O'QUVCHILARDA TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Abstract
Tajribalardan shu narsa ma’lumki, bola ma’nosiz so‘zlardan ko‘ra, ko‘proq ma’nodor ilmiy tushuncha hamda atamalarni yaratish, tuzish va mustahkamroq esda olib qolish xususiyatlarga ega.
Full text
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 126 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us O’QUVCHILARDA TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Termiz Davlat Pedagogika Instituti Mardonov Erkin Xasanovich. Psixologiya ta’lim yo’nalishi talabasi Avazova Farangiz Sobir qizi Annatasiya. Tajribalardan shu narsa ma’lumki, bola ma’nosiz so‘zlardan ko‘ra, ko‘proq ma’nodor ilmiy tushuncha hamda atamalarni yaratish, tuzish va mustahkamroq esda olib qolish xususiyatlarga ega. Annatasia.From experiments it is known that the child has more meaningless scientific understanding than meaningless words, as well as the properties of creating, composing and firmly remembering terms. Анатация. Из экспериментов известно, что ребенок обладает более значимым научным пониманием, а также способностью создавать, структурировать и более прочно запоминать термины, чем бессмысленные слова. Odatda psixologiya fanida kichik maktab yoshi davriga 6 (7) yoshdan 10 (11) yoshgacha bo‘lgan boshlang‘ich sinf (I-IV) o‘quvchilari kiritiladi. Lekin bu yosh davrga ajratish prinsipi qat’iy va mutlaq degan fikr emas, albatta. Chunki, xalq ta’limi tizimida yuz beradigan ayrim o‘zgarishlar bunga u ѐki bu tarzda o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Jumladan, bola maktab ta’limiga bog‘chada tarbiyalanayotgan paytdan boshlab tayyorgarlik ko‘ra boradi, buning uchun u, dastavval ta’lim-tarbiya tomonidan o‘quvchi shaxsi oldiga qo‘yiladigan turli mazmundagi talablar bilan tanishadi, undan tashqari u fan asoslarini egallash uchun ham biologik - jismoniy, ham psixologik jihatdan qariyb yetilgan, jismoniy va aqliy mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Maktab ta’limini psixologik tayyorgarlik deganda, bolaning obyektiv va subyektiv jihatdan munosibligi, bilish jaraѐnlari bilan shaxs xususiyatlarining o‘zaro mutanosibligi nazarda tutiladi. O‘quvchida maktab ta’limiga keng ma’noda psixologik jihatdan obyektiv tayyor bo‘ladi. Binobarin, uning psixikasi bilim olishga yetarli darajada taraqqiѐt bosqichiga erishadi. Ushbu yoshdagi bola o‘z idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi,
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 127 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us uning qiziquvchanligi, dilkashligi, xayrixohligi, ishonuvchanligi, xaѐlining yorqinligi, xotirasining kuchliligi bilan boshqa yoshdagi o‘quvchilardan (jumladan, o‘smirlardan) ajralib turadi. Maktab ta’limiga tayyorlik ko‘rayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli ravishda barqaror ko‘rinishga ega, deb hisoblash mumkin. Diqqatni xususiyatlari (taqsimlanishi, ko‘chishi, kuchi, barqarorligi, bo‘linishi, tebranishi va boshqalar) uning roli va syujetli o‘yin faoliyatlarida, rasm chizish va ko‘rish, yasash mashg‘ulotlarida, loy hamda plastilindan narsa yasashda, katta ѐshdagilar va tengqurlari nutqini idrok qilish va tushunishda, matematik amallarni bajarishda, hikoya tinglash hamda shaxsan o‘zi ham tuzishda bevosita namoѐn bo‘ladi. Bu davrda kelib, bola o‘z diqqatini muayyan obyektga, narsa va hodisalarga yo‘naltirishga, to‘plashda va uni mustahkamlashda hamda taqsimlashda ma’lum darajada ko‘nikmani egallagan bo‘lib, o‘z diqqatini boshqarish, zarur paytda, uni shaxsan tashkil qilishga intiladi. Uning xotirasi kiziqarli ajoyibotlarga, g‘aroyibotlarga boy, voyaga yetgan kishini taajjubga soladigan ma’lumotlar va hodisalarni puxta esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish imkoniyatiga egadir. Shu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu axborotlarni egallab kelgan bo‘lsa, endi u o‘z xohish irodasi bilan, muayyan motivatsiyaga asoslangan holda zarur ma’lumotlar olishga, o‘z oldiga yaqqol maqsad va aniq vazifa qo‘yishga harakat qiladi. Bolada muayyan taraqqiyot darajasiga erishganligini uning xotirasi faolligi namoyish qiladi. U o‘zining uncha boy bo‘lmagan shaxsiy tajribasiga asoslanib, she’r, hikoya, ertaklarni esda qoldirish uchun ularning takrorlanganligi, yod olishning qulay yo‘l va usullaridan foydalanganligi ta’lim jarayonida unga juda qo‘l keladi. Demak, u o‘qish, idrok qilish, o‘zlashtirish texnikasi bilan yaqindan tanishishga erishadi. Birinchi sinf o‘quvchisi, ko‘pincha yaqqol obrazli xotiraga suyangan holda bilish faoliyatini (kognitiv holatni) tashkil etsa ham, biron bir narsa xotiraning boshqa turlarini sira istisno qilmaydi, balki aksincha, ta’lim shaxsdan so‘z-mantiq xotirasini taqozo qiladi, ijodiy produktiv yo‘l bilan bilimlarni egallashni talab etadi, So‘z-mantiq xotirasining mavjudligi matnning ma’nosiga tushunib esda olib qolish jaraѐnining samaradorligini orttirishga keng imkoniyat yaratadi. Tajribalarda shu narsa ma’lumki, bola ma’nosiz so‘zlardan ko‘ra, ko‘proq ma’nodor ilmiy tushuncha hamda atamalarni yaratish, tuzish va mustahkamroq esda olib qolish xususiyatlarga ega. Uning nutqi ta’limga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida kattalar bilan muloqotga kirishish, o‘zgalar fikrini uqib olish va uni maqsadga muvofiq to‘g‘ri idrok qilish darajasiga to‘la javob bera oladi. Bola nutqining tuzilishi milliy til grammatikasi qoidalariga mos, mantiqan izchil, ifodali, rang-barang tushunchalarga boy, miqdor va ko‘lam jihatdan har qanday odam bilan fikr almashish, muloqotda kirishish uchun
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 128 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us mutlaqo yetarlidir. O‘quvchi o‘zi eshitgan narsalarini, voqelik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘g‘ri tushuna oladi, o‘zida mavjud bo‘lgan axborotlarni (taassurotlarni) muayyan tartib bilan baѐn qila biladi, aqliy faoliyat operatsiyalaridan (narsalarni taqqoslaydi, yaqqollashtiradi, guruhlarga ajratadi, hukm chiqaradi) o‘rinli foydalanadi. Yirik chet el va sobiq sovet psixologlari (J.Piaje, A.Vallon, J.Bruner, L.V.Zankov, D.B.Elkonin, P.Ya.Galperin, N.A.Menchinskaya, V.V.Davidov, A.Sh.Amonashivili, S.F.Juykov va boshqalar) tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, oqilona tashkil qilingan ta’lim jarayoni mazkur yoshdagi bolalar tafakkurini jadal sur’atlar bilan rivojlantiradi, aqliy imkoniyatlarini ertaroq ishga tushishga, ro‘yobga chiqishgayoѐrdam beradi. Chunonchi, bolalar matematik, fizik, lingvistik, politexnik tushunchalarini o‘zlashtiradilar, mustaqil ravishda uncha murakkab bo‘lmagan masalalar, misollar tuzadilar, oddiyroq mashqlarni bajara oladilar, ijodiy va mahsuldor fikr yuritishga intiladilar. Yuqorida yuritilgan mulohazalarga asoslangan holda shunday xulosaga kelish mumkinki, bolalarning psixologik tayѐrgarlik darajasi ta’limni muvaffaqqiyatli uddalash, amalga oshirish uchun mutlaqo kafolot bera oladi. Bu o‘rinda uning shaxsiy xususiyatlari shakllanganligi yuzasidan ham ma’lumot berish maqsadga muvofiqdir. Bolada shaxsning bir qator fazilatlari va xususiyatlari yaqqol ko‘zga tashlanadi; qat’iylik, nisbiy mustaqillik, o‘z oldiga maqsad qo‘ya olishlik, xulq-atvorni ijtimoiy jamoatchilik nuqtai-nazardan baholashga intilishlik, ahd-paymonga sodiqdik, kattalarni hurmat qilishlik, va’daga vafo qilishlik, burch va javobgarlik hislari kabilar. Shuning bilan birga maktab ta’limiga tayyorgarlik ko‘raѐtgan bola o‘z his-tuyg‘usi va ichki kechinmalarini boshqarish uquviga egadir, hatto u o‘z-o‘ziga, o‘z qilmishlari, nojo‘ya xatti-harakatlari, o‘rinsiz luqma tashlaganligi, ixtiyorsiz o‘shshayganligi uchun baholi qudrat o‘z munosabatini bildirishi mumkin. Ta’kidlab o‘tilgan barcha mulohazalar, sharhlar, tavsiflar maktab ta’limiga psixologik tayyorlikning asosiy omillari, shuningdek, eng muhim shart-sharoitlari bo‘lib hisoblanadi. Olti yoshli bolaning ta’limga psixologik tayyorgarligi to‘g‘risida fikr yuritganimizda, biz muayyan reja asosida tartibli, ko‘p qirrali, maqsadga yo‘naltirilgan, o‘zaro bog‘liq va mantiqiy ketma-ketlikka ega bo‘lgan boshlang‘ich ta’lim uchun zamin vazifasini o‘tuvchi ruhiy taraqqiyotning zarur ko‘rsatkichi va darajasini nazarda tutamiz. Bu borada yana shu narsani qo‘shimcha qilish o‘rinliki, ta’lim uchun ruhiy taraqqiyot darajasidan tashqari, bolaning turmush sharoiti va faoliyati tafovutlari o‘ziga xosligi uning sihat-salomatligi, metodik jihatdan tayѐrgarligi, sodda ko‘nikmalarni egallaganligi kabi omillarni hisobga olish maqsadga muvofiq. Bildirilgan mulohazalarning barchasi bolaning maktab ta’limiga psixologik jihatdan
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 129 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us tayѐrgarligining ob’ektiv tomonlarini o‘zida aks ettiradi, xolos. Biroq bolaning maktab ta’limiga psixologik jihatdan tayyorlikning subyektiv tomoni ham mavjuddir. Bola maktabda o‘qish xohishi, intilishi, predmetlarga qiziqishi, ishtiyoqi katta yoshdagi odamlar bilan muloqotga kirishishning istagi mazkur tayѐrlik bilan uzviy bog‘liqdir. Unda bu davrga kelib o‘qish, bilim olish yuzasidan turli tasavvurlar shakllanadi. Shuning uchun u maktab jamoasining barcha a’zolarining mas’uliyatli vazifalarini e’tirof etadi va ularga itoatkorlik tuyg‘usi, ularning ko‘rsatmalarini bajarishga moyillik tug‘iladi. Lekin bolalarning barchasi bu narsaga bir tekis munosabatda bo‘ladi, deb bo‘lmaydi, shu boisdan ular o‘rtasida individual farq vujudga keladi. Ba’zi bir bolalar maktabga vujudi bilan talpinadilar, go‘ѐki qush kabi uchishga tayѐrdirlar, o‘qish boshlanishiga qancha vaqt qolganligini sabrsizlik bilan sanaydilar, o‘quv ashѐlarini oldinroq taxt qilib qo‘yishga kattalarni da’vat etadilar (o‘quvchilik formasini kiyishni, sumkani yelkasiga osishni ѐqtiradilar). Boshqa bir toifadagi bolalar esa bu to‘g‘rida ehtiѐtkorlik va vazminlik bilan munosabatda bo‘ladilar. Biroq bu toifadagilarda shijoat, faollik, kuyunchaklik bilan intilish yetishmaganga o‘xshab ketadi. Uchinchi bir turkumga, guruhga taalluqli o‘quvchilar bo‘lsa, maktabdan qat’iy ravishda voz kechish darajasigacha borib yetadilar. O‘qishga nisbatan bunday salbiy munosabat kattalarning (jazo berish, majbur qilish, erkinlikni yo‘qotish kabilar bilan) qo‘rqitishlari oqibatida vujudga keladi. Masalan: "Maktabga borsang, ta’ziringni yeysan", "Qilt etsang - kaltak yeysan", "Dars tayyorlayverib, tinkang quriydi" va boshqalar. Shuning bilan birga o‘quvchilarning akalari va opalarining maktabdagi "mash’um kechinmalar va vaziyatlar" to‘g‘risidagi noxush axborotlari, kino va teleekrandagi maktab haѐtiga bag‘ishlangan filmlardagi, kompyuterdagi vaziyatlar o‘zaro umumlashgan tasavvur obrazlarini yaratib, bolada o‘qishga nisbatan salbiy munosabatni keltirib chiqaradi. O‘qishga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lgan bolalar ta’lim muhitiga kirishishga qiynaladilar; qator ruhiy to‘siqlarga duch keladilar, buning natijasida yangi vaziyatga va jamoaga, notanish odamlarga moslashish juda og‘ir kechadi. Psixolog L.S.Slavina tadqiqotiga ko‘ra, boshlang‘ich sinflarda bilish faoliyati yetarli darajada shakllanib bo‘lmagan, aqliy jihatdan nomustaqil o‘quvchilar mavjuddir. Olimaning fikricha, o‘qish va o‘yin faoliyatlarida ularni fikr va mulohaza yuritishga o‘rgata borish natijasida muvaqqat turg‘unlikning oldini olish mumkin. Birinchi sinf o‘quvchisida o‘qish faoliyatining dastlabki natijalari uning boshqa materillarni egallash sari yetaklaydi. Uning o‘qish faoliyatidagi birinchi mehnat faoliyati mahsuli shodlik, quvonch va amaliy (lazzatlanish) his-tuyg‘usini keltirib chiqaradi. Hatto ayrim o‘quvchilar u yoki bu obyektni, mavzuni bir necha marotaba o‘qishni ham yoqtiradilar.
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 130 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us O‘qish faoliyatiga nisbatan qiziqish, moyillik keyinchalik predmetning mazmuniga qiziqishni vujudga keltiradi, balkim bilim olish ehtiѐjini tug‘diradi, qolaversa unda o‘qish motivlarini tarkib toptiradi. Ta’lim mazmuniga, bilimni egallashga qiziqish o‘quvchining o‘z aqliy mehnati natijasidan qanoatlanish hissi bilan uzviy aloqadordir. Ushbu his o‘qituvchining rag‘batlantirishi orqali namoѐn bo‘ladi, yanada samaraliroq ishlash mayli, xohishi, istagi, ishtiyoqi o‘quvchida shakllanadi. O‘quvchida paydo bo‘layotgan faxrlanish, o‘z kuchiga ishonch hislari bilimlarni o‘zlashtirish va malakalarni mustahkamlash ishiga xizmat qiladi. Shuning uchun rag‘batlantirish (jazolash) o‘z me’yorida bo‘lgan taqdirdagina uning tarbiyaviy qiymati hamda ta’sirchanligi ortadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar faoliyatini baholash uning o‘qishga nisbatan ijobiy munosabatini tarkib toptiradi. Maktab amaliyotida ko‘pincha bolani og‘zaki baholash odat tusiga kirib qolgan, chunki birinchi sinf o‘quvchisi ana shu baho taassurotida o‘z faoliyatini faollashtiradi. Ijodiy izlanishga harakat qiladi. Hatto o‘quvchi dastlabki davrda "yaxshi" yoki "yomon" bahoning farqiga ham bormaydi, ko‘proq uni nechta baho olganligi qiziqtiradi, xolos. Bu yoshda bola bahoning mohiyatini tushunib yetmasa-da, lekin o‘qituvchining rag‘batlantirishi uning uchun muhim rol o‘ynaydi. Yirik pedagog va psixolog olimlar B.A.Suxomlinskiy, Sh.A.Amonashvili va ularning shogirdlari kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni baholash salbiy oqibatlarga olib kelish nuqtai nazarini yoqlaganlar. Ma’lumki, faqat baho uchun o‘qish bilimning ijtimoiy ahamiyatini pasaytirishga olib keladi. Lekin bilimni tekshirishni boshqa usul va vositalarini qo‘llash (masalan: reyting, shkala, ballar) hozirgi kunning asosiy vazifalaridan biridir. Chunki baholashning bola kamoloti uchun ahamiyatini qat’iy ravishda inkor qilish ham oqilona vosita emas, modomiki shunday ekan, baholashdan maslahat, yo‘llanma, tavsiya, ko‘rsatma sifatida foydalanish ijobiy omil vazifasini bajara oladi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning muhim xususiyatlaridan yana bittasi - bu o‘qituvchi shaxsiga nisbatan ishonch hissi va yuksak obro‘ tuyg‘usining mavjudligi. Shuning uchun o‘qituvchi bolaga tarbiyaviy, ta’limiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyati shunday kattaki, uning siymosida aql idrokli, tiyrak, sezgir, mehribon, hatto donishmand inson gavdalanadi. O‘qituvchi siymosida o‘quvchilar ezgu niyati, orzu istagi, istiqboli, ajoyib va g‘aroyib his-tuyg‘ularini ro‘yobga chiqaruvchi kamolot cho‘qqisidagi shaxsni tasavvur qiladilar. O‘qituvchining obro‘si oldida ota-onalar, oilaning boshqa a’zolari, qarindosh-urug‘lari, tanish bilishlarining nufuzi keskin pasayadi. Go‘yoki, borliqning absolyutligi, haqiqat o‘lchamining namunasi, zakovatning yuksak chuqqisi, odob nazokatning avval boshi o‘qituvchida o‘z ifodasini
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 131 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us topgandir. Ana shu sababdan ular o‘qituvchi xulqini muhokama qilishga yo‘l qo‘ymaydilar, uning har bir so‘zini qonun tariqasida qabul qiladilar va bu yo‘lda o‘zlarini haq deb hisoblaydilar. O‘quvchining psixik jihatdan taraqqiy qilishi oqibatida o‘qituvchining mutlaqligiga munosabati biroz o‘zgaradi, buning asosiy sababi unda ongli xatti-harakat ehtiѐjining tug‘ilishi hisoblanadi. Odatda o‘quvchilar o‘rtasida obro‘ orttirish uchun bir nechta tarkibiy qismlarini yaxlit bir timsol sifatida, mujassamlashtirish maqsadga muvofiqdir: a) o‘qituvchida kasbiy qobiliyatlarining mavjudligi; b) uning dilkashligi va boshqa xislatlarga ega bo‘lishligi; v) o‘quv predmetlarining chuqur egallaganligi; g) o‘qituvchi bilim saviyasining chuqurligi va ko‘lamining kengligi; d) o‘qituvchining vijdonligi, adolatgo‘ylik fazilatlari, uning statusi va rolining maqsadga muvofiq ravishda turmush jabhalarida namoѐn bo‘lishi, obro‘sini yanada yuksaltiradi. Chunki, soxta obro‘ orttirish sun’iylikni keltirib chiqaradi. Bunga ta’lim jaraѐnida yo‘l qo‘yish qator nuqsonlarni yuzaga keltiradi. J.Piaje (1896-1980) shvetsiriyali va frantsuz psixologi bo‘lib, u 52 ta kitob va 458 ta ilmiy maqolalar muallifi, Jeneva genetik psixologiya maktabining ko‘zga ko‘ringan vakillaridir. J.Piajening ilmiy ijodiyoti shu qadar turli xil ko‘rinishdagi metodologik va nazariy bahs-munozaralar predmeti bo‘lib qolishda davom etmoqda. J.Piaje tomonidan kashf etilgan fenomenlar esa ekspermental qayta tekshirilib chiqilmoqda. J.Piaje bolaning bilish faoliyati mexanizmlarini o‘rgangan. J.Piaje intellekt shakllanishini barcha boshqa psixik jarayonlar bog‘liq bo‘lgan bolaning psixik rivojlanishini markaziy chizig‘i sifatida ko‘rib chiqqan. Jan Piaje bolalarning miyasi rivojlanishiga fizik olam ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblagan bo‘lsa, yosh davrlarini o‘rgangan rus psixologi Lev Vigostkiy (1895-1934) bolaning aql idroki rivojlanishiga ijtimoiy muhitning o‘rni kattaligiga urg’u bergan. Piaje bolalarni yosh olimlar deb aytgan, Vigotskiy esa ularni yosh shogirdlar degan. Bunga ko‘ra ota-onalar yoki tarbiyachilar tomonidan bolalarga biror narsa o‘rgatilsa yoki yangi so‘zlar berilsa, ularni bolalar o‘zalashtirib idrokinng yuqori bosqichlariga o‘tishlari mumkin. Nutq va ijtimoiy muhitning muhim qismlari o‘rgatilishi, aqlidrokka poydevor yaratib beradi. Piaje qarashlari bo‘yicha, bolaning ongining jismoniy muhit bilan o'zaro ta'sirida o'sishiga urg'u berish bilan, Vigotskiyning qarashlarida esa ijtimoiy muhit bilan o'zaro ta'sir qilish orqali bolaning ongi qanday o'sishiga urg'u berish bilan to'ldiriladi[20]. J.Piaje taxminiga ko‘ra, bolalar fikrlarini ikkita guruhga bo‘lish mumkinligini ko‘rsatadi. Suhbatdoshini javob qaytarishiga manfaatdorligi xarakterlanadi, uning vazifasi suhbatdoshga ta`sir ko‘rsatish.
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 132 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us 1. Ijtimoiylashgan nutq darajalari kategoriyalari axborot, tanqid, buyruq, iltimos, taqlid, savol, javob. 2. Egotsentrik nutq shakli bo‘yicha bu fikrlar har xil bo‘lishi mumkin takrorlash exolomiya monolog jamoaviy biroq umumiyligi suhbatdoshining nuqtai-nazari qandayligi, uni tinglayotganligi bilan qiziqmay bola ayni damda nimani o‘ylayotgan bo‘lsa shu haqida o‘z fikrini bildiradi. Egotsentrik nutq vazifasi ta`sirliroqdir- “Suhbatlashishdan qoniqish” harakatlarni kuzatilishi va ritmliligi J.Piaje bolaning erkin nutqida egotsentrik nutq hissasini o‘lchab ko‘rib, ilk yoshda egotsentrik nutq koeffitsenti yuqoriligini -75% 6-7 yoshga kelib asta-sekin pasayishini aniqlagan. Ta`kidlarning oddiy to‘qnashuvini emas balki tomonlarning o‘zaro tushunishi va tushuntirishga manfaatdorligi bilan kuzatiladigan nuqtai-nazarlar almashinuvini o‘zida namoyon qiluvchi bahs-munozara faqatgina 7-8 yoshga kelib yuzaga keladi. J.Piajening fikriga ko‘ra, psixikani rivojlanish –bu yetakchi intellektual ko‘rinishlarini o‘zgarishidir. Har bir bosqich boshqasining ustiga ko‘riladi, ularning har biri keyingilarini shakllanishi uchun zarur, shuning uchun ularning (borish) kechish tartibi qayd qilingan va shunday belgilangan ularni yuz berish tezligi esa har xil bo‘lishi mumkin. Tajriba egallashning qulay yoki nomaqbul imkoniyatlaridan madaniy va ilmiy sharoit sifatida bog‘liqlikda. Inson intelektini rivojlanishi: rivojlanishning davr va bosqichlari J.Piaje rivojlanishning uchta asosiy davrlarini ajratgan: 1. Sensamotor intellekt (tug‘ilgandan 1,5 yoshga qadar) 2. Aniq operatsion (reprezentativ) intellekt (1,5-2 yoshdan 11 yoshga qadar) 3. Formal (rasmiy) – operatsion intellekt (11-12 yoshdan 14-15 yoshga qadar) J.Piaje har bir bosqichni ikki yo‘l bilan ta`riflaydi: ijobiy (oldingi darajadagi tuzimini murakkablashishi defferentsiyatsiya (farqlanish) natijasi sifatida) va salbiy (keyingi bosqichlarda bartaraf etiladigan o‘ziga xoslik va kamchiliklar nuqtai-nazarida) 1. Sensamator davr. J.Piaje tafakkur rivojlanishining tadqiqini, hayotning birinchi ikki yilligida bolaning amaliy predmetli faoliyatini tahlil qilishdan boshlaydi. Uning ta`kidlashicha, hatto nihoyatda mavhum bilimlar manbani harakatda qidirish kerak, bilim tayyor ko‘rinishda (sirtdan) tashqaridan kelmaydi inson uni ko‘rishi kerak. J.Piaje o‘zining 3 ta farzandi rivojlanishini kuzatib (qizlari Jaklin va Lyusena va o‘g‘li Loran) sensamator rivojlanishning 6 bosqichini ajratgan. Bu tug‘ma mexanizmlar va sensor jarayonlardan (surish reflektsiya singari) ixtiyoriy atayin qo‘llaniladigan uyushgan xulq-atvor shakllariga o‘tish bosqichlaridir.
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 133 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhari. 1. Mardonov Erkin Xasanovich O’QUVCHILARDA TAFAKKUR MUAMMOSI O’RGANILISHINING NAZARIY TAHLILI. O‘zbekiston milliy universiteti xabarlari, 2023, [1/12/1]issn 2181-7324. 2. Mardonov Erkin Xasanovich O‘quvchilarda tafakkur xususiyatlarini rivojlanish jarayoni “Zamonaviy talimda pedagogika va psixologiya fanlari” elektron jurnali Jizzax davlat pedagogika instituti.№2.2023. 3. Mardonov, E. (2023). O ‘QUVCHILARDA TAFAKKUR XUSUSIYATLARINI RIVOJLANISH JARAYONI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(2). 4. Xasanovich, M. E. (2023). O’QUVCHILARDA FIKRLASH JARAYONI. Journal of Universal Science Research, 1(6), 847-851. 5. Khasanovich, M. E. (2022). Basic analysis of thinking. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(6), 41-45. 6. Erkin, M. (2023). OʻSMIR SHAXSINI O ‘RGANISHDA PSIXOLOGIK XIZMATNI O ‘ZIGA XOSLIGI. IJTIMOIY PSIXOLOGIYA VA UNING DOLZARB MUAMMOLARI. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 293-296.