scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DIQQATNING PSIXOFIZIOLOGIK INDIKATORLARI VA MEXANIZMLARI

Salimova Sabina

Full text

271 DIQQATNING PSIXOFIZIOLOGIK INDIKATORLARI VA MEXANIZMLARI Salimova Sabina Chirchiq davlat pedagogika universiteti xorijiy til va adabiyot: Ingliz tili talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17968470 Annotatsiya: Ushbu tezisda diqqatning psixofizilogik indikatorlari va mexanizmlari, diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida ishtirok etishi, shu qatorda diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy yo`ldoshi ekanligi haqida yortib berilgan. Kalit so‘zlar: Diqqat, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, jarayon, psixologiya Abstract: This thesis discusses psychophysiological indicators of attention and mechanisms, attention is involved in the processes of perception, perception, memory, imagination and thinking, and attention is a constant companion of all our reflective processes. Keywords: Attention, voluntary, involuntary, process, psychology KIRISH: Diqqat deb ongimizni bir nuqtaga to`plab, ma`lum narsa va hodisalarga faol yo`naltirilishi aytiladi. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Demak, diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy yo`ldoshidir. Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatlari amalga oshirishni va ularning samaradorligini ta`minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, ma`suliyat hissini taqazo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak yuksak shartlar va talablar qo`yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dishkashligi uning turmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi. Ixtiyoriy diqqat ongning oldindan belgilan-gan maqsadga muvofiq irodaviy va asabiy faollik ko'rsatgan holda muayyan obyektga yo'nalishi va unga to'planishdan iborat diqqat turi. Ixtiyoriydan keyingi diqqat diqqatning muayyan obyektga, avvalo, ixtiyoriy ravishda qaratilib, so'ngra uning ahamiyati tushunilgan sari o'z-o'zidan qaratilib boriladigan (avtomatlashgan) diqqat turi. Ushbu tushuncha psixologiya faniga N.F. Dobrinin tomonidan kiritilgan.Diqqat chalg'ishi ma'lum bir faoliyat ja-rayonida diqqatning bir obyektdan boshqa bir obyektga ixtiyorsiz ravishda o'tib turishidan iborat salbiy xususiyati. Diqqatning hajmi diqqatning bir vaqtning o'zida qamrab olishi mumkin bo'lgan mustaqil obyektlar miqdori bilan belgilanadigan xususiyati. Diqqatning hajmi eksperimental sharoitda 2-6 mustaqil obyektga tengdir. Diqqatning obyektlari o'rtasida qanchalik yaqin bog'lanishlar mavjud bo'lsa, uning hajmi shunchalik keng bo'ladi va aksincha. Diqqat obyekti - ongimiz atrofdagilardan ajra-tib olgan holda yo'naltirilgan va faol to'plangan narsa yoki hodisa. Diqqat obyekti faqat obyektiv narsalar emas, balki subyektiv hodisalar, o'z his-tuyg'ularimiz, fikrlarimiz, xayol yoki xotira tasav-vurlarimiz va boshqa shu kabilar ham bo'lishi mumkin. Ixtiyorsiz diqqat - ongimizning oldindan bel-gilangan maqsadsiz ravishda muayyan obyektga yo'naltirilishi va unga to'planishidan iborat diqqat turi. Ixtiyorsiz diqqat obyektlari narsa va hodisa-larning odatdan tashqari holati, belgisi, sifati va -boshqalardir. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti-harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo'ladi.Psixologiya fanida diqqatga har xil ta'rif beriladi, uni yoritishda 272 psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqtaga to'plab, muayyan bir obyektga aktiv (faol) qaratilishiga ay-tiladi (P.I.Ivanov). P.I.Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o'zimiz qilgan ishimiz, o'y va fikrlarimiz diqqatning obyekti bo'la oladi.Diqqatsizlik diqqatni obyektga yo'naltira va toʻplay olmaslik, atrofdagi kishilarga nisbatan diqqatsizlik yoki iltifotsizlikdan iborat salbiy xarakter xislati. Diqqatning o'zgarib turishi - idrok, xotira, tasavvur yoki tafak-kur jarayonida diqqatning ma'lum vaqt ichida dam kuchayib, dam susayib turishidan iborat qonuniyat; diqqat ba'zan daqiqaga 25-30 marta ham o'zgaradi. Diqqatning o'rtacha o'zgarishi tebranish chas-totasi 2-3 sekundga tengdir. Ko'ruv diqqatinarsa va hodisalarni ko'ruv organi orqali idrok qilish, esga tushirish munosabati bilan namoyon boʻladigan diqqat turi. Ikkinchi tartibli ixtiyoriy diqqat - ongimizni muayyan obyekt-ga ixtiyorsiz ravishda yo'naltirilsa-da, uning ustiga ma'lum vaqt barqaror holda, to'planib turishidan iborat ixtiyoriy diqqat turi; diqqat to'plangan obyektining mazmuniga qarab ixtiyorsiz diqqatning ixti-yoriy diqqatga aylanishi. Ichki diqqat ongimizning o'z subyektiv taassurotlarimiz, his tuyg'ularimiz va intilishlarimizga qaratilishidan iborat diqqat turi. Tashqi diqqat - ongimizning obyektiv voqelikdagi narsa va hodi-salarga, ularning ayrim belgi va xususiyatlariga yo'naltirilishi, ularda faol to'planadigan diqqat turi. Bedor holat - bosh miya yarim sharlaridagi tegishli nerv markaz-larining qo'zg'alishi bilan belgilanadigan uyqudan tashqaridagi ho-lat, ongli holat. Shaxs bedor holatidagina ma'lum bir faoliyat turini amalga oshira oladi.Qo'zg'alish markazi markaziy asab tizimining qo'zg'alish jarayoni ro'y bergan uchastkasidir. Diqqat depressiyasi (lot. deprezyu - pasayish) - turli tashqi va ichki omillarga koʻra obyektda to'planish va mustahkamlanishning kuch-sizlanishi va buzilishi. Paradoks fazasi - kuchli qo'zg'atuvchilarga qaraganda kuchsiz qo'zg'atuvchilarning kuchli reaksiyasini vu-judga keltirishi (patologik holatlar nazarda tutiladi). Oriyentirovka refleksining elektrofiziologik simptomlarining barqarorlashuvi – ixtiyoriy diqqat buzilganda maqsadga muvofiq topshiriq berish va oqi-lona instruksiya yoki ustanovka berish hamda vaziyatga qarab uni o'zlashtirish orqali insonda oriyentirovka refleksini qaytadan tiklash-dan iborat korreksion faoliyat. Diqqat korreksiyasi (lot. tuzatish) – insonda diqqat patologik ho-latga (buzilishga) uchraganda maxsus usul va uslublardan foydalanib tuzatishdan iboratdir. XULOSA: Odamga har bir daqiqada atrof-muhitdan juda ko`p narsa va hodisalar ta`sir etib turadi. Lekin odamga ta`sir etayotgan bu narsa va hodisalarning hammasi bir xil aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari aniq, yaqqol aks ettirilsa, boshqa birlari shunchaki xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana shu damga ta`sir etayotgan narsalarga diqqatning qay darajada qaratishiga bog`liqdir. Demak, diqqatimiz qaratilgan narsa va hodisalar aniq, va to`la aks ettiriladi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. A.K. Shamshetova, R.N. Melibayeva, X.E. Usmanova, I.O. Xaydarov Toshkent – “Barkamol fayz media”- 2018 ([email protected]) 2. Https://oefen.uz