scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INKLYUZIV TA'LIM- ZAMONAVIY TA'LIM SHAKLI SIFATIDA

Masharipova, Komila; Qodirova, Feruzaxon Usmanovna

Abstract

Mazkur maqolada inklyuziv ta’limning mazmun-mohiyati, uning zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni hamda imkoniyati cheklangan bolalar uchun yaratilayotgan shart sharoitlar tahlil qilinadi .Shuningdek, inklyuziv ta’limning asosiy tamoyillari, xalqaro tajribalar va O‘zbekiston ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ilmiy nuqtaiy nazardan yoritilgan.

Full text

INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 160 DOI: https://10.5281/zenodo.17968320 INKLYUZIV TA’LIMZAMONAVIY TA’LIM SHAKLI SIFATIDA Masharipova Komila ChDPU Pedagogika fakulteti Maxsus pedagogika: Surdopedagogika 1-bosqich 25/1-guruh magistranti Feruzaxon Qodirova Usmanovna ChDPU Pedagogika fakulteti Maxsus pedagogika kafedrasi mudiri P.f.d (DSc) professor ANNOTATSIYA Mazkur maqolada inklyuziv ta’limning mazmun-mohiyati, uning zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni hamda imkoniyati cheklangan bolalar uchun yaratilayotgan shart sharoitlar tahlil qilinadi .Shuningdek, inklyuziv ta’limning asosiy tamoyillari, xalqaro tajribalar va O‘zbekiston ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ilmiy nuqtaiy nazardan yoritilgan. Kalit so‘zlar: Inklyuziv ta’lim, maxsus ehtiyoj, integratsiya, pedagogik yondashuv, ijtimoiy moslashuv, teng imkoniyatlar . KIRISH XXI asr rivojlanish, innovatsiyalar va imkoniyatlar asrida ta’lim, ta’lim olish va sifatli ta’lim muhitini yaratish kunimizning dolzarb mavzularidan biri bo‘lib qolmoqda. Buning uchun esa ta’lim tizimi va islohotlarini tizimli ravishda tashkil etish har bir mamlakatning ustuvor vazifasi sanalmoqda. Chunki ta’lim tizimining asosiy maqsadi – har bir shaxsning imkoniyatlaridan qat’iy nazar, sifatli ta’lim olishga erishishdir. Shu nuqtaiy nazardan, inklyuziv ta’lim zamonaviy ta’limning ajralmas qismiga aylandi. Chunki bu tushuncha ta’lim olish uchun to‘siq bo‘ladigan bir qancha to‘siqlarni yo‘q qilishni uddalamoqda. Ya’ni bu tushuncha barcha bolalar, jumladan jismoniy va aqliy imkoniyatlari cheklangan bolalarga ham umumiy ta’lim muassasalarida o‘qish va rivojlanish hamda ijtimoiylashish uchun teng sharoitlar yaratishni nazarda tutadi. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 161 ASOSIY QISM Inklyuziv ta’limning mohiyati va maqsadi Inklyuziv taʼlim - bu har bir bola uchun shaxsiy imkoniyatlari va ehtiyojlariga mos taʼlim muhitini yaratish jarayonidir. U nafaqat taʼlim olish huquqini kafolatlaydi, balki bolalarning jamiyatda ijtimoiylashuvi, o‘zini anglash va moslashuv ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Bir so‘z bilan aytganda inklyuziv ta’lim chegaralarni yo‘q qilishga xizmat qiladi . Ya’ni turli farqlar bilim olish va yorqin kelajak sari intilish uchun to‘siq bo‘la olmasligini isbotlashdir. Inklyuziv taʼlimning asosiy maqsadi - “barchaga taʼlim” tamoyilini hayotga tatbiq etishdir. Bu tamoyil BMT tomonidan 1994-yilda qabul qilingan Salamanka deklaratsiyasida o‘z aksini topgan. Mazkur hujjatda barcha bolalar, jumladan, maxsus ehtiyojli o‘quvchilar uchun yagona taʼlim tizimini yaratish zarurligi taʼkidlangan. Inklyuziv taʼlimning tamoyillari Inklyuziv taʼlim quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi: 1. Teng imkoniyatlar yaratish – barcha bolalarga taʼlim olish huquqini taʼminlash va tafovutlarni bartaraf etish. 2. Individual yondashuv – o‘quvchilarning psixofiziologik xususiyatlarini inobatga olish va shunga ko‘ra yondashish. 3. Hamkorlik muhiti – o‘qituvchi, ota-ona va mutaxassislar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. 4. Moslashtirilgan taʼlim dasturlari – o‘quv jarayonini bolaning individual ehtiyojiga mos ravishda tashkil etish. 5. Ijtimoiy inklyuziya – bolalarning jamiyat hayotiga faol qo‘shilishiga ko‘maklashish. O‘zbekiston taʼlim tizimida inklyuzivlikni rivojlantirish O‘zbekiston Respublikasida inklyuziv taʼlim sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. 2019-yil 13-dekabrda qabul qilingan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun, 2021-yil 13-iyuldagi “Inklyuziv taʼlimni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori bu yo‘nalishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Shuningdek, umumtaʼlim maktablarida maxsus pedagog (defektolog, logoped, psixolog) lavozimlari joriy etilmoqda. Bu esa taʼlim jarayonida bolalarning individual ehtiyojlarini chuqur o‘rganish va ularga mos yordam ko‘rsatish imkonini bermoqda. Inklyuziv taʼlimning afzalliklari Inklyuziv taʼlimning ijtimoiy va pedagogik ahamiyati juda katta. U: bolalarda bag‘rikenglik, empatiya va hamkorlikni rivojlantiradi; jamiyatda ijtimoiy tenglik va insonparvarlik qadriyatlarini mustahkamlaydi; INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 162 o‘qituvchilarda yangi pedagogik yondashuv va innovatsion metodlarni qo‘llash malakasini oshiradi hamda rivojlanishga undaydi; nogironligi bo‘lgan bolalarning o‘z imkoniyatlarini namoyon etishiga va kelajak sari ishonch va g‘ayrat bilan intilishiga zamin yaratadi. XULOSA Inklyuziv taʼlim – bu nafaqat pedagogik, balki ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan, rivojlanib borayotgan tizimdir. U jamiyatda har bir insonning qadriyat sifatida eʼtirof etilishiga, farqlarni inkor etmay, ularni boylik sifatida qabul qilishga o‘rgatadi. Shunday ekan, inklyuziv taʼlimni yanada rivojlantirish, pedagoglarning malakasini oshirish va o‘quv muassasalarida qulay muhit yaratish – zamonaviy taʼlim siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ulkan maqsadlar bilan ildam odimlamoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Salamanka deklaratsiyasi va Harakat dasturi. – BMT, YUNESKO, Ispaniya, 1994yil. 2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2023. 3. “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun. – O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2019-yil 13-dekabr, № O‘RQ–588. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inklyuziv taʼlimni rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori. – PQ–5210, 2021-yil 13-iyul. 5. Azizxo‘jayeva, N. N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2021. 6. Yo‘ldosheva, G. Sh. Maxsus pedagogika asoslari. – Toshkent: Ilm Ziyo, 2020. 7. UNESCO. Inclusive Education: The Way of the Future. – International Conference on Education, Geneva, 2008. 8. Vygotsky, L. S. Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. – Cambridge, MA: Harvard University Press, 1978. 9. O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi. 2023–2025-yillarda inklyuziv taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasi. – Toshkent, 2023.