scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ONGNING PAYDO BO'LISHI

Shukurov Asliddin Erkinovich

Full text

200 ONGNING PAYDO BO‘LISHI Shukurov Asliddin Erkinovich Chirchiq davlat pedagogika universiteti Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) yo‘nalishi 1bosqich talabasi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17962511 Annotatsiya: Ushbu tezisda ongning paydo bo‘lishiga ta’sir etuvchi biologik, mehnat va ijtimoiy omillar ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Mavzuning dolzarbligi inson psixikasining shakllanish jarayonini chuqur tushunish zarurligi bilan belgilanadi. Tadqiqotning maqsadi - ongning rivojlanish bosqichlari, asosiy mexanizmlari va inson hayotidagi ahamiyatini ochib berishdir. Shuningdek, ongning shakllanishida nutq, mehnat va ijtimoiy muhitning o‘rni muammo sifatida ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: ong, psixika, izlanish, olim,inson, ilmiy, rivojlanish, falsafa, idrok, tafakkur, jarayon,miya, nazariya, evolyutsiya. Abstract: This thesis analyzes from a scientific point of view the biological, labor and social factors affecting the emergence of consciousness. The relevance of the topic is determined by the need for a deep understanding of the process of formation of the human psyche. The purpose of the study is to reveal the stages of development of consciousness, its main mechanisms and its significance in human life. Also, the role of speech, labor and social environment in the formation of consciousness is considered as a problem. Keywords: consciousness, psyche, research, scientist, human, scientific, development, philosophy, perception, thinking, process, brain, theory, evolution. KIRISH. Ong - psixik faoliyatning oliy shakli. U faqat insonga xos fenomendir. Ong, uning mohiyati masalasi eng qadimgi muammolardan biri. Ongni dastlab diniy va mifologik qarashlar doirasida tushuntirishga uringanlar.Shuningdek,bu narsani o‘rganish uchun ko‘plab izlanishlar olib borilgan. Ongni diniy tushuntirish uni ilohiy hodisa, xudo yaratgan moʻjiza tarzida talqin qilishga asoslanadi. Koʻpgina dinlarda inson ongi buyuk ilohiy aqlning namoyon boʻlish shakli tarzida tavsiflanadi. Bunday qarashlarning ildizi juda qad boʻlsada, ular hamon oʻzining koʻplab tarafdorlariga ega. Kimki olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, ong ham yaratganning qudrati deb hisoblaydi. Ongning mohiyatini izohlashda 2-yoʻnalish - bu ong moddiy olamni inson miyasida aks etishi deb tushunish, uni inson tanasi faoliyati bilan bogʻlab talqin etishdir. Ayni vaqtda materialistik yoʻnalish nomini olgan bunday yondashuvlar doirasida ongning mohiyatini buzib talqin qilish hollari ham paydo boʻldi. Vulgar materializm deb nom olgan oqim namoyandalarining fikricha, xuddi jigar saf-roni ishlab chiqargani kabi, miya ham ongni ishlab chiqarar emish. Bunday yondashuv natijasida ong ideal emas, moddiy hodisa degan xulosa kelib chiqadi. Vaholanki, safroni koʻrish mumkin, ammo ongni koʻrib ham, ushlab ham boʻlmaydi. Aslida ong tarixi insonning inson boʻlib shakllana boshlashi tarixi bilan bogʻliqdir. Inson ham biologik, ham ijtimoiy mavjudot ekan, demak, ong ham biologik va ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. Ong insonning fikr va hislari, sezgilari, tasavvurlari, irodasi va karashlaridan tashkil topgan. Oʻz-oʻzini anglash, xotira, iroda, nutq ongning asosiy jihatlaridir. 201 Hozirgi zamon fani ong materiyaninguzoq davom etgan evolyusiyasining natijasi ekanligini tan oladi. Materiya, tabiat hamma vaqt mavjud boʻlib kelgan, inson esa moddiy dunyoning nisbatan soʻnggi taraqqiyotining mahsulidir. Materiya taraqqiyoti, fikrlay oladigan insonning paydo boʻlishi uchun bir necha million yillar kerak boʻlgan. Ong tabiat taraqqiyoti mahsuli, materiyaning xossasidir, barcha materiyaning emas, balki oliy darajada tashkil topgan materiyaning, yaʼni inson miyasining mahsulidir. Lekin ongning boʻlishi uchun miyaning oʻzigina bulishi yetarli emas. Ong insonni qurshab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit bilan chambarchas bogʻlangan va shu muhitning taʼsirida faoliyat koʻrsata oladi. Hozirgi zamonda murakkab ijodiy jarayonlarni ham amalga oshiruvchi elektron mashinalar yaratilgan, lekin ular ongning oʻrnini bosa olmaydi, chunki ong oʻta murakkab obyektiv mavjudlikdir. Inson ongining paydo bo‘lishi va uning rivojlanishini o‘rganish tarix davomida ko‘plab faylasuflar, psixologlar, biologlar, neyrofiziologlar va zamonaviy kognitiv fan olimlarining diqqat markazida bo‘lib kelgan. Qadimgi yunon faylasuflari - Aristotel, Platon va Demokrit - ongning mohiyatini qadimdan tushuntirishga uringan birinchi mutafakkirlar edi. Platon ongni ruh bilan bog‘liq hodisa sifatida talqin qilgan bo‘lsa, Aristotel psixikani tirik mavjudotning tabiiy funksiyasi deb hisoblab, hissiyot va idrokni ongning shakllanishidagi asosiy omil deb bilgan. O‘rta asr mutafakkirlari, xususan Ibn Sino va Forobiy, ongni ilmiy va falsafiy tahlil qilish, inson idrokining bosqichlari va miya faoliyatini o‘rganishga katta hissa qo‘shdilar. Ibn Sino idrok jarayonlari, xotira va tafakkur faoliyatini chuqur tahlil qilib, ongni miya faoliyati bilan bog‘liq tizimli hodisa sifatida ko‘rsatgan. Uyg‘onish davridan boshlab ongga bo‘lgan ilmiy qiziqish yanada kuchayib, Rene Dekart insonning “men o‘ylayapman, demak, men mavjudman” degan mashhur fikrini ilgari surish orqali ongni mustaqil ilmiy muammo sifatida shakllantirdi. Keyinchalik Jon Lokk tajribachilik falsafasiga asos solib, ongning manbai insonning sezgi va tajribasida ekanini ta’kidlab, idrokning shakllanish jarayonini ilmiy asosda izohladi. Charlz Darvinning evolyutsiya nazariyasi ongni biologik taraqqiyotning mahsuli sifatida talqin qilishga zamin yaratdi; uning izdoshlari - Tomas Xaksli va Herbert Spenser - psixik rivojlanishning evolyutsion ildizlarini chuqur tahlil qildilar. XIX–XX asrlarda ongni ilmiy o‘rganish yangi bosqichga ko‘tarilib, Uilyam Jeyms psixologiyani ong jarayonlarini tajriba asosida o‘rganadigan fan sifatida shakllantirdi. Sigmund Freyd inson ongini uch darajaga - ongli, ongsiz va ong osti qatlamlariga bo‘lib, psixikaning chuqur mexanizmlarini ochib berdi. Uning izdoshlari Karl Yung, Alfred Adler va Erik Fromm ongning ijtimoiy, madaniy va arxetipik jihatlarini rivojlantirdilar. Pavlov va Bechterevlar reflekslar, shartli reaksiyalar orqali ongning fiziologik asoslarini o‘rganib, psixika va miya aloqasini tajribaviy ravishda isbotladilar. XX asrning o‘rtalaridan boshlab neyrofiziologiya va kognitiv fanlar rivoji ongni ilmiy tahlil qilishda yangi davrni boshlab berdi. Donald Hebb neyronlar orasidagi aloqalar mustahkamlanishining psixik jarayonlarda asosiy rol o‘ynashini aytib, zamonaviy neyroilmga asos soldi. Noam Chomsky inson ongidagi til fakultetining tug‘ma tuzilishini ilmiy asoslab, ongni kognitiv tizimlar orqali o‘rganish yo‘lini ochdi. Keyinchalik Daniel Dennett, Devid Chalmers, Frensis Krik va Kristofer Kox ongning neyrobiologik mexanizmlarini, “qiyin muammo” - ya’ni subyektiv tajriba qanday yuzaga kelishi masalasini chuqur tadqiq etdilar. Zamonaviy sun’iy intellekt olimlari, jumladan Alan Turing, Marvin Minskiy va Maykl Graziano ongning hisoblash va axborot qayta ishlash modellari orqali tushuntirilishida katta rol o‘ynadilar. Bugungi kunda ham ongni o‘rganish ko‘p tarmoqli ilmiy izlanishlar markazida bo‘lib, psixologiya, neyrobiologiya, kognitiv fan, biotexnologiya va sun’iy intellekt tadqiqotlari ushbu murakkab hodisa haqida yanada kengroq tasavvur beradi. Tarix davomida o‘z hissasini qo‘shgan barcha olimlarning umumiy sa’y- 202 harakatlari tufayli ongning kelib chiqishi, rivojlanishi va tabiati bugun ancha chuqurroq ilmiy asoslar bilan tushuntirilmoqda. XULOSA Ongning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga ko‘plab olimlar hissa qo‘shgan, ularning asosiy yutuqlari quyidagilardan iborat: Falsafada ongning tabiati va uning materiyadan qanday paydo bo‘lganligi haqidagi bahslar davom etgan, biologiyada evolyutsiya va miya faoliyati bilan bog'liq nazariyalar rivojlangan, psixologiyada ongni sub'ektiv tajriba va xulq-atvor nuqtai nazaridan o‘rganish boshlangan va sotsiologiyada ijtimoiy munosabatlar va madaniyatning ongga ta’siri tadqiq etilgan. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Neumann, ErichThe Origins and History of Consciousness. Princeton University Press, 1954. 2. https://en.wikipedia.org/wiki/The_Origins_and_History_of_Consciousness 3. 2. Jaynes, Julian.The Origin of Consciousness in the Breakdown of the Bicameral Mind. Houghton Mifflin, 1976. https://en.wikipedia.org/wiki/The_Origin_of_Consciousness_in_the_Breakdown_of_the_Bicamer al_Mind 4. 3. Humphrey, Nicholas.A History of the Mind: Evolution and the Birth of Consciousness. Springer, 1992. 5. Havola: https://en.wikipedia.org/wiki/A_History_of_the_Mind 6. 4.Dennett, Daniel C.From Bacteria to Bach and Back: The Evolution of Minds. W. W. Norton & Company, 2017. 7. Havola: https://en.wikipedia.org/wiki/From_Bacteria_to_Bach_and_Back 8. 5. Crick, Francis.The Astonishing Hypothesis: The Scientific Search for the Soul. Charles Scribner’s Sons, 1994. 9. Havola: https://en.wikipedia.org/wiki/The_Astonishing_Hypothesis