scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TEXNIKA XAVFSIZLI BO'YICHA BILIMLARNI O'ZLASHTIRISHDA INTERFAOL USULLARNING O'RNI

Axrarov, Bobirxodja Baxodirovich

Abstract

This article will talk about the essence of interactive methods in the development of students’ knowledge of Technical Safety. The effectiveness of interactive methods and reliable aspects in their application are illustrated, the difference between an traditional, interactive lesson is studied and a conclusion is drawn.

Full text

INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 43 DOI: https://10.5281/zenodo.17963910 TEXNIKA XAVFSIZLI BO‘YICHA BILIMLARNI O‘ZLASHTIRISHDA INTERFAOL USULLARNING O‘RNI Axrarov Bobirxodja Baxodirovich TDTU “Xayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi t.f.f.d. (PhD) dotsent v.b ABSTRACT This article will talk about the essence of interactive methods in the development of students’ knowledge of Technical Safety. The effectiveness of interactive methods and reliable aspects in their application are illustrated, the difference between an traditional, interactive lesson is studied and a conclusion is drawn. Keywords: Education, teacher, interactive, technical, interdisciplinary, cocktail protection, method, student. ANNOTATSIYA Ushbu maqolada talabalarning texnika xavfsizligiga oid bilimlarini rivojlantirishda interfaol metodlarning mohiyati haqida so‘z boradi. Interfaol metodlarning samaradorligi va qo‘llashdagi etiborli jihatlari taxlil qilingan, an’naviy, interfaol dars o‘rtasidagi farq o‘rganilgan va xulosa chiqarilgan. Kalit so‘zlar: Ta’lim, o‘qituvchi, interfaol, texnika, interfaollik, mexnat muhofazasi, metod, talaba. АННОТАЦИЯ В данной статье рассматривается сущность интерактивных методов в развитии знаний учащихся о безопасности техники. Анализируются аспекты эффективности и достоверности применения интерактивных методов, изучается отличие традиционного, интерактивного урока и делается вывод. Ключевые слова: Образование, учитель, интерактивность, техника, интерактивность, охрана труда, метод, ученик. Inson xavfsizligini ta’minlash ayniqsa uni ish jarayonida bevosita ishlab chiqarishda oʻz dolzarbligini koʻrsatadi. Chunki zamonaviy korxonalarning xarakterli tomoni shundaki, unda bir korxonaning oʻzida turli-tuman va tez oʻzgaruvchan texnologik jarayonlarda materiallar, yuqori darajali mexanizatsiyalashgan va INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 44 avtomatlashtirilgan elektr hisoblash texnikasi bilan jihozlangan zamonaviy potok tizimlar qoʻllanilmoqda. Bular albatta bir tomondan jarayonlarni qisqartirishga maxsulot sifatini yaxshilashga va mehnat sharoitini xavfsizlantirishga qaratilgan, lekin ikkinchi tomonidan ularda ishlovchi ishchilardan katta diqqat, sezuvchanlik va butun ish kuni davomida aqliy zoʻriqish talab qiladi. Bu esa asablarning taranglashuviga va pirovard natijada kasbiy kasallik va jarohatlarga sabab boʻlishi mumkin[1]. Xavfsizlikni ta’minlash ruhida oʻqitish va tarbiyalash barcha oʻquv yurtlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki yangi texnika va texnologiyalarni boʻlgʻusi yaratuvchilarini va ishlab chiqarish rahbarlarini shu ruhda tarbiyalash ushbu muammoni samarali boʻlishida katta ahamiyatga ega. Boʻlgʻusi mutaxassislarni shakllantirishdan asosiy maqsad har qanday muhandislik masalasini hal qilishda, bu ilmiy izlanish boʻladimi, loyiha-konstruktorlik ishi boʻladimi, ishlab chiqarishning tashkiliy va boshqaruv masalasi boʻladimi asosiy tamoyil inson salomatligi va hayotini muhofaza qilish ekanligini unutmaslikdir. Texnologik jarayonning murakkabligi, texnologik rejimlarga boʻlgan talablarning yuqoriligi mehnat muhofazasi tadbirlariga boʻlgan talablarining ortib borishini talab qilmoqda. Ishlab chiqarish xavfsizligi muammolarini oʻrganish uslubiy jihatdan murakkablashib, aktuallashib boryapti. Korxonalarda mehnat sharoitlarini yaxshilash va yuqori xavfsizlik satxini ta’minlash uchun barcha texnik, tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy usul va vositalarini qoʻllash talab etiladi. “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” kursi ijtimoiy-huquqiy maqsadlarni oʻz ichiga olgan muhandislik fani boʻlib, klassik fanlar boʻlmish fizika, kimyo va matematika bilan birga amaliy mehnat gigienasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, mehnat psixologiyasi, ergonomika, muhandislik, sanoat estetikasi va boshqa fanlardan tashkil topgandir. Bu fanning metodologik asosi – mehnat sharoitini, texnologik jarayonni, ajralib chiqadigan zararli moddalarni va foydalanish vaqtida paydo boʻladigan xavfli vaziyatlarni ilmiy tahlil qilishdir. Bu tahlil asosida ishlab chiqarishdagi xavfli joylar, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan xavfli vaziyatlar aniqlanadi, ularni oldini olish va yoʻqotish choralari ishlab chiqiladi. Bu masalalarni hammasi oʻzaro bogʻlangan holda, kelajak rejalarni hisobga olgan holda koʻriladi[2]. Interfaol metodlarning ta’lim va tarbiya jarayonidagi o‘rni va imkoniyatlari: Interfaol metod – ta’lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo‘llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar o‘tkazish, o‘quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko‘pligi, o‘quvchilar tashabbus ko‘rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 45 jamoasi bo‘lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo‘lib, ular ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega[3]. Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo‘nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o‘qituvchilari dars mashg‘ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar. Interfaol usullarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi. Bu masalada amerikalik psixolog va pedagog B.Blum bilish va emotsional sohalardagi pedagogik maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan. Uni Blum taksonomiyasi deb nomlanadi. (Taksonomiya-borliqning murakkab tuzilgan sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi). U tafakkurni bilish qobiliyatlari rivojlanishiga muvofiq ravishdagi oltita darajaga ajratdi. Unga ko‘ra tafakkurning rivojlanishi bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil, umumlashtirish, baholash darajalarida bo‘ladi. Shu har bir daraja quyidagi belgilar hamda har bir darajaga muvofiq fe’llar namunalari bilan ham ifodalanadi, jumladan: Bilish-dastlabki tafakkur darajasi bo‘lib, bunda talaba atamalarni ayta oladi, aniq qoidalar, tushunchalar, faktlar va shu kabilarni biladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: qaytara bilish, mustahkamlay olish, axborotni yetkaza olish, aytib bera olish, yozish, ifodalay olish, farqlash, taniy olish, gapirib berish, takrorlash. Tushunish darajasidagi tafakkurga ega bo‘lganda esa, o‘quvchi faktlar, qoidalar, sxema, jadvallarni tushunadi. Mavjud ma’lumotlar asosida kelgusi oqibatlarni taxminiy tafsiflay oladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: asoslash, almashtirish, yaqqollashtirish, belgilash, tushuntirish, tarjima qilish, qayta tuzish, yoritib berish, sharhlash, oydinlashtirish. Qo‘llash darajasidagi tafakkurda talaba olgan bilimlaridan faqat an’anaviy emas, noa’nanaviy holatlarda ham foydalana oladi va ularni to‘g‘ri qo‘llaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: joriy qilish, hisoblab chiqish, namoyish qilish, foydalanish, o‘rgatish, aniqlash, amalga oshirish, hisob-kitob qilish, tatbiq qilish, hal etish. Tahlil darajasidagi tafakkurda talaba yaxlitning qismlarini va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni ajrata oladi, fikrlash mantiqidagi xatolarni ko‘radi, faktlar va oqibatlar orasidagi farqlarni ajratadi, ma’lumotlarning ahamiyatini baholaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: keltirib chiqarish, ajratish, INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 46 tabaqalashtirish, tasniflash, taxmin qilish, bashorat qilish, yoyish, taqsimlash, tekshirish, guruhlash[4]. Umumlashtirish darajasidagi tafakkurda talaba ijodiy ish bajaradi, biror tajriba o‘tkazish rejasini tuzadi, birnechta sohalardagi bilimlardan foydalanadi. Ma’lumotni yangilik yaratish uchun ijodiy qayta ishlaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: yangilik yaratish, umumlashtirish, birlashtirish, rejalashtirish, ishlab chiqish, tizimlashtirish, kombinastiyalashtirish, yaratish, tuzish, loyihalash. Baholash darajasidagi tafakkurda talaba mezonlarni ajrata oladi, ularga rioya qila oladi, mezonlarning xilma-xilligini ko‘radi, xulosalarning mavjud ma’lumotlarga mosligini baholaydi, faktlar va baholovchi fikrlar orasidagi farqlarni ajratadi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: tashxislash, isbotlash, o‘lchash, nazorat qilish, asoslash, ma’qullash, baholash, tekshirish, solishtirish, qiyoslash. Interfaol usullar ko‘p turli bo‘lib, ularning hammasi ham har qanday progressiv usullar kabi eng avvalo, o‘qituvchidan mashg‘ulot oldidan katta tayyorgarlik ko‘rishni talab qiladi. Shu mashg‘ulotlarni tashkil qilishda interfaol darsning asosiy xususiyatlarini uning an’anaviy darsga nisbatan ayrim farqlarini ko‘rib chiqish orqali yaqqolroq idrok etish mumkin. Shu maqsadda quyidagi jadvalni keltiramiz: An’anaviy hamda interfaol dars orasidagi ayrim farqlar № Asosiy tushunchalar An’anaviy dars Interfaol dars 1 Qo‘llanish darajasi Barcha mavzular bo‘yicha ular uchun qulay bo‘lgan dars turlari shaklida qo‘llaniladi. Ayrim mavzular bo‘yicha interfaol darsning qulay bo‘lgan turlari shaklida qo‘llaniladi. Boshqa mavzular uchun an’anaviy dars qo‘llaniladi 2 Dars maqsadi Dars mavzusi bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish, mustahkamlash. Dars mavzusi bo‘yicha mustaqil fikrlash, xulosaga kelish, ularni bayon qilish, himoyalashga o‘rgatish. 3 O‘qituvchining vazifalari va ish usullari Yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash, nazorat, topshiriqlar berish. Talabalarning mustaqil ishlashlarini va taqdimotlarini tashkil qilish, boshqarish, nazorat, yakuniy xulosalarni asoslab berish. 4 Darsga tayyorgarlikka talablar Dars rejasi, konspekt va didaktik vositalarni tayyorlash. Interfaol dars ishlanmasi, mustaqil ishlar uchun topshiriqlar, tarqatma materiallar, boshqa zarur vositalarni tayyorlash. 5 Talabalar tayyorgarligiga talablar Oldingi dars bo‘yicha vazifalarni bajarib kelish. Yangi dars mavzusi bo‘yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki ma’lumotlarni bilish. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 47 6 Talabalarning vazifalari vaish usullari O‘qituvchini tinglash va o‘zlashtirish, berilgan topshiriqlarni bajarish. O‘qituvchi bergan topshiriqlarni bajarish bo‘yicha mustaqil fikrlash, o‘z fikr, xulosalarini boshqalarga solishtirish va yakuniy xulosaga kelish 7 Vaqt taqsimoti Dars vaqtining ko‘p qismi o‘qituvchining yangi mavzuni tushuntirishi, tahlil qilishi, topshiriqlarni tushuntirishi, o‘zlashtirishni nazorat qilishiga sarflanadi. Dars vaqtining ko‘p qismi talabalarning mustaqil topshiriqlarni bajarishi, fikr almashishi, mushohada qilishi, o‘z xulosalarini bayon qilishi va himoyalashiga sarflanadi. 8 Darsning modul va algoritmlari Darsning modul va algoritmlaridan har bir o‘qituvchi o‘zi qo‘llayotgan metodga muvofiq foydalanadi. Har bir dars oldindan tayyorlangan modullar va algoritmlarga, loyihalarga muvofiq o‘tkaziladi. 9 Talabalardan talab qilinadigan faollik darajasi O‘qituvchi har tomonlama faol, o‘quvchilar diqqatni jamlash, tushunish, fikrlash, topshiriqlarni bajarish bo‘yicha faol. Muloqot shakllari: o‘qituvchi-guruh; o‘qituvchi-talaba; talaba - talaba; talaba-o‘qituvchi; guruh-o‘qituvchi; O‘qituvchi ham, talabalar ham har tomonlama faol. Hamkorlik, hamijodkorlik shakllari: o‘qituvchitalaba; talaba-talaba; talaba-kichik guruh; kichik guruh-kichik guruh; talaba-o‘qituvchi; kichik guruho‘qituvchi; guruh-o‘qituvchi. 10 Bilimlarni o‘zlashtirishning asosiy usullari Muloqot, muhokama, muzokara, bahs, munozara, mulohaza, tahlil, mushohada, mutolaa va boshqalar. Muloqot, mutolaa, mushohada, muhokama, muzokara, bahs, munozara, mulohaza, tahlil va boshqalar. 11 Mashg‘ulot shakllari Ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya mashg‘uloti, davra suhbati, bahs, munozara, konsultastiya va boshqalar. Ma’ruza, guruh yoki juft bo‘lib ishlash, taqdimotlar, bahs, munozara, davra suhbati, amaliy ishlar va boshqalar. 12 Kutiladigan natija Mavzu bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma, malakalarini o‘zlashtirishlari. Mavzu bo‘yicha talabalarning o‘z fikr, xulosalarini shakllantirish, ularni mustaqil bilim olishga o‘rgatish. Jadvalda keltirilgan farqlar shu ikki mashg‘ulot turining bir-biriga nisbatan afzal va kamchilik tomonlarini yaqqol ko‘rsatib turibdi[5]. Interfaol mashg‘ulotning ushbu jadvalda ko‘rsatilgan ayrim jihatlarini tahlil qilish asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 1. O‘quv rejadagi fanlarni o‘qitishda qaysi mavzular bo‘yicha interfaol darslar tashkil qilish maqsadga muvofiqligini hisobga olish zarur. Bunda hap bir mavzu INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 48 bo‘yicha mashg‘ulotning maqsadiga to‘liq erishishni ta’minlaydigan interfaol yoki an’anaviy mashg‘ulot turlaridan foydalanish ko‘zda tutiladi. 2. Interfaol mashg‘ulotning samarali bo‘lishi uchun talabalar yangi mashg‘ulotdan oldin uning mavzusi bo‘yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki ma’lumotlarni bilishlarini ta’minlash zarur. 3. Interfaol mashg‘ulotda talabalarning mustaqil ishlashlari uchun an’anaviy mashg‘ulotga nisbatan ko‘p vaqt sarflanishini hisobga olish zarur. Shularga o‘xshash farqlarning ijtimoiy hayotdagi ta’siri to‘g‘risida bir necha asr muqaddam A.Navoiy o‘zining mashhur «Mahbub ul-qulub» asari muqaddimasida shunday yozgan edi: «Umid ulkim, o‘qig‘uvchilar diqqat va e’tibor ko‘zi bila nazar solg‘aylar va har qaysisi o‘z fahmu idroklariga ko‘ra bahra olg‘aylar…». Bunda shu asarni har kim turlicha, ya’ni o‘z fahmi idroki darajasidagina tushunishi, o‘zlashtirishi, foyda ola bilishi va amalda qo‘llay bilishi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, bundan biz interfaol ta’lim usullarining an’anaviy usullardan asosiy farqlari to‘g‘risida yuqorida aytgan xulosalarimizni yanada qisqa qilib, talabalarning fahmu idroklarini o‘stirishdan iborat, deb ifodalashimiz mumkin. Bunda ta’kidlash lozimki, interfaol ta’lim usullari O‘zbekistonda qadim zamonlardan beri ta’lim-tarbiya jarayonida muallim bilan talabalar hamda talabalar bilan talabalar o‘rtasidagi muloqotlarda muhokama, munozara, muzokara, mushohada, tahlil, mashvarat, mushoira, mutolaa kabi shakllarda qo‘llab kelingan[6]. Bu usullar talabalarning nutq, tafakkur, mulohaza, zehn, iste’dod, zakovatlarini o‘stirish orqali ularning mustaqil fikrlaydigan, komil insonlar bo‘lib etishishlariga xizmat qilgan. Hozir interfaol mashg‘ulotlarni olib borishda ma’lumki, asosan interfaol usullar qo‘llanilmoqda. Kelgusida esa bu usullar ma’lum darajada interfaol texnologiyaga o‘sib o‘tishi maqsadga muvofiq. Bu interfaol usul hamda texnologiya tushunchalarining o‘zaro farqini bizningcha, shunday ta’riflash mumkin. Interfaol ta’lim usuli – har bir o‘qituvchi tomonidan mavjud vositalar va o‘z imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi. Bunda har bir talaba o‘z motivlari va intellektual darajasiga muvofiq ravishda turli darajada o‘zlashtiradi. Interfaol ta’lim texnologiyasi – har bir o‘qituvchi barcha talabalar ko‘zda tutilgandek o‘zlashtiradigan mashg‘ulot olib borishini ta’minlaydi. Bunda har bir talaba o‘z motivlari va intellektual darajasiga ega holda mashg‘ulotni oldindan ko‘zda tutilgan darajada o‘zlashtiradi. Interfaol mashg‘ulotlarni amalda qo‘llash bo‘yicha ayrim tajribalarni o‘rganish asosida bu mashg‘ulotlarning sifat va samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi ayrim omillarni ko‘rsatishimiz mumkin. Ularni shartli ravishda tashkiliy-pedagogik, ilmiy– metodik hamda o‘qituvchiga, talabalarga, ta’lim vositalariga bog‘liq omillar deb atash INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 49 mumkin. Ular o‘z mohiyatiga ko‘ra ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishini nazarda tutishimiz lozim[7]. Tashkiliy-pedagogik omillarga quyidagilar kiradi: -o‘qituvchilardan interfaol mashg‘ulotlar olib boruvchi trenerlar guruhini tayyorlash; -o‘qituvchilarga interfaol usullarni o‘rgatishni tashkil qilish; -o‘quv xonasida interfaol mashg‘ulot uchun zarur sharoitlarni yaratish; -ma’ruzachining hamda ishtirokchilarning ish joyi qulay bo‘lishini ta’minlash; -sanitariya-gigiena me’yorlari buzilishining oldini olish; -xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni ta’minlash; -davomatni va intizomni saqlash; - nazorat olib borishni tashkil qilish va boshqalar. Ilmiy-metodik omillarga quyidagilar kiradi: -DTS talablarining bajarilishini hamda darsdan ko‘zda tutilgan maqsadga to‘liq erishishni ta’minlash uchun maqsadga muvofiq bo‘lgan interfaol usullarni to‘g‘ri tanlash; -interfaol mashg‘ulot ishlanmasini sifatli tayyorlash; -interfaol mashg‘ulotning har bir elementi o‘rganilayotgan mavzu bilan bog‘liq bo‘lishini ta’minlash; -mashg‘ulotlar mavzusi va mazmunini so‘nggi ilmiy-nazariy ma’lumotlar asosida belgilash; -zamonaviy yuqori samarali metodlarni qo‘llash; - talabalarning tayyorgarlik darajasini oldindan aniqlash va shunga mos darajadagi interfaol mashg‘ulotlarni o‘tkazish; -interfaol mashg‘ulot uchun yetarlicha vaqt ajrata bilish va boshqalar. O‘qituvchiga tegishli omillar: -mavzuni sayoz bilishi; -nutqidagi kamchiliklar: talaffuz, adabiy til me’yorlari, grammatika qoidalari, notanish yoki xorijiy so‘zlar, atamalarning ma’nosini tushuntirmasdan qo‘llashi, shevaga xos so‘zlarni ko‘p qo‘llashi, yozib namoyish qilishda xatoga yo‘l qo‘yishi va tushunarsiz yozishi; -o‘zini tutishi va pedagogik xulqidagi nuqsonlar; -kiyinishi va tashqi ko‘rinishiga e’tiborsizligi; -ta’lim vositalaridan unumli va to‘g‘ri foydalana olmasligi; -kuzatuvchanlik, vaqtning o‘tishini his qilish, uni to‘g‘ri taqsimlash ko‘nikmasi etishmasligi; -tinglash ko‘nikmasi yetishmasligi; INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 50 - talabaga xayrixohlik, samimiylik, u bilan hamkorlikda ish olib borish ko‘nikmasi yetishmasligi; -mantiqiy bog‘liqlik va izchillikka rioya qilmaslik va boshqalar. Talabalarga tegishli omillar: -davomat pastligi, mashg‘ulotga kechikib kelishi; -zarur tayyorgarliksiz kelishi; -ilmiy atamalarni bilmasligi; -diqqatni jamlay olmasligi; -eshitish qobiliyatidagi va tinglash ko‘nikmasidagi kamchiliklar; -qiziqishning pastligi, fikr yuritishning sustligi; -dars mavzusi bo‘yicha tayyorgarlik darajasining pastligi; -manfaatdorlikning kamligi va boshqalar. Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalarga tegishli omillar: -ta’lim vositalarining yetishmasligi, ta’mirtalab yoki yaroqsiz holda bo‘lishi, sifatli va zamonaviy vositalarning kamligi; -mashg‘ulot mavzusini o‘zlashtirish uchun maqsadga muvofiq vositalar turlarini va sonini to‘g‘ri tanlamaslik; -vositalarni mashg‘ulot boshlanmasidan oldin ishga tayyorlab qo‘ymaslik; -vositalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik va boshqalar. Xulosa qilib aytganda, interfaol mashg‘ulotlarni yuqorida qisqacha bayon qilingan omillarni hisobga olgan holda tashkil qilish va olib borish bu mashg‘ulotlarning sifati va samaradorligini yanada oshirishga yordam beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Tursunov Sh.Ch., Abduraxmonov J.Sh., Toʻraqulov E.T. Hayot faoliyati xavfsizligi. Darslik. -T. -2023. -560 b. 2. Abduraxmonov J.Sh. Talabalarda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligiga oid bilimlarini rivojlantirish. Monografiya. -T. -2023. -112 b. 3. Shodiyeva B.S. Ta’lim metodlari va vositalarinidarsdagi samaradorligi. SCIENTIFIC PROGRESS. 3-soni. -2022. -290-295 b. 4. Djurayeva B.A. Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarining mediakompotentligini interfaol metodlar asosida rivojlantirish. Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar. 3-soni. -2022. -199-201 b. 5. Qodirova M.S. The essence of interfaol educational methods used in teaching. International scientific and practice conference on "International experience in increasing the effectiveness of distance education: problems and solutions". -2023. -4146 b. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 51 6. Tursunov Sh.Ch., Abduraxmonov J.Sh. Talabalarni texnika xavfsizligiga o‘qitish masalalari. “Qishloq xo‘jaligi va transportda innovatsion texnika vatexnologiyalar: muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani maqolalari to‘plami. Qarshi: -2023. 460-462 b. Tursunov Sh.Ch., Abduraxmonov J.Sh. Hayot faoliyati mashg‘ulotlarida innovatsion pedagogik texnologiyalarning mohiyati. “Qishloq xo‘jaligi va transportda innovatsion texnika vatexnologiyalar: muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani maqolalari to‘plami. Qarshi: -2023. 462-464 b.