IDROK
Full text
291 IDROK Abduraximova Madina Chirchiq davlat pedagogika universiteti amaliy matematika yo‘nalishi 1-bosqich 25\2-guruh talabasi https://doi.org/ 10.5281/zenodo.17971399 Annotatsiya: Tezisda Idrokning psixologik mazmuni hamda nevf-fiziologik asoslari yoritiladi.Shuningdek idrok buzilishlarining ikki muhim ko’rinishi Illuziya va Gallyusinasiya haqida batafsil ma’lumot beriladi.Appersepsiya insonning idrok jarayoniga shaxsiy xususuyatlari, dunyoqarashi va bilim darajasi qay darajada ta’sir ko’rsatishini ochib beradi. Kalit so‘zlar: Idrok, Appersepsiya, barqaror appersepsiya, Muvaqqat appersepsiya, Gallyusinasiya, Illuziya, obyektiv illuziya,subektiv illuziya. Abstract: The thesis deals with the psychological content and neurophysiological basis of perception. It also provides detailied information about two important forms of cognitive disorders:Illusion and Hallucination. Apperception revels the extent to which a person’s personal characteristics, worldview, and of knowledge affect the process of perception. Keywords: Perception, Apperception, stable apperception,Temporary apperception,constancy,Hallucination,Illusion,objective illusion,subjective illusion. KIRISH. Idrok sexgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo’lib,barcha ruhiy holatlar,xususiyatlar,xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni egallangan bilimlar,tajribalar,ko’nikmalar bir davrning o’zida namoyon bo’ladi,aks ettirishida ishtirok etadi. Idrok sezgiga nisbatan bir muncha murakkabroq, to’laroq aks ettirish jarayoni bo’lib,sezgi a’zolarimizga ta’sir etib turadigan narsa va hodisalarni butun belgi hamda xususiyatlari bilan butunligicha, ya’ni yaxlit aks ettirishdan iboratdir.Masalan,olamni ko’rgan paytimizda uning shakli, rangi,ta’mi,hidi va navi bilan birgalikda bir butun narsa tarzida idrok etamiz.Demak,idrok qilish jarayonida deyarli barcha sezgilarimiz qatnashadi. Shuning uchun idrok sezgiga nisbatan ancha murakkab aks etish jarayonidir. Shaxs tevarak-atrofidagi narsa va hodisalarning faqat ayrim xossalarini ongda aks ettirib qolmaydi balki ularni barcha xossalarini birgalikda bir butun xolda ham aks ettiradi. Psixologik adabiyotlarda idrok tushuncha turlicha ta’riflar uchraydi.Jumladan M.Vohidovning ,,Psixologiya ‘’ darsligida idrok deb sezgi a’zolarimizga ta’sir etayotgan narsa va xodisalarni yaxlit xolich aks ettirishga aytiladi,deb keltiriladi. V.Karimovning ,,Psixologiya’’ o’quv qo’llanmasida idrok bu bilimimizning shunday shakliki, u borliqdagi ko’plab xilma-xil predmet va xodisalar orasida bizga ayni paytda kerak bo’lgan obyektni xossa va xususiyatlari bilan yaxlit tarzda aks ettirishimizni ta’minlaydi. Keltirilgan ta’riflardan kelib chiqqan xolda idrokka quyidagicha ta’rif berish mumkin:Idrok –deb sezgi a’zolariga be’vosita ta’sir etib turgan narsa-hodisalarni obrazlarni kishi ongida bir butun xolda aks ettirishiga aytiladi. Idrok ham sezgi ham reflektor jarayoni hisoblanadi.I.Pavlov bo’yicha idrokning negizini tevarak-atrofimizdagi narsa na hodisalar retseptorlarga ta’sir etishi natijasida bosh miyyaning katta yarim sharlar qobig’ida hosil bo’ladigan shartli reflekslarning muvaqqat nerv bog’lanishlari tashkil etadi.Tashqi olamdagi narsalar va xodisalar kompleks qo’zg’atuvchi sifatida xizmart qiladi.Analizatorlarning qobiq bo’linmalar o’zagida ana shu
292 kompleks qo’zga’luvchilarning murakkab tahlili va sintezi amalga oshirdi. Idrok sezgilarga qarganda miyaning ancha yuksak darjadagi tahlil qilish umumlashtirish faoliyati hisoblanadi. Kompleks qo’zgalanuvchining ta’siri ostida hosil bo’ladigan nerv bog’lanishlarining boshqa bir turi borki ular turli xildagi analizatorlar doirasidagi bog’lanishlardan iboratsdir.I.M.Sechenov narsani yoki fazoni ko’rish kinestezik,paypaslash assosiyatlari orqali va boshqa sezgilarining asosiy orqali idrok etilishini izohlab bergan edi. Kishidagi bog’lanishlarga albatta so’zning eshitilishi bilan obrazi ham qo’shiladiki,unda muayyam narsa yoki fazoga munosabat gavdalngan bo’ladi. Idrok jarayonining navbatdagi yana bir o’ziga xos xususiyati idrok qilishida ba’zan yuz beriladigan illyuziya hodisasidir. Illyuziya – bizga ta’sir qilayotgan narsalarni yanglish idrok qilish demakdir.Odatda ikki xil illyuziya farqlanadi:a)Obyektiv illyuziya ;b)Subyektiv illyuziya. Obyektiv illyuziya-hamma odamlar uchun umumiy harakterga ega bo’lib, uni geometrik illyuziya deb ham yuritiladi.Obyrktiv illyuziya bir idrok qilayotgan narsalarning o’zaro bir-biriga ta’siri tufayli yuz beradi.Illyuziuaning bu turi har xil geometric shakllarini idrok qilishda juda yaqqol ko’rinadi. Subyektiv illyuziya-odamning ayni chog’dagi hissiy holati bilan bog’liq bo’ladi.Boshqach qilib baytganda odamninh hissiy holatida ro’y beradigan o’zgarishlar idrok jarayoniga ta’sir qildi. Yuqorida aytilganidek,idrok jarayoni ga bilim boyligi ishonch,e’tiqodlari, dunyoqarashi, qiziqish va ehtiyojlari hamda kasbi ta’sir qiladi. Appersepsiya-idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari,shaxsiy va ijtimoiy tajribalari qiziqishlari motivatsiya ehtiyojlari va odatlari umuman ruhiy hayotning barcha mazmuni belgilanishidir.Appersepsiya hodisasi tufayli odamlar o’zaro idrokning mazmuni bilan birbirlaridan muayyam darjada tafovutlanadi. Psixologik nazariyalariga ko’ra appersepsiya hodisasi barqaror va vaqtincha (muvaqqat)deb yuritiluvchi ikki turga ajratiladi. Barqaroq appersepsiya hodisasi shaxsning dunyoqarashi, qa’tiy maslagi, motivatsiyasi, qiziqishi,bilan saviyasi, ma’daniy darajasi,xulq-atvori, ma’naviyati va kasbiy tayyorgarligiga bog’liq bo’lib,u o’ta murakkab tuzilishga egadir. Muvaqqat (vaqtincha) appersebsiya turi esa shaxsning faqat idrok qilishi jarayonidagi emotsional holatiga,ya’ni uning kayfiyati,ruhlanishi,shijoati,stress,affect ko’rinishidagi his-tuyg’ularida,ularning sur’ati,davomiyligi tizimida o’z ifodasini topdi. Voqealikdagi narsa va hodisalarning tana a’zolarining qabul qilish analizatorlariga bevosita ta’sir etmasdan inson ongida turli obrazlarning hayolan ,fikran paydo bo’lishidan iborat idrokning psixopatologik(ruhiy xastalik)hodisasiga gallyusinatsiya deyiladi.Gallyusinatsiya hodisasi muvaqqat ruhiy xastalikning ba’zan qo’rqinch hissi mahsuli hisoblanib ,bosh katta yarim sharlari qobiqlaridagi qo’zg’alanish jarayonlarining nuqsonli ,sust (patologik) harakati natijasida goho asab tizimining zaharlanishi,zaiflashuvi haddan tashqari toliqishi tufayli yuzaga kelishi mumkin.Gallyusinatsiya hodisasi bir nechta xil ko;rinishiga ega bo’lishi mumkin,ularning eng asosiy quyidagilardan iboratdir:a)yo’q narsalarni ko’zga ko’rinishi;b)u yoki bu ovozlar tovushlar eshitilishi ;v)yo’q sharpalar,hidlar sezilishi kabilar. XULOSA: Idrok insonning atrof-muhit bilan ongli aloqasini ta’minlaydigan eng muhim psixik jarayonlardan biri bo’lib,predmet va hodisalarni yaxlit,mazmunli va maqsadga yo’naltirilgan tarzda qabul qilish imkonini beradi.Idrokning nerv-fiziologik asosini bosh miya po’stlog’idagi analizatorlar faoliyati ,ularning o’zaro integratsiyalari,sezgi a’zolaridan kelayotgan axborotni
293 qayta ishlash va umumlashtirtishjarayonini tashkl etadi.Illyuziya –mavjud obyektning noto’g’ri qabul qilinishi bo’lib,u asosan tashqi muhit sharoitlari yoki hissiy holat natijasida yuz beradi.Gallyusinatsiya esa real bo’lmagan obrazlarning mavjuddek tasavvur qilinishi bilan ajralib turadi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Xaydarov F.I., Xalilova N.I. Umumiy psixologiya. – Toshkent: Fan va texnologiya, yil ko‘rsatilgan bo‘lsa yozing (masalan: 2019). 2. Zokirov M. Psixologiya asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2018. 3. Karimova V.M. Umumiy psixologiya. – Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti, 2015.v 1. Xaydarov F.I., Xalilova N.I. Umumiy psixologiya. – Toshkent: Fan va texnologiya, yil ko‘rsatilgan bo‘lsa yozing (masalan: 2019).