AHMAD DONISHNING MA'RIFATPARVARLIGI VA ASARLARIDA AMIRLIK SIYOSIY ELITASI XUSUSIDAGI QARASHLAR: XOLIS VA NOXOLIS YONDASHUV
Abstract
Mazkur maqolada XIX asr Buxoro ma’rifatparvari Ahmad Donishning siyosiy-iqtisodiy qarashlari, amirlik boshqaruvi va elita vakillariga bergan baholari tahlil qilinadi. Ahmad Donishning xolis tanqidiy yondashuvlari bilan bir qatorda, ayrim subyektiv, hissiy yoki noxolis jihatlar ham yoritiladi. Tadqiqot Donish merosining murakkabligini ochib berishga qaratilgan.
Full text
557 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 AHMAD DONISHNING MA’RIFATPARVARLIGI VA ASARLARIDA AMIRLIK SIYOSIY ELITASI XUSUSIDAGI QARASHLAR: XOLIS VA NOXOLIS YONDASHUV Temirova Nodira Zaripovna Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakulteti 1-bosqich magistranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17963828 Annotatsiya. Mazkur maqolada XIX asr Buxoro ma’rifatparvari Ahmad Donishning siyosiy-iqtisodiy qarashlari, amirlik boshqaruvi va elita vakillariga bergan baholari tahlil qilinadi. Ahmad Donishning xolis tanqidiy yondashuvlari bilan bir qatorda, ayrim subyektiv, hissiy yoki noxolis jihatlar ham yoritiladi. Tadqiqot Donish merosining murakkabligini ochib berishga qaratilgan. Kalit so’zlar: Ahmad Donish, ma’rifatparvarlik, Buxoro amirligi, Ahmad Donishning ilmiy, merosi, tarixnavislik, madaniyat, xolis va noxolis yondashuvlar. AHMAD DONISH'S VIEWS ON THE EMIRATE'S POLITICAL ELITE IN HIS WORKS: AN IMPARTIAL AND BIASED APPROACH Abstract. This article analyzes the political and economic views of 19th-century Bukharan enlightener Ahmad Donish, his assessments of the emirate's administration and elite representatives. Along with the objective critical approaches of Ahmad Donish, some subjective, emotional, or biased aspects are also highlighted. The research is aimed at revealing the complexity of the Donish heritage. Keywords: Ahmad Donish, enlightenment, Bukhara Emirate, Ahmad Donish's scientific legacy, historiography, culture, objective and biased approaches. Kirish: Bugungi kunda dunyoning rivojlangan mamlakatlari tobora kuchayib borayotgan globallashuv jarayonida tamaddunlar rivojiga hissa qo’shgan allomalar merosiga doimiy ravishda murojaat etmoqdalar. Ularning tarixiy zaruriyat sabablari vujudga kelgan ilmiy meroslari hamda tarixiy tajribalaridan ilm-fan rivoji va kelajak avlodni tarbiyalashda keng foydalanib kelinmoqda. Shu bois xalqaro hamjamiyat tomonidan qabul qilingan uzoq istiqbolli ijtimoiy-madaniy dasturlar doirasida ma’rifatparvarlarning betakror ma’naviy merosini o’rganish va bu orqali millatlarning ma’naviy milliy o’zligini anglashga ko’maklashish asosiy vazifalar sifatida belgilangan. O’zbekistonda so’nggi yillarda buyuk ma’rifatparvar ajdodlarimizning ilg’or qarashlari va ilmiy-ijodiy meroslariga e’tibor kuchayib bormoqda. Zero, “Necha yuz yillik тarix va madaniyatimiz, milliy o’zligimizning ajralmas qismiga aylanib ketgan ajdodlarimizning bebaho ma’naviy merosini o’rganish va targ’ib etish biz uchun muhim masala bo’lib qolmoqda”. XIX asr ikkinchi yarmida Buxoro amirligida madaniy-siyosiy jarayonlar inqirozli holatga kelgan vaziyatda qomusiy alloma Ahmad Donish shaxsiyatining yetishib chiqish, ma’rifatparvarlik qarashlarining shakllanishi ularning o’z davri va bugungi kundagi ahamiyati mavzu dolzarbligini tashkil etadi. Ahmad Ibn Mir Nosir ibn Yusuf al-Xanafiy as-Siddiqiy al-Buxoriy (1827-1897) o’z davrining ko’plab ilmlarini qunt bilan egallagan va ular asosida boy ilmiy meros qoldirgan qomusiy bilimlar sohibidir. U tarixan murakkab davrda faoliyat yuritgan va har bir asarida ma’rifatparvarlikni targ’ib etgan va zamondashlari orasida “Donish” ya’ni bilimdon nomi bilan shuhrat qozongan.
558 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Ustozimiz I.Naimov ta`kidlaganidek, Ahmad Donish hayot yo’lini, shartli ravishda to’rt bosqichga bo’lish mumkin: birinchi bosqich (1836-1850) – o’quvchi va talabalim davri, ikkinchi bosqich (1850-1875) – saroy xizmatidagi davri, uchinchi bosqich (1875-1885) – qozilik faoliyati davri, to’rtinchi bosqich (1885-1897) – ilmiy-ijodiy faoliyat davri bo’lib hisoblanadi. Boshlang’ich va madrasa ta’limi, xattotlik, saroydagi faoliyat, mirzalik, bosh muhandislik, safarlar, qozilik va kitobdorlik kabi faoliyatlari ma’rifatparvarlik yo’nalishining shakllanishiga asos bo’lib xizmat qildi. Ahmad Donish egallagan boy hayotiy tajribalari asosida axloqiy-diniy, siyosiy-falsafiy, tarixnavislik, tabobat, musiqa, musavvirlik yo’nalishlarida boy ilmiy meros yaratdi. Ahmad Donishning uchta yirik tarixiy asari, ya’ni “Navodir ul-vaqoe”, “Risola yoxud mang’itlar xonadoni saltanatining qisqacha tarixi” va diniy-axloqiy qarashlari o’z ifodasini topgan “Me’yor ut-tadayyun” (Iymon mezonlari) kabi asarlari mavjud. Ahmad Donishning serqirra hayot tajribasi mahsuli hisoblangan “Navodirulvaqoe” (“Nodir voqealar”) asari allomaning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy, tabiiy-falsafiy yo’nalishga doir qomusiy asar hisoblanadi. Ushbu asar allomaning eng yirik asari hisoblanib, turli masalalar to’g’risida fikrlar bayon etilgan. Asardagi maxsus risola va hikoyalar Donish ilmiy merosi shakllanishining turli davrlarida (1868-1873) yozilgan bo’lib, muallif uni 18751882 yillar oralig’ida qayta tahrir va tavsiflab 15 yil davomida to’liq kitob shakliga keltirgan. Ahmad Donishnig tarixnavislik yo’nalishidagi yirik asari “Risola yoxud mang’itlar xonadoni saltanatining qisqacha tarixi deb nomlanadi. Ahmad Donishning ushbu asari muqaddima va 7 bobdan iborat asarda muarrix mang’itlar sulolasi tarixining qariyb 138 yillik davrini xronologik tartibda tahlil etgan. Ushbu asarda boshqa turdosh asarlarda uchramaydigan va ayni paytda muallif tomonidan ilgari surilgan mamlakat rivoji uchun muhim taklif va tarixiy voqealarga ham duch kelinadi. Olimlarning ta`kidlashicha, Ahmad Donishning diniy-axloqiy yo’nalishdagi qarashlari “Me’yor ut-tadoyyun” (“Iymon mezonlari”) asarida o’z ifodasini topgan. Donish asar muqaddimasida uni yaratishga turtki bo’lgan omillarga batafsil to’xtalib, o’z zamonasida a,irlik ichki vaziyatiga rahna soluvchi turli mazhablar bo’lganligi va ularni bag’rikenglikka chaqirish zarurligini ta’kidlaydi. Ahmad Donish o’zining ma’rifatparvarlik g’oyalari ilm-fan, madaniyat va ijtimoiy taraqqiyotning ahamiyatini tushungan olim, yozuvchi va mutafakkir sifatida tanilgan. Ahmad Donishning ma’rifatparvarlik haqida qarashlari: Ahmad Donish o’z asarlarida ma’rifatning jamiyatni o’zgartirishdagi o’rni va ahamiyati ta’kidlangan. Ahmad Donish ayniqsa, Sharq jamiyatida ilm-fan va ma’rifatning yuksalishi uchun ko’plab xulosa va takliflarni ilgari surgan. Uning fikricha ilm-fan va ma’rifat nafaqat shaxsning, balki butun jamiyatning taraqqiyoti uchun muhimdir. Ma’rifatning bugungi zamon sharoitida rivojlanishi uchun, eng avvalo, millatning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish zarur bo’lgan. Ahmad Donish o’z vaqtida ijtimoiy tartibni yaxshilash uchun ma’rifatning kuchiga tayanishni zarur deb bilgan. Ahmad Donish ayniqsa, yer egaligi an’analari bilan bog’liq muammolarni tanqid qilgan. Unga ko’ra, insonlarning ongini o’zgartirish va ilmni rivojlantirish orqali jamiyatni yaxshilash mumkin. Bu fikrlar O’rta Osiyo hududidagi zamonaviy ma’rifatparvarlar va islohotchilarni rag’batlantirgan. Ahmad Donish Qur’oni Karimni ilm-fan va ma’rifatning asosiy manabalaridan biri sifatida ko’rgan. Uning fikricha, diniy bilimlar va ilmiy bilimlar birbirini to’ldiradi va bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Bu qarashlar ayniqsa falsafiy qarashlarida namoyon bo’lgan.
559 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Ahmad Donishning asosiy maqsadi ma’rifatparvarlik g’oyalarini keng jamoatchilikka tushuntirish edi. Shuningdek, Ahmad Donish millatni anglash, o’z haq-huquqlarini bilish va o’zini hurmat qilish orqali insoniy rivojlanishning barcha sohalarini yaxshilashga intildi. Shu bilan birga ilmiy g’oyalarni ilgari surish va ularni amalga oshirishda o’zining tarbiya, ilmiy ishlari va adabiy asarlari bilan katta ahamiyatga ega bo’ldi. Axmad Donish Sharqni Gʻarb bilan solishtirganda, Gʻarbning ilm fan va madaniyatdagi yutuqlarini yuqori baholagan va ular bilan oʻz ilm fanini rivojlantirishni taklif qilgan. Biroq, u Gʻarbning yuksalishiga tayangan holda, Sharqni yangilashni, uning oʻziga xosliklarini saqlagan holda rivojlantirishni maqsad qilgan. Ahmad Donish davlat boshqaruvining yangilanishi zarurligini ham takidlagan. Unga koʻra, jamiyatni ma'rifatparvar boshqaruv orqali rivojlantirish mumkin edi. Shuningdek, Ahmad Donish ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy isloxtlarini amalga oshirish orqali jamiyatni ilgʻor rivojlanishiga erishish mumkinligini takidladi. XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligining ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy hayotida inqirozli vaziyat vujudga keldi. Natijada mamlakat hayotiga befarq boʻlmagan qator ma'rifatparvarlar etishib chiqdi. Shulardan eng yirigi va oʻz atrofida maslakdoshlarini jipslashtira olgan Ahmad Donish edi. Unda uygʻonish davrining qomusiy allomalari va Evropa madaniyati bilan yaqindan tanishuvi asosida mamlakatni tubdan isloh qilish toʻgʻrisidagi gʻoyalari shakllandi. Xususan, amirning vakolatlarini qonunan cheklash, xalq bilan muloqotda adolat tamoyillariga rioya etish, davlat ahamiyatiga molik masalalarni hal etish uchun oqillardan iborat Majlis joriy etish boʻyicha maxsus tavsiyalarni ishlab chiqdi va ularni amalga tadbiq etish talabini qoʻydi. Saroy layoqatsiz amaldorlardan xoli qilinsa, ushbu talablar amalda joriy etilishida oʻz xizmatini taklif etdi. Biroq amir uning islohotchilik gʻoyalarini qabul qilmay, aksincha, chekka tumanga badargʻa qildi. Ahmad Donish mavjud tuzum tartiblarini yangilash boʻyicha mamlakatning koʻplab sohalarini qamrab olgan islohot dasturlarini ilgari surgan boʻlsa-da, ularni hayotga tadbiq qilish boʻyicha amaldorlarni qat'iy ishontira olmadi. Chunki bu yangilanishlar mangʻit hukmdorlarining mutloq vakolatlarini cheklar, bu esa ilmiy asoslangan takliflarining roʻyobga chiqishiga yoʻl bermas edi. Shu sababli, qattiq qarshilik va tazyiqqa uchragach, ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shugʻullanishni ma'qul topdi. Ahmad Donish oʻzining elchilik faoliyati natijasida Buxoro amirligining xorijiy mamlakatlar bilan doʻstona aloqalarini oʻrnatish, ayni paytda xalqaro munosabatlarda mamlakat istiqlolini qoʻldan chiqarmaslik choralarini koʻrish boʻyicha mas'ul boʻlgan elchilarning kasb va mahoratlarini oshirish zarurligini ilgari surdi hamda maxsus risola yozdi. Albatta, muallifning takliflari elchilar tayyorlash boʻyicha yangilik emas edi. Biroq oʻzining amaliy tajribalari bilan davlatchiligimizning tarixiy boy tajribasini qayta jonlantirishga harakat qildi. Amalga oshirgan safarlari natijasida ilmiy texnikaviy yuksalishni istash gʻoyalari unda ustunlik qila boshladi. Natijada, koʻplab nodir risolalar yaratib, ilmiy merosida yosh avlodni ma'rifatli boʻlish, jahon yangiliklaridan xabardor boʻlish, zamonaviy kasb-hunarni egallab, oʻz Vataniga munosib xizmat qilish gʻoyalarini targʻib etdi. Ahmad Donish oʻzining tarixiy asarlarida XIX asr ikkinchi yarmidagi Buxoro amirligi milliy tarixnavislaridan farqli oʻlaroq, mangʻit amirlari faoliyatiga xolis munosabatini bildirdi. Mutafakkir oʻzining boy ilmiy merosida faqat tanqidchi sifatida namoyon boʻlmaydi, balki zamondosh olimlardan farqli oʻlaroq, Buxoro amirligidagi mavjud tuzum va inqirozli vaziyatni har tomonlama puxta tahlil etib, isloh qilishga qaratilgan hayotiy zarur takliflarini ham bildiradi.
560 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Ahmad Donish jamiyatning ichki ijtimoiy muammolariga ham befarq boʻlmadi. Islom dini ta'limotidan uzoqlashayotgan e'tiqod qiluvchilarni toʻgʻri yoʻlga chorlash, bid'atga chek qoʻyish, diniy nizolarning oldini olish va iymonli boʻlish boʻyicha “usuli xamsa”ni ishlab chiqdi. Ushbu usul hayotga zudlik bilan joriy qilinishini istadi. Chunki u amirlikda mavjud diniy oqimlar oʻrtasida etilib kelayotgan oʻzaro qaramaqarshiliklarni oldindan koʻra olgan edi Amirlik siyosiy elitasi haqidagi qarashlar: Ahmad Donish amirlik siyosiy elitasi — amir, beklar, qozi va boshqa amaldorlarni keskin tanqid qiladi. Uning fikricha: Amaldorlar savodsiz, dunyoqarashi tor; Mansablar pul evaziga beriladi; Adolat tizimi poraxo`rlikka botgan; Xalq manfaatlari hisobga olinmaydi; Hokimlar o‘zboshimchalik bilan ish yuritadi. Bu tanqidlar ko‘p hollarda tarixiy haqiqatni aks ettiradi. Ahmad Donish amirlik hukmdorlarini ikki toifaga ajratadi: Ilmli, adolatga moyil, ammo kuchsiz amirlar; Qo‘pol, zolim, bilimdan yiroq hukmdorlar. Ahmad Donishning tadqiqotlarida amir Muzaffar va amir Abdulahad davridagi boshqaruv aqlga emas, balki saroy fitna va shaxsiy manfaatlarga tayanilganligi qayd etiladi. Donish tanqidlarida xolis yondashuv: Faktlarga asoslangan ilmiy tahlil Donish ko‘pincha boshidan kechirgan voqealar, saroyda ko‘rgan muammolar, amaldorlar bilan o‘zaro munosabatlar asosida xolis xulosalar beradi. U boshqaruvdagi kamchiliklarni ochiq aytishdan tortinmaydi. Donishning tanqidlari xalq manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, bu uning xolislik mezonining asosiy omilidir.Rossiya, Kavkaz va boshqa hududlarga qilgan safarlari uning dunyoqarashini kengaytirdi. Ahmad Donish bu tajribadan real tahlilda foydalangan. Noxolis yondashuv elementlari: Donish ayrim amaldorlar tomonidan haqoratlangan, jazolangan, tashqi siyosiy topshiriqlardan chetlashtirilgan. Buning natijasida ba’zi baholari hissiyot bilan yo‘g‘rilgan. Ahmad Donish ko‘rgan taraqqiyotni mahalliy sharoitga to‘laligicha mos tarzda baholamay, Rossiya tizimini ba’zan mutlaq yuksak sifatida tasvirlaydi. Ba’zi asarlarida amirlikning ijobiy jihatlari — davlat barqarorligi, diniy ilmlarning rivoji, an’anaviy boshqaruvning ayrim kuchli tomonlari — yetarli baholanmaydi. Xolis va noxolis yondashuvlarning uyg’unlashuvi: Donish qarashlarida xolislik va noxolislik birgalikda mavjud. Bu holat shaxsning ichki ruhiy olami; o‘sha davr siyosiy muhitining murakkabligi;,Donishning saroy hayotidagi tajribasi bilan izohlanadi.Donishning tanqidiy qarashlarining aksariyati ilmiy, ijtimoiy va tarixiy asosga ega. Noxolis jihatlar esa asosan shaxsiy yoki zamoniy omillar bilan bog‘liq. Xulosa; Ahmad Donish — Markaziy Osiyo ma’rifatparvarlik tarixida muhim o‘rin tutuvchi mutafakkir. Uning siyosiy-ijtimoiy qarashlari nafaqat o‘z davri, balki keyingi avlodlar uchun ham ulkan ahamiyatga ega. Donishning: ma’rifatni ustuvor qo‘yishi; adolatli boshqaruv konsepsiyasini ishlab chiqishi; siyosiy elita faoliyatini tahlil qilishi; xalq manfaatini himoya qilishi uni zamonaviy tafakkur bilan bog‘lovchi poydevor sifatida baholash imkonini beradi.
561 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Donish qarashlarida xolis va noxolis jihatlar uyg‘unlashib ketgan bo‘lsa-da, uning merosi ilmiy, tarixiy va ma’naviy qadriyat sifatida bebaho hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ahmad Donish: Risolayi tarixi amiron. – Qo‘lyozmalar fondi nusxalari. 2. Ahmad.Donish: Tarjimai hol. 3. A. Muhammadjonov. Buxoro amirligi: davlat boshqaruvi va siyosiy hayot. – Toshkent, 2012, 4. I.Naimov.: Ahmad Donishning ma’rifatparvarlik faoliyati va uning ilmiy merosi. Toshkent;2022 5. Ziyonet.uz