KREATIVLIK TUSHUNCHASI, MAZMUN MOHIYATI VA UNING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI
Full text
183 KREATIVLIK TUSHUNCHASI, MAZMUN MOHIYATI VA UNING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI Nortojiyeva Vazirabonu Chirchiq davlat pedagogika universiteti Xorijiy til va adabiyot yo‘nalishining 1-kurs, 25/1 talabasi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17962186 Annotatsiya: Maqolada kreativlik tushinchasi, mohiyati va uning nazariy metodologik asoslari, inson tafakkuri, tasavvuri undagi fikrlash shakllari yoritib berilgan. Shu bilan birga o‘qituvchi kreativligi va o‘quvchining kreativ fikrlashlari haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: o‘qituvchi, kreativlik, zamonaviy ta`lim, innovatsiya, zamonaviy, metod, stereotiplar. Abstract: In this article, the concept of creativity, its essence and its theoretical and methodological foundations, human thinking, imagination, and the forms of thinking in it are explained. At the same time, the teacher`s creativity and student`s creative thingking are discussed. Key words: method, modern teacher, creativity, stereotypes, modern education, innovation. KIRISH: Shu kunlarda asosiy e’tibor o‘quvchi yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga, ularning mustaqil fikrlaydigan, yuksak tafakkur egasi va ma’naviyatli insonlar bo‘lib shakllanishlariga qaratilgandir. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”. Yoshlarimizni ma’naviy ongini shakllantirishda, ularni komil inson qilib tarbiyalashda musiqa san’ati asosiy vositalardan biri bo‘lib kelgan. Musiqa madaniy hayotimizda keng o‘rin tutgan, inson shaxsiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san’at turidir. Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo‘lib, atrofdagi go‘zal narsalarni to‘g‘ri idrok etishga va qadrlashga o‘rgatadi. Shu bois, hamma davr va jamiyatda musiqa san’ati va uning taraqqiyotiga katta e’tibor berib kelingan. Shu o‘rinda davlatimiz raxbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022-yil 2fevraldagi PQ-112 sonli “Madaniyat va san`at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorlari xam diqqatga sazovardir. Ushbu qaror aholi ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari ko‘rsatish darajasini oshirish, respublikaning barcha teatr, sirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tizimli raqvishda yo‘lga qo‘yish, madaniyat va san`at sohasida yosh ist`dodlarni izlab topish va qo‘llab quvvatlash, ta`lim muassasalarini milliy cholg‘ular, musiqa darsliklari, notalar to‘plamlari va o‘quv metodik adabiyotlar bilan ta`minlashning yaxlit tizimini yaratish va boshqa ko‘plab madaniyat va san`at sohasidagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan. Bundan avval xam mamlakatimizning ma`naviyma`rifiy saviyasini yuksaltirish va madaniyat va san`at muassasalarini moddiy-tehnik bazasini mustahkamlash, soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Prezidentimiz tomonidan 2018-yil 28-noyabrda qabul qilingan PQ-4038 sonli prezident qarorida xamda O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab quvvatlash, “Ilhom” jamoat fondini tashlik etish(Prezidentning 9.08.2017-yildagi PQ-3184-sonli qarori), O‘zbeksiton Respublikasi
184 Madaniyat vazirligi xuzurida Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish (Prezidentning 16.10.2017-yildagi PQ3325-sonli qarori), O‘zbeksiton kompozitorlari va batakorlari uyushmasini tashkil etish (Prezidentning 15.08.2017-yildagi PQ-3212-sonli qarori), O‘zbekiston davlat san`at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialini tashkil etish (16.08.2017-yildagi PQ-3218-son qarori) mamlakatimizda milliy madaniyat va san`atni yanada rivojlantirishning maqsadi, vazifalari, tamoillari, shuningdek ustivor yo‘nalishlarini belgilaydi. Xalqimizda birdamlik, vatanparvarlik va milliy g‘urur hissini tarbiyalashda madaniyatning ustivorligiga urg‘u berish, jamiyat hayoti sifatinining yanada yuqori darajasini taminlash, unda fuqorolarining hamjihat bo‘lishiga erishish, ma`naviyatli, masulyatli, madaniyatli, mustaqil fikrlovchi shaxni shakllantirish, madaniy va ijtimoiy sohani takomillashtirish orqali barkamol shaxsni shakllantirish va jamiyatning hamjihatligini mustahkamlash milliy madaniyat va san`atni rivojlantirish konsepsiyasining asosiy maqsadi hisoblanadi. Davlatimiz rahbarining madaniyat va san`at sohasini rivojlantirish borasida qabul qilgan qaror va farmonlari yutimiz madaniyat va san`at sohasini gullab yashnashiga poydevor bo‘lib kelmoqda. Bugungi kunda jamiyatning maktab oldiga qo‘yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda. Bu talablarga to‘g‘ri yondashgan holda ularni amalda bajarish esa o‘qituvchining vazifasidir. Xo‘sh, bu talablar nimalardan iborat? Zamonaviy ta`lim standartlari pedagogdan nafaqat yuqori malakani va doimiy kasbiy rivojlanishni, balki o‘z ishiga ijodiy yondashishni xam talab qiladi. Bu uzluksiz va kechiktirib bo‘lmas jarayondir. O‘qituvchining qay darajada kreativ ekanligi, qanchalik xilmaxil metodlardan foydalana olishi, zamonaviy bilimlarni o‘zlashtira olishi va sifat jihatdan yangiliklarni yaratishi juda katta ahamiyat kasb etmoqda. Pedagog o‘qituvchining kreativlik sifatlariga ega bo‘lishi uning shaxsiy qobilyatlariga, o‘qituvchi kasbiy faoliyatini sifatli, samarali tashkil etishga yo‘naltiradi. Ta`lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kreativlik sifatlariga ega bo‘lishlari ularda o‘quv va tarbiya jarayonlarini tashkil etishga an`anaviy yondashishdan farqli o‘laroq yangi g‘oyalarni yaratish, bir qolipda fikrlamaslik, o‘ziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka yordam beradi. Odatda pedagogo‘qituvchilarning kraetivlik qobilyatlariga ega bo‘lishlari pedagogik muammolarni xal qilishga intilishi, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va ijodiy xamkorlikka erishishlari orqali ta`minlanadi. Pedagog o‘zo‘zidan ijodkor bo‘lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobilyati ma`lum vaqt ichida izchil o‘qib o‘rganish, o‘z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va asta-sekin takollashib, rivojlanib boradi. Xar qanday mutahasisda bo‘lgani kabi bo‘lajak pedagoglarning kreativlik qobilyatlariga ega bo‘lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo‘yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o‘zini-o‘zi ijodiy faoliyatga yo‘nalishtirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish,shuningdek pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e`tibor qaratishi zarur. Xo‘sh kreativlik nima? Bu qanday tushincha? Kreativlik tushunchasi lotincha, inglizcha “create”- yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor, ingliz tilidan tarjima qilinganda ijod degan ma`nosini anglatadi. Kreativlik insonda mavjud ma`lumotlarni qayta ishlab chiqarish va ularni cheksiz yangi modelini yaratishga javob beradi. Kreativlikbu so‘zni sodda tilda tushintiradigan bo‘lsak, yaratuvchanlik, ijodkorlik degan ma`nolarni anglatadi. Ya`ni bu bir xillikdan qochish, nimagadir yangicha yondashish ko‘nikmasidir. Kreativlik bu xar kim xar xil tushinadi lekin to‘g‘ridanto‘g‘ri tushinadigan bo‘lsak kreativlik bu ijodkorlik, ya`ni kreativ so‘zi ijod degan ma`noni anglatadi. Uning tag zaminida esa orginallik, amaliylik, noodatirlik va erkinlik yotadi. Misol uchun biror bir narsani ijod orqali
185 chiroyli, boshqalardan chiroyli qilib chiqarib berish desak bo‘ladi. Misol oladigan bo‘lsak oddiy stulni tasavvur qilamiz. Stulning oddiysi bu to‘rta oyog‘i, bitta o‘rindigiI va bitta suyanchig‘i bo‘ladi. Agar buni kreativlashtirsak balki uchta oyog‘i bo‘lishi mumkin, balki o‘rindig‘i boshqacharoq bo‘lishi mumkin, yoki dizayni umuman boshqacharoq bo‘lishi mumkin. Atrofga boqsangiz xar tomonda inson ijodkorligining beqiyos va xayratlanarli namunasiga duch kelasiz. Bularning barchasi inson tafakkuri va tasavvuri mahsuli. Bugun biz uchun odatiy ko‘ringan kitob, musiqa, bino, samalyot va hatto lampalar xam qachonlardir orzu va tasavvurda bo‘lgan. Keyinchalik aql idrok samarasi olaroq yaratilgan. Kreativlikni shakllantirishda tasavvur muhum ro‘l o‘ynaydi. Xo‘sh, biz uchun kreativlik nega kerak? Kreativ insonlar har bir sohada, har bir bajaradigan ishida o‘zgalardan ajralib turadi. Chunki ular nafaqat o‘z ishlarini katta ishtiyoq va qiziqish bilan, balki hech kimning xayoliga kelmaydigan g‘oyalar orqali amalga oshirishadi XULOSA: Xulosa qilib aytganda, kreativlik xozirgi kunda judayam, ayniqsa O‘zbeksitonda tanqis, kam uchraydigan narsalardan biri hisoblanadi. Bunga sabab ko‘pchilik pedagog o‘qituvchilarni o‘z ustida ko‘p ishlamasligida deb aytsak bo‘ladi. Kreativlik uchun qobilyat tug‘ma bo‘lishi kerakmi degan savol tug‘iladi. Qaysidir ma`noda albatta kerak bo‘ladi. Lekin xammasi mehnatga, o‘z ustida ishlashga borib taqaladi. Kreativpedagog har tomonlama rivojlangan, har bir darsini qiziqarli o‘ta oladigan,yangi metodlar va tehnikalardan xabardor va barcha o‘quvchilari uchun sevimli bo‘lgan mahoratli ustoz. Uning darslari g‘aroyib g‘oyalarga boy! Shuni unutmaslik kerakki, bugungi jamiyat bir xillikdan zerikdi. Endi faqatgina kerativ o‘ylagan insongina xammadan ajralib tura oladi. Chunki Kreativlikbu cheklash mumkin bo‘lgan tushuncha emas. Uni rivojlantirish xar birimizning qo‘limizda. Unutmang, Kreativlik – XXI asr talabi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Prezident Sh. Mirziyoyevning 02.02.2022-yildagi PQ-112-sonli qarori. 2. Prezident Sh. Mirziyoyevning 9.08.2017-yildagi PQ-3184-sonli qarori. 3. Prezident Sh. Mirziyoyevning 16.10.2017-yildagi PQ-3325-sonli qarori. 4. Prezident Sh. Mirziyoyevning 15.08.2017-yildagi PQ-3212-sonli qarori. 5. Prezident Sh. Mirziyoyevning 16.08.2017-yildagi PQ-3218-sonli qarori. 6. G. Sharipova, D. Asamova, Z. Xodjayeva “Musiqa o‘qitish nazariyasi metodikasi va maktab repertuari” Toshkent. 2014-yil. 7. Nafisa Yusupova “Musiqa savodi, metodikasi va ritmikasi” Toshkent-2017-yil. 8. Utanov U.Q., Qosimova O.X. “Xalq ta’limi xodimlarini kasbiy kompetentligini rivojlantirish”; //Pedagogik innovatsiyalar va yuqori samaradorlikka yetaklovchi ta’limiy g’oyalar” respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi to’plami. Termiz, 2020-yil.