scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INKLYUZIV TA'LIM ISHTIROKCHILARINING KASBIY SO'NISH JARAYONINI BOSHQARISHNING O'ZIGA XOS JIHATLARI

Abdullayeva Feruza Xayrulla qizi; Nozima Mullaboyeva Mahmudovna

Abstract

Ushbu maqolada inklyuziv ta'lim tizimi ishtirokchilarining xususan,pedagoglarning kasbiy so’nish jarayonini boshqarish masalalariga bag'ishlangan.Tadqiqotning maqsadi va muammolarni hal qilish va so’nish jarayonini oldini olish bo'yicha samarali usullarini aniqlashdir.Nazariy tahlil, sotsiologik so'rovlar va anketalashtirish metodlaridan foydalanilgan holda, AQSH va Finlyandiya kabi rivojlangan davlatlarning tajribasi o'rganildi. O'tkazilgan tahlillar natijasida kasbiy yuklamalarni optimallashtirish, psixologik yordam markazlarini tashkil etish va pedagoglar uchun alohida ta'lim yo'nalishlarini ochish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Full text

“CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH” Volume 02. Issue 09. December 2025 231 INKLYUZIV TA'LIM ISHTIROKCHILARINING KASBIY SO’NISH JARAYONINI BOSHQARISHNING O'ZIGA XOS JIHATLARI Abdullayeva Feruza Xayrulla qizi Profi university, Maktabgacha ta’lim va uslubchisi yo'nalishi . Puchon universiteti, Ta'lim boshqaruvi yo'nalishi magistranti Ilmiy rahbar: Nozima Mullaboyeva Mahmudovna O'MU Psixologiya fanlari doktori Annotatsiya: Ushbu maqolada inklyuziv ta'lim tizimi ishtirokchilarining xususan,pedagoglarning kasbiy so’nish jarayonini boshqarish masalalariga bag'ishlangan.Tadqiqotning maqsadi va muammolarni hal qilish va so’nish jarayonini oldini olish bo'yicha samarali usullarini aniqlashdir.Nazariy tahlil, sotsiologik so'rovlar va anketalashtirish metodlaridan foydalanilgan holda, AQSH va Finlyandiya kabi rivojlangan davlatlarning tajribasi o'rganildi. O'tkazilgan tahlillar natijasida kasbiy yuklamalarni optimallashtirish, psixologik yordam markazlarini tashkil etish va pedagoglar uchun alohida ta'lim yo'nalishlarini ochish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Kalit so'zlar: inklyuziv ta'lim, imkoniyati cheklangan bolalar, tajriba, maxsus pedagoglar. Kirish. Mavzuning dolzarbligi. Inklyuziv ta'lim-bu Hozirgi kunda ta’lim tizimining eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Imkoniyati cheklangan bolalarning umumiy ta’lim muhitiga jalb etish, ularning ijtimoiylashuvi vashaxsiy rivojlanishini global miqyosda ham O'zbekistonda ham muhim vazifa sifatida qaraladi.UNESCO ma'lumotlariga ko'ra,dunyo bo'yicha imkoniyati cheklangan bolalarning 70 foizi hali ham to'liq ta’lim olish imkoniyatiga ega emas. Bu holat ularni jamiyatdan ajratib qo’yadi va tengsizlikni kuchaytiradi. Tadqiqotning maqsadi. Inklyuziv ta'lim ishtirokchilarining kasbiy so’nish jarayonini boshqarishning samarali usullarini aniqlash, mavjud muammolarini hal qilish va ularni bartaraf etish bo'yicha takliflar ishlabchiqish. Tadqiqotning vazifasi.Inklyuziv ta'limning mohiyati va pedagogik xususiyatlarini o'rganish. “CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH” Volume 02. Issue 09. December 2025 232 Inklyuziv ta’lim sharoitida pedagoglar kasbiy so’nish jarayonini asosiy sabablari va oqibatlari nazariy jihatdan tahlil qilish. Obyekti:inklyuziv ta'lim ishtirokchilari. Predmeti: inklyuziv ta'lim pedagoglar. Tadqiqot metodlari: naraziy tahlil, sotsiologik so'rovlar, anketa ,suhbat. Nazariy ahamiyat shundan iboratki,Ushbu tadqiqot inklyuziv ta'lim sharoitida kasbiy so’nish jarayonini chuqur tahlil qilish orqali pedagogik psixologiya nazariyasini boyitadi. Bu ilmiy ish kasbiy sonishning sabablari,oqibatlari va uni boshqarish mexanizmlarini nazariy jihatlarini asoslab beradi.Tadqiqot natijalari inklyuziv ta'lim tizimida pedagoglarning kasbiy barqarorligini ta'minlash,stressni kamaytirish va ta'lim sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. AQSH Tajribasi. AQSHDA pedagoglar uchun professional rivojlanish dasturlari majburiy hisoblanadi. Ushbudasturlar kasbiy sonishini oldini olishga qaratilgan bo'lib, o'qituvchlarga Individualmaslahatlar,dam olish rejasi va yuklamalarini optimallashtirish bo'yicha tavsiyalar beriladi. Djeyn Merser 1971-yilgi tadqiqotlarida ta'kidlashicha, har bir ijtimoiy tizim insonga yangitushunchalarni beradi, shuning uchun nogironlik ijtimoiy kelishuvning mahsuli hisoblanadi. 1962-yilgi Reynolds va I. Denonig takliflari asosida ,,servislar kaskadi'’ degan tushuncha joriyqilinadi. Bu madel asosida kasalxonada yoki uy sharoitida maxsus maktab yoki maxsus sinflar bilim olayotgan o'quvchilarning, xohish istagini inobatga olgan holda turli qo'shimcha xizmatlar joriy qilish yo'lga qo'yiladi. Finlandiya tajribasi. Finlandiyada lnklyuziv ta'limning Muvaffaqiyati pedagoglarning kasbiy barqarorligini ta'minlashbilan bog'liq. Mamlakatda o'qituvchlarga kasbiy yuklamalar me'yori qat'iybelgilangan,shuningdek, psixologik yordam markazlari faoliyat yuritadi. Har bir pedagog uchun monitoring tizimi joriy etilgan bo'lib, bu tizim orqali pedagoglar psixologik holati muntazam nazorat qilinadi. Finlandiyada stressni kamaytirish bo'yicha treninglar, dam olish dasturlari va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash markazlari mavjud. Kasbiy so’nish sabablari va oqibatlari . Kasbiy so’nish pedagoglar orasida keng tarqalgan bo‘lib, inklyuziv ta’lim sharoitida bu jarayon yanada kuchayadi. Sabablari: ortiqcha yuklama, psixologik bosim, resurslarning yetishmasligi, ota-onalar bilan murakkab munosabatlar. Oqibatlari: motivatsiyaning pasayishi, ta’lim sifatining yomonlashuvi, sog‘liq muammolari. “CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH” Volume 02. Issue 09. December 2025 233 Jarayonni boshqarish mexanizmlari . Kasbiy so’nish jarayonini boshqarish uchun quyidagi mexanizmlar muhim: psixologik yordam markazlarini tashkil etish, yuklamalarni optimallashtirish, dam olish rejalarini joriy etish, stressni kamaytirish bo‘yicha treninglar o‘tkazish, mentorlik tizimini rivojlantirish. O‘zbekiston sharoitida amaliy tavsiyalar . 1. Har bir maktabda psixologik yordam xonalarini tashkil etish 2. Pedagoglar uchun muntazam seminar va treninglar o‘tkazish. 3. Yuklamalarni me’yorlashtirish va qo‘shimcha rag‘batlantirish tizimini joriy etish. 4. Inklyuziv ta’lim bo‘yicha maxsus metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish. Tadqiqot natijalari va ularning tahlili: Inklyuziv ta’lim pedagoglarida o'tkazilgan anketa va sotsiologik so'rovlari shuni ko'rsatadiki, inklyuziv ta’lim sohasidagi pedagoglar kasbiy so’nish jarayoniga duch kelishining quyidagi asosiy omillarini ko'rsatdi: .Yuklamaning yuqoriligi : so'rov ishtirokchilarining 65 foizi o'z yuklamalarini me'yoridan ortiq deb baholadi. Bu ko'rsatgich psixologik bosimni keltirib chiqarishning asosiy manbai hisoblanadi. . Resurslarning yetishmasligi: pedagoglarning 72% foizi maxsus metodik qo‘llanmalar va moddiytexnik bazaning yetarli emasligini ta'kidlaydi. Professional ta’lim ehtiyoji :Tahlillar shuni ko'rsatadiki, inklyuziv ta’lim pedagoglari uchun alohida ta’lim yo'nalishi ochilishi va ularning ushbu yo'nalishda o'qitilishi zarur. Bu ,ularning kasbiy yuklamalari va ortiqcha stresslardan holi tarzda ta’lim berishga imkon beradi. Natijalarning Finlandiya tajribasi bilan taqqoslanishi,pedagoglarning muntazam psixologik monitoringi va yuklamalarni me’yorlashtirish tizimini joriy etish zarurligi ko'rsatiladi. Xulosa va takliflar. Inklyuziv ta’lim ishtirokchilarining kasbiy so’nish jarayonini olish ta’lim sifatini oshirishning muhim omilidir. Pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash, psixologik barqarorlikni ta’minlash va yuklamalarni optimallashtirish orqali inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirish mumkin. Davlat darajasida qo‘shimcha dasturlar ishlab chiqish va xalqaro tajribalarni joriy etish tavsiya etiladi. Foydalanilgan adabiyotlar : “CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH” Volume 02. Issue 09. December 2025 234 1. Abdullayev, M. K., & Maxmudova, N. M. (2025). Inklyuziv ta’limda innovatsion texnologiyalar ahamiyati. *Economics and Innovative Technologies*, 13(5). https://doi.org/10.55439/EIT/vol13_iss5/725 2. Bayjanova, S. I. (2024). Inklyuziv ta’lim jarayonining pedagogik-psixologik jihatlarini o‘rganishda pedagoglarning o‘rni. *Inter Education & Global Study*. https://cyberleninka.ru/article/n/inklyuziv-ta-lim-jarayoniningpedagogikpsixologik-jihatlarini-o-rganishda-pedagoglarning-o-rni 3. Boltayeva, I. (2025). Inklyuziv ta’limni rivojlantirishdagi xalqaro tajriba. *Econferences* (maqola to‘plami). https://www.econferences.ru/index.php/mmms/article/download/28700/14831/15 064 4. Masodiqova, D. (2022). Mamlakatimizda inklyuziv ta’limni rivojlantirish tamoyillari va istiqbollari. *Ekonomika i sotsium*. https://cyberleninka.ru/article/n/mamlakatimizda-inklyuziv-ta-limni-rivojlantirishtamoyillari-vaistiqbollari 5. Mirsaidova, F. M. (2025). Inklyuziv ta’limning metodologik va nazariy asoslari. *Global Science Review*, 11(1), 105– 109. https://global-sciencereview.com/ojs/index.php/gsr/article/view/2998 6. Qodirova, F. U., & Pulatova, D. A. (2022). *Inklyuziv ta’lim: nazariya va metodika*. Chirchiq: ChDPU. https://devedu.uz/wp-content/uploads/2024/05/4Inklyuziv-talim-nazariya-va-metodika.pdf 7. Rahmatova, F., & Umrzoqova, N. (2024). Inklyuziv ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatuvchi resurs o‘qituvchi va ijtimoiy pedagogning vazifalari. *Talqin va tadqiqotlar*. https://talqinvatadqiqotlar.uz/index.php/tvt/article/view/1721 8. Rabbimova, S. J., & Davronov, I. E. (2024). Inklyuziv ta’limda xalqaro tajribalar. *Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari*. https://ilmiyanjumanlar.uz/archive/article/id/16303 9. To‘rayev, R. N., & Abilov, S. X. (2024). Professional ta’lim tizimida Finlandiya tajribasini qo‘llash afzalliklari. 10. *Educational Research in Universal Sciences*, 3(4), 139–142. https://erus.uz/index.php/er/article/view/6062 11. UNICEF Uzbekistan. (n.d.). Inklyuziv ta’lim. Qayta ko‘rildi: 2025-12-05, https://www.unicef.org/uzbekistan/uz/inklyuziv-talim “CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH” Volume 02. Issue 09. December 2025 235 12. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (MMTV) & UNICEF. (2025, May 19). Inklyuziv ta’lim bo‘yicha 19,2 mln dollarlik qo‘shma loyiha boshladi. https://talimxabarlari.uz/29930/ 13. Internet of Good Things Uzbekistan. (n.d.). Inklyuziv ta’lim nima? Qayta ko‘rildi: 2025-12-05, https://uz.goodinternet.org/uz/sections/osmirlar/talim-vamen/inklyuziv/ 14. Xolova, M. S., & Sayriddinova, R. B. Q. (2024). Inklyuziv ta’lim: global tajriba va O‘zbekiston modeli. *Research 15. Focus*. https://cyberleninka.ru/article/n/inklyuziv-talim-global-tajriba-vaozbekiston-modeli