XOTIRANI RIVOJLANTIRUVCHI PSIXOLOGIK MASHGʻULOTLAR
Abstract
Mazkur maqolada xotirani rivojlantirish uchun psixologik mashg‘ulotlar va ularning samaradorligi haqida so‘z boradi. Xotira – inson ongining ajralmas qismi bo‘lib, uning turli turlarini rivojlantirish ko‘plab psixologik texnikalar va mashqlar yordamida mumkin. Psixologik mashg‘ulotlar xotira jarayonlarini mustahkamlash, yaxshilash va yangi axborotni samarali saqlashga yordam beradi. Ushbu maqolada xotira mashqlarining turlari, ularning afzalliklari va qo‘llanilishi o‘rganiladi. Shuningdek, psixologik yondoshuvlarning samaradorligi va ular bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlar tahlil qilinadi. Kalit sózlar: xotira, psixologik mashğulotlar, yodlash, kognitiv rivojlanish, xotirani rivojlantirish, diqqat, kognitiv jarayonlar
Full text
SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 9. 204 XOTIRANI RIVOJLANTIRUVCHI PSIXOLOGIK MASHGʻULOTLAR Mardiyeva Shaxnoza Amirovna SamDCHTI,Pedagogika kafedrasi dotsenti,ps.f.f.d(PhD) Nafasova Dilora Ortiq qizi Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi Annotasiya.Mazkur maqolada xotirani rivojlantirish uchun psixologik mashg‘ulotlar va ularning samaradorligi haqida so‘z boradi. Xotira – inson ongining ajralmas qismi bo‘lib, uning turli turlarini rivojlantirish ko‘plab psixologik texnikalar va mashqlar yordamida mumkin. Psixologik mashg‘ulotlar xotira jarayonlarini mustahkamlash, yaxshilash va yangi axborotni samarali saqlashga yordam beradi. Ushbu maqolada xotira mashqlarining turlari, ularning afzalliklari va qo‘llanilishi o‘rganiladi. Shuningdek, psixologik yondoshuvlarning samaradorligi va ular bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlar tahlil qilinadi. Kalit sózlar: xotira, psixologik mashğulotlar, yodlash, kognitiv rivojlanish, xotirani rivojlantirish, diqqat, kognitiv jarayonlar, rivojlanish usullari,pedagogik texnikalar,innovatsion texnologiyalar, diqqatni jamlash,xotira mustahkamlash, shaxsiy rivojlanish,ijtimoiy omillar,psixologik stimulyatsiya. Abstract.This article discusses psychological exercises for memory development and their effectiveness. Memory is an integral part of human consciousness, and various types of memory can be improved through different psychological techniques and exercises. Psychological training helps strengthen and enhance memory processes and supports the effective retention of new information.
SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 9. 205 The article explores the types of memory exercises, their benefits, and their practical application. It also analyzes the effectiveness of psychological approaches and related scientific research. Keywords: memory, psychological training, memorization, cognitive development, memory improvement, attention, cognitive processes, development methods, pedagogical techniques, innovative technologies, concentration, memory strengthening, personal development, social factors, psychological stimulation. Аннотация.В данной статье рассматриваются психологические упражнения для развития памяти и их эффективность. Память — неотъемлемая часть человеческого сознания, и различные её виды можно развивать с помощью психологических техник и упражнений. Психологические тренинги способствуют укреплению и улучшению процессов памяти, а также помогают эффективно сохранять новую информацию. В статье изучаются виды упражнений для памяти, их преимущества и применение на практике. Также анализируется эффективность психологических подходов и связанные с ними научные исследования. Ключевые слова: память, психологические тренировки, запоминание, когнитивное развитие, развитие памяти, внимание, когнитивные процессы, методы развития, педагогические техники, инновационные технологии, концентрация внимания, укрепление памяти, личностное развитие, социальные факторы, психологическая стимуляция. Kirish: Xotira insonning asosiy psixologik funksiyalaridan biridir. U bizga o'rganilgan bilimlarni eslab qolish, yangi ma'lumotlarni tezda o'zlashtirish va muhim qarorlar qabul qilishda yordam beradi. Xotira jarayonlari, uning rivojlanishi va buzilishi insonning kognitiv faoliyati bilan chambarchas bog'liqdir. Xotira nafaqat o'zgarib boradigan qobiliyat, balki kognitiv jarayonlarning asosiy elementidir. Xotirani rivojlantirish uchun psixologik mashg'ulotlar ko'plab
SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 9. 206 metodlar va texnikalarni o'z ichiga oladi, ular insonning kognitiv salohiyatini oshirishga yordam beradi. Ushbu maqolada xotirani rivojlantirish uchun qo'llaniladigan psixologik mashg'ulotlarning turli usullari, samaradorligi va amaliyoti haqida so'z yuritiladi. Xususan, xotirani rivojlantirishga yordam beradigan mashqlar va texnikalar psixologiyada qanday ko'rilganligi va ularning inson psixikasi uchun qanchalik foydalidirligi tahlil qilinadi. Tahlil va Muhokama Xotirani rivojlantiruvchi psixologik mashg'ulotlar, kognitiv psixologiya va xotira jarayonlarini yanada samarali qilishda muhim rol o'ynaydi. Xotira inson ongining ajralmas qismidir va uning rivojlanishi turli omillar bilan bog'liqdir. Ushbu tahlilda xotirani rivojlantirish uchun qo'llaniladigan psixologik mashg'ulotlar va ularning samaradorligini chuqur o'rganish maqsad qilingan. Bunda xotira jarayonlari, turli xotira turlari, mashqlar va ularning foydasi ko'rib chiqiladi.Xotira haqidagi dastlabki ilmiy kuzatuv va fikrlar Sharq allomalari va Yunon faylasuflarida uchrab qoladi. Asosiy qism. Xotira bu ongimizda saqlanadigan barcha ma'lumotlar, tajribalar va bilishlarga doir jarayonlar yig'indisidir. Psixologiyada xotira jarayonlari quyidagilarga boʻlinadi: ma'lumotlarni o'rganish (yodlash), saqlash (saqlash jarayoni), tiklash (eslash) va unutish. Xotirani rivojlantirish jarayoni bu uchta asosiy bosqichni mustahkamlashni o'z ichiga oladi. R.S.Nemov bu jarayonlarni avtonom emas aqliy qobiliyatlar ular faoliyatda shakllanadi va u tomonidan belgilanadi. S.L.R.Rubinshteyn yodlash haqida shunday deydi: "muayyan materiallarni yodlash bilan hayot jarayonlarida individual tajriba tòplash bu ong ostida paydo boʻladigan tasvirlar va tasuratlarni birlashtirish voqelik predmetlar va hodisalarning sezish jarayoniga ta'sir etishi ham bevosita xotiraga boğliqdir". Mexanik yodlash material va narsalarning orasidagi aloqalarni tushunmagan holda yodlashdir. E.S.Rapatsevich "ushlab turish xotirada òrganilga, ya'ni miyyadagi iz va boğlanishlarning saqlanishidir" deydi. Xotiraning ilk psixologik nazariyalaridan
SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 9. 207 biri XVII asrda yuzaga kelgan, birinchi bòlib XVIII-XIX asrda Angliya va Germaniyada ishlab chiqilgan assotsiativ nazariya hisoblanadi. Ushbu nazariya asosida assotsiatsiya G.Ebbingauz. G.Myuller, A.Pilseker va boshqalar tomonidan ishlab chiqarilgan psixikaning alohida noyob hodisalari o'rtasidagi aloqa tushunchasi yotadi. Bu nazariyaga asosan xotira òxshashligi, vaqt va fazoviy yaqinligi bo'yicha barqaror bòlgan qisqa va uzoq muddatli assotsiatsiyaning murakkab tizimi sifatida tushuniladi. Xotiraning fiziologik asosi bosh miya yarim sharlari po'stlog'ining muvaqqat bog'lanishi va ularning keyingi faoliyatidan iborat. Xotira ko'lami, axborotlarning uzoq vaqt va mustahkam saqlanishi, shuningdek, muhitdagi murakkab signallarni idrok etish val adekvat reaksiyalarda ishlab chiqish bosh miya nerv hujayralari (neyronlar) sonining ko'payib borishi hamda uning strukturasi murakkablashuvi jarayonida o'sib boradi. Fiziologik tadqiqotlarda qisqa va uzoq muddatli xotiralar qayd etilgan. Qisqa muddatli xotirada axborotlar bir necha daqiqadan bir necha o'n minutgacha saqlanadi, neyronlar ishiga xalal berilganda (masalan, elektr shok, narkoz ta'sirida) u buziladi. Uzoq muddatli xotirada axborotlar odam umri bo'yi saqlanib turli ta'sirlarga chidamli bo'ladi. Qisqa muddatli xotira asta sekin uzoq muddatli xotiraga aylanadi. Xotira ruhiyatning o'tmish holati bilan hozirgi holati va kelgusidagi holatlarga tayyorlash jarayonlari o'rtasidagi o'zaro aloqadorlikni ko'rsatadi. Boshqa psixik hodisalar kabi xotira ham shaxsning xususiyatlari, uning ehtiyoji, qiziqishlari, odati, fe'l-atvori va shu kabilar bilan uzviy bog'liq.Xotira namoyon bo'lishdagi shakliga ko'ra, shartli ravishda emotsional xotira (his-tuyg'uni esda tutish), obraz xotirasi (narsalarning tasviri va xususiyatlarini esda tutish), so'zmantiq xotirasi (narsalarning mohiyati, mazmunini so'z bilan ifodalangan holda esda tutish) kabi turlarga bo'linadi. Bulardan insonda so'z-mantiq xotirasi yetakchi o'rin tutadi. Xotiraning barcha turi bir-birlari bilan chambarchas bog'liq holda kechadi. Psixologiyada, shuningdek, ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotiralar farq qilinadi. Ixtiyoriy xotirada muayyan materialni esda olib qolish oldindan maqsad qilib
SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 9. 208 qo'yiladi; ixtiyorsiz xotirada bunday maqsad bo'lmaydi biror faoliyatda mehnat jarayonida yoki kim bilandir suhbatlashib turilganda) o'z-o'zidan esda saqlab qolinadi. Barqarorligi jihatdan ixtiyoriy xotira ixtiyorsiz xotiradan samaraliroq. Xulosa: Xotirani rivojlantirish uchun psixologik mashg'ulotlar insonning kognitiv qobiliyatlarini oshiradi va ma'lumotlarni samarali ravishda yodlashga yordam beradi. Bu usullar orqali xotira jarayonlarini mustahkamlash mumkin, shu bilan birga, umumiy psixologik holatni yaxshilashga ham yordam beradi. Xotirani rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni kundalik hayotga tatbiq etish, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanish uchun foydalidir. Bunday mashg'ulotlar individual yondoshuv va metodlarni talab qiladi, bu esa har bir inson uchun o'ziga xos samaradorlikni ta'minlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. "Miya: bu sizning xotirangiz"- John Medina Xotira bilan bog'liq nevrologik jarayonlarni o'rganish. 2."Umumiy psixologiya" P.L.Ivanov, M.E.Zufarov O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti2008 darslik 3. "Umumiy psixologiya"- E.G'oziyev Psixologiya mutaxassisligi uchun o'quv qo'llanma. 4. Sharipova, N. (2023). PHONETICS: UNLOCKING THE SOUNDS OF LANGUAGE. B ZDIT (T. 2,Выпуск 27, сс. 22-24). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo. 10321056 5. Sharipova Nodira Shavkat Qizi,. (2024). TEACHING ENGLISH TO YOUNG