yinlar esa bolalarni tabiat hodisalarini tushunishga yo‘naltiradi. 3. "Til va nutq" markazi. PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 106 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Bu markaz bolalarning so‘z boyligini oshirish, mantiqiy fikrlash va nutq orqali o‘zini ifodalash qobiliyatini rivojlantiradi. Tabiat bilan bog‘liq hikoyalar, suhbatlar va kuzatish mashg‘ulotlari bolalarning fikrlash tizimini kengaytiradi. Masalan,:“Gulni qanday o‘stiramiz?” yoki “Qushlar qayerga uchadi?” kabi savollar bolalarda sabab-natija munosabatini shakllantiradi. 4. "Fan va tabiat "markazi. Bolalar bu markazda tabiat hodisalarini kuzatish, eksperimentlar o‘tkazish va oddiy ilmiy tajribalarni amalga oshirish orqali bilish faoliyatini rivojlantiradi. Masalan: urug‘ni ekish, suvdagi hayvonlarni kuzatish yoki ob-havo o‘zgarishlarini qayd etish bolalarda kuzatish, tahlil va xulosalar chiqarish qobiliyatini shakllantiradi. 5." San’at" markazi. Bu markaz bolalarning tasavvur va ijodiy fikrlashini rivojlantiradi. Tabiat tasvirlarini chizish, ranglar bilan ishlash va qo‘l mehnati mashg‘ulotlari bolalarning diqqatini rivojlantiradi va fikrlash jarayonini boyitadi. Masalan: gulzor, daraxt va hayvonlarning rasmlarini chizish orqali ular shakllarni, ranglarni va tafsilotlarni kuzatishni o‘rganadi. Mashg‘ulot va muhitning aqliy rivojlanishga ta’siri: Maktabgacha ta’lim muhitida: Tashqi muhit: bog‘lar, gulzorlar, kichik laboratoriyalar bolalarning tabiat bilan faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Mashg‘ulotlar: interaktiv darslar, eksperimentlar va rolli o‘yinlar bolalarning kuzatish, fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Markazlararo faoliyat: bolalar bir markazdan ikkinchisiga o‘tganda, ularning aqliy rivojlanishi kengayadi va turli ko‘nikmalar bir-biri bilan bog‘lanadi.Natijada, tabiat bilan bog‘liq faoliyat bolalarda aqliy rivojlanishning barcha asosiy komponentlarini shakllantiradi: xotira, diqqat, tafakkur, mantiqiy fikrlash va ijodiy qobiliyat. Bolalar tabiat bilan muloqot qilish orqali kuzatish, solishtirish va tajriba asosida o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Tabiat hodisalarini kuzatish bolalarda muammolarni yechish, mantiqiy fikrlash va fantaziya qobiliyatini oshiradi. Masalan: gullar, daraxtlar va hayvonlarni o‘rganish bolaning tasavvurini kengaytiradi, atrofmuhitga nisbatan qiziqishini oshiradi va bilish faoliyatini rag‘batlantiradi. Bolalarning maktabgacha ta’lim muhitidagi faoliyati ham tabiat bilan bog‘liq tajribalar orqali boyitiladi. Masalan: suv hayvonlarini kuzatish, o‘simliklarni parvarish qilish va ob-havo hodisalarini kuzatish bolaning tafakkurini rivojlantiradi va ularni ilmiy izlanishga rag‘batlantiradi. Tarbiyachining vazifalari: • bolada tabiatga qiziqishni uyg‘otish; PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 107 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us • kuzatish jarayonini to‘g‘ri tashkil etish; • xavfsizlikni ta’minlash; • savol berishga undash; • tabiatdagi jarayonlarni sodda va tushunarli tushuntirish; • bolalarni mustaqil tajribalar qilishga yo‘naltirish; • ekologik madaniyatni shakllantirish dan iboratdir. Xulosa qilib aytganda ,tabiat bilan tanishtirish maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Tabiiy obyektlar va jarayonlar bolada kuzatuvchanlik, mantiqiy fikrlash, xotira, tasavvur, nutq, ekologik ong kabi sifatlarning shakllanishida beqiyos ahamiyat kasb etadi. Tabiat — bolaning eng yaqin, tabiiy va boy ta’lim muhiti bo‘lib, unda u atrof-muhitni chuqurroq anglaydi, bilish jarayonlarini rivojlantiradi va o‘zining intellektual salohiyatini namoyon etadi. Rivojlanish markazlari va mashg‘ulotlar orqali bolaning kuzatish, mantiqiy fikrlash, tasavvur va nutq qobiliyatlari samarali tarzda rivojlantiriladi. Tabiat bilan faoliyat maktabgacha ta’lim muhitida bolaning ilmiy va ijodiy qobiliyatini boyitadi hamda umumiy aqliy rivojlanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Foydalanilgan adabiyotlar : 1. R.Zokirova " Maktabgacha pedagogika". – Toshkent: "Fan va texnologiya", 2020. 2. M.Yo‘ldosheva, S.Xudoyberdiyeva, "Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi psixologiyasi". – Toshkent: “Ilm ziyo”, 2019. 3. F.Qodirova, ,D.Ergasheva, "Maktabgacha ta’lim metodikasi". – Toshkent: "Tafakkur", 2021. 4. G.Sattorova, " Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi". – Toshkent: "O‘qituvchi", 2018. 5. L.S.Vygotskiy, " Pedagogik psixologiya." – Moskva: "Pedagogika", 1991. 6.F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo‘latova, N.M. Kayumova, M.N. A'zamovaning "Maktabgacha pedagogika " darslik. Toshkent-2019. "Tafakkur "nashriyoti. 158-bet. 7. J. Piaget (1972) The Psyuchology of the Child. New York:Basic books