scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KUBRAVIYLIK ADABIYOTI VA UNING NAZARIY ASOSLARI

Ametova, Ulbo'sin Kamiljanovna

Full text

35 3 5 KUBRAVIYLIK ADABIYOTI VA UNING NAZARIY ASOSLARI Ametova Ulbo‘sin Kamiljanovna, O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, f.f.f.d E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17970712 Annotatsiya. Ushbu maqolada Najmiddin Kubro, Majididdin Bag‘dodiy, Sayfiddin Boxarziy, Najmiddin Doya, Pahlavon Mahmud kabi tariqat vakillarining ijodlaridagi fikr, g‘oya va tasavvufiy qarashlardagi mushtarak jihatlar haqida bahs yuritildi. Kalit so‘zlar: tasavvuf tariqatlari, adabiy mushtaraklik, tashbeh, tavba, sabr, maqom, sukut, xomushlik, tasavvuf tili. Аннотация. В этой статье обсуждались общие аспекты мыслей, идей и суфийских взглядов в произведениях представителей тариката, таких как Наджмиддин Кубро, Маджидиддин Багдади, Сайфиддин Бохарзи, Наджмиддин Доя и Пахлаван Махмуд. Ключевые слова: суфийские ордена, литературная общность, аллегория, покаяние, терпение, статус, молчание, безмолвие, язык суфизма. Abstract. This article discusses the common aspects of thoughts, ideas, and Sufi views in the works of representatives of the tariqat such as Najmiddin Kubro, Majididdin Baghdadi, Sayfiddin Bokharzi, Najmiddin Doya, and Pahlavon Mahmud. Keywords: Sufi orders, literary commonality, simile, repentance, patience, status, silence, silence, Sufi language. Kirish. Najmiddin Kubro hayoti va irfoniy asarlari bugun xalqimizga bir qadar ma’lumdir. Shayxning betakror shaxsiyati nafaqat o‘zbek, balki xorijlik tasavvufshunoslar uchun ham hamisha e’tibortalab mavzulardan bo‘lgan. Va ushbu mavzu doirasida qator tadqiqotlar olib borilgan. Eng asosiysi, u asos solgan kubraviylik tariqatining o‘ziga xos yo‘riqnomasi ham nafs tarbiyasida muhim sanalgan. Shu bois asrlar davomida shayx asarlariga sharhlar yozilgan, maxsus izlanishlar olib borilib, bir necha tadqiqotlar yaratilgan. Mazkur tadqiqotlar orasida, albatta, uning tariqat xalifalari, ijodiy izdoshlariga doir ma’lumotlar ham uchraydi. Eng asosiysi shayx va muridlari o‘rtasidagi munosabatlar kubroshunoslar uchun qiziqarli mavzulardan bo‘lib, bu talqinlar orqali ruhiy tarbiya jarayoni xususida ham nazariy xulosalarga kelish mumkin. Najmiddin Kubro ijodiyotining ta’siri, kubraviylik an’anasini belgilashda quyidagi jihatlar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bular: g‘oya, maslak, til, janr, badiiyat, obrazlar olamidagi mushtarak tomonlardir. Shayx asarlarida ruhiy sayrning sir-asrorlari asos manbalar Qur’oni karim, Hadisi sharif, tasavvufiy tafsirlarga tayanib ochib berilgan. Shu barobarida jonli izoh va tasvirlar zamirida shayxning bir piri komil boshchiligidagi amaliy jarayonlarining samarasi ham muhim o‘rin tutgan. Adabiyotlar tahlili. Najmiddin Kubroning asarlari tasavvuf maktabining bir dastur ulamali hisoblanadi. Ushbu risolalarda tariqat amallari sanalgan doimiy tahorat, davomli ro‘za, zikr, xilvat, tavba va hokazolarning solik hayotida tutgan ma’naviy ta’sirini ko‘rsatish barobarida “Favoyih ul-jamol va favotih ul-jalol” (“Jamol xushbo‘yliklari va jalol kashfi”), 36 3 5 “Tasavvuf haqida bir risola” kabi asarlarida shayx o‘zining nafs tajribalaridan, ruhoniy hayotidan ham bahs yuritadi. Natijada shayxning tasavvufiy hol va maqomlari, darajamadaraja ma’naviy yuksalish jarayoni yaqqol tasavvur etiladi. Najmiddin Kubroning tasavvuf g‘oyalari ilgari surilgan asarlari undan keyingi fors, shuningdek, O‘rta Osiyodagi turkiy tilli xalqlar tariqat ta’limoti va adabiyotiga zo‘r darajada ta’sir ko‘rsatgan. Usmon Turar “Tasavvuf tarixi” nomli kitobida Kubroning asarlari Eron, Onado‘li va Hindistondagi tariqat muhitlariga xiyla ta’sir qilganligidan bahs yuritib, bu tariqat naqshbandiylik va mavlaviylik tariqatlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazganligini aytib o‘tadi[1]. Olimning bu qarashlarining o‘rinli ekanligiga naqshbandiylik ta’limotidagi o‘n bir usul, ya’ni “Usuli yozdahgona”ni Najmiddin Kubroga mansub bo‘lgan o‘n usul, ya’ni “Usuli ashara” (Tavba, Zuhd, Tavakkul, Qanoat, Uzlat, Zikr, Tavajjuh, Sabr, Muroqaba, Rizo) bilan taqqoslash orqali ishonch hosil qilamiz. Tahlil va natijalar. Shayx ta’limotiga birinchilardan bo‘lib ijodiy vorislik qilgan, keng tarqalishiga katta hissa qo‘shgan shaxslar, shubhasiz, xalifalari edi. Tasavvufiy hol va maqomlarning izohiga bag‘ishlangan, solikning odobu arkonini aks ettirgan, Najmiddin Kubro asarlariga sharh sifatida yozilgan asarlarni kubraviylik tariqati vakillarining aksariyati ijodida uchratish mumkin. Majididdin Bag‘dodiyning “Tuhfat ul-barara fil-masolil-ashara”, “Risola dar safar”, Sayfiddin Boxarziyning “Voqeai xilvat”, “Vasiyatnoma”, Najmiddin Doyaning “Bahrul haqoyiq”, “Mirsod ul-ibod”, Sa’diddin Humaviyning “Al-misboh fit tasavvuf” kabi asarlari shular jumlasidandir. Najmiddin Kubro shaxsiyatidagi muhim jihatlardan biri u nafaqat ruhiy tarbiyada o‘z yo‘li va mavqeiga ega bo‘libgina qolmay, balki tasavvufiy hayot tajribalari manzaralarini qog‘ozga tushirgan tariqat arbobidir. U “Usul alashara” (“O‘n usul”), “Risola ilal hoim” (“Malomat qiluvchining malomatidan qo‘rquvchi oshiq risolasi”), “Odob us-suluk ila Hazrati Malik il-mulk va Molik il-muluk” (“Hazrati Mavloga sayrning adablari”), “Risola fil xalva” (“Xilvat risolasi”), “Javobi no‘h savol” (“To‘qqiz savolga javob”), “Irshod ut-tolibin” (“Toliblar rahbari”), “Odob us-sufiya” (“Sufiylar odobi”) asarlarida ko‘ngil ahli uchun oydin yo‘lni ko‘rsatib berdi. Uning asarlaridan xalifalarigina emas, balki barcha tariqat vakillari ilhomlandi va bu asarlar g‘oyasi, mazmun-mohiyati, badiiyatiga mushtarak tarzda asarlar yaratildi. Naqshbandiylik, javonmardlik kabi tariqat vakillari ijodida ham kubraviylik an’analari o‘z aksini topgan. Shayxning ruboiy janridagi sermahsul ijodi ham she’riyat tarixida muhim sanaladi. Va aytish mumkinki, kubraviylik adabiyoti namoyandalarining, deyarli, barchasi ruboiy janrida ijod qilishganligi ham an’ana va uyg‘unlikning bir shaklidir. O‘zbek adabiyotshunoslari ham Najmiddin Kubro va uning izdoshlari tomonidan dunyoga kelgan “kubraviylik adabiyoti” namunalarini imkon qadar jamlashga, xalqqa tanitishga harakat qilishgan. Shu o‘rinda E.Ochilov nashrga tayyorlagan “Donishmandlar tuhfasi” kitobini eslash joizdir. Chunki ushbu kitob Najmiddin Kubro va kubraviylik tariqati vakillari ijodidan namunalar kiritilgan so‘nggi majmualardan biridir. Mazkur kitobda Majididdin Bag‘dodiy, Sayfiddin Boxarziy, 37 3 5 Raziiddin Ali Lolo, Pahlavon Mahmud, Sa’diddin Humaviy kabi qator kubraviy xalifalari haqida qisqacha ma’lumotlar va ruboiylaridan namunalar berilgan. Bu ruboiylar ham kubroshunoslikda ma’lum bir mulohazalarni bildirishga bir qadar imkon berishi shubhasiz. Shayx Najmiddin Kubroning manoqib va tazkiralarda ko‘p bora tilga olingan xalifalaridan biri Majididdin Bag‘dodiydir. Uning tasavvufga oid asarlaridan biri “Tuhfat ulbarara fil-masolil ashara” (“Yaxshiliklar tuhfasi va o‘n masala”dir. Bu risola nomidanoq Najmiddin Kubro asarlarini xotirlatadi. Bu haqida S. Go‘kbulut: “Majididdin Bag‘dodiyning risolalarida ustodi Najmiddin Kubroning uslubidan borganligi va aynan nazariy masalalardan ko‘ra ko‘proq tasavvufiy tarbiya va tajriba masalalariga ahamiyat berganligi ko‘rinadi”, – degan edi. Ushbu asarda nafs tarbiyasidagi o‘n asos haqida birma-bir izoh bergani haqida olim xabar beradi. Majididdin Bag‘dodiyning “Risola dar safar” asari ham murshidi komilining risolasidagi kabi solikning zohir va botin safari to‘g‘risida ekani ma’lumdir. Ruboiynavislikda ham u shayxning munosib xalifalaridan, ijodiy izdoshlaridan bo‘ldi. Uning qalamiga mansub ruboiylar Ye. Bertels tomonidan ham jamlangan [4]. Albatta, tasavvufiy asarlarida ham she’riy parchalar mavjud. Ruboiylar mazmun-mohiyati jihatidan ham shayx ruboiylariga juda yaqindir. Masalan, mana bu ruboiydagi g‘oya hamda ifoda tarziga e’tibor qarataylik: Zar xavfi yiroqdir bu jahon darveshidan, Tig‘ dahshati lozim emas oshiq kishidan. Ey, bosh olishimdan cho‘chiysan muncha – Haq oshig‘i xolimasmi bosh tashvishidan [5]. Darveshga xos fazilatlar xususida Najmiddin Kubro ham irfoniy asarlarida, ham ruboiylarida birday to‘xtaladi. Haq oshig‘i bo‘lgan darveshlar uchun jon qayg‘usi yo‘q, ularda faqat diydor hijronining alami bordir. Majididdin Bag‘dodiyning ushbu ruboiysidagi kechinmalarga mushtarak fikr-qarashlar shayx asarlarida talaygina. Shulardan biri: “Ishq nedur?” deya so‘ralganida, Junayd Bag‘dodiy (vaf. 297/909) shunday javob bergan edilar: “Ishqning neligini bilmasmen. Ammo bir bolaga oshiq bo‘lgan ko‘r odamni ko‘rgan edim. Unga mayl ko‘rsatmayotgan boladan: “Azizim, mendan ne istarsen?” deya so‘radi. Bola: “Ruhingni”, degan edi, darhol ruhidan ayrildi – jonini fido etdi” [6]. Albatta, ma’shuqning istagidan bo‘lak bir narsa istamaslik oshiqlik belgisidir. Shunday ekan, Yaratganning rizosini tilash ham Haq oshig‘i uchun bosh maqsaddir. Kubraviylik tariqati silsilasining Raziiddin Ali Lolo orqali bu kungacha yetib kelganligi kubroshunoslikda ta’kidlanadi [7]. Darhaqiqat, u xalifalik xirqasini Najmiddin Kubro hazratlaridan olgan bo‘lsa-da, suhbat va tarbiyada shayxi Majididdin Bag‘dodiy ekanligi haqida ma’lumotlar bor. Uning so‘fiyona ruboiylari ham kubraviylik an’analarida yozilgandir. Masalan, ushbu ruboiyda Raziiddin Ali Lolo piri kabi ishqni oliy tuyg‘u sifatida ulug‘laydi: Ishq garchi jigar bag‘ring ezib, qon qilg‘ay, 38 3 5 Ko‘ksingni sadafdek durga kon qilgay. Ishq yuki og‘ir, lekin ko‘tarsang shoxdek, Shoxlarni uning mevasi larzon qilgay [8]. Nafs mujodalasidagi tavba, sabr, tavakkul, rizo kabilarning asosida ishq yotadi. Aziza Bektosh ham bu haqida: “Najmiddin Kubro oxirgi yo‘lni «ishq, jazba va muhabbat sohiblarining yo‘li. Va u ulug‘ Mavloga sayru sayohat qiluvchilarning tariqidir”, der ekan, uning eng oydin va eng mukammalligini ta’kidlaydi. Kubroni tariqatga boshlab kirgan ishqmuhabbat edi. U oshiq va orif sifatida kamol topdi va oxir ishq tug‘yoni ila jon taslim etdi. Ya’ni Kubroning barcha fikr-tuyg‘ulari Ishq ichra erib ketganini anglash hech mushkul emas, deb o‘ylaymiz”, – degan edi. Darhaqiqat, ishq mavzusi kubraviylik adabiyoti namoyandalari ruboiylarining bosh mavzularidandir. Najmiddin Doya ham bir ruboiysida: Oshiqlar azal kunida mast kelganlar, Ishq bodasidan mastu alast kelganlar. Ichgaylar may, pand o‘qimaslar aslo, Chunki ular asli mayparast kelganlar [9], – degan edi. Oshiqlik azal yaratilish bilan bog‘liqligi tasavvufiy adabiyotdagi ishqning o‘ziga xos xususiyatini ochib beruvchi izohlardandir. Najmiddin Roziy ham salaflari kabi mana shu haqiqatga suyanib, fikr-qarashlarini bayon qiladi. Oshiqning mayparastligi ham tasavvufiy she’riyatning muhim ramzlaridan biri may istilohidagi ma’nolari bilan izohlanadi. May ilohiy sirlarga oshno etuvchi ko‘ngil ozuqasidir. Undan sarxushlik Yaratganga yaqinlikdir. Shuningdek, Najmiddin Doyaning besh bobdan iborat “Mirsod ul-ibod minal-mabda ilal-ma’od” asari ham tasavvuf ilmiga bag‘ishlangan asardir. Ushbu asar fors tilida yozilgan bo‘lib, ruh tarbiyasiga bag‘ishlangan. Nafs tazkiyasida shariat, ma’rifatning o‘rni ilohiy manbalar orqali yoritib berilgan. Unda muridning sifatlari, shayxning mas’uliyatlari haqida batafsil ma’lumotlar beriladi. Kubraviylikda muhim sanalgan zikr, xilvat vazifalari ham teran ochib berilgan. Jumladan, nafs xususida: “… Inson nafsi oyna tozaligiga va kamol martabasiga yetgunga qadar bir qancha yo‘llarni va tahlikali marhalalarni bosib o‘tmog‘i kerak… “Insonlar oltin va kumush ma’dani kabidirlar”. U temirni insonning borliq ma’danidan go‘zal tadbir-la poklab va tadrijiy o‘laroq tarbiya etish bilan oynalik martabasiga yuksalur deydi: Tik ko‘rganing qamish Tugunlari ortib (o‘sib) yuksalur” [10]. Mazkur kitob nafaqat mazmun-mohiyatda, balki shaklda ham Najmiddin Kubro asarlariga uyg‘undir. Zero, muallif tasavvufiy hayotga doir nazariy qarashlarini bayon qilar ekan, she’rlar bilan yanada fikrlarini asoslashga harakat qiladi. Shu bois asarda she’riy matnlar ham ko‘plab keltirilgan va bu parchalar so‘fiyona she’riyat rivojiga ham salmoqli ta’sir o‘tkazgan. Mazkur asar nafs tarbiyasiga bag‘ishlangan. Uning “Nafs tazkiyasi va 39 3 5 ma’rifatning bayoni” nomli oltinchi faslida: “Bilki, nafs to‘rt ko‘rinishli bir dushmandir. Uning hiyla va aldovlarining soni yo‘qdir. Uning yomonligini daf etmoq, uni bo‘yunturiq ostiga olmoq ishlarning eng ahamiyatlisidir. Zero u dunyodagi dushmanlarning, kofirlarning va shaytonlarning orasida eng haddidan oshgani bo‘ladi. “Mo‘min uchun to‘rt dushman bordir”. Bu to‘rt dushman ichida nafsning dushmanligi hammasidan kuchli hisoblanadi, – deyiladi [11]. Aytish mumkinki, Najmiddin Kubro asarlariga izdoshlik – bu nafs tarbiyasiga bosh masala sifatida qarash va unga qarshi kurashishdan iboratdir. Najmiddin Kubroning vatanparvarligi ham hamisha tarixnavislar nazarida bo‘lgan. Uning shaxsiyati bir qancha tarixiy asarlarda ham yorqin chizgilarda aks ettirilgan. Temuriy podshoh Ulug‘bek Mirzo ibn Shohrux Mirzo (1394-1449) o‘zining “Tarixi arba’ ulus” (“To‘rt ulus tarixi”) nomli tarixiy asarida Shayx Najmiddin Kubro hayotining so‘nggi damlarini shayx tilidan shunday yozadi: – “Mana yetmish yildirki, Xorazm xalqi bilan yashab kelmoqdaman. Bugungi kunda qazoyi ilohiy balo jazosini yubordi. Ularning kallasida muruvvat degan narsa bo‘lmaydiki, orasidan qochib o‘zimni bir chekkaga olsam. Balki, ular bilan birga beg‘amona yag‘moga duchor bo‘lganim tuzukroq bo‘lar. Balolarga ham ular bilan yor bo‘lsam!” Bundan tashqari shayx shaxsiyatidagi ayni shu jihatning Jaloliddin Rumiy ijodida ham aks etganligi bir necha asarlarda aytiladi. Jumladan, “Tarixi arba’ ulus”da ham Mavlono fikrlariga tayanilganligiga guvoh bo‘lamiz: “Jami musulmonlar a’losiga Allohi taolo rahmati yog‘ilsin. Yana, deydilarki, Hazrati mavlono Jaloliddin Rumiy, uning siri muqaddas qilinsin, Hazrati Shayxi buzrikvor Valitarosh Shayx Najmiddin Kubro, Alloh uning sirini muqaddas tutsin, yalovni tutganiga ishorat qilganlar. Nazm (mazmuni): – “Biz shunday ulug‘lardanmizki, gavhar tutamiz, oriq echki tutgan pastkash emasmiz. Imon qadahidan bir qo‘limiz bilan may ichsak, ikkinchi qo‘limiz bilan kofir yalovidan tutamiz” [12]. Hasanxoja Nisoriy ham “Muzakkiri ahbob” tazkirasida Najmiddin Kubro haqida to‘xtalib, Muhammad Shayboniyxonning shayxning vafotiga atab yozilgan mana bu ta’rixini keltiradi: Oning ta’rixidir shahi shuhado, Yana bir alif birla bo‘lur paydo [13]. Avlodlar uchun shayxning go‘yo bir unvoniga aylanib ketgan “Shahidlar shohi” e’tirofi Muhammad Shayboniyxon tilidan aytilgan bo‘lib, bu ibora orqali shoir Najmiddin Kubroning o‘lim sanasiga ishorat qilgan. Mana shu ma’lumotlarning o‘ziyoq barcha davrlarda ham Najmiddin Kubro shaxsiyati va kubraviylik ta’limoti g‘oyalarining insonlar ma’naviy hayotida juda katta ta’siri bo‘lganligidan dalolat beradi. Najmiddin Kubroning nafaqat betakror shaxsiyati, balki tariqati va ijodiy merosining badiiy adabiyotga ta’siri birday kuchli bo‘lgan. Kubraviylik adabiyoti an’analarining buyuk davomchilaridan biri Farididdin Attordir. U shayxning yetuk xalifalaridan Majididdin 40 3 5 Bag‘dodiy qo‘lida tarbiya topgan. Farididdin Attor “Mazhar ul-ajoyib” asarida o‘zining Kubro silsilasiga daxldor ekanligidan faxrlanib, u haqida shunday deb yozadi: Edimki bir kecha Najmiddin qoshida, Qushdan boshqa hech zot yo‘q edi oldida. U buyuk va Haq sirridan edi ogoh, Ma’no ahli tariqida edi u shoh [14]. Sulaymon Go‘kbulutning “Najmiddin Kubro” asaridagi “Favoyih ul-jamol” risolasi izohida shunday jumlalarni o‘qiymiz: “Shayxning fikricha, sayyor borliq turlarini tamsil etuvchi yetti quduqdan yuksalganida unga rububiyat va qudrat samosi ko‘rinadi. Bu samoning havo qatlami hayot zotiga oid to‘q yashil rangli bir nurdir. Bu nurlarning ba’zilari muntazam ravishda boshqalari sari harakatlanadi.U yerda ruhlar bardosh bera olmaydigan quvvat bor. Shunga qaramay, ruhlar zavqqa asoslangan buyuk muhabbati bilan unga oshiqdir. Yana osmonda olovdan ham qizil nuqtalar va mutanosib ravishda beshtadan tizilgan la’l va aqiq toshlari mavjud. Hol egasi ich-ichidan ularni istaydi va ularga erishishni tilaydi” [15]. Aslida ruh tarbiyasi yetti bosqichdan iborat ekanligi barcha asarlarda aytilgan. Mushtarak mavzularni, uyg‘un ifodalarni hosil qiluvchi asl mohiyat tasavvufiy tarbiyadir. Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” asarida qushlar mashaqqatlar bilan tariqat bosqichini poyoniga yetkazadilar. Bu mashaqqatlarga dosh berolmagan ko‘plab qushlar safdan chiqadilar. Semurg‘ning vaslidan nishona ko‘rolmaganidan iztirobga tushgan qushlar Hudhuddan bu yo‘lning qachon oxiri ko‘rinishini, Semurg‘ visoliga qachon yetishishni so‘raydilar. Hudhud javob aylab, oldinda yana juda mushkul yetti vodiy, manzillar borligini, bu vodiylarni bosib o‘tmay turib, Semurg‘ visolidan so‘z ochib bo‘lmasligini aytib, bu yetti vodiyni qisqacha ta’riflaydi. Attorning mana shu “yetti vodiy” haqidagi qarashlari bilan Najmiddin Kubroning “yetti quduq” haqidagi fikrlari aynan bir-birini to‘ldiradi. Yoki “Ilohiynoma”ning hikoyatlaridan birida donishmand Hakim va go‘zal ayol qiyofasiga kirib olgan nafs tilidan shularni yozadi: Hakim dedi anga nafs bizga ma’lum, Ilondur, itdir ul, to‘ng‘iz erur shum. Pari dediki, gar ammoradirmen, Itu to‘ng‘izmenu yuz boradirmen [16]. Shayx Najmiddin Kubro nafsning xususiyatlarini insoniy qolipda to‘ng‘iz hirsi, ko‘ppak dushmanligi, yo‘lbars vajohati, bo‘ri fitnasi, tulki hiylasi, maymun ehtirosi, eshak shahvati, ho‘kiz orzusi [17] kabi tashbehlarda beradiki, Farididdin Attor fikrlarining ildizini shayx asarining mana shu jumlalaridan axtarish, bizningcha, o‘rinli hisoblanadi. Farididdin Attor “Ilohiynoma”ning “Xo‘ja Jandiy va it hikoyati”, “Ma’shuqi Tusiy, it va suvoriy hikoyati”, “Abu Said, so‘fiy va it hikoyati” singari bir necha hikoyalarida it obraziga to‘xtaladi va mana bu misralarni keltiradi: Agar it suvrat ichra nopisanddir, 41 3 5 Sifat bobida salmog‘i balanddir. Base asror erur unda nihoniy, Va lekin zohiri asrorg‘a moniy [18]. Ushbu misralardagi yashirin sirlar egasi bo‘lgan it obrazi mumtoz adiblar ijodida juda ko‘p uchraydi. Ularning barchasida Shayx Najmiddin Kubroning nazari tushishi bilan holi o‘zgargan it obrazi asos qilib olinadi. XIV asrda Xorazmda yashab ijod etgan shoir va tarjimon Qutb Xorazmiy ham adabiyotdagi mana shu an’anani davom ettiradi. Ma’lumki, u Nizomiy Ganjaviyning “Xusrav va Shirin” dostonini erkin tarjima qilgan. Ushbu dostonda ishq tarannum etiladi. Adibning ishq talqini borasidagi mana bu misralarga e’tibor qarataylik: Agar it ko‘ngliga Haq ishqi kirsa, Kelur ul tilga, ketmas, ursa, sursa [19]. Qutb Xorazmiy ham asarida aynan shu voqelikka ishora qilib, Haq ishqi oqibatida inson nafsida o‘zgarish bo‘lishini ko‘rsatib beradi. Najmiddin Kubro mumtoz adiblar ijodiga jiddiy ta’sir o‘tkazgan mana bu ruboiysida: Har sabzaki suvning bo‘yidan joy olmish, Ul tal’ati hur aksini yodga solmish. Xorlik bila lolalar uza qo‘yma qadam, Ul lola sanam vujudidin timsolmish [21], – deya inson va borliq hamnafasligi haqidagi hikmatni o‘rtaga tashlaydiki, bu fikrlarga hamohanglikni biz shayxning tariqat izdoshlari hamda mumtoz adiblarning bir qancha badiiy asarlarida kuzatamiz. Shayxning xos shogirdlaridan Majididdin Bag‘dodiy mana bu ruboiysi orqali pirining fikrlarini yanada rivojlantiradi: Az shabnami ishq xoki odam gul shud, Sad fitnavu sho‘r dar jahon hosil shud. Sad nishtari ishq bar ragi rux zadand, Yak qatra az ona chakid va nomush aql shud [22]. Mazmuni: Ishq shabnamidan inson xoki gul bo‘ldi, jahonda yuz fitnayu g‘avg‘o qo‘pti. Inson yuziga yuz ishq nashtarini sanchdilar, undan to‘kilgan bir qatra qonning nomi ko‘ngil bo‘ldi. Ushbu ruboiy orqali Bag‘dodiy insonning tuproqdan yaralib, yana unga qaytarilishi haqidagi murshidining fikrlarini go‘zal bir tarzda davom ettiradi. Najmiddin Roziyning ruboiysida ham shayxning yuqoridagi g‘oyalari o‘zgacha ruh va nafosat bilan teran mujassamlashadi: Har sabzaki dar kanori jo‘y rasta ast, Go‘yoki zi xatti binafsha mo‘e rasta ast. To bar sari lola po ba xori nanihi, Ki on lola zi xoki lola ro‘e rasta ast [23]. 42 3 5 Mazmuni: Ariq bo‘yidagi har bir maysa binafsha xatidan ungan kokilga o‘xshaydi. Lola ustiga xorlik bilan oyoq bosmakim, u gul yuzli go‘zallarning tuprog‘idan unmish. Shayxning nevara shogirdi deya e’tirof etilgan Farididdin Attor ruboiysida ushbu she’rdagi ifoda, g‘oya va fikrlarga hamohanglikning go‘zal tarzda takrorlanishiga guvoh bo‘lamiz: Ko‘rsatdi chaman ichra yuzin gul, soqiy, Qayg‘uda ko‘rolmayin uni bulbul, soqiy. May quy, hali tuproqqa kirib may bo‘lamiz Bizni-da uzatishar qo‘lma-qo‘l, soqiy [24]. Yoki “Ilohiynoma” asaridagi “Onadan tuproq uchun tug‘ilding, bu tuproq tepaning ustida qasru ayvon qurishing nima tag‘in! Joning tuproqqa qorishib, uqalanib ketar ekan, ayvon peshtoqini falak peshtoqiga yetkazishdan ma’no bormi?” [25] degan qarashlarida Najmiddin Kubro fikrlari bilan mushtarak bir adabiy izdoshlikning yana bir bayonini kuzatamiz. Haydar Xorazmiyning “Gulshan ul-asror” asarida shunday misralarni o‘qiymiz: Gardu g‘uboriki sochar yer yuzi, Bir qaro sochning yuzidur yo ko‘zi. Sunbuli tarkim sochar, ul mushki nob, Toki ne soch rangidin oldi xizob. Ko‘rdi qaro yerda sanamlar yuzin, Nargis o‘shal surmadin ochti ko‘zin. Qirq saboh ustida hikmat eli, Qildi xamir ushbu vujuding gili. Olami sug‘ro senu, kubro — budur, Durri samin sen – senu, daryo — budur [26]. Darhaqiqat, butun koinotda bir bog‘liqlik, robita mavjud. Zoti sharif insonning moddiy borlig‘i nabotot, hayvonot kabi olamlar bilan aloqador. Biroq inson vafotidan so‘ng jonsiz tana o‘z asliga qaytadi. Endi o‘sha tuproqdan tiriklikni aks ettiruvchi o‘zga bir mavjudliklar paydo bo‘ladi. Bu jarayon uzluksiz davom etadi. Tasavvufda katta va kichik olam tushunchasi mavjud. Bu olamlarning taraqqiyoti va tanazzuli, albatta, bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Shu bois ahli dillarning tuproqdan yasalgan ko‘zada yorning ko‘zu qoshini, maysadagi shabnamda oshiqning ko‘z yoshini ko‘rishi tabiiy tasavvur mahsulidir. Yoki mana bu misralarga nazar tashlaylik: Aql esa sendursen aning maxzani, Ishq esa joningdur aning maskani. Andaki sen yo‘q eding, ey jon-jon, Hech nima ham yo‘q edi, bilgin ayon [27]. 43 3 5 Haydar Xorazmiy ushbu misralari bilan Najmiddin Kubroning mana bu qarashlarini mazmunan davom ettirgan: Har narsaki, yo‘qmi – yo‘q o‘shal misli shamol, Har narsaki, bormi – oqibat topdi zavol. Bor narsani olamda gumon et yo‘q deb, Yo‘q narsani bor debon biroq ayla xayol [28]. Najmiddin Kubro va Haydar Xorazmiy ijodidagi borlik va yo‘qlik haqidagi ayni qarashlar ham badiiy adabiyotdagi adabiy mushtaraklikning namunasidir. Xulosa. Shayx Najmiddin Kubro tasavvufiy masalalarga oid irfoniy-nazariy asarlari va so‘fiyona lirik merosi bilan o‘zidan keyingi ma’rifiy adabiyotning yuksalishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Uning hayot yo‘li va irfoniy-badiiy merosiga mustaqillikdan keyin ancha salmoqli nazar tashlandi. Biroq hanuz uning tariqat izdoshlari va adabiyotdagi salaflariga oid ma’lumotlar to‘planib, bu masalaga yetarlicha oydinlik kiritilgani yo‘q. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati: 1. Usmon Turar. Tasavvuf tarixi (Tarjimon Nodirxon Hasan). – T.: Istiqlol, 1999. – B. 121. 2. Najmiddin Kubro. Tasavvufiy hayot (Tarjimon va nashrga tayyorlovchilar I. Haqqulov va A. Bektosh). – T.: Movarounnahr, 2004. – B. 60. 3. Ahmad Yassaviy. Hikmatlar kulliyoti. – T.: O‘zbekiston, 2011. – B. 294. 4. Gökbulut S. Mecidüddin Bağdadı ve tasavvufi görüşleri. – Ankara: İlahiyat, 2019,– S. 60-65 5. Бертелс Е.Э. Избранные труды. Том ИИИ.Суфизм и суфийская литература. – М.: Восточная литература, 1965. 6. Donishmandlar tuhfasi. Tarjimon, nashrga tayyorlovchi, so‘zboshi va izohlar muallifi Ergash Ochilov. – T.: O‘zbekiston, 2009,– B.112. 7. Najmiddin Kubro. Tasavvufiy hayot (Tarjimon va nashrga tayyorlovchilar I. Haqqulov va A. Bektosh). – T.: Movarounnahr, 2004. – B. 145. 8. Süleyman Gökbulut. Mecidüddin Bağdadı ve tasavvufi görüşleri. – Ankara: İlahiyat, 2019, – S. 62. 9. Necmeddin-i Daye. Sufilerin seyri. – Istanbul: Ilk harf Yayinlari, 2013. – S.42. 10. Mirzo Ulug‘bek. To‘rt ulus tarixi. – T.: Cho‘lpon, 1994. – B. 78. 11. Nisoriy Hasanxoja. Muzakkiri ahbob. – T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi, 1993. – B. 20. 12. Shayx Najmiddin Kubro qissasi yoxud Xorazm tarixi. Nashrga tayyorlovchilar: M.Safarboev, S.Rahimov. – T.: Istiqlol, 2017, – B. 91. 13. Gökbulut S. Necmeddîn-i Kübrâ (hayatı, eserleri, görüşleri). – İstanbul.: İnsan uayınları, 2010, – S. 239. 14. Четверостишия шейха Наджм ад-дина Кубра \\ Бертелс Е.Э. Избранные труды. Суфизм и суфийская литература. – Москва: «Наука», 1965. Стр. 328 15. Homidiy H. Tasavvuf allomalari. – T.: Sharq NMAK, 2004. – B. 146. 16. Boltaboev H. Islom tasavvufi manbalari. – T.: O‘qituvchi, 2005. – B. 170. 17. Asrlar nidosi. O‘zbek mumtoz adabiyotidan namunalar. – T.: Adabiyot va san’at, 1982. – B. 28. 18. Najmiddin Kubro. Ruboiyot (Tarjimon E. Ochilov) www.ziyouz.som kutubxonasi. – B. 2.