scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

Hududiy iqtisodiyotning barqaror o'sishini ta'minlashda diversifikatsiya omili: Farg'ona viloyati Oltiariq tumani misolida

I. Ismanov; M. O'rinboyeva

Abstract

Mazkur maqolada Farg'ona viloyati Oltiariq tumani misolida hududiy iqtisodiy o'sish va barqarorlikni ta'minlashda diversifikatsiya omilining roli tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi tuman iqtisodiyotining tarmoqlar tarkibidagi konsentratsiya darajasini baholash, diversifikatsiya ko'rsatkichlarining o'sish, bandlik va daromad bazasi bilan bog'liqligini empirik jihatdan yoritish hamda amaliy siyosiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Metodologiya 2010-2025 yillar kesimida rasmiy ikkilamchi statistik ma'lumotlarga tayangan holda tarmoq ulushlari asosida diversifikatsiya indekslarini hisoblash hamda natija indikatorlari bilan qiyosiy-dinamik tahlil qilishga asoslanadi. Natijalar Oltiariq tumanida iqtisodiy faollikning qishloq xo'jaligida yuqori darajada jamlanganini, sanoat ulushi esa viloyat miqyosida nisbatan past qolayotganini ko'rsatadi. Eksport tarkibida meva-sabzavot mahsulotlarining ustunligi logistika, saqlash, standartlash va tashqi bozor shoklariga sezgirlik kabi risklarni kuchaytirishi aniqlanadi. Diversifikatsiyaning eng istiqbolli yo'nalishi sifatida agrar xomashyoni chuqur qayta ishlash, logistika va servis infratuzilmasini kengaytirish hamda funksional oziq-ovqat va farmatsevtika yo'nalishlarida yuqori qo'shimcha qiymat yaratishga qaratilgan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish taklif etiladi. Tadqiqot natijalari hududiy rivojlanish strategiyalarini takomillashtirish, tarmoqlararo muvozanatni kuchaytirish va iqtisodiy risklarni kamaytirishga qaratilgan qarorlar uchun ilmiy-amaliy asos bo'lib xizmat qiladi.

Full text

127 “Al-Farg‘oniy avlodlari” elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252. Tom: 1 | Son: 4 | 2025-yil "Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal. ISSN 2181-4252. Vol: 1 | Iss: 4 | 2025 year Электронный научный журнал "Потомки АльФаргани" ISSN 2181-4252. Том: 1 | Выпуск: 4 | 2025 год https://al-fargoniy.uz/ Hududiy iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlashda diversifikatsiya omili: Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani misolida I.Ismanov, Farg‘ona davlat texnika universiteti i.f.d., prof. M.O’rinboyeva, Farg‘ona davlat texnika universiteti 1-bosqich magistranti, [email protected] Annotatsiya: Mazkur maqolada Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani misolida hududiy iqtisodiy o‘sish va barqarorlikni ta’minlashda diversifikatsiya omilining roli tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi tuman iqtisodiyotining tarmoqlar tarkibidagi konsentratsiya darajasini baholash, diversifikatsiya ko‘rsatkichlarining o‘sish, bandlik va daromad bazasi bilan bog‘liqligini empirik jihatdan yoritish hamda amaliy siyosiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Metodologiya 2010-2025 yillar kesimida rasmiy ikkilamchi statistik ma’lumotlarga tayangan holda tarmoq ulushlari asosida diversifikatsiya indekslarini hisoblash hamda natija indikatorlari bilan qiyosiy-dinamik tahlil qilishga asoslanadi. Natijalar Oltiariq tumanida iqtisodiy faollikning qishloq xo‘jaligida yuqori darajada jamlanganini, sanoat ulushi esa viloyat miqyosida nisbatan past qolayotganini ko‘rsatadi. Eksport tarkibida mevasabzavot mahsulotlarining ustunligi logistika, saqlash, standartlash va tashqi bozor shoklariga sezgirlik kabi risklarni kuchaytirishi aniqlanadi. Diversifikatsiyaning eng istiqbolli yo‘nalishi sifatida agrar xomashyoni chuqur qayta ishlash, logistika va servis infratuzilmasini kengaytirish hamda funksional oziq-ovqat va farmatsevtika yo‘nalishlarida yuqori qo‘shimcha qiymat yaratishga qaratilgan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish taklif etiladi. Tadqiqot natijalari hududiy rivojlanish strategiyalarini takomillashtirish, tarmoqlararo muvozanatni kuchaytirish va iqtisodiy risklarni kamaytirishga qaratilgan qarorlar uchun ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: hududiy iqtisodiyot; iqtisodiy diversifikatsiya; tarkibiy transformatsiya; tarmoqlararo muvozanat; qayta ishlash sanoati; eksport tarkibi; qo‘shimcha qiymat zanjiri; bandlik; investitsiyalar; hududiy barqarorlik. KIRISH Hozirgi global sharoitda iqtisodiy tarkibiy siljishlar va raqobat kuchayishi fonida tashqi bozorlardagi talab-narx beqarorligi hamda logistika risklarining ortishi hududlar uchun yangi strategik vazifalarni yuzaga chiqarmoqda. Bunday sharoitda iqtisodiyotning tor tarmoqlar doirasida yuqori konsentratsiyalashuvi ishlab chiqarish natijalarining tebranishini kuchaytiradi, bandlik hamda fiskal tushumlar barqarorligini zaiflashtiradi va eksport daromadlarining tashqi bozor sharoitlari o‘zgarishlariga nisbatan sezgirligini oshiradi. Shu sababli iqtisodiy diversifikatsiya iqtisodiyotning tarmoq va mahsulot tarkibini kengaytirish, qiymat zanjirini optimallashtirish va yangi bozorlar sharoitiga moslashuvchanlikni oshirishga qaratilgan strategiya, barqaror rivojlanishning muhim omillaridan biri sifatida talqin etilmoqda. Xususan, energiya tarkibining konsentrlashuvi va iqlim ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni global miqyosda baholagan tadqiqotlar energiya manbalari torlashgani sari CO₂ emissiyalari ortishini, ayniqsa resurs rentasiga tayanuvchi o‘rta daromadli iqtisodiyotlarda ta’sir kuchliroq namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi [1]. Shuningdek, iqtisodiy murakkablik va energiya diversifikatsiyasi ta’sirining daromad guruhlari kesimida geterogenligi qayd etilib, ayrim guruhlarda diversifikatsiya ekologik barqarorlikni kuchaytirishi, ayrim holatlarda esa salbiy ta’sirlar ham kuzatilishi mumkinligi ta’kidlanadi [2]. Bunga qo‘shimcha ravishda, ESGning ekologik komponenti energiya manbalari diversifikatsiyasini rag‘batlantirishi, biroq iqtisodiy o‘sish sur’atlari muayyan oraliqlarda bo‘lganda ta’sir yo‘nalishi vaqtincha o‘zgarishi 128 “Al-Farg‘oniy avlodlari” elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252. Tom: 1 | Son: 4 | 2025-yil "Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal. ISSN 2181-4252. Vol: 1 | Iss: 4 | 2025 year Электронный научный журнал "Потомки АльФаргани" ISSN 2181-4252. Том: 1 | Выпуск: 4 | 2025 год https://al-fargoniy.uz/ mumkinligi haqidagi natijalar ham diversifikatsiya siyosatini “bir xil retsept” asosida emas, balki kontekstga moslashtirish zarurligini anglatadi [3]. O‘zbekiston ham so‘nggi yillarda milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, tarkibiy islohotlarni jadallashtirish va iqtisodiy bazani kengaytirish orqali uzoq muddatli barqaror o‘sishga erishishni ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi. Mazkur jarayonda diversifikatsiya masalasi nafaqat sanoat va xizmatlar sektori, balki qishloq xo‘jaligi va infratuzilma yo‘nalishlari bilan uyg‘un holda ko‘rilmoqda. Xususan, O‘zbekiston energiya bo‘yicha nisbatan o‘zini-o‘zi ta’minlashi iqtisodiy kuch manbai ekanini ta’kidlar ekan, aynan shu “tayanch” resurs bazasi sanoat o‘sishi va qishloq xo‘jaligida diversifikatsiyani jadallashtirish uchun iqtisodiy zamin yaratishini qayd etadi. Shuningdek, paxta va g‘allachilikni samaradorlik asosida ratsionallashtirish resurslarni bo‘shatib, yuqori qiymatli eksport ekinlariga bosqichma-bosqich o‘tish imkonini berishini ko‘rsatadi [4]. Ushbu yondashuv Farg‘ona viloyati kabi agrar salohiyati yuqori hududlarda diversifikatsiya strategiyasini ishlab chiqishda ishlab chiqarish samaradorligi, logistika va bozor integratsiyasini bir zanjir sifatida ko‘rish zarurligini kuchaytiradi. Shu ma’noda, O‘zbekistonning 1991 yildan keyingi rivojlanish sharoitida energiya, IT va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida o‘zaro bog‘liq investitsion imkoniyatlar hamda texnologiya-kapital oqimini oqilona boshqarish “take-off” uchun hal qiluvchi omil ekani alohida ta’kidlanadi [5]. Hududiy kesimda diversifikatsiyaning muhim yo‘nalishlaridan biri xalqaro bozorlarda raqobatbardoshlikni kuchaytirishdir. Zamonaviy global bozorlarda xomashyo eksportiga tayanish o‘rniga yuqori qo‘shimcha qiymatli, standartlarga mos, innovatsion va eksportbop mahsulotlar ulushini oshirish ustuvor ahamiyat kasb etadi. Bu jarayon savdo samaradorligini baholashda ham “faqat hajm” emas, balki diversifikatsiya va barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlarini birgalikda hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi. OECD mamlakatlari bo‘yicha ko‘p mezonli qaror qo‘llab-quvvatlash modeli asosida o‘tkazilgan tahlillarda eksport mahsulotlari turlari soni eng muhim mezonlardan biri sifatida aniqlanadi [6]. Bunday yondashuv hududiy iqtisodiyot uchun ham muhim signal bo‘lib, tuman darajasida mahsulot nomenklaturasini kengaytirish, qayta ishlash ulushini oshirish va bozorlar xilma-xilligini kuchaytirish diversifikatsiya natijadorligini belgilovchi asosiy yo‘nalishlar ekanini anglatadi. Diversifikatsiya odatda faoliyat yo‘nalishlari hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarining kengayishi va yangilanishi sifatida izohlanadi. Hududiy iqtisodiyot kontekstida esa diversifikatsiya resurslar (tabiiy, mehnat, moliyaviy, infratuzilma va bilim resurslari) imkoniyatlarini aniqlagan holda tarmoqlararo muvozanatni kuchaytirish, bir tarmoqqa yuqori darajada bog‘liqlikdan kelib chiqadigan risklarni pasaytirish va iqtisodiy tizimning moslashuvchanligini oshirishni anglatadi. Shu bois diversifikatsiya bandlikni barqarorlashtirish, qo‘shimcha qiymat yaratish zanjirini hudud ichida kengaytirish hamda mahalliy daromad bazasini mustahkamlash orqali ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka xizmat qiladi. Hududni “barqarorlik” nuqtayi nazaridan tahlil qilishda esa faqat iqtisodiy tarkib emas, balki zaiflik va moslashuvchanlik omillarini ham integratsiyalash muhim: masalan, tuman/viloyat ichida infratuzilma, savodxonlik, bozor va sog‘liqni saqlash xizmatlariga kirish imkonlari bo‘yicha keskin tafovutlar mavjud bo‘lishi va shu tafovutlar yuqori zaiflik klasterlarini shakllantirishi ko‘rsatilgan. Bu natijalar diversifikatsiya siyosatini ishlab chiqishda “umumiy yondashuv”dan ko‘ra, mahalla/qishloq darajasida manzilli choralar samaraliroq bo‘lishi mumkinligini anglatadi [7]. Ilmiy adabiyotlarda diversifikatsiyaning iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni keng yoritilgan bo‘lib, u iqtisodiy xavfsizlik, barqarorlik, tarmoqlararo mutanosiblik va bandlik kabi natijalar bilan bog‘lanadi. Xususan, milliy iqtisodiyot tarkibini diversifikatsiyalashning mohiyati va yo‘nalishlari bo‘yicha ayrim tadqiqotlarda nazariy yondashuvlar hamda amaliy mexanizmlar tahlil qilingan [8]. Shu bilan birga, agrar tizimda diversifikatsiya natijadorligi ko‘pincha institutsional omillarga bog‘liq ekani ko‘rinadi: O‘zbekistonda ekinlar diversifikatsiyasi 129 “Al-Farg‘oniy avlodlari” elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252. Tom: 1 | Son: 4 | 2025-yil "Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal. ISSN 2181-4252. Vol: 1 | Iss: 4 | 2025 year Электронный научный журнал "Потомки АльФаргани" ISSN 2181-4252. Том: 1 | Выпуск: 4 | 2025 год https://al-fargoniy.uz/ yerga egalik (ijara) huquqi barqarorligi va fermer qaror qabul qilish avtonomiyasi oshgani sari kuchayishi empirik asosda ko‘rsatilgan [9]. Bunga qo‘shimcha ravishda, innovatsiyalarni (masalan, bug‘doy navlari) qabul qilish jarayonida biotabiiy cheklovlar bilan bir qatorda gender munosabatlari, avlod farqlari va davlat siyosatlari ham kuchli rol o‘ynashi, shu bois diversifikatsiya va innovatsiya siyosati inklyuziv mexanizmlar bilan qo‘llab-quvvatlanishi zarurligi asoslanadi [10]. O‘tish davridagi agrar tizimlarda esa shartnomaviy munosabatlar ham diversifikatsiya va barqarorlikka bevosita ta’sir etadi: Xorazm misolida fermer-dehqon shartnomalari tarmoq evolyutsiyasi, irrigatsiya-drenaj infratuzilmasi hamda formalnorasmiy institutlar dialektikasi bilan birga hamevolyutsiyalanuvchi muvofiqlashtirish mexanizmi sifatida talqin qilinadi [11]. Markaziy Osiyoda oziqovqat xavfsizligi va barqaror qishloq xo‘jaligi rivoji kontekstida olib borilgan tahlillar ham yer, mehnat va moliya bozorlarini chuqurlashtirish, irrigatsiya kabi infratuzilmani yaxshilash va institutsional islohotlarni kengaytirish zarurligini ta’kidlaydi [12]. Demak, hududiy diversifikatsiya faqat “tarmoq qo‘shish” emas, balki institutsional, infratuzilmaviy va inson kapitali omillarini birgalikda uyg‘unlashtirgan kompleks jarayon hisoblanadi. Hududiy diversifikatsiyani amaliy rejalashtirish va siyosiy qarorlar bilan bog‘lashda metodologik yondashuvlar ham tobora murakkablashmoqda. Masalan, sanoatni barqaror rivojlantirish uchun tarmoqlararo oldinga va orqaga bog‘liqliklarni InputOutput modeli bilan aniqlash, optimal sanoat hududlarini GIS-MCDA va AHP orqali tanlash hamda tabiiy ofatlar riskini zonalashtirishga integratsiya qilish bo‘yicha yondashuvlar hududiy rejalashtirishda “dalilga asoslangan” qaror qabul qilishning samaradorligini ko‘rsatadi [13]. Xizmatlar sektori, xususan agriturizm yo‘nalishida ham barqarorlikni kuzatish uchun indikatorlar tizimini ishlab chiqish resurslarni oqilona boshqarish va siyosatni monitoring qilish uchun muhim instrument ekanini tasdiqlaydi [14]. Mahalliy iqtisodiy hamjamiyatlar va kooperatsiyalar doirasida esa “Living Lab” kabi yondashuvlar fermerlarning birlashmalarga qo‘shilish niyatida ishonch va kutilayotgan foyda kabi omillarning rolini ko‘rsatib, siyosiy kommunikatsiya va institutlarga ishonchni kuchaytirish zarurligini asoslaydi [15]. Ushbu tadqiqotlar umumiy xulosani mustahkamlaydi: diversifikatsiya natijadorligi ko‘p hollarda resurslar taqsimoti, infratuzilma, risk zonalari, institutlar va manfaatdor tomonlar ishtirokini bir tizimda boshqarishga bog‘liq. Shu bilan birga, diversifikatsiya masalasini aynan tuman darajasida, hudud resurs salohiyati, iqtisodiy tarkib, institutsional sharoit va bozor integratsiyasi omillari bilan empirik bog‘lagan tadqiqotlar, ayniqsa O‘zbekistonning alohida tumanlari kesimida, yetarli darajada tizimlashtirilmagan. Mazkur tadqiqot hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda diversifikatsiyaning rolini Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani misolida tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, hudud resurs salohiyati va iqtisodiy tarkib o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash, diversifikatsiya darajasini baholash hamda amaliy siyosiy tavsiyalar ishlab chiqishni maqsad qiladi. Tadqiqot natijalari hududiy rivojlanish strategiyalarini shakllantirish, tarmoqlararo muvozanatni kuchaytirish va iqtisodiy risklarni pasaytirishga yo‘naltirilgan qarorlar uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. 2. MATERIALLAR VA TADQIQOT METODLARI Ushbu tadqiqot Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumani misolida hududiy iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda diversifikatsiya omilining rolini baholashga qaratilgan. Metodologiya ikki blokdan iborat: (i) hudud iqtisodiyotining tarmoq va mahsulot tarkibi bo‘yicha diversifikatsiya darajasini indekslar orqali o‘lchash; (ii) diversifikatsiya ko‘rsatkichlarining hududiy o‘sish hamda barqarorlik ko‘rsatkichlari bilan empirik bog‘liqligini ekonometrik usullar yordamida tekshirish. Tadqiqot hududi Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumani bo‘lib, u viloyatning markaziy qismida joylashgan va asosiy avtomobil yo‘nalishlariga yaqinligi bilan ajralib turadi. Tuman maydoni taxminan 630 km² bo‘lib, aholi soni 2025 yil holatiga ko‘ra 233 047 nafarni tashkil etadi. Hududning 130 “Al-Farg‘oniy avlodlari” elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252. Tom: 1 | Son: 4 | 2025-yil "Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal. ISSN 2181-4252. Vol: 1 | Iss: 4 | 2025 year Электронный научный журнал "Потомки АльФаргани" ISSN 2181-4252. Том: 1 | Выпуск: 4 | 2025 год https://al-fargoniy.uz/ iqtisodiy ixtisoslashuvi sanoatda yoqilg‘i (neftni qayta ishlash), paxta-tozalash hamda oziq-ovqat yo‘nalishlari, qishloq xo‘jaligida esa paxtachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik va uzumchilik tarmoqlari bilan tavsiflanadi. Sug‘orish ta’minoti mintaqadagi asosiy kanallar tizimi orqali amalga oshiriladi, bu esa agrar ishlab chiqarish va qayta ishlash zanjirlarida diversifikatsiya imkoniyatlarini baholash uchun muhim shart-sharoit yaratadi [16]. 2.1. Tadqiqot obyekti va davri Tadqiqotda Oltiariq tumani bo‘yicha 20102025 yillar kesimida shakllantiriladigan ma’lumotlar bazasi rasmiy ikkilamchi statistik manbalarga tayanadi. Ma’lumotlar asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hamda Farg‘ona viloyati hududiy statistika boshqarmasi e’lon qiladigan tuman kesimidagi yillik ko‘rsatkichlardan, zarur hollarda esa tegishli vazirlik va idoralar hamda ochiq rasmiy ma’lumotlar platformalaridan olinadi. Hududiy iqtisodiy rivojlanish dinamikasini “natijalar-resurslarinstitutsiyalar” zanjiri bo‘yicha izchil aks ettiradigan yagona, taqqoslanadigan va statistik jihatdan mos ma’lumotlar majmuasini yaratishdir. 2.2. Ma’lumotlar bazasi va manbalar Ma’lumotlar bazasining birinchi yadro qismi hududiy iqtisodiy natijalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlardan iborat bo‘ladi. Bu blokda tuman miqyosida ishlab chiqarish hajmlari va real iqtisodiy faollikni aks ettiruvchi proksi ko‘rsatkichlar jamlanadi: sanoat ishlab chiqarishi, qishloq xo‘jaligi mahsuloti, qurilish ishlari hajmi, xizmatlar ko‘rsatish hajmi, shuningdek mavjud bo‘lsa yalpi hududiy mahsulotga (YAHT) yaqin ko‘rsatkichlar yoki hududiy qo‘shimcha qiymat indikatorlari kiritiladi. Mazkur ko‘rsatkichlar diversifikatsiya jarayonining “natija tomoni”ni, ya’ni tarmoq tarkibidagi o‘zgarishlar umumiy ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish dinamikasida qanday namoyon bo‘lishini baholash imkonini beradi. Ikkinchi yadro qism bandlik tarkibini tavsiflovchi ma’lumotlarni qamrab oladi. Unda tarmoqlar bo‘yicha bandlar soni yoki ulushi, mehnat resurslari, iqtisodiy faol aholining asosiy sektorlarga taqsimlanishi kabi indikatorlar shakllantiriladi. Bandlik kesimidagi tarkibiy siljishlar diversifikatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini ochib beradi, chunki tarmoq tarkibining kengayishi yoki torayishi odatda mehnat bozoridagi barqarorlik, bandlik sifati va daromad shakllanishi bilan uzviy bog‘liq. Uchinchi blok investitsiya faolligini ifodalaydi. Bu yerda asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi jami ko‘rinishda hamda imkon qadar tarmoqlar kesimida jamlanadi; tahlilning taqqoslama sifatini oshirish uchun aholi jon boshiga investitsiya ko‘rsatkichlari ham hisoblanadi. Investitsiya dinamikasi hududning diversifikatsiya salohiyatini belgilovchi asosiy omillardan biri bo‘lib, yangi ishlab chiqarish quvvatlari, qayta ishlash zanjirlari va xizmatlar infratuzilmasining shakllanishi aynan investitsiya oqimlari bilan chambarchas bog‘lanadi. To‘rtinchi blok tadbirkorlik va institutsional faollik ko‘rsatkichlarini qamrab oladi. Unda faol korxonalar soni, kichik biznesning ulushi, yangi ro‘yxatdan o‘tgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar dinamikasi va korxonalarning tarmoq tarkibi bo‘yicha taqsimlanishi kiritiladi. Bu ma’lumotlar hududda iqtisodiy muhitning “moslashuvchanligi” va yangilanish tezligini baholashga xizmat qiladi, ya’ni diversifikatsiya faqat tarmoqlar sonining ko‘payishi emas, balki yangi faoliyat yo‘nalishlarining paydo bo‘lishi va institutsional faollikning kengayishi orqali ham yuzaga kelishini empirik ko‘rsatadi. Beshinchi blok tashqi bozor ko‘rsatkichlariga taalluqli bo‘lib, tuman kesimida statistik imkoniyat mavjud bo‘lsa eksport hajmi va tovar guruhlari bo‘yicha tarkibiy tuzilma kiritiladi. Agar tuman darajasida eksportning to‘liq tarkibiy ma’lumoti cheklangan bo‘lsa, o‘rinbosar indikatorlar (masalan, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tarmoqlari ulushi, qayta ishlash mahsulotlari ulushi yoki viloyat kesimidagi tarkibiy ma’lumotdan tuman ixtisoslashuviga mos proksi) qo‘llanishi mumkin. Tashqi bozor indikatorlari diversifikatsiyaning raqobatbardoshlik va bozor kengayishi bilan bog‘liq jihatlarini yoritadi. 131 “Al-Farg‘oniy avlodlari” elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252. Tom: 1 | Son: 4 | 2025-yil "Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal. ISSN 2181-4252. Vol: 1 | Iss: 4 | 2025 year Электронный научный журнал "Потомки АльФаргани" ISSN 2181-4252. Том: 1 | Выпуск: 4 | 2025 год https://al-fargoniy.uz/ Pul ko‘rinishidagi ko‘rsatkichlar tahlilda taqqoslanadigan real qiymatlarga keltiriladi. Buning uchun bazaviy yil tanlanadi va iste’mol narxlari indeksi (CPI) yoki tegishli deflyatorlar orqali nominal ko‘rsatkichlar deflyatsiya qilinadi. Shuningdek, turli yillarda va turli ko‘rsatkichlar bo‘yicha solishtirishni kuchaytirish maqsadida aholi jon boshiga hisoblangan indikatorlar keng qo‘llanadi; bu yondashuv hududdagi demografik o‘zgarishlar ta’sirini qisman neytrallashtirib, real iqtisodiy faollik va mahsuldorlik dinamikasini aniqroq ko‘rsatadi. 2.3. Asosiy o‘zgaruvchilar va operatsionallashuv Operatsionallashuv bosqichida o‘zgaruvchilar uch guruhga ajratiladi: natija ko‘rsatkichlari, asosiy izohlovchi ko‘rsatkich va nazorat omillari. Natija ko‘rsatkichlari sifatida iqtisodiy o‘sish indikatorlari, bandlik dinamikasi hamda hududiy daromad bazasini ifodalovchi proksilar olinadi. Ushbu natija ko‘rsatkichlari diversifikatsiyaning amaliy samarasi qanday kanallar orqali namoyon bo‘lishini bir vaqtning o‘zida kuzatish imkonini beradi. Asosiy izohlovchi ko‘rsatkich sifatida diversifikatsiya darajasi hisoblanadi. U tarmoq tarkibi bo‘yicha ishlab chiqarish va bandlik kesimida alohida o‘lchanadi, ya’ni bir tomondan ishlab chiqarish hajmlarining sektorlar bo‘yicha taqsimoti, ikkinchi tomondan bandlikning sektorlar bo‘yicha taqsimoti asosida diversifikatsiya indekslari shakllantiriladi. Amaliy jihatdan bu diversifikatsiyaning “iqtisodiy struktura” va “mehnat struktura”dagi ko‘rinishlarini farqlashga yordam beradi, chunki ba’zi hollarda ishlab chiqarish diversifikatsiyasi kuchaygan bo‘lsa ham bandlik tarkibi sekinroq o‘zgarishi mumkin. Nazorat o‘zgaruvchilari tarkibiga investitsiya ko‘rsatkichlari, tadbirkorlik faolligi indikatorlari, demografik omillar hamda infratuzilma ko‘rsatkichlari kiritiladi. Nazorat omillarining kiritilishi diversifikatsiya ko‘rsatkichlari bilan natija indikatorlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni noto‘g‘ri talqin qilish xavfini kamaytiradi, chunki iqtisodiy o‘sish va barqarorlikka investitsiya, demografiya va institutsional muhit ham mustaqil ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 2.4. Diversifikatsiyani o‘lchash usullari Hududiy iqtisodiyotda diversifikatsiya “tarmoq tarkibining qanchalik muvozanatli taqsimlangani”ni ifodalaydi. Amaliy jihatdan bu, masalan, sanoatqishloq xo‘jaligixizmatlar kabi yirik tarmoqlar yoki yanada mayda tarmoq guruhlari bo‘yicha ishlab chiqarish hamda bandlik ulushlarining qay darajada bir tarmoqqa jamlanib qolganini ko‘rsatadi. Shu sababli tadqiqotda diversifikatsiya darajasi bir nechta indekslar yordamida parallel hisoblanadi; bunday ko‘p-indeksli yondashuv natijalarning metodik barqarorligini oshiradi va indeks tanloviga bog‘liq xulosalar riskini kamaytiradi. Birinchi indeks sifatida Herfindahl–Hirschman indeksi (HHI) qo‘llanadi. U tarmoq ulushlarining kvadratlari yig‘indisi 1-formula orqali aniqlanadi: 𝐻𝐻𝐼𝑡=∑𝑠𝑖,𝑡 2 𝑛 𝑖=1 (1) bu yerda 𝑠𝑖,𝑡 −𝑡 davrda 𝑖 -tarmoqning umumiy hajmdagi ulushi, 𝑛 - tarmoqlar soni. HHI qiymati kattalashgani sari tarkib ko‘proq jamlangan, HHI pasaygani sari tarkib nisbatan muvozanatli va diversifikatsiyalashgan bo‘ladi. Amaliy talqinda HHI “konsentratsiya indeksi” sifatida ham qaraladi: u hudud iqtisodiyotining bir yo‘nalishga qaramlik darajasini bevosita o‘lchaydi. Ikkinchi ko‘rsatkich Simpson diversifikatsiya indeksi (SDI) bo‘lib, u HHI ning “teskari” ko‘rinishi sifatida diversifikatsiyani intuitivroq ifodalaydi (2formula): 𝑆𝐷𝐼𝑡=1−∑𝑠𝑖,𝑡 2=1−𝐻𝐻𝐼𝑡 𝑛 𝑖=1 (2) SDI yuqori bo‘lsa, tarmoq tarkibi diversifikatsiyalashganligi kuchliroq, SDI past bo‘lsa, iqtisodiyot nisbatan tor tarkibli bo‘ladi. SDI va HHI 132 “Al-Farg‘oniy avlodlari” elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252. Tom: 1 | Son: 4 | 2025-yil "Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal. ISSN 2181-4252. Vol: 1 | Iss: 4 | 2025 year Электронный научный журнал "Потомки АльФаргани" ISSN 2181-4252. Том: 1 | Выпуск: 4 | 2025 год https://al-fargoniy.uz/ bir-birini to‘ldiradi: birinchisi diversifikatsiyani, ikkinchisi esa konsentratsiyani ko‘rsatadi. Uchinchi indeks Shannon entropiya indeksi bo‘lib, u tarmoq ulushlarining tarqoqligi va “axborotiy xilma-xillik” darajasini 3-formula orqali o‘lchaydi: 𝐸𝑡= −∑𝑠𝑖,𝑡 ln(𝑠𝑖,𝑡) 𝑛 𝑖=1 (3) Entropiya indeksi tarmoqlar ulushi tengroq taqsimlanganda kattalashadi. Tarmoqlar soni turlicha bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarda (masalan, statistik tasnif o‘zgarganda yoki ma’lumot detallanishi farqlanganda) indeksni taqqoslanadigan shaklga keltirish uchun normallashtirish qo‘llanadi (4formula): 𝐸𝑡 ∗=𝐸𝑡 ln(𝑛) (5) Normallashtirilgan entropiya 𝐸𝑡 ∗ odatda [0;1] oralig‘ida bo‘lib, yillar va turli tasniflarda natijalarni qiyoslashni yengillashtiradi. Mazkur indekslar ikki yo‘nalishda alohida hisoblanadi: (i) ishlab chiqarish yoki iqtisodiy natijalar tarkibi bo‘yicha, (ii) bandlik tarkibi bo‘yicha. Bu ajratish metodik jihatdan muhim, chunki hududda ishlab chiqarish tarkibi diversifikatsiyalashgani holda bandlik tarkibi sekinroq moslashishi mumkin. Hisoblangan indekslar 2010-2025 yillar uchun dinamik kesimda tahlil qilinib, tarkibiy o‘zgarishlarning tezligi, yo‘nalishi va “qaysi tarmoq ulushi ortgani yoki pasaygani” aniqlanadi. 2.5. Empirik baholash strategiyasi Tadqiqot empirik dizayni diversifikatsiyani baholashni ikki bosqichda amalga oshiradi. Birinchi bosqichda deskriptiv-dinamik tahlil orqali Oltiariq tumanida 2010-2025 yillarda tarmoqlar ulushi, diversifikatsiya indekslari, iqtisodiy o‘sish va bandlik ko‘rsatkichlari birgalikda kuzatilib, strukturaviy siljishlarning asosiy drayverlari aniqlanadi. Mazkur tahlilda diversifikatsiya kuchayishi yoki susayishi qaysi tarmoq ulushining o‘zgarishi hisobiga yuz bergani, shuningdek o‘sish va bandlikdagi o‘zgarishlar bilan bir vaqtda qanday dinamikada kechgani izohlanadi. Ikkinchi bosqichda diversifikatsiya ko‘rsatkichlari bilan hududiy o‘sish natijalari o‘rtasidagi bog‘liqlik ekonometrik usullar bilan tekshiriladi. Agar Farg‘ona viloyati tumanlari kesimida 2010-2025 yillar bo‘yicha bir xil metodika asosida ma’lumotlar shakllantirilsa, qiyosiy panel yondashuvi qo‘llanadi va quyidagi umumiy spesifikatsiya 5formula orqali baholanadi: 𝑌𝑖,𝑡 =𝛼+𝛽𝐷𝑖𝑣𝑒𝑟𝑠𝑖,𝑡 +𝛾𝑋𝑖,𝑡 +𝜇𝑖+𝜏𝑡+𝜀𝑖,𝑡 (6) bu yerda 𝑌𝑖,𝑡 – tuman 𝑖 uchun iqtisodiy natija ko‘rsatkichi (real o‘sish sur’ati, bandlik dinamikasi yoki fiskal baza proksisi), 𝐷𝑖𝑣𝑒𝑟𝑠𝑖,𝑡−1 - diversifikatsiya indeksining bir yil kechiktirilgan qiymati, 𝑋𝑖,𝑡 - nazorat o‘zgaruvchilari vektori, 𝜇𝑖 - tumanning o‘zgarmas xususiyatlarini ushlaydigan “fixed effects”, 𝜏𝑡 - yillarga xos umumiy omillar, 𝜀𝑖,𝑡 - tasodifiy xatolik. Diversifikatsiya indeksining kechiktirilgan ko‘rinishda olinishi metodik jihatdan muhim: bu diversifikatsiya va o‘sish o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan teskari sababiyat muammosini ma’lum darajada yumshatadi va qisqa muddatli bir vaqtning o‘zida o‘zgarishlardan keladigan og‘ishlarni kamaytiradi. Panel dizayn mavjud bo‘lsa, model odatda “within” baholash (FE) va yil effektlari bilan birga qo‘llanadi; zarurat tug‘ilganda dinamik panel yondashuvlari bilan tekshiruvlar ham bajarilishi mumkin. Agar to‘liq va uzluksiz ma’lumot faqat Oltiariq tumani bo‘yicha mavjud bo‘lsa, tahlil vaqt qatori doirasida olib boriladi. Bunda diversifikatsiya indekslari va natija ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik korrelyatsion tahlil, oddiy regressiya spesifikatsiyalari hamda kechiktirilgan omillar bilan baholanadi. Natijalar talqinini kuchaytirish maqsadida Oltiariq ko‘rsatkichlari viloyat o‘rtacha qiymatlari yoki yaqin tumanlar dinamikasi bilan qiyosiy izohlanadi; bu yondashuv tuman dinamikasining “odatiy trend”dan farqini ko‘rsatishga yordam beradi. 133 “Al-Farg‘oniy avlodlari” elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252. Tom: 1 | Son: 4 | 2025-yil "Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal. ISSN 2181-4252. Vol: 1 | Iss: 4 | 2025 year Электронный научный журнал "Потомки АльФаргани" ISSN 2181-4252. Том: 1 | Выпуск: 4 | 2025 год https://al-fargoniy.uz/ 2.6. Barqarorlik tekshiruvlari va hisoblash jarayoni Empirik natijalarning ishonchliligini oshirish uchun diversifikatsiya kamida uch xil indeks (HHI, SDI, Entropiya) orqali alohida baholanadi va asosiy xulosa indeks tanlovidan qat’i nazar saqlanib qolishi tekshiriladi. Shuningdek, natija ko‘rsatkichlari muqobil ko‘rinishlarda qayta baholanib, xulosalarning “o‘lchovga sezgirligi” tahlil qilinadi. Pul ko‘rsatkichlari real qiymatlarga deflyatsiya qilinadi, zarurat bo‘lsa log-transformatsiyalar qo‘llanadi. Ekonometrik baholashda heteroskedastiklik va avtokorrelyatsiya ehtimolini hisobga oluvchi robust standart xatolar ishlatiladi; model spesifikatsiyasi bo‘yicha muqobil nazorat o‘zgaruvchilari bilan qayta baholash ham kiritiladi. Indekslarni hisoblash, ma’lumotlarni tozalash va bazaviy vizualizatsiya ishlari Excelda, ekonometrik baholash va diagnostik tekshiruvlar esa Stata, R yoki Python statistik paketlarida amalga oshiriladi. Natijalar 2010-2025 yillardagi diversifikatsiya indekslari dinamikasi, tarmoq ulushlaridagi o‘zgarishlar va ekonometrik baholash jadvallari ko‘rinishida taqdim etilib, hududiy tarkibiy transformatsiyaning miqyosi va yo‘nalishi aniq ko‘rsatib beriladi. 3. NATIJA VA MUHOKAMALAR Farg‘ona viloyatida 2025-yil yanvar-sentabr davrida asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ijobiy o‘sish sur’atlari qayd etilgan (1-rasm). Xususan, yalpi hududiy mahsulot, sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar, qurilish ishlari hamda yuk va yo‘lovchi aylanmasi ko‘rsatkichlarida o‘sish dinamikasi kuzatiladi. Mazkur makrofon Oltiariq tumani iqtisodiyotining tarkibiy xususiyatlarini talqin qilishda muhim kontekst bo‘lib xizmat qiladi: viloyat miqyosida o‘sish jarayonlari mavjud bo‘lgan bir paytda tuman darajasida o‘sishning manbalari va tarmoqlararo muvozanat darajasi alohida tahlilni talab etadi. 1-rasm. Farg‘ona viloyatida asosiy ijtimoiyiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi (2025-yil yanvarsentabr, 2024-yilning mos davriga nisbatan, %). Hududiy diversifikatsiya masalasining dolzarbligini kuchaytiruvchi omillardan biri tuman aholisining o‘sishi va mehnat resurslari hajmining kengayib borishidir. Yoshlar ulushi yuqori bo‘lgan sharoitda mehnat bozoriga yangi ishtirokchilarning muntazam kirib kelishi iqtisodiy tizimdan barqaror bandlik yaratish, malakali ish o‘rinlari ulushini oshirish va daromad manbalarini ko‘paytirishni talab qiladi. Shu nuqtai nazardan, diversifikatsiya iqtisodiy o‘sishni faqat an’anaviy tarmoqlar hisobiga emas, balki qayta ishlash sanoati, zamonaviy xizmatlar, logistika, raqamli yechimlar, turizm va ilmga asoslangan yo‘nalishlar orqali kengaytirish mexanizmi sifatida qaraladi. Aksincha, hudud iqtisodiyotining bir yoki bir nechta tarmoqqa ortiqcha ixtisoslashuvi ishlab chiqarish hajmlarining mavsumiy va tashqi omillarga bog‘liqligini kuchaytirib, bandlik barqarorligi hamda daromadlar dinamikasida tebranishlar ehtimolini oshiradi. 3.1. Oltiariq tumani iqtisodiyotining tarmoqlar kesimidagi tarkibi Taqdim etilgan statistik ma’lumotlar Oltiariq tumanida iqtisodiy faollikning tarmoqlar bo‘yicha taqsimoti asosan qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida jamlanganini ko‘rsatadi. Sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha 2021–2024 yillarda tumanning viloyat sanoatidagi ulushi nisbatan past darajada qolmoqda: 2021 yilda 1,77%, 2022 yilda 2,06%, 2023 yilda 2,49% va 2024 yilda 1,99% [17]. Mutlaq ko‘rsatkichlarda Oltiariqda sanoat ishlab chiqarishi 2021 yildagi 492,6 mlrd so‘mdan 2024 yilda 914,6 mlrd so‘mga oshgan 134 “Al-Farg‘oniy avlodlari” elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252. Tom: 1 | Son: 4 | 2025-yil "Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal. ISSN 2181-4252. Vol: 1 | Iss: 4 | 2025 year Электронный научный журнал "Потомки АльФаргани" ISSN 2181-4252. Том: 1 | Выпуск: 4 | 2025 год https://al-fargoniy.uz/ bo‘lsa-da, viloyat bo‘yicha sanoat hajmining yanada yuqori sur’atlarda kengaygani tumanning nisbiy ulushini barqaror oshirish imkonini cheklagan (1jadval). Bu holat tuman iqtisodiy portfelida sanoatning, ayniqsa, qayta ishlash segmentlarining yetarli darajada keng emasligi va diversifikatsiya zanjirida sanoat “zaif bo‘g‘in” bo‘lib qolayotganini anglatadi. 1-jadval. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi (mlrd so‘m) Yillar 2021 2022 2023 2024 Farg‘ona viloyati 27761,5 30303,5 35794,9 45896,1 Oltiariq tumani 492,6 624,6 890 914,6 % da ulushi 1,77% 2,06% 2,49% 1,99% Tarmoqlar bo‘yicha jamlangan ko‘rsatkichlar ham ushbu xulosani qo‘llab-quvvatlaydi. Sanoat hajmi 761,1 mlrd so‘m bo‘lib, viloyatdagi ulushi 1,9% (13o‘rin)ni tashkil etadi, xizmatlar sohasi 1 576,9 mlrd so‘m bilan 3,2% (4-o‘rin) darajasida, qishloq xo‘jaligi esa 2 986,1 mlrd so‘m bilan 8,6% ulush va viloyatda 1o‘rinni egallaydi (2-jadval) [17]. 2-jadval. Hududning tarmoqlar bo‘yicha iqtisodiy ko‘rsatkichlari Tarmoqlar Hajmi Viloyatdagi ulushi Sanoat 761,1 mlrd so'm 1,9% (13 o'rin) Qishloq xo'jaligi 2986,1 mlrd so'm 8,6% (1 o'rin) Xizmat ko'rsatish 1576,9 mlrd so'm 3,2% (4 o'rin) Demak, tuman iqtisodiyotida agrar yo‘nalish “tayanch” tarmoq bo‘lib qolayotgan bir paytda, xizmatlar nisbatan faol rivojlanayotgan, biroq sanoatning ulushi hududning qo‘shimcha qiymat yaratish salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun yetarli emas. Ushbu tarkibiy nisbatlar Oltiariqda qiymat zanjirining “xomashyo → qayta ishlash → tayyor mahsulot → qadoqlash/brendlash → bozorga chiqarish” bosqichlari yetarlicha chuqurlashmaganini ko‘rsatadi. Ya’ni, ishlab chiqarishning yuqori ulushi birlamchi ishlab chiqarishda jamlanib, sanoat orqali qo‘shimcha qiymatni ko‘paytirish imkoniyatlari to‘liq ishga tushmagan. 3.2. Qishloq xo‘jaligi yetakchiligi va diversifikatsiya uchun xatarlar Qishloq xo‘jaligida Oltiariq tumani viloyat miqyosida barqaror yuqori ulushni saqlab kelmoqda. 2021-2024 yillarda tumanning viloyat qishloq xo‘jaligi mahsulotidagi ulushi mos ravishda 8,80%, 8,65%, 9,10% va 9,03%ni tashkil etgan (3-jadval) [17]. 3-jadval. Oltiariq tumani kesimida qishloq xo‘jaligi mahsuloti (amaldagi narxlarda, mlrd so‘m) Yillar 2021 2022 2023 2024 Farg‘ona viloyati 27 501,2 32 737,0 38 326,0 42 347,9 Oltiariq tumani 2 419,1 2 831,1 3 489,5 3 823,1 % da ulushi 8,80% 8,65% 9,10% 9,03% Bu natija hududning agrar ixtisoslashuvi kuchli ekanini, xususan meva-sabzavotchilik yo‘nalishlarida resurs va ishlab chiqarish salohiyati shakllanganini bildiradi. Biroq tarmoq ulushining yuqoriligi diversifikatsiya nuqtai nazaridan ikki tomonlama mazmunga ega. Bir tomondan, bu hududning solishtirma ustunligi va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish salohiyatini anglatadi. Ikkinchi tomondan, daromad va bandlikning bir tarmoqqa nisbatan yuqori bog‘liqligi narxlar, tashqi talab, mavsumiylik, logistika, saqlash va standartlash talablaridagi o‘zgarishlarga nisbatan sezgirlikni kuchaytirishi mumkin. Shuning uchun agrar yetakchilikni saqlagan holda, aynan shu bazaga tayangan holda sanoat va xizmatlar bilan integratsiyalashgan diversifikatsiya modeli hududiy barqarorlik uchun maqsadga muvofiq hisoblanadi. 3.3. Eksport tarkibi va qo‘shimcha qiymat yaratish imkoniyatlari Tashqi bozor ko‘rsatkichlari Oltiariq tumani eksport salohiyatining yuqoriligini tasdiqlaydi. 2024 yil statistik ma’lumotlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati eksporti tarkibida eng yuqori ulush Oltiariq tumaniga 135 “Al-Farg‘oniy avlodlari” elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252. Tom: 1 | Son: 4 | 2025-yil "Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal. ISSN 2181-4252. Vol: 1 | Iss: 4 | 2025 year Электронный научный журнал "Потомки АльФаргани" ISSN 2181-4252. Том: 1 | Выпуск: 4 | 2025 год https://al-fargoniy.uz/ to‘g‘ri kelib, 21,1% yoki 163,3 mln AQSH dollarini tashkil etgan [17]. Shuningdek, 2024 yilda tumandan xorijiy davlatlarga 144 829 ming AQSH dollari miqdorida meva va sabzavot mahsulotlari eksport qilingan [17]. Ushbu natijalar tuman eksportining muhim qismi agrar mahsulotlarga tayanayotganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, xom yoki kam qayta ishlangan meva-sabzavot eksporti odatda bir qator iqtisodiy cheklovlar bilan kechadi: saqlash va sovutish zanjiri xarajatlari, logistika narxlarining o‘zgaruvchanligi, sertifikatlash hamda fitosanitariya talablarining kuchayishi, shuningdek tashqi bozorlardagi talab va narxlarning tebranishi. Bundan tashqari, eksport standartlariga mos kelmagan mahsulotlarning ichki bozorda sotilishi taklifning keskin oshishiga olib kelib, narxlarning pasayishi va ishlab chiqaruvchi foydasining qisqarishiga sabab bo‘lishi ehtimolini kuchaytiradi. Shu sababli eksportga yo‘naltirilgan agrar ishlab chiqarishni uzoq muddatli barqaror daromad manbaiga aylantirish uchun qo‘shimcha qiymat zanjirini chuqurlashtirish talab etiladi. Mazkur sharoitda diversifikatsiyaning amaliy va iqtisodiy jihatdan eng asosli yo‘nalishi agrar xomashyoni chuqur qayta ishlashni kengaytirishdir. Meva-sabzavotni quritish, muzlatish, konservalash, sharbat/konsentrat, pyure, qadoqlangan yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish orqali saqlash muddatini uzaytirish, transport xarajatlarining nisbiy samaradorligini oshirish va eksport geografiyasini kengaytirish mumkin. Bundan tashqari, mevalarning biologik faol komponentlari asosida funksional oziqovqat hamda farmatsevtika yo‘nalishlarida mahsulot ishlab chiqarish istiqbollari ham mavjud. Bunday diversifikatsiya tumanda sanoat ulushini oshirishga, yuqori malakali ish o‘rinlarini yaratishga, xizmatlar va logistika infratuzilmasiga talabni kuchaytirishga hamda hudud daromad bazasini kengaytirishga xizmat qiladi. Keltirilgan jadvallar hamda eksport ko‘rsatkichlari Oltiariq tumani iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi yetakchi o‘rin egallashini, xizmatlar sektori nisbatan faol ekanini, biroq sanoat ulushi viloyat miqyosida past darajada qolayotganini ko‘rsatadi [17]. Demak, diversifikatsiya strategiyasi hududning mavjud agrar ustunligini cheklashga emas, balki aynan shu ustunlik asosida qayta ishlash sanoati, logistika va innovatsion yo‘nalishlarni kengaytirish orqali qo‘shimcha qiymat yaratish zanjirini chuqurlashtirishga yo‘naltirilishi maqsadga muvofiq. Natijada hududning tashqi omillarga chidamliligi, bandlik barqarorligi va iqtisodiy samaradorligi oshadi. XULOSA Mazkur tadqiqot Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani misolida hududiy iqtisodiy o‘sish va barqarorlikni ta’minlashda diversifikatsiya omilining rolini tahlil qildi hamda 2010-2025 yillar kontekstida tarmoq tarkibining o‘zgarishi va natija ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholash uchun metodik asoslarni taklif etdi. Keltirilgan nazariy va empirik dalillar diversifikatsiya siyosati “kontekstga mos” bo‘lishi zarurligini, Oltiariq tumani bo‘yicha olingan statistik natijalar hudud iqtisodiyotida tarmoqlararo muvozanat masalasi amaliy jihatdan ham dolzarb ekanini tasdiqladi. Tahlil natijalari Oltiariq tumanida iqtisodiy faollikning asosiy qismi qishloq xo‘jaligida jamlanganini va bu tarmoq viloyat miqyosida yetakchi ulushni barqaror saqlab kelayotganini ko‘rsatdi. Xususan, 2021-2024 yillarda tumanning viloyat qishloq xo‘jaligi mahsulotidagi ulushi 8,65-9,10% oralig‘ida bo‘lib, Oltiariq agrar ixtisoslashuv bo‘yicha yuqori raqobat ustunligiga ega ekanini anglatadi. Shu bilan birga, sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha tumanning viloyatdagi ulushi 2021–2024 yillarda 1,77–2,49% diapazonida qolib, sanoatning hudud iqtisodiy portfelida yetarli darajada mustahkam o‘rin egallamaganini ko‘rsatdi. Xizmatlar sektori ma’lum darajada faol bo‘lsada, tuman miqyosida qo‘shimcha qiymat yaratish zanjiri “xomashyo → qayta ishlash → tayyor mahsulot → brendlash → bozorga chiqarish” bosqichlari bo‘yicha yetarlicha chuqurlashmaganligi kuzatildi. Eksport ko‘rsatkichlari ham Oltiariq tumanining meva-sabzavot mahsulotlari bo‘yicha yuqori tashqi bozor salohiyatini tasdiqlaydi: 2024 yilda viloyat eksportidagi ulushning sezilarli qismi Oltiariq