scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAXSUS EHTIYOJLI O'QUVCHILARNI BAHOLASHNING INKLYUZIV YONDASHUVLARI

Sobirova Nodira; Zoirova Navroza; Cho'liyeva Bibijamol

Full text

136 MAXSUS EHTIYOJLI O‘QUVCHILARNI BAHOLASHNING INKLYUZIV YONDASHUVLARI Sobirova Nodira Zoirova Navroza Cho‘liyeva Bibijamol Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika fakulteti Surdotarjimonlik yo‘nalishi 25/7 guruh talabalari https://doi.org/ 10.5281/zenodo.17961652 Annotatsiya: Ushbu maqolada maxsus ehtiyojli o‘quvchilarni baholash jarayonida qo‘llaniladigan inklyuziv pedagogik yondashuvlarning mazmuni, tamoyillari va amaliy mexanizmlari tahlil qilinadi. Annotatsiyada baholashning an’anaviy shakllari bilan inklyuziv baholash o‘rtasidagi farqlar ochib beriladi, shuningdek, har bir o‘quvchining individual rivojlanish xususiyatlari, ta’limga bo‘lgan ehtiyojlari va o‘qish sur’atini hisobga olgan holda moslashtirilgan baholash usullarining ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi. Kalit soʻzlar: Inklyuziv ta’lim, maxsus ehtiyojli o‘quvchilar, inklyuziv baholash, moslashtirilgan baholash, individual yondashuv, formativ baholash, summativ baholash, alternativ baholash, diagnostik baholash, differensial yondashuv. Annotation: This article analyzes the content, principles, and practical mechanisms of inclusive pedagogical approaches used in the assessment of students with special educational needs. The annotation highlights the differences between traditional assessment methods and inclusive assessment, emphasizing the importance of adapted assessment tools that take into account each learner’s individual developmental characteristics, educational needs, and learning pace. Keywords: Inclusive education, students with special educational needs, inclusive assessment, adapted assessment, individual approach, formative assessment, summative assessment, alternative assessment, diagnostic assessment, differentiated approach. Kirish Zamonaviy ta’lim tizimining asosiy maqsadlaridan biri barcha o‘quvchilarga, shu jumladan maxsus ehtiyojga ega bolalarga teng ta’lim imkoniyatlarini yaratishdan iboratdir. Inklyuziv ta’lim — bu avvalo insonparvarlik, tenglik, adolat va farqlilikni tan olishga asoslangan pedagogik jarayondir. Ushbu jarayonning eng muhim bo‘g‘ini esa — o‘quvchilarni baholashdir. An’anaviy baholash o‘quvchilarni bir xil mezonlar asosida tekshirishga urg‘u beradigan bo‘lsa, inklyuziv baholash har bir o‘quvchining o‘z imkoniyati, ehtiyoji, rivojlanish sur’ati, ijtimoiy-psixologik holatini hisobga oladi. Mazkur maqolada maxsus ehtiyojli o‘quvchilarni baholashning mazmuni, tamoyillari, metodlari, baholash mezonlarini moslashtirish, Individual Rivojlanish Dasturi (IRD) va Individual O‘quv Rejasi (IOR) asosida baholashni tashkil etishning ilmiy-pedagogik asoslari keng yoritiladi. Maxsus ehtiyojli o‘quvchilar — bu jismoniy, psixologik, sensor, intellektual yoki nutq rivojlanishidagi turli cheklovlar sababli maxsus pedagogik yondashuvni talab qiluvchi o‘quvchilardir. Ular quyidagi toifalarni o‘z ichiga olishi mumkin: eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar; ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar; intellektual rivojlanishida orqada qolgan bolalar; 137 harakat-tayanch tizimida nuqsoni bo‘lgan bolalar; kommunikativ va nutq buzilishlari bo‘lgan bolalar; autizm spektri buzilishiga ega o‘quvchilar; emotsional-behavioral buzilishlar bilan kechuvchi bolalar. Mazkur o‘quvchilarning ehtiyojlari farqli bo‘lganligi sababli baholash jarayoni ham moslashtirilgan, individual va qo‘llab-quvvatlovchi yondashuv asosida tashkil etilishi lozim. Inklyuziv baholash — bu o‘quvchining individual rivojlanish dinamikasini aks ettiruvchi, uning kuchli va zaif tomonlarini aniqlovchi, o‘sish uchun imkoniyatlar yaratishga qaratilgan jarayondir. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: o‘quvchining real o‘zlashtirish imkoniyatlarini aniqlash; o‘quvchi qaysi metod bilan samarali o‘rganishi mumkinligini aniqlash; o‘quvchiga qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratish; ta’lim jarayonini moslashtirish; pedagog va ota-onaga o‘quvchining rivojlanish sur’ati haqida doimiy ma’lumot berish. An’anaviy baholash “natija”ga urg‘u berar ekan, inklyuziv baholash “jarayon”ni ham o‘lchaydi. Har qaysi o‘quvchi qayerdan boshlagani, qayerga yetgani bilan baholanadi. Maxsus ehtiyojli o‘quvchilarni baholashning inklyuziv yondashuvlari o‘quvchilarning ta’lim olishi, rivojlanishi va jamiyatga moslashishi uchun muhim pedagogik mexanizmdir. Bunday baholash o‘quvchining imkoniyatlarini cheklamaydi, aksincha, uning ichki salohiyatini ochishga yordam beradi. Inklyuziv baholash tizimini takomillashtirish pedagogning malakasi, ota-onalar bilan hamkorlik, moslashtirilgan metodlar, IRD va IOR hujjatlarining puxta ishlab chiqilishi orqali samarali amalga oshadi. Shunday ekan, inklyuziv baholash — zamonaviy ta’limning ajralmas qismi bo‘lib, har bir o‘quvchi uchun sifatli, adolatli va qo‘llab-quvvatlovchi ta’lim muhiti yaratishga xizmat qiladi. Mamlakatimizda inklyuziv ta’limni rivojlantirish yo‘lida qator huquqiy va institutsional islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2023 -yilda yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inklyuziv ta’limni huquqiy asoslarini mustahkamlovchi normalar belgilandi. Bu esa nogironligi bo‘lgan bolalar, yetim yoki ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘quvchilar hamda boshqa maxsus ehtiyojga ega bo‘lgan shaxslarning sifatli ta’lim olish huquqini ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu yondashuv nafaqat ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, balki jamiyatda insonparvarlik, tenglik va bag‘rikenglik qadriyatlarini mustahkamlashga ham turtki beradi. Ta’lim tizimida inklyuziv yondashuvni qo‘llash pedagogik jarayonni yangi bosqichga olib chiqadi. Bu esa maktab va universitetlarda nafaqat o‘qituvchilar, balki barcha ta’lim ishtirokchilari - psixologlar, maxsus pedagoglar, ota-onalar va jamiyatning turli qatlamlari o‘rtasidagi hamkorlikni talab etadi. Inklyuziv ta’lim jarayoni nafaqat nogironligi bor bolalarni jamiyatga integratsiya qilishni, balki ta’lim olishda individual yondashuvni kuchaytirishni ham o‘z ichiga oladi. Ushbu yondashuv o‘quvchilarning ji smoniy, psixologik va ijtimoiy jihatdan qulay sharoitda o‘qishini ta’minlashga qaratilgan. Shuningdek, inklyuziv ta’lim maktab tizimining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va moslashtirishni ham talab etadi. Maktab binolarining jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar uchun mos bo‘lishi, dars jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar va yondashuvlardan foydalanish, o‘quv dasturlarining differensiyalashuvi bu borada dolzarb masalalar qatoriga kiradi. Maxsus ehtiyojli bolalarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun ta’lim sharoitlarini yaratish jamiyatda ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlashga ham xizmat qiladi. 138 Mazkur tadqiqot inklyuziv ta’lim jarayonining pedagogik va psixologik asoslarini o‘rganishga, imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim olish jarayonida duch keladigan qiyinchiliklari hamda ularni yengish usullarini tahlil qilishga qaratilgan. Shuningdek, inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirishda xorijiy tajriba va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishning ahamiyati ham ko‘rib chiqiladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida, eng avvalo, kelajak avlodning barkamol bo‘lib ulg‘ayishi, hech kimdan kam bo‘lmay dunyo arenalarini zabt etishga qodir farzandlar bo‘lib yetishishi kabi dolzarb masalalarni hal etish turadi. Ayniqsa, yetim va otaona qaramog‘isiz qolgan, nogiron, rivojlanishida nuqsoni bor bolalarning ijtimoiy himoyasi hamisha davlat va jamiyatning ustuvor vazifasi hisoblangan. Ushbu vazifani amalga oshirish borasida O‘zbekiston Respublikasida rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan kishilarning huquq va erkinliklarini, teng imkoniyatlarini ta’minlash, turmush faoliyatidagi cheklanish, chegaralarni bartaraf etish, ta’limni tashkil etish va boshqarishga zamonaviy yondashuv, uning sifati va samaradorligini oshirish, jamiyatda aholining turli qatlamlari uchun ta’limning uzviylik va uzluksizligini ta’minlash borasida talaygina ishlar amalga oshirib borilmoqda. Bolalik bosqichida inson psixologo-pedagogik jihatdan kuchli ta’sirlanadi, o‘sib kelayotgan bola organizmi, uning miya tuzilishining ichki imkoniyatlari chegarasizligini inobatga olgan holda tashkil etilgan korreksion-pedagogik, psixologik hamda tibbiy ishlar bolaning birlamchi nuqsonini kamaytirib, ikkilamchi nuqsonlarning oldini olishga yordam beradi. Bularning hammasi rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolani mustaqil, hech kimga qaram bo‘lmagan holda hayot kechirishga tayyorlash omillaridir. Bu jarayon quyidagilarda nomoyon bo‘ladi. Jumladan: sog‘lom bolalarning ehtiyojlarini qondirish; ijtimoiy hayotga erta moslashtirish; imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarni oilalardan ajralmagan holda yashash huquqini ro‘yobga chiqarish; jamiyatda alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchi va o‘smirlarga nisbatan do‘stona va mehr-muhabbatli munosabatni shakllantirish; inklyuziv va tabaqalashtirilgan sinflar bilan ishlashda yangicha pedagogik qarashlar; dars davomida barcha o‘quvchilarning ishiga ijobiy hissiy kayfiyatni yaratish; o‘quvchilarni vazifalarni bajarishning turli usullarini tanlash va mustaqil va guruhda ishlashga undash imkoniyatlarini kengaytirish usul va vositalari. O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida (2023-yil, 30-aprel) inklyuziv ta’limga ustuvor o‘rin ajratilib, uning huquqiy me’yori asoslab berildi. 1 Mamlakatimiz qomusida ko‘rsatilgan bu norma inklyuziv madaniyatni rivojlantirish jamiyat hayoti uchun nihoyatda zarurligidan dalolat beradi. Inklyuziv ta’limning konseptual asoslarini yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan harakatlar jamiyatda inklyuziv madaniyatning keng tarqalishiga xizmat qiladi. Chunki inklyuziv ta’lim nafaqat nogiron ligi bor shaxslarni, balki, migratsiya jarayoni subyektlari, boshqa millat vakillari va o‘ziga xoslikka ega bo‘lgan barcha ta’lim oluvchilarga nisbatan o‘zgacha yondashuvni ifodalaydi. Inklyuziv madaniyatni rivojlantirish madaniyati insonparvarlik, tolerantlik, tenglik prinsiplariga asoslanib, inklyuziyaga ega bo‘lgan barcha yoshlarning ta’lim olish imkoniyatini ta’minlashi lozim. Inklyuziv ta’lim barcha o‘quvchilar orasidagi farqli jihatlarni tushunishga asoslangan qadriyat demakdir. Inklyuziv ta’lim o‘ziga xoslikka ega bo‘lgan barcha o‘quvchilarning bilim olish, o‘qib-o‘rganish layoqatini tan olish asosida amalga oshiriladi. Inklyuziv ta’lim jarayonida har bir o‘quvchining ehtiyojlari hisobga olinadi. Inklyuziv ta’limni tashkil etish jarayonida integratsiya nuqtai nazaridan ta’lim-tarbiya va rivojlanish muammolarini hal etishda alohida ta’lim ehtiyojli bolaga zarur psixologik -pedagogik 139 yordam ko‘rsatuvchi sinf rahbari, maxsus o‘qituvchi, psixolog, tyutor yetakchi rol o‘ynaydi. Ular faoliyatining asosiy maqsadi alohida ta’lim ehtiyojli bolaning noto‘g‘ri moslashishini oldini olish, ta’lim jarayoni ishtirokchilari bilan muammoli o‘zaro munosabatlarda tanqidiy vaziyatlarning paydo bo‘lishini oldini olishga yordam berishadi. Inklyuziv ta’limda psixologik qo‘llab-quvvatlashning maqsadi har xil. Boshlang‘ich imkoniyatlariga ega bo‘lgan barcha toifadagi bolalarning sifatli ta’limga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqib maqsadlarini ta’kidlaydigan bo‘lsak, asosiy maqsadl ar: inklyuziv ta’lim jarayonini samarali psixologik-pedagogik qo‘llab quvvatlash; tizimini tashkil etish alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarni moslashtirish, tuzatish va ijtimoiylashtirish jarayonining samaradorligini ta’minlash; yosh avlod ongida tolerantlik munosabatlarini tarbiyalash; dars davomida barcha o‘quvchilarning ishiga ijobiy hissiy kayfiyatni yaratish; Ta’limning har qanday turi avvalo maktab bilan bog‘lanishi barchaga ma’lum. Inklyuziv ta’limni maktab darajasida olib qaraganimizda, integratsiyani muvaffaqiyatli kiritishga bir necha o‘zaro bog‘liq omillar ta’sir ko‘rsatadi. Inklyuziv ta’limda maktabdagi jismoniy sharoit ham katta o‘rin tutadi. Demak inklyuziv ta’lim maxsus ehtiyojli, nogiron bolalar ham faqat maxsus maktablarda emas, balki sog‘lom bolalar o‘qiydigan umumta’lim maktablarida ham ta’lim-tarbiya olishlari mumkin ekanligini e’tirof etar ekan, buning uchun maktab ham, o‘qituvchi-tarbiyachilar ham inklyuziv ta’lim tizimiga tayyor bo‘lishi, maktab darajasi, jismoniy sharoit va o‘qishga imkon omillari shu ta’lim talablariga to‘la javob berishi kerak. Oddiy qilib aytadigan bo‘lsak, barcha maktablar eshigiga o‘quvchilar zinapoyalar orqali kirib boradilar. Lekin bu zinapoyalardan maxsus aravachalarda yuradigan nogiron bolalar ko‘tarila olmaydilar, hatto qo‘ltiqtayoqda yuradigan bolalar ham, qiynalishlari mumkin.O‘quv rejasini differensiyalash o‘qituvchilarda o‘z ishlariga ijodiy yondashishni taqozo etadi. Maktab ma’muriyati buning uchun o‘qituvchilarga imkon yaratib berishi kerak. Bunday ijodiy yondashuv o‘quv rejasiga qattiq talab qo‘yilgan joylarda birmuncha qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. "Bolalarni qutqaring" (Buyuk Britaniya) tashkiloti, uning boshqa mamlakatlardagi tashkilotlari inklyuziv ta’limdagi asosiy to‘siqlarni xalq ta’limi tizimi va maktablarga qo‘yadi. Bizning fuqarolik jamiyatiga qadam qo‘yayotgan davlatimizda esa bunday to‘siqlarni o‘z-o‘zini boshqarishning milliy modeli bo‘lgan mahallalarda hal etish mumkin. Maxsus ehtiyojli bolalarni ta’lim tarbiyasida tenghuquqlilik muammosini hal etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Alohida yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb qilishning ikki asosiy omili bor: Birinchidan, alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar ham sog‘lom bolalar bilan birgalikda o‘zaro faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa, maxsus ehtiyojli bolalar ijtimoiy tomondan himoyalanadilar, sog‘lom bolalar esa ijtimoiy adolat va tenglikning tan olinishi buyukligini nogiron bolalarga nisbatan yanada mehribon va e’tibor bilan munosabatda bo‘lishni his etadilar. Ikkinchidan, nogiron bolalar ham sog‘lom tengdoshlari bilan yonmayon o‘qish, tarbiyalanish huquqiga ega ekanligi. Bu ishlarni muvaffaqiyati har bir davlatning qonunlarida aks etilishi zarur. Chunki, qonunlar, ularni kerakli moddiy va ma’naviy resurslar bilan ta’minlanishini amalga oshirishni kafolatlaydi. Imkoniyati cheklangan bolalar o‘quvchilarga ta’lim berishda, ot a-onalar, mahallalar mutaxassislar, pedagoglar, hamkorligida faoliyat ko‘rsatishlarini talab qilinadi va majburiy shart hisoblanadi. Alohida ehtiyojli bolalar ham sog‘lom tengdoshlari bilan birgalikda o‘z qobiliyat darajasida faoliyat ko‘rsatish, ta’lim olishi, kasb-hunar o‘rganishi va rivojlanishi mumkin. 140 Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa maxsus yordamga muhtoj bolalar ijtimoiy tomondan himoyalandilar, ijtimoiy hayotda teng huquqliligini, o‘z tengdoshlari bilan birga bilim olishlari m umkinligini his etadilar. Alohida ehtiyojli bolalar uchun tashkil etilgan segregasionmaxsus, yopiq turdagi muasasalarda bolalardagi mavjud nuqsonlar ancha-muncha yuqori darajada korreksiyalansada, ammo bolalarning maktab jamoasidagi tor doiraga tushib qolishlari natijasida ijtimoiy jamiyatga moslashishi, kelajakda normal rivojlanishdagi boalalar qatori faoliyat yuritishlarida juda katta qiyinchiliklarga duch keladilar. Maxsus maktablar mana shu jihatlari bilan juda katta kamchiliklarga ega. Bundan tashqari maxsus ehtiyojli bolalarni barcha qatori keng jamoatchilik davrasidan ajratgan holda yashashlari ham demokratiya nuqtai nazariga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki maxsus ehtiyojli bolalar ham barcha qatori haq huquqlarga ega. Inklyuziv madaniyatni shakllantirish, targ‘ib qilish, inklyuziv-madaniy maydonni vujudga keltirish, jamiyatning har bir a’zosida inklyuziv dunyoqarashni tarkib toptirish zaruriyatini kuchaytiradi. Inklyuziya faqat salomatligida muammosi bor shaxslarga xos tushuncha emas, balki, boshqa millat vakillariga nisbatan qo‘llaniladigan madaniyatni anglatuvchi atamadir. Bunday shaxslar o‘zining e’tiqodi, madaniyatidagi o‘ziga xosligi, tili va dunyoqarashi bilan o‘zaro farqlanadi. Mazkur insonlarning shaxsiyatiga nisbatan hurmat bilan qarash, ularga insoniy munosabatda bo‘lish O‘zbekiston jamiyatining har bir a’zosi uchun muhim axloqiy sifat va madaniyat ko‘rsatgichi hisoblanadi. Shuning uchun ham jamiyat a’zolarining inklyuziv madaniyatni egallashi o‘qituvchilar, ota-onalar, o‘quvchilar uchun bo‘lib ularning madaniy rivojlanishini ta’minlovchi hodisa hisoblanadi. Davlatimizning ustuvor siyosati yosh avlodni aqlan teran, jismonan sog‘lom, ma’nan e tuk, har tomonlama rivojlangan komil inson qilib voyaga etkazishdan iborat. Buyuk mutafakkirlarimizning asarlarni tahlil qilar ekanmiz, ular o‘z asarlari bilan nogiron bolalar ta’lim tarbiyasi mazmunining boy metodologik asoslarin yaratganliklarining guvoh imiz7. Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiy kabi buyuk mutafakkirlarimizning barchasi jamiyatni bir butun deb qarab, barcha insonlarni teng - deb hisoblaganlar. Demak, maxsus ehtiyojli bolalarga ham jamiyatning teng huquqli a’zosi sifatida ta’lim tarbiya berish hozirgi zamonga o‘xshab o‘sha XI-XII asrlardayoq buyuk K,harq mutafakkirlarining ham diqqat markazidan chetda qolmagan. Xulosa Inklyuziv ta’limning joriy etilishi imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim olish huquqlarini ta’minlash, ularni jamiyatga moslashtirish va o‘z tengdoshlari bilan teng huquqli sharoitda rivojlanishiga imkon yaratadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya sining yangi tahririda inklyuziv ta’lim bo‘yicha huquqiy asoslarning mustahkamlanishi ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Inklyuziv ta’limni rivojlantirish jarayonida pedagogik yondashuvlarning yangilanishi, maktab va universitetlarda o‘quv muhitining moslashtirilishi, psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash tizimining takomillashtirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, inklyuziv madaniyatning shakllanishi barcha ta’lim oluvchilar o‘rtasida tenglik va hamkorlik tamoyillarini rivojlantiradi. Shu boisdan, inklyuziv ta’limni to‘laqonli amalga oshirish uchun nafaqat ta’lim tizimida, balki jamiyatda ham inklyuziv qadriyatlarni keng targ‘ib qilish zarur. 141 Adabiyotlar, References, Литературы: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 2020-yil 30-sentabr. (http: //marifat.uz/marifat/ruknlar/) 2. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi. Lex.uz. 3. BMTning "Nogironlar huquqlari to‘g‘risida"gi Konvensiyasi (UNCPRD) 2006-yil 13-dekabr. 4. O‘zbekiston Respublikasining 2020-2025-yillarda Xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi.( https://lex.uz/docs/-50447ll)