NUTQ VA TAFAKKUR O'RTASIDAGI O'ZARO BOG'LIQLIK
Full text
192 NUTQ VA TAFAKKUR O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK Razoqova Feruza Elash qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti Xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi 1-bosqich talabasi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17962335 Annotatsiya: Ushbu maqolada nutq va tafakkur o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Inson fikrlash jarayoni va uning nutqiy ifodasi o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi psixologik hodisalar ekanligi asoslab beriladi. Nutqning tafakkur shakllanishidagi, tafakkurning esa nutq rivojidagi roli, ularning o‘zaro ta’siri hamda til orqali fikrning moddiylashuvi yoritiladi. Kalit so‘zlar: nutq, tafakkur, fikrlash jarayoni, til, psixologiya Annotation: This article analyzes the interrelation between speech and thinking. It explains that thinking and speech are interdependent psychological processes, and that language serves as a material form of thought. The role of thinking in speech development, as well as the influence of speech on cognitive processes, is examined. Keywords: speech, thinking, cognition, psychology, language. KIRISH: Odamni boshqa mavjudodlardan ajratib turadigan narsa bu uning fikrlashi va o‘z fikrini ifoda eta bilishidadir. Tafakkur bu insonning ichki aqliy faoliyati ya’ni voqelikni aks ettirish jarayoni. Nutq esa shu tafakkur bilan til orqali tashqariga chiqadi ya’ni tashqi ifoda bo‘ladi. Tafakkur va nutq o‘rtasidagi munosabat psixologiya, lingvistika, falsafa, pedagogika kabi sohalarda doimo tadqiqot mavzusi bo‘lib kelgan. Nutq bu tilni ishlatish jarayoni ya’ni fikrni boshqalarga yetkazish vositasidir. Demak, nutq fikrning tashqi ko‘rinishi hisoblanadi. Psixologik nuqtai nazardan ham nutq fikrlash jarayonining ajralmas qismidir. Inson tafakkurda shakllangan g‘oyalarni, tushunnchalarni yoki mulohazalarni nutq orqali ifodalaydi. Tilshunos olimlar nutq bilan tafakkur o‘rtasidagi bog ‘liqlikni “til fikrning jismoniy qobig‘i“ tarzida izohlaganlar. Ya’ni til bo‘lmasa fikrning aniq shakllanishi va boshqalarga yetkazib berilishi mushkullashadi. Shuning uchun nutq tafakkurning asosiy “ko‘prigidir”. Ilmiy adabiyotlarda tafakkur insonning muammoni hal qilish, narsalar o‘rtasidagi bog ‘liqlikni anglashga qaratilgan aqliy faoliyati ekanligi ta’kidlab o‘tilgan.Tafakkur ichki nutq ko‘rinishida amalga oshadi ya’ni inson o‘z-o‘ziga gapiradi, so‘zlarni ovozsiz tarzda takrorlaydi. Bu jarayaon ichki nutq deb ataladi. Psixologiyada ichki nutq tashqi nutqdan farqli ravishda qisqa va soddalashtirilgan bo‘ladi. Chunki inson o‘z ongida uzun va murakkab gaplarni tuzmaydi, u fikrlashda faqat asosiy so‘z va belgilarni qo‘llaydi. Bu esa nutq va tafakkur orasidagi ichki aloqani yanada kuchaytiradi. Nutq va tafakkur bir-birisiz yashay olmaydi. Ikkalasi ajralmas bir hodisadir, biri bo‘lmasa ikkinchisi ham to‘liq bo‘lmaydi. Fikr paydo bo‘lmasa nutq ham bo‘lmaydi. Nutqsiz esa fikr tashqariga chiqa olmaydi, borliq sifatida ko‘rinmaydi. Falsafada bu ikki tushunchani “dialektik birlik” deb atashadi. Ular bir-birisiz yashay olmaydi, o‘zaro doimiy ta’sirda va uyg’unlikda rivojlanadi. Inson tafakkuri til orqali shakllanadi. Til tushunchalarga nom beradi, fikrlarni tartiblaydi, voqelikni kategoriyalarga ajratadi, ongimizga mavhum narsalarni tushunish imkonini beradi. Bunga oddiy misol, biror narsani nomi bo‘lsa uni anglash osonlashadi. Agar narsa nomlanmagan
193 bo‘lsa, uni ongda mustahkam joylashtirish qiyin. Shu jihati bilan til tafakkurning asosi hisoblanadi. Mashhur psixolog L.S.Vigotskiy ham nutqning bola tafakkuriga qanday ta’sir qilishini ilmiy tarzda isbotlagan. Unga ko‘ra, bola nutqi orqali fikrlaydi va ulg ‘aygan sari ichki nutqi tashqi ijtimoiy nutqdan ajralib boradi. Tafakkur faqat nutqni paydo qilmaydi, balki uning mazmunini ham belgilaydi. Inson dunyoqarashi, bilim darajasi, intelektual salohiyati - barchasi nutqning boyligi, aniqligi va mantiqiyligida yaqqol ko‘rinadi. Fikrlash kengaygan sayin, nutq ham boyib boradi. Tafakkur torayib qolsa, nutq ham oddiy va cheklangan bo‘lib qoladi. Fikrlash teziligi ham nutq tezligiga ta’sir qiladi. Kimdir tez fikrlaydi, shuning uchun tez gapiradi. Boshqalar esa ko‘proq o‘ylab, sekinroq so‘zlaydi. Bu tafakkur va nutq o‘rtasidagi farq emas, balki ularning o‘zaro moslashuvidir. Boshqa tomondan, nutq ustida ishlash tafakkurni ham boyitadi. So‘z boyligi, lug ‘at kengligi, to‘g‘ri grammatik tuzilgan gaplar fikrning aniqligini oshiradi, tushunchalar o‘rtasidagi mantiqiy bog ‘liqlikni mustahkamlaydi, murakkab fikrlarni shakllantirishni yengillashtiradi. Nutq va taffakkurning o‘rni juda ko‘plab sohalarda mustahkamdir. Masalan logopediyani olsak, nutq buzilishi bo‘lgan bolalarda ichki nutqni faollashtirish orqali umumiy kognitiv rivojlanishni tezlashtiradi. Psixoterapiyada esa kognitiv-xulqiy terapiyada ichki nutqni qayta tuzish orqali umumiy kognitiv rivojlanishni teezlashtirish mumkin. XULOSA: Nutq va tafakkur bir-biridan ajralmaydigan psixologik jarayonlar. Tafakkur nutqqa mazmun beradi, nutq esa tafakkurni ifoda qiladi. Ikkalasidan biri bo‘lmasa, ikkinchisi ham to‘liq shakllanmaydi. Shuning uchun ham, odamning nutq madaniyatini rivojlantirsak, uning tafakkuri ham kengayadi. Nutq va tafakkur birga rivojlansa, inson intellektual, ijtimoiy va madaniy jihatdan ham o‘sadi. Shunday ekan, inson nutqi ustida qanchalik jiddiy ishlasa, uning tafakkuri shunchalik aniq, chuqur va jiddiy bo‘ladi. Aksincha, tafakkurni rivojlantirish nutqni avtomatik ravishda boyitadi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Vygotskiy L.S. “Muloqot va fikrlash psixologiyasi”. 2. Leontev A.N. “Nutq faoliyati nazariyasi”. 3. Zikrillayev Z. “Psixolingvistika asoslari”. 4. Qodirova F. “Til va tafakkur munosabati”. 5. Omonov H. “Tilshunoslikka kirish”.