scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

THE SIGNIFICANCE OF THE EDUCATIONAL SYSTEM AND DIDACTIC APPROACHES OF JAN AMOS COMENSUS IN MODERN EDUCATION.

G'aniyeva, Shahnoza; Bobomurodova, Sevinch

Abstract

В статье рассматриваются теоретические основы дидактики, её предмет и задачи. Анализируются идеи великого чешского педагога Яна Амоса Коменского в формировании теории воспитания. Раскрывается сущность идей «природосообразного воспитания», «принципа наглядности» и «системы непрерывного воспитания», выдвинутых Коменским.

Full text

ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 891 YAN AMOS KOMENSKIY TA`LIM TIZMI VA DIDAKTIK QARASHLARINING ZAMONAVIY TA`LIMDAGI AHAMYATI . G‘aniyeva Shahnoza Abduvali qizi Bobomurodova Sevinch Abdugʻani qizi Termiz Davlat pedagogika institute talabasi G’aniyevashahnoz[email protected] Annotasiya. Mazkur maqolada didaktika fanning nazariy asoslari, uning predmeti va vazifalari yoritilgan. Shuningdek, ta`lim nazaryasining shakillanishida buyuk chex pedagogi Yan Amos komenskiyning g‘oyalari tahlil qilinadi. Komenskiy tomonidan ilgari surilgan “Tabiatga muvofiq ta’lim“, “ko‘rgazmalilik tamoili“ hamda “Uzluksiz ta`lim tizmi“ g‘oyalari mazmun mohiyati yoritilgan. Kalit so‘zlar: Didaktika, ta`limnazaryasi, Komenskiy, ko‘rgazmalilik, tamoyil, pedagogika , ta’lim . Аннотация. В статье рассматриваются теоретические основы дидактики, её предмет и задачи. Анализируются идеи великого чешского педагога Яна Амоса Коменского в формировании теории воспитания. Раскрывается сущность идей «природосообразного воспитания», «принципа наглядности» и «системы непрерывного воспитания», выдвинутых Коменским. Ключевые слова: дидактика, педагогическая теория, Коменский, наглядность, принцип, педагогика, воспитание. Kirish. Didaktika pedagogika fanining ajralmas boʻlagi bo‘lib, u ta'lim jarayonining nazariy asoslarini o‘rganadi. Didaktika o‘qitish jarayonini, uning qonuniyatlarini, mazmuni va shakllarini tahlil qiladi. Ushbu soha ta'lim samaradorligini oshirish, o‘qituvchi va o‘quvchi oʻrtasidagi o‘zaro munosabatni yaxshilash hamda shaxsning rivojlanishiga xizmat qiladi. Shu o‘rinda Yan Amos Komenskiy Pedagogika fani shaxsni rivojlanishining ikki muhim jihatini, uni o‘qitish va tarbiyalshga e’tiborini qaratganligini takidlash joizdir . Komenskiyning fikricha, bolaning yosh xususiyatlarni hisobga olish asosiga qurilgan ta'limgina uyg'un bo‘ladi. Komenskiy barcha bolalarni bilimlarni idrok qilishga qodir deb hisoblab, "barchani hamma narsaga o‘rgatish" zarurligini, ta'limning umumiy bo‘lishini talab qiladi. Komenskiy maktab bolalariga har tomonlama bilim berishi, ularning aql-idroki, axloqi, his-tuyg'ulari va irodasini rivojlantirishi lozimligini ta'kidlaydi. Komenskiy inson rivojlantirishini to‘rt bosqichga: go‘daklik, bolalik, o‘smirlik, yetuklik davrlarga bo‘ladi. Komenskiy tug‘ilganidan boshlab 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun alohida onalar maktabini ochishni, ularga onalar rahbarligida ta'lim va tarbiya berishni tavsiya etadi. Uning tavsiyasi bo‘yicha, 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘qish ona tilida olib boriladigan maktabda ta'lim oladilar. Ilm olishga moyilliga sezilgan 12-18 yoshli yigit qizlar shaharda tashkil etiladigan lotin maktabi yoki gimnaziyaga borishlari lozim. Komenskiy olim bo‘lishni xohlagan 18 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun har bir davlatda akademiyalar tashkil etishni taklif qiladi. Komenskiy barcha bosqichlar uchun (akademiyadan tashqari) ta'limning mazmunini ishlab chiqadi. U har bir fanning o‘qitilishini "eng oddiy elimentlardan" boshlab, bolalar bilim rivojini hisobga olgan holda takomillashtirib borishni tavsiya etadi . ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 892 Komenskiy o‘rta asrdan farqli o‘laroq tug'ilganidan boshlab bola egallagan qobiliyatini xudoning tuhfasi hisobladi va ayni paytda, bu qobiliyat faqat tarbiya jarayonida rivojlanishini o‘qtirdi. Komenskiy insonning rivojlanishida tarbiyaning o‘rni benihoya ekanligiga ishonadi va tarbiya tufayligina har qanday bolani yuksak axloqli ma'lumotli qilib yetishtirish mumkin degan fikrni bildirdi, bolani yoshlik chog‘idan jismonan sog‘lom, ma'naviyatli qilib tarbiyalashni talab qildi. Komenskiy o‘z pedagogik qarashlarida insonni tabiatni bir qismi deb hisobladi va tabiatdagi barcha mavjudodni yagona bir qonunga bo‘ysunadi, degan g‘oyani olg‘a suradi. Uning fikricha, ta'limni, bolalarni narsa va mavjudodlar bilan tanishtirishdan, ularni idrok qildirishdan boshlash, undan keyin ularga xos xususiyatlarni o‘rganishga o‘tish zarur. Didaktikaning asosiy predmeti – bu ta'lim jarayonining mohiyatini, qonuniyatlarini va tarkibiy qismlarini o‘rganishdir. Didaktika o‘qitishning maqsadi, mazmuni, shakli, metodlari va vositalarini tizimli tahlil qilib, ularning o‘zaro bog'liqligini ochib beradi. Zamonaviy pedagogika fanida didaktika innovatsion yondashuvlar bilan boyitilmoqda. Ta'lim jarayonida axborot texnologiyalari, multimedia vositalari, masofaviy o‘qitish tizimlari va interaktiv metodlar keng joriy etilmoqda. Bu esa ta'limni yanada ochiq, qulay va samarali qiladi. Didaktik tamoyillar – izchillik, tizimlilik, onglilik, faollik, mustaqillik, nazariyani amaliyot bilan bog'lash kabi tamoyillar oʻqitish jarayonining poydevorini tashkil etadi. Aynan shu tamoyillar asosida o‘quvchilar bilimni ongli ravishda egallaydi va uni hayotda qoʻllashni o‘rganadi. Bugungi kunda ta'lim jarayoni "oʻquvchi markazli yondashuv" asosida tashkil etilmoqda. Ya'ni, didaktika o‘quvchini bilim oluvchi ob'yekt sifatida emas, balki faol sub'yekt sifatida ko‘radi. O‘quvchi o‘z fikrini ifoda etadi, tahlil qiladi, ijod qiladi - bu esa didaktikaning zamonaviy talqinini ifodalaydi. Zamonaviy ta'limda didaktika fani nafaqat o‘qitish, balki oʻrganishni o‘rgatish, mustaqil fikrlashni shakllantirish, axborotni tahlil qilish, tanqidiy yondashuvni rivojlantirishga qaratilgan. Shu bois didaktika hozirgi davr ta'lim tizimining asosiy tayanchi sifatida e'tirof etilmoqda. Shunday qilib, didaktika bugungi kunda ta'lim sifatini oshirish, o‘qitish jarayonini samarali tashkil etish va shaxsni har tomonlama kamol toptirishda nazariy hamda amaliy asos sifatida muhim o‘rin tutadi. Shunday qilib, didaktika bugungi kunda ta'lim sifatini oshirish, o‘qitish jarayonini samarali tashkil etish va shaxsni har tomonlama kamol toptirishda nazariy hamda amaliy asos sifatida muhim o‘rin tutadi. Bugungi globallashuv, raqamli texnologiyalar va bilimlar iqtisodiyoti sharoitida ta’lim jamiyat taraqqiyotining yetakchi omiliga aylandi. Ta’lim shaxsning intellektual salohiyatini rivojlantirish, kasbiy raqobatbardoshligini ta’minlash hamda jamiyatning barqaror rivojiga xizmat qiladi. Sharq va G‘arb allomalari ta’limni inson kamolotining eng muhim vositasi sifatida baholab kelganlar. Ta’lim tushunchasi va uning zamonaviy ahamiyati Ta’lim — bu shaxsga ilm, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni berishga qaratilgan uzluksiz pedagogik jarayondir. Bugungi kunda ta’lim nafaqat bilim berish, balki tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, muammolarni hal etish, ijtimoiy moslashuv kabi sifatlarni shakllantirishni ham o‘z ichiga oladi. Zamonaviy jamiyatda ta’limning ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: • inson kapitalini rivojlantirishda; • innovatsion tafakkurni shakllantirishda; • demokratik jamiyat va huquqiy madaniyatni qaror toptirishda; • yoshlarni globallashuv sharoitida raqobatbardosh etib tarbiyalashda. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 893 Allomalar ta’lim haqidagi fikrlari Abu Nasr Forobiy ta’limni insonni kamolotga yetkazuvchi asosiy vosita sifatida ko‘rib, bilim va tarbiyaning uyg‘unligini ta’kidlagan. Unga ko‘ra, “Ta’lim – insonni aqliy yetuklikka, tarbiya esa axloqiy barkamollikka yetaklaydi.” Abu Ali ibn Sino ta’limning uzluksiz va tizimli bo‘lishini muhim deb hisoblagan. U bilim olishda yosh xususiyatlarini inobatga olish zarurligini qayd etib, ta’limni amaliy faoliyat bilan bog‘lashni tavsiya etgan. Imom G‘azzoliy ilmni insonni ma’naviy yuksaltiruvchi kuch deb bilgan. Uning fikricha, “Ilm amalsiz bo‘lsa — foydasiz, amal ilmsiz bo‘lsa — zalolatga yetaklaydi.” Bu qarash bugungi kompetensiyaga asoslangan ta’lim g‘oyalari bilan hamohangdir. Abdulla Avloniy esa ta’limni millat taqdirini belgilovchi omil sifatida baholab, mashhur “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot masalasidir” degan fikrni ilgari surgan. Xulosa Xulosa qilib aytganda, ta’lim qadimdan allomalar tomonidan jamiyat taraqqiyotining poydevori sifatida e’tirof etilgan. Bugungi kunda esa uning ahamiyati yanada ortib, shaxsni har tomonlama rivojlantirish, innovatsion jamiyatni barpo etish va milliy taraqqiyotni ta’minlashning muhim omiliga aylangan. Allomalar merosi zamonaviy ta’lim tizimini takomillashtirishda mustahkam ilmiyma’naviy asos bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Aleks Mur. Ta`lim berish va ta`lim olish:Pedagogika, ta`lim dasturi va tarbiya.”Rutledj”.Ikkinchi nashr, 2012. 2. Aminov M.N Tarbiya: ( ota-onalar va Murabbiylar uchun ensiklopediyasi) /mas`ul muaharrir M.A Majidov . T.:”O`zbekiston Milliy ensiklopedyasi “ Davlat Ilmiy nashiryoti, 2010.528 b. 3. Qodirova, F., Toshpulatova Sh., A’zamova M. Maktabgacha pedagogika. O'quv qo'llanma Т.: Ma'naviyat, 2013.