scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

HUQUQIY-MA'RIFIY ISHLARDA MILLIY G'OYANING TARBIYAVIY AHAMIYATI

Ibadullayeva, Maftuna Ilhomboy qizi

Abstract

Ushbu maqolada huquqiy-ma’rifiy ishlar tizimida milliy g‘oyaning tarbiyaviy ahamiyati har tomonlama ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil etilgan. Milliy g‘oya jamiyatning ma’naviy poydevori sifatida yosh avlodni vatanparvarlik, qonunlarga hurmat, fuqarolik mas’uliyati va ijtimoiy faollik ruhida tarbiyalashda muhim omil ekanligi asoslab berilgan. Huquqiy-ma’rifiy ishlar jarayonida milliy qadriyatlar, tarixiy meros va huquqiy bilimlarning uyg‘unlashuvi yoshlarning huquqiy ongini yuksaltirishga xizmat qilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada milliy g‘oyaning tarbiyaviy funksiyalari, uning huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishdagi roli, shuningdek, zamonaviy sharoitda huquqiy-ma’rifiy ishlarni milliy g‘oya asosida takomillashtirish yo‘llari yoritilgan.

Full text

INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 58 DOI: https://10.5281/zenodo.17964849 HUQUQIY-MA’RIFIY ISHLARDA MILLIY G‘OYANING TARBIYAVIY AHAMIYATI Maftuna Ibadullayeva Ilhomboy qizi OʻzMPU Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi(huquq ta’limi)1-kurs magistranti ANNOTATSIYA Ushbu maqolada huquqiy-ma’rifiy ishlar tizimida milliy g‘oyaning tarbiyaviy ahamiyati har tomonlama ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil etilgan. Milliy g‘oya jamiyatning ma’naviy poydevori sifatida yosh avlodni vatanparvarlik, qonunlarga hurmat, fuqarolik mas’uliyati va ijtimoiy faollik ruhida tarbiyalashda muhim omil ekanligi asoslab berilgan. Huquqiy-ma’rifiy ishlar jarayonida milliy qadriyatlar, tarixiy meros va huquqiy bilimlarning uyg‘unlashuvi yoshlarning huquqiy ongini yuksaltirishga xizmat qilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada milliy g‘oyaning tarbiyaviy funksiyalari, uning huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishdagi roli, shuningdek, zamonaviy sharoitda huquqiy-ma’rifiy ishlarni milliy g‘oya asosida takomillashtirish yo‘llari yoritilgan. Kalit so‘zlar: milliy g‘oya, huquqiy-ma’rifiy ishlar, huquqiy tarbiya, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, yoshlar, fuqarolik jamiyati, vatanparvarlik. АННОТАЦИЯ В данной статье проводится всесторонний анализ воспитательного значения национальной идеи в системе право-воспитательной работы с научной, теоретической и практической точек зрения. Обосновывается, что национальная идея, как духовная основа общества, является важным фактором воспитания молодого поколения в духе патриотизма, уважения к закону, гражданской ответственности и социальной активности. Показано, что сочетание национальных ценностей, исторического наследия и правовых знаний в процессе право-воспитательной работы способствует повышению правового сознания молодежи. В статье освещаются воспитательные функции национальной идеи, ее роль в формировании правового сознания и правовой культуры, а также пути совершенствования право-воспитательной работы на основе национальной идеи в современных условиях. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 59 Ключевые слова: национальная идея, право-воспитательная работа, правовое воспитание, правовое сознание, правовая культура, молодежь, гражданское общество, патриотизм. ABSTRACT This article comprehensively analyzes the educational significance of the national idea in the system of legal and educational work from a scientific, theoretical and practical point of view. It is substantiated that the national idea, as the spiritual foundation of society, is an important factor in educating the younger generation in the spirit of patriotism, respect for the law, civic responsibility and social activity. It is shown that the combination of national values, historical heritage and legal knowledge in the process of legal and educational work serves to raise the legal consciousness of young people. The article highlights the educational functions of the national idea, its role in the formation of legal consciousness and legal culture, as well as ways to improve legal and educational work on the basis of the national idea in modern conditions. Keywords: national idea, legal and educational work, legal education, legal consciousness, legal culture, youth, civil society, patriotism. KIRISH Bugungi globallashuv sharoitida dunyoda mafkuraviy kurashlar, axborot bosimi va turli g‘oyaviy tahdidlar kuchayib borayotgan bir paytda jamiyatda huquqiy ong va ma’naviy barqarorlikni ta’minlash masalasi alohida dolzarblik kasb etmoqda. Ayniqsa, yosh avlodni milliy qadriyatlarga sodiq, huquqiy bilimlarga ega va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxslar sifatida tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan aholining, ayniqsa yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasiga bevosita bog‘liqdir. Shu nuqtayi nazardan huquqiy-ma’rifiy ishlarni tizimli va uzluksiz tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy g‘oya jamiyatni birlashtiruvchi, xalqni yuksak maqsadlar sari safarbar etuvchi g‘oyaviy asos sifatida huquqiy-ma’rifiy ishlarning mazmunini boyitadi. Milliy g‘oya orqali yoshlar ongida Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga hurmat, qonun ustuvorligi va adolat tamoyillari mustahkamlanadi. Aynan shu jihatlar huquqiyma’rifiy ishlarning tarbiyaviy samaradorligini oshiradi. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 60 Hozirgi davrda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni turli zararli g‘oyalardan himoya qilish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Bu jarayonda milliy g‘oya huquqiy-ma’rifiy ishlarning tayanch mafkuraviy asosi sifatida muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli huquqiy-ma’rifiy ishlarda milliy g‘oyaning tarbiyaviy ahamiyatini chuqur ilmiy tahlil etish bugungi kun talabidir. Milliy g‘oya tushunchasi va uning ijtimoiy-ma’naviy mohiyati hozirgi davr yoshlari ongida yetarli darajada shakllanmagan. Ularga milliy g‘oya tushunchasini shunday o‘rgatish lozim. Milliy g‘oya — bu muayyan xalqning tarixiy taraqqiyoti davomida shakllangan, uning milliy manfaatlari, qadriyatlari, orzu-intilishlari va kelajak maqsadlarini ifodalovchi g‘oyalar tizimidir. Milliy g‘oya jamiyat a’zolarini birlashtiradi, ularni umumiy maqsadlar sari safarbar etadi va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Zeroki, milliy g‘oyaning asosiy mohiyati yosh avlodni milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, ma’naviy yetuklik va huquqiy mas’uliyat ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Shu sababli milliy g‘oya huquqiy-ma’rifiy ishlar mazmunining ajralmas qismi hisoblanadi. Huquqiy-ma’rifiy ishlarning mazmuni va asosiy vazifalari haqida so‘z yuritishdan oldin. Huquqiy-ma’rifiy ishlar o‘zi nima ekanligiga to‘xtalishimiz kerak. Huquqiyma’rifiy ishlar — bu fuqarolarga huquqiy bilimlar berish, huquqiy ongni shakllantirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan tizimli faoliyatdir. Bu jarayon jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Huquqiy-ma’rifiy ishlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: • fuqarolarda huquqiy bilimlarni shakllantirish; • qonunlarga hurmat tuyg‘usini tarbiyalash; • huquqiy mas’uliyatni kuchaytirish; • faol fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirish. Mazkur vazifalarni samarali amalga oshirishda milliy g‘oya kuchli tarbiyaviy omil bo‘lib xizmat qiladi. Milliy g‘oyaning huquqiy-ma’rifiy ishlardagi tarbiyaviy funksiyalarini ham bajaradi. Milliy g‘oya huquqiy-ma’rifiy ishlar jarayonida bir qator muhim tarbiyaviy funksiyalarni bajaradi. Avvalo, u yoshlar ongida vatanparvarlik va milliy iftixor tuyg‘ularini mustahkamlaydi. Shu bilan birga, milliy g‘oya qonunlarga hurmat va adolat tamoyillarini anglashga yordam beradi. Milliy g‘oyaning tarbiyaviy funksiyalari yoshlarning huquqiy xulq-atvorini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Huquqiy bilimlar milliy g‘oya bilan uyg‘unlashganda ularning ta’sirchanligi yanada oshadi. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 61 Yoshlar tarbiyasida huquqiy ong va milliy g‘oya uyg‘unligini hech kim inkor qila olmaydi. Bu ikki tushuncha avval boshdan bir - biri bilan chambarchar bog‘liq bo‘lan. Yoshlarning huquqiy ongini shakllantirish jarayoni ularning ma’naviy tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Milliy g‘oya yoshlarni nafaqat huquqiy bilimlarga, balki ma’naviy mas’uliyatga ham o‘rgatadi. Bu esa ularning jamiyatda qonuniy va ijtimoiy mas’uliyatli xatti-harakatlarini ta’minlaydi. Huquqiy ong va milliy g‘oya uyg‘unligi yoshlarning ijtimoiy faolligini oshiradi va ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga undaydi. Huquqiy-ma’rifiy ishlarda milliy qadriyatlar va tarixiy merosdan foydalanish bu ishdan ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun muhin ahamiyat kasb etadi. Huquqiyma’rifiy ishlarni tashkil etishda buyuk ajdodlarimizning huquqiy qarashlari, tarixiy tajribasi va milliy qadriyatlaridan foydalanish muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu yoshlar ongida huquqiy madaniyatni mustahkamlashga xizmat qiladi. Milliy qadriyatlar asosida tashkil etilgan huquqiy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning huquqiy faolligini oshiradi. Zamonaviy sharoitda huquqiy-ma’rifiy ishlarni milliy g‘oya asosida rivojlantirish jarayoniga ham alohida to‘xtalishimiz lozim. Bugungi kunda huquqiy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Milliy g‘oya asosida olib borilgan huquqiy treninglar va seminarlar yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlaydi. Xulosa qilib aytganda, huquqiy-ma’rifiy ishlarda milliy g‘oya muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. U yoshlarni huquqiy bilimlar bilan qurollantirish bilan birga, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitadi, vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyatini shakllantiradi. Milliy g‘oya asosida olib borilgan huquqiy-ma’rifiy ishlar jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga, qonun ustuvorligini ta’minlashga va barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. — Toshkent, 2023. 2. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. — Toshkent, 2022. 3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. — Toshkent. 4. Odilqoriyev X.T. Milliy g‘oya va huquqiy ong. — Toshkent. 5. Saidov A.X. Fuqarolik jamiyati asoslari. — Toshkent. 6. Abdurahmonov Q.X. Huquqiy tarbiya nazariyasi. — Toshkent. 7. Ismoilov Z. Yoshlar ma’naviyati va huquqiy tarbiya. — Toshkent. 8. www.lex.uz 9. www.ziyonet.uz