scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEK HUJJATCHILIGINING TARIXIY RIVOJI

Normurodova Zarifa Ruziqulovna; Pardayeva Sevinch Rustam qizi

Abstract

Ushbu maqolada hujjat va hujjatchilikning paydo bo‘lishining tarixiy ildizlari haqida so‘z yuritilgan bo‘lib, hujjat so‘zining lug‘aviy ma’nolari va uning tarixi tadrijiy tarzda tahlilga tortilgan. Unda hujjatchilikning qadimgi So‘g‘d davriga borib taqaluvchi ildizlari, o‘rta asrlar va xonliklardagi rasmiy hujjat turlari (yorliq, farmon) hamda sovet davridagi markazlashgan standartlashuv bosqichlari tahlil qilinadi. Hujjatchilikning davlat boshqaruvi samaradorligini oshiruvchi strategik vosita ekanligi yoritilgan.

Full text

512 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 O‘ZBEK HUJJATCHILIGINING TARIXIY RIVOJI Normurodova Zarifa Ruziqulovna Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi. Pardayeva Sevinch Rustam qizi Termiz davlat universiteti 1-kurs talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17961915 Annotatsiya. Ushbu maqolada hujjat va hujjatchilikning paydo bo‘lishining tarixiy ildizlari haqida so‘z yuritilgan bo‘lib, hujjat so‘zining lug‘aviy ma’nolari va uning tarixi tadrijiy tarzda tahlilga tortilgan. Unda hujjatchilikning qadimgi So‘g‘d davriga borib taqaluvchi ildizlari, o‘rta asrlar va xonliklardagi rasmiy hujjat turlari (yorliq, farmon) hamda sovet davridagi markazlashgan standartlashuv bosqichlari tahlil qilinadi. Hujjatchilikning davlat boshqaruvi samaradorligini oshiruvchi strategik vosita ekanligi yoritilgan. Kalit so‘zlar: Hujjatchilik tarixi, hujjat yuritish, So‘g‘d hujjatchiligi, rasmiy hujjatlar, sovet hujjatchiligi, standartlashuv jarayoni. HISTORICAL DEVELOPMENT OF UZBEK DOCUMENTATION Abstarct. This article discusses the historical roots of the emergence of documents and documentation, and analyzes the lexical meanings of the word document and its history in a step-by-step manner. It analyzes the roots of documentation dating back to the ancient Sogdian period, the types of official documents (label, decree) in the Middle Ages and khanates, and the stages of centralized standardization in the Soviet era. It highlights the fact that documentation is a strategic tool that increases the efficiency of state administration. Key words: History of documentation, document management, Sogdian documentation, official documents, Soviet documentation, standardization process. ИСТОРИЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ УЗБЕКСКОЙ ДОКУМЕНТАЦИИ Аннотация. В данной статье рассматриваются исторические корни возникновения документов и документирования, поэтапно анализируются лексические значения слова «документ» и его история. Анализируются корни документирования, восходящие к древнесогдийскому периоду, виды официальных документов (ярлык, указ) в средние века и ханства, а также этапы централизованной стандартизации в советское время. Подчеркивается, что документирование является стратегическим инструментом, повышающим эффективность государственного управления. Ключевые слова: История документооборота, документооборот, согдийская документация, официальные документы, советская документация, процесс стандартизации. Insoniyat qadim zamonlardan buyon qonun-qoidalar asosida yashamoqda. Qonunlar hayotimizni bir maromda, rejali bo‘lishini ta’minlaydi. Albatta, qonunlar, farmonlar hayotimizning, jamiyatimizning turli sohalarini rivojlantirish, takomillashtirish uchun xizmat qiladi. Biz qonunlar, hujjatlar bilan ishlar ekanmiz, albatta, hujjatchilik tarixini ham bilishimiz kerak bo‘ladi. Avvalo, hujjat so‘zining lug‘aviy ma’nosiga nazar solsak. Besh jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” da hujjat terminining 3 ta ma’nosi ko‘rsatilgan. 1.Kimsaning kimligini (shaxsiyatini), mashg‘ulotini, biror tashkilotga a’zoligini tasdiqlovchi guvohnoma (pasport, guvohnoma, talabalik bileti, a’zolik bileti va shu kabilar ). 2. Biror ish-faoliyat yoki narsaga haq-huquq va shu kabilarni ko‘rsatuvchi, tasdiqlovchi ish qog‘ozi. 3. Ilmiy, ijtimoiy yoki tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan yozuvlar, suratlar, asar yoki adabiyotlardir. 513 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 O‘rxun-Yenisey yozuvlari eng qimmatli hujjatlardir. 1 Shuningdek, u ijtimoiy tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan yozuv va suratlar, asar yoki adabiyot ma’nosini ham Bobilning milloddan avvalgi 1792-1750-yillardagi shohi Xamurapining adolatpesha qonunlar majmuyi, undan ham qadimiyroq shoh Ur-Nammuning qonunlari va boshqa manbalarning mavjudligi “hujjatlar” deb atalgan tartib vositalarining qanchalik olis va murakkab tarixga ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin 2 . Turkiy xalqlarda hujjatchilik paydo bo‘lishini X asr va undan olgingi asrlarga borib taqalishini aytishadi. Bu fikrlarni asoslovchi ma’lumotlar ham bor. M.Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida “Bushug‘” so‘zi uchraydi. U elchiga qaytib ketish uchun beriladigan ijozat qog‘ozi, shuningdek, elchilarga beriladigan sovg‘a ma’nolarini bildiradi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilik” asarida yorliq va noma ma’nosi o‘rnida “bildirgulik” so‘zi ishlatilgan. Hozirgi kunda faol qo‘llanishga o‘tgan “bildirishnoma”, “bildirish” shu so‘zdan olingan. Sho‘rolar davrida bu so‘z “raport” deb yuritilardi 3 . Bu o‘rinda To‘xtamishxonning 1393-yilda polyak qiroli Yag‘ayalga yo‘llagan yorlig‘i, Temur Qutlug‘ning 1397-yildagi yorlig‘i, Zahiriddin Boburning otasi Umarshayx Mirzoning marg‘ilonlik Mir Sayid Ahmad isimli shaxsga 1469-yilda bergan yorlig‘i, Toshkent hokimi Yunusxo‘janing 1797-yil 2– iyinda Peterburgga Rossiya podshosiga o‘z elchilari orqali yuborgan yorlig‘, Nikolay Ostraumovning Turkiston arxeologlar xavaskorlari to‘garagining 1897-yil 29-avgustdagi majlisida Amir Temurning Ahmad Yassaviy mozoriga bergan yorlig‘i haqidagi ma’ruzasi va shu kabilarni misol keltirish mumkin 4 . Mamlakatimiz arxivlarida saqlanyotgan eng qadimiy hujjat IX asrga tegishli bo‘lib, u Buxoro amiri Ismoil Somoniyning o‘z avlodlariga atab vaqf qilingan yerlar haqidagi hujjatidir. Arxivlarda 1500 dan ortiq vaqf hujjati kollektsiyasi saqlanib, ularning eng uzuni 83 metr, eng qisqasi 20 santimetrni tashkil etadi. Hujjatlar teri, qog‘oz, kal’kaga bitilgan. Saqlanayotgan qadimiy hujjatlar, asosan, arab, fors-tojik, eski o‘zbek va rus tillarida bitilgan. Arxiv hujjatlari davriylik nuqtai nazaridan uch davrni qamrab oldi: 1917-yilgacha bo‘lgan tarixiy davr, 1917-1991-yillar va 1991-yildan hozirgi kungacha bo‘lgan mustaqillik davri. Arxivlarda 800 ming saqlov birligidan ortiq alohida qimmatli hujjatlar saqlanmoqda. “Vaqf hujjatlari kollektsiyasi”, “Xiva xonlari kantselyariyasi”, “Buxoro amirligi”, “Qo‘qon xonligi” va boshqalar shular jumlasidandir. O‘zbekistonda arxivlarning paydo bo‘lishi uch ming yillik davlatchilik tarixi bilan bog‘liq. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish sharoitida an’anaviy saroy, diniy va shaxsiy arxivlar bilan bir qatorda devon, kutubxona va madrasalarda ham hujjatlarni jamlash hamda saqlash rivojlangan. Markaziy Osiyo hukmdorlarining bugungi kungacha saqlanib qolgan arxiv hujjatlari, asosan, mukofotlar berish to‘g‘risidagi qaydlar, soliqlarning to‘lov qog‘ozlari, iqtisodiy mazmundagi yozishmalar va kamdan-kam hollarda hujjatlar nusxasidan iborat. Saroylarda ish yuritish va hujjatlarni saqlash bilan shug‘ullanuvchi devonbegi, parvonachi, kitobdor, shotir kabi lavozimlar bo‘lgan. Vatanimiz hududida qadimdan arxivlarning mavjud bo‘lgani Tuproqqal’a xarobasida olib borilgan arxeologik qazishmalar paytida isbotlangan. Bu yerda milodiy III-IV asrlarga oid qadimgi xorazm tilida yozilgan yuzga yaqin hujjat topildi. Ular Xorazm hukmdorlari arxiviga tegishli ekani aniqlandi. Hujjatlarning 18 tasi yog‘ochga, ko‘pi oshlangan charmga yozilgan. Sakkizta hujjat yaxshi saqlangan. 1 O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 2-jild Z.M.Ma’rufov tahriri ostida. 709-bet. 2 M.Aminov, A.Madvaliyev, N.Mahkamov, N.Mahmudov. Ish yuritish (amaliy qo‘llanma).2003 3 Z.M.Jo‘rayev.Zamonaviy davlat ish yuritish nazariyasi,amaliyoti va boshqaruvini me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash.2011. 4 ЦГВИА РФ, Архив внешней политики России. Фонд Ташкентские дела, опись III/I, дело № 1, опись 132/1, дело № 6, Q.Sodiqov. Eski uyg‘ur yozuvi. 1989-yil. 514 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Hozirgi kunga qadar yuzga yaqin hujjatdan atigi 26 tasini olimlar o‘qishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, Xiva xoniga yozilgan murojaat ko‘pchilikning e’tiborini tortadi. Ushbu maktub xonlikda ancha yillar xizmat qilgan qul tomonidan yozilgan bo‘lib, hukmdordan uni qullikdan ozod qilishini so‘ragan. Uning yozishicha, “Qirqquloq” degan mavzeda ota-bobolari yashab o‘tgan va qarindosh-urug‘lari ham shu manzilda istiqomat qiladi. Xizmatkor o‘z maktubida shu manzilga borib hayotini davom ettirish uchun xondan izn so‘ragan. 5 Qadimgi So‘g‘d davlatchiligi hududida hujjatchilik an’analari juda erta shakllangan bo‘lib, bu jarayon davlat boshqaruvining ichki ehtiyojlari bilan bog‘liq holda rivojlangan. So‘g‘diy yozuv miloddan avvalgi III-II asrlarda shakllangan bo‘lib, o‘lkamiz madaniyati tarixida muhim rol o‘ynadi. Bu yozuv ijtimoiy va madaniy hayotning hamma sohalarida keng qo‘llangan. Muhimi shundaki, so‘g‘diy yozuv orqali bizgacha eramiz boshlaridan to X-XI asrlarga qadar yozilgan ko‘plab noyob yodgorliklar yetib kelgan. Ular orasida turli davr va hududlarga oid ko‘plab numizmatik materiallar (tanga yozuvlari), metall, sopol, yog‘och, charm, qog‘oz va boshqa buyumlarga bitilgan matnlar, shaxsiy maktublar, diniy, axloqiy-falsafiy matnlarning parchalari, xo‘jalik, huquqiy va diplomatik hujjatlar bor Bu esa, so‘g‘d yozuvining mintaqalar bo‘ylab keng tarqalganligining isbotidir. So‘g‘d yozuvlari namunalari Markaziy Osiyo mintaqasidan, jumladan, Afrosiyob, Panjikent, Mug‘ tog‘i, Yerqo‘rg‘on, Sharqiy Turkiston, Turkmaniston, Pokiston, Mongoliyadan va boshqa joylardan topilgan. Bu esa, so‘g‘d yozuvining mintaqalar bo‘ylab keng tarqalganligining isbotidir. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, so‘g‘d yozuvi dastlab mil.avv. III asrlarda paydo bo‘lgan. So‘g‘d yozuvlari dastlab Zarafshon vohasidan topilgan kumush tangalarda uchragan. Bu tangalar mil.av. II-I asrlarga taalluqli edi. Tangalarda so‘g‘d yozuvlari keng tarqalgan davr mil.av. I asrdan to milodiy IV asrlargacha to‘g‘ri keladi, deyish mumkin. So‘g‘d yozuvlari namunalari ro‘zg‘or buyumlarida ham uchragan. Masalan, Uraldagi Kopchik qishlog‘idan tavoq, Perm viloyatidan esa kumush ko‘zacha topilgan. Ular hozirda Sankpeterburgdagi Ermitajda saqlanmoqda. “So‘g‘d arxivi”dagi so‘g‘dcha nikoh guvohnomasi 710-yilning 25-martida yozilgan boʻlib, unda turk zodagoni Uttakinning so‘g‘d ayoli Dugʻdgunchaga uylanishi rasmiylashtirilgan hamda kelin bilan kuyovning vazifa, burch va majburiyatlari bayon etilgan. Shuningdek, yer xarid qilish, tegirmonni ijaraga olish, xarajatnoma va oʻzaro yozishmalardan iborat bir qator nodir hujjatlar So‘g‘d podsholigi davrida xalq hayotining qanday bo‘lganligini oʻrganish uchun muhim manba bo‘ ladi 1906-yilda A.Steyn boshchiligidagi ingliz ekspedisiyasi Sharqiy Turkistonning Dunxuan yaqinidan so‘g‘d yozuvida yozilgan Eski xatlar matnlarini topgan. Eski xatlar to‘plamida 9 ta xat joy olgan bo‘lib, ular Sharqiy Turkistondagi savdo faktoriyalarida yashagan so‘g‘dliklarning Samarqand, Dunxuan va boshqa joylardagi o‘z yaqinlariga va qarindoshlariga yozgan maktublaridir. Matnlar tarixiy-filologik nuqtai nazardan tahlil qilinib, IV asrda yozilgan degan xulosaga kelingan. 1956-yilda mongol arxeologi S.Dorsuren Mongoliyaning Bugut qishlog‘idagi IV-VIII asrlarga taalluqli qabrlarni kovlayotganda to‘rtburchak toshga so‘g‘d yozuvi bitilgan yodgorlikni topgan. Tosh yodgorligining balandligi 1,98 sm, eni 70 sm, qalinligi 20 sm bo‘lgan. Topilmaning uch tomonida so‘g‘d tilidagi so‘g‘d yozuvi, orqa tomonida esa braxma yozuvi yozilgan edi. Bu topilma tarixda Bugut yozuvi nomi bilan ma’lum 6 O‘rta Osiyo mintaqasida mavjud bo‘lgan Qo‘qon va Xiva xonliklari va Buxoro amirligida o‘ziga xos tarzda ish yuritish, hujjatchilik shu bilan birgalikda arxiv tizimi xususida XX asrning birinchi choragiga 5 https://yuz.uz/uz/news/ 6 https://oefen.uz/uz/documents 515 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 qadar aniq ma’lumotlar yo‘q edi. XX asrning 30-yillarida O‘rta Osiyo xonliklarida arxivlar bo‘lganligi o‘z tasdig‘ini topdi. Bular Qo‘qon va Xiva xonlari, Buxoro amirligi Qo‘shbegi arxivlari bo‘lib, ularda XVIII-XIX asrga oid hujjatlarning ma’lum qismi saqlanib qolgan. Xiva xoni saroyidan Sharq qo‘lyozmalaridan iborat 300 ga yaqin kitob, 129 nomda 140 jild tarixiy asarlar, 20 nafar shoirlarning 30 jildli asarlari, 50 jildli 40 ta huquqiy-diniy asar, bundan tashqari 18 ta Qur’on va 50 ta darslik kitoblari to‘planganini ma’lum qiladi. A.Kun Xiva xonligi hujjatlari asosidagi dalolatnomasida quyidagicha fikr bildirgan. “Xon saroyi musodara qilinganida, qo‘lyozmalar bilan birgalikda hujjatlar ham to‘plandi. Bu hujjatlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: birinchi guruhga xonlikning daromadlari va xarajatlariga doir daftarlar hamda bir qancha vaqf va mulk hujjatlarini, ikkinchi guruhga xatlar va diplomatik yozishmalarni kiritish mumkin. Daftarlar orasida pul soliqlariga doir yozuvlar (solg‘ut), zakot daftarlari va Matmurod devonbegining xon xarajatlari to‘g‘risidagi hisobotlari bor. So‘ngra shu hujjatlar orasida Buxoroda, G‘azalida, Istanbulda va boshqa joylarda savdo-sotiq ishlari bilan yashab turgan Xivaliklarning Xonga yuborgan iltimosnomalari, nizolarini hal qilib berish to‘g‘risida yozilgan imkoniyatnomalar, biror mansab berish to‘g‘risidagi iltimosnomalar va shu kabilar bor. Diplomatik hujjatlar orasida OstIndiya general gubernatorlari Narsbrukning xati, Turkiya sultonining xatlari va farmonlari, rus elchisi podpolkovnik Danilevskiy bilan Xiva xoni o‘rtasida tuzilgan ahdnoma hamda Turkiston general gubernatori tomonidan xonga yuborilgan bir nechta maktub mavjud” 7 Hujjatchilik jarayonida kotiblar - ya’ni maxsus tayyorgarlikka ega yozuvchilar - muhim kasb sifatida shakllanib, davlat boshqaruvining alohida bo‘g‘ini sifatida faoliyat yuritgan. So‘g‘d davlatchiligida hujjatlarning ayrimlari hukmdor farmonlari va siyosiytopshiriqlarni aks ettirgan bo‘lsa, boshqalari soliqlar, yer egaligi, meros bilan bog‘liq huquqiy masalalarni tartibga solgan. Mug‘ tog‘ida topilgan Devashtich arxivi So‘g‘d davlat boshqaruvining rasmiy yozishmalari muntazam yuritilganini aniq ko‘rsatadi. Ushbu arxivdagi matnlar davlat amaldorlari o‘rtasidagi yozishmalar, hokimiyat qarorlarini hujjatlashtirish, ma’muriy buyruqlarni rasmiylashtirish an’anasining chuqur ildizlarga ega ekanini tasdiqlaydi. Bu hujjatlar So‘g‘d davlat tizimida yozma tartibotning oddiy amaliy jarayon emas, balki siyosiy boshqaruv va ijtimoiy tartibning asosiy kafolati bo‘lganini ko‘rsatadi. Shu tariqa, So‘g‘d davlatchiligi hududida shakllangan hujjatchilik tizimi - Markaziy Osiyoda davlat boshqaruvi yozma hujjatlarga tayanib olib borilgan eng qadimgi va eng mustahkam shakllardan biridir. Bu an’ana keyingi asrlarda mintaqaning boshqa siyosiy tuzilmalariga ham ta’sir ko‘rsatib, boshqaruv va hujjat yuritish madaniyatining tarixiy poydevoriga aylangan. O‘rta asrlar va keyinchalik shakllangan Movarounnahr xonliklarida rasmiy hujjat yuritish an’analari davlat boshqaruvining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan. Bu davrda markazlashgan hokimiyatning shakllanishi, soliq va yer tizimining tartibga solinishi hamda diplomatik aloqalarning kuchayishi rasmiy hujjatlarning turlicha shakllarda rivojlanishiga olib keldi. Davlat boshqaruvi, harbiy-ma’muriy faoliyat va sud-huquq tizimi yozma tartibotga suyanib ish yuritgan. Xonliklar davrida eng muhim rasmiy hujjatlar qatoriga farmonlar, yorliqlar, buyruqlar, bitimlar, arznomalar va hujjatlarning tasdiq qog‘ozlari kirgan. Sulola yoki xon tomonidan berilgan farmon hukumatning oliy irodasini aks ettirgan bo‘lib, unda ma’muriy lavozimlarga tayinlash, soliq imtiyozlari berish, jazolash yoki mukofotlash kabi masalalar rasmiylashtirilgan. Farmonlar odatda xonning shaxsiy muhrlari bilan tasdiqlangan hamda maxsus kotiblar tomonidan ko‘chirilib, arxivlarda saqlangan. 7 Йўлдошев М. Хива хонлигида феодаллaр эгалиги ва давлат тузилиши. –Тошент:Ўздавнашр,1959.-Б.18. 516 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Yorliqlar esa ko‘proq siyosiy va diplomatik ahamiyatga ega bo‘lgan rasmiy hujjatlar hisoblangan. Ular xonning boshqa davlatlarga, elchilarga, din arboblariga yoki yirik yer egalari va beklik boshliqlariga bergan huquqiy imtiyozlari, himoya kafolatlari yoki siyosiy ko‘rsatmalarini o‘z ichiga olgan. Yorliqning rasmiy kuchi uning mazmunidan ko‘ra xonning muhriga bog‘liq bo‘lgan. Davlat boshqaruvida keng ishlatilgan hujjatlardan yana biri - buyruq yoki hukm bo‘lib, ular mahalliy hokimlar va amaldorlarga qaratilgan ma’muriy ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan. Bunday hujjatlarda soliq yig‘ish, tartib-taomillarni bajarish, sud ishlarida qarorlarni ijro etish kabi ko‘rsatmalar berilgan. Bu hujjatlar ko‘pincha devon (idora) kotiblari tomonidan rasmiylashtirilgan va ular maxsus daftarlar - daftarlarda qayd etilib borgan. Xulosa qilib aytganda, o‘zbek hududida hujjatchilik qadimdan boshlab uzluksiz rivojlanib, har bir davrda yangi mazmun va shakllar bilan boyigan. So‘g‘d davlatchiligi davrida yozma hujjatlar boshqaruvning asosiy tayanchi sifatida shakllangan, o‘rta asrlar va xonliklarda esa farmon, yorliq va buyruq kabi rasmiy bitiklar siyosiy tartibotning mustahkam huquqiy asosiga aylangan. Sovet davri esa hujjat yuritishni to‘liq markazlashtirib, uni yagona me’yorlar, standartlar va qat’iy tartiblar asosida olib boriladigan tizim darajasiga ko‘tardi. Shu tariqa, hujjatchilikning tarixiy shakllanish jarayoni bugungi zamonaviy boshqaruv madaniyatining asosiy poydevorini yaratdi. Davlatimiz rahbari 2019-yil 21-oktyabr kuni imzolagan “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida haqli ravishda alohida qayd etganidek, “Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini ta’minlash, bu borada, avvalo, o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga jiddiy ahamiyat qaratishi tabiiydir”. O‘zbek hujjatchiligining tarixiy rivoji milliy davlat boshqaruvi, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va huquqiy tafakkur shakllanishining ajralmas qismi bo‘lib, u qadimgi bitiklardan tortib hozirgi zamonaviy elektron hujjatchilik tizimlarigacha izchil taraqqiy etib kelmoqda. Turli davrlarda yaratilgan yozma manbalar — qadimgi turkiy bitiklar, Temuriylar va Xonliklar davri farmonlari, jadidlarning islohiy yondashuvlari hamda sovet ma’murchilik an’analari — bugungi hujjatchilik maktabining shakllanishida muhim o‘rin tutdi. Mustaqillik yillarida esa hujjatchilik tizimi tubdan isloh qilinib, davlat tili me’yorlariga mos, aniq, ixcham va huquqiy jihatdan pishiq hujjat yuritish tamoyillari mustahkamlandi. Bugungi kunda elektron hujjat aylanishi, raqamli arxivlar, yagona davlat xizmatlari platformalari hujjatchilik faoliyatining samaradorligini oshirib, ish yuritishda shaffoflik, tezkorlik va aniqlikni ta’minlamoqda. Xulosa qilib aytganda, o‘zbek hujjatchiligi o‘zining ko‘p asrlik an’analari va zamonaviy innovatsiyalar sintezi asosida takomillashib borayotgan mustahkam tizimga aylandi. Mazkur jarayonlarni o‘rganish esa milliy huquqiy-madaniy merosni chuqur anglash va zamonaviy hujjatchilik amaliyotini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 2-jild Z.M.Ma’rufov tahriri ostida. 709-bet. 2. M.Aminov, A.Madvaliyev, N.Mahkamov, N.Mahmudov. Ish yuritish (amaliy qo‘llanma).2003 3. Z.M.Jo‘rayev.Zamonaviy davlat ish yuritish nazariyasi,amaliyoti va boshqaruvini me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash.2011. 517 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 4. ЦГВИА РФ, Архив внешней политики России. Фонд Ташкентские дела, опись III/I, дело № 1, опись 132/1, дело № 6 , Q.Sodiqov. Eski uyg‘ur yozuvi. 1989-yil. 5. Йўлдошев М. Хива хонлигида феодалер эгалиги ва давлат тузилиши. – Тошент:Ўздавнашр,1959.-Б.18. 6. https://yuz.uz/uz/news/ 7. https://oefen.uz/uz/documents