TEMPERAMENT
Full text
297 TEMPERAMENT Achilova Zilola Chirchiq davlar pedagogika universiteti Aniq fanlar fakulteti 1-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17971923 Annotatsiya: Ushbu matnda temperament tushunchasi, uning psixologik va fiziologik asoslari hamda temperament turlari haqida qisqa ma’lumot beriladi. Gippokratning to‘rt temperament tipi - sangvinik, xolerik, flegmatik va melanxolikning o‘ziga xos belgilariga izoh berilgan. Shuningdek, I.P. Pavlovning nerv jarayonlari kuchi, muvozanati va harakatchanligi haqida bergan ilmiy asoslari yordamida temperamentning fiziologik mexanizmlari yoritilgan. Kalit so‘zlar: temperament, psixik dinamik xususiyatlar, sangvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik, reaktivlik, syenzitivlik, faollik, Pavlov, Gippokrat, introvert, ekstrovert Abstract: This text provides a brief introduction to the concept of temperament, its psychological and physiological foundations, and types of temperament. The specific features of Hippocrates' four temperament types - sanguine, choleric, phlegmatic, and melancholic - are explained. Also, the physiological mechanisms of temperament are explained using I.P. Pavlov's scientific principles about the strength, balance, and mobility of nervous processes. Keywords: temperament, psychic dynamic characteristics, sanguine, choleric, phlegmatic, melancholic, reactivity, sensitivity, activity, Pavlov, Hippocrates, introvert, extrovert KIRISH. Insonning ruhiy olami beto‘xtov harakatlar majmuasidan iborat bo‘lib, biri ikkinchisini bevosita taqazo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o‘xshash tarzda hukm suradi. Xuddi shu bois shaxs ruhiyatida tashqi atrof-muhit to‘g‘risidagi taassurotlar, o‘tmish xotiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, xohish istaklar, maqsad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo, hissiy kechinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o‘zaro o‘rin almashtirib turish evaziga ontogenetik dunyoga mustahkam negiz hozirlanadi. Ruhiy olam kechishi, uning sur’ati, mazmuni, shakli, ko‘lami, xususiyati, xislati, sifati, mexanizmi alohida, yakkahol insonda rang-barang tarzda namoyon bo‘lishi kuzatiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, insonlar tabiat hodisalariga, ijtimoiy turmush voqeliklariga, omillariga, ta’sir kuchlariga tez yoki sekin, engil yoki mushkulot bilan javob qaytarishga moyillik ko‘rsatadilar. Psixologiyada temperamentga taalluqli individual dinamik xususiyatlar o‘rtasida muayyan darajada tafovut mavjudligi alohida ta’kidlanadi, ular orasidagi farqlarni ajratib ko‘rsatish maqsadida quyidagicha belgilar kiritiladi va o‘ziga xos tarzda tavsiflab beriladi, ularning ayrimlarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq: 1. Favqulotda temperamentning bir xil xususiyatlari motiv, psixik holat va hodisalardan farqli o‘laroq, aynan shu shaxsning o‘zida, uning turli faoliyatlarida, muomalasida ifodalanadi. 2. Temperament xususiyatlari tabiiy shartlanganlik omiliga taalluqli bo‘lganligi tufayli inson hayoti va faoliyatining (umrining) davomida yoki uning muayyan bir bo‘lagida (ta’sirga beriluvchanligi sababligidan qat’iy nazar) barqaror, o‘zgarmas va mustahkamdir. 3. Yakkahol shaxsga dahldor temperamentning turli xususiyatlari o‘zaro bir-biri bilan g‘ayriqonuniy ravishda birlashgan bo‘lmasdan, balki ular o‘zaro bir-biri muayyan qonuniyat
298 asosida mujassamlashib, xuddi shu xususiyatlar uning tiplarini tavsiflovchi o‘ziga xos tuzilmani vujudga keltiradi. Psixologiya fanida temperament xususiyatlari deganda, alohida bir shaxsning psixik faoliyati dinamikasini belgilovchi psixikaning barqaror, o‘zgarmas individual-tipologik xususiyatlari majmuasi tushuniladi. Mazkur xususiyatlar turli shakl va mazmunga ega bo‘lgan motivlarda, psixik holatlarda, maqsadlarda, faoliyatlarda nisbatan o‘zgarmas temperament tipini tavsiflovchi tuzilmani tashkil qiladi. Psixologiya fanining ijtimoiy tarixiy-taraqqiyoti davrida temperamentga nisbatan bildirilgan mulohazalar, uning moddiy asosi to‘g‘risidagi talqinlar xilma-xil bo‘lib, shaxsning psixologik xususiyatlarini o‘ziga xos tarzda tushuntirish uchun xizmat qilib kelgan. Temperament lotincha “temperamentum” degan so‘zdan olingan bo‘lib, buning ma’nosi “aralashma” degan tushunchani anglatadi. Temperament to‘g‘risidagi dastlabki ta’limotni yunon olimi Gippokrat (eramizdan oldingi 460 - 356 yillarda yashagan) yaratgan bo‘lib, uning tipologiyasi to hozirgi davrgacha qo‘llanilib kelinmoqda. Gippokrat ta’limotiga muvofiq har bir insonda shu to‘rt xil suyuqlik mavjud bo‘lib, uning bittasi ustuvorlik kasb etadi. Mazkur aralashma (lotincha temperamentum)lardan qaysi biri salmoqliroq bo‘lsa, shunga qarab insonlar temperament jihatdan farqlanadilar, chunonchi xolerikda sariq o‘t, sangvinikda qon, flegmatikda balg‘am, melanxolikda qora o‘t ustun bo‘lishi ta’kidlanadi. Gippokratning to‘rt xil moddalar (suyuqliklar) aralashmasi, ya’ni temperament tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik) ramziy ma’noda hozirgi zamon psixologiyasida ham qo‘llanilib kelinmoqda. Temperamentning fiziologik asoslariga ulkan o‘z hissasini qo‘shgan olimlardan biri rus fiziologi I.P.Pavlov (1849-1936) hisoblanadi. I.P.Pavlov temperament ham shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlarini keltirib chiqaruvchi omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, degan xulosa chiqaradi. I.P.Pavlov ta’limoti bo‘yicha, shartli reflekslar paydo bo‘lishining individual xususiyatlari ro‘yobga chiqishining sabablari nerv sistemasini xususiyatlari mohiyatidandir. Unga ko‘ra quyidagi 3 ta xususiyatni ajratib ko‘rsatadi: 1) qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining kuchi; 2) qo‘zg‘alish kuchi bilan tormozlanish kuchi o‘rtasidagi muvozanatlilik darajasi; 3) qo‘zg‘alishning tormozlanish bilan almashinish tezligi yoki nerv jarayonlarining harakatchanligi. Temperament tiplarining psixologik tavsifi quyidagi muhim xususiyatlar yordami bilan aniqlanishi mumkin. 1. Syenzitivlik (lotincha Sensus - sezish, his qilish degan ma’no anglatadi). Syenzitivlik yuzasidan insonda birorta psixik reaksiyani hosil qilish uchun zarur bo‘lgan o‘ta kuchsiz tashqi taassurot kuchiga qarab mulohaza yuritiladi, jumladan, sezgilarning paydo bo‘lishi uchun kerak qo‘zg‘ovchining ozgina kuchi (ularning quyi chegarasi), ehtiyojlar qondirilmasligining sezilarsezilmas darajasi (shaxsga ruhiy azob beruvchi) mujassamlashadi. 2. Reaktivlik. Bu to‘g‘rida aynan bir xil kuch bilan ta’sir etuvchi tashqi va ichki taassurotlarga shaxs qanday kuch bilan emosional reaksiya qilishiga qarab munosabat bildiriladi. Reaktivlikning yorqin ro‘yobga chiqishi-emosionallik, ta’sirlanuvchanlikda ifodalanishidir. 3. Faollik. Bu borada inson qanday faollik darajasi bilan tashqi olamga ta’sir etishi va maqsadlarni amalga oshirishda ob’yektiv hamda sub’yektiv qarama-qarshiliklarni faollik bilan engishga qarab fikr yuritiladi.
299 4. Reaktivlik bilan faollikning o‘zaro munosabati. Odamning faoliyati ko‘p jihatdan nimaga bog‘liqligiga binoan, chunonchi tasodifiy tarzdagi tashqi va ichki sharoitlarga (kayfiyatga, favquloddagi hodisalarga) yoki maqsadlarga, ezgu niyatlarga, xohish-intilishlariga ko‘ra fikr bildirish nazarda tutiladi. 5. Reaksiya tempi. Turli xususiyatli psixik reaksiyalar va jarayonlarning kechish tezligiga, nutq sur’atiga, farosatliligiga, aql tezligiga asoslanib xulosa chiqariladi. 6. Harakatlarning silliqligi va unga qarama-qarshi sifat rigidlik (qotib qolganlik), shaxsning o‘zgaruvchan tashqi taassurotlarga qanchalik engillik va chaqqonlik bilan muvofiqlashishiga (silliqlik bilan moslashishga), shuningdek, uning xatti-harakatlari qanchalik sust va zaifligiga (rigidligi qotib qolganligicha) nisbatan baho berishdan iboratdir. 7. Ekstravertlik va introvertlik. Shaxsning faoliyati va reaksiyasi ko‘p jihatdan kechinmalarga bog‘liq, chunonchi favqulotdagi tashqi taassurotlarga (ekstravertlik) yoki aksincha, timsollarga, tasavvurlarga (introvertlik) taalluqligiga asoslangan holda munosabat ifodasidir. Temperament tiplarining tavsifnomasi. Sangvinik yuksak reaktivlik. Bo‘lar-bo‘lmas narsalarga qattiq xoxolab kulaveradi. Muhim bo‘lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi. Diqqatini jalb qilgan hamma narsalarga tetik va zo‘r qo‘zg‘alish bilan javob beradi. Imo-ishoralari va harakatlari yaqqol ko‘rinib turadi. Uning aft-basharasiga qarab kayfiyatining qandayligini, narsalarga yoki odamga bo‘lgan munosabatlarini bilish oson. Diqqatini tez bir joyga to‘playdi. Sezgirlik chegarasi yuksak. Juda kuchsiz tovushlarni va yorug‘lik qo‘zg‘ovchilarni payqamaydi. Aktivligi yuksak, juda qayratli va ishchan, darslarda tez-tez qo‘l ko‘tarib turadi, toliqmasdan uzoq vaqt ishlashi mumkin, yangi ishlarga g‘ayrat bilan kirishadi. Faolligi va reaktivligi muvozanatli. Uni intizomga chaqirish oson. U o‘z hissiyotlarining namoyon bo‘lishini va o‘zining ixtiyorsiz harakatlarini tez ushlab qola oladi. Harakatlari shiddatli, nutqi tez, yangi ishga tezlik bilan kirishadi, diqqatini tez to‘playdi. Aqli tez ishlaydi, topqir. harakatlari nihoyat darajada silliqlik xususiyatiga ega. Hissiyotlari, kayfiyatlari, qiziqishlari va intilishlari juda o‘zgaruvchan. U yangi kishilar bilan tez kirishib ketadi. Yangi talablar, yangi sharoitga osonlik bilan o‘rganadi. Bir ishdan ikkinchi ishga tez ko‘cha oladi. Malakalarni tez o‘zlashtiradi va tez qayta o‘zgartiradi. Aqli ixcham. Ekstrovertlik xususiyatiga ega. o‘tgan va kelajak hayot haqida tasavvurlariga qaraganda quyiroq tashq taassurotlarga javob beradi. Xolerik xuddi sangvinik kabi sust syenzitivlik, yuksak reaktivlik hamda faollik bilan ajralib turadi, lekin faollikdan reaktivlik ustunlik qiladi. Shuning uchun u tinimsiz o‘zini ushlay olmaydigan, betoqat, serzarda. Sangvinikka qaraganda ozroq silliq va qo‘proq qotib qolgan. Shuning uchun intilishlari va qiziqishlarida katta barqarorlik, zo‘r qatiylik bor, diqqatini ko‘chirishda qiyinchilikka uchraydi. Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga yetkazadi, ammo unga qiziqsa. Flegmatik - syenzitivligi sust, hissiy qo‘zg‘aluvchanligi oz, kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ammo bir narsa yuzasidan qattiq kulganda u vazminligicha qolaveradi. Katta ko‘ngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini buzmaydi. Imo-ishoralari oz, harakatlari ifodasiz. qayrati ishchanligi bilan ajralib turadi. Yuksak faolligi oz, reaktivligidan ancha ustunlik qiladi. Chidamliligi, matonati, o‘zini tuta bilish bilan ajralib turadi. harakatlarining tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan to‘playdi. Rigid (qotib qolgan), diqqatini qiyinchilik bilan ko‘chiradi. Yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi. Introvert. Yangi odamlarga qiyinchilik bilan qo‘shiladi. Tashqi taassurotlarga qiyinchilik bilan javob qaytaradi.
300 Melanxolik - yuksak syenzitivlik xususiyatiga ega. Sezgirligi yuksak (sezgi chegaralari yuqori). Arzimagan sababga ko‘ra, ko‘zlaridan yosh oqib ketaveradi. Nihoyatda arazchan, sekin yig‘laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. o‘ziga ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tug‘iladigan bo‘lsa, ho‘lini yuvib qo‘ltig‘iga urib g‘o‘ya qoladi. Gʻayratsiz qatiy emas. Diqqati tez chalg‘iydi, barqaror emas. Psixik tempi sust. Rigid (qotib qolgan). Introvertlik xususiyatiga ega. XULOSA Xulosa qilib aytganda, temperament insonning tug‘ma psixofiziologik xususiyatlari bo‘lib, uning hissiyati, faolligi, reaktivligi va xulq-atvori sur’atini belgilaydi. Har bir temperament turi o‘ziga xos kuchli va sust jihatlarga ega bo‘lib, shaxsning individual rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Ananyev, B. G. Chelovek kak predmet poznaniya. - Moskva: Nauka, 2001. 2. Allport, G. W. Personality: A Psychological Interpretation. - New York: Holt, 1937. 3. Erickson, E. Identity: Youth and Crisis. - New York: Norton, 1968 4. Maslow, A. H. Motivation and Personality. - New York: Harper & Row, 1970. 5. Jung, C. G. The Development of Personality. - Princeton University Press, 1991. 6. Shoumarov, Q. T. Umumiy psixologiya asoslari. - Toshkent: O‘qituvchi, 2012. 7. G‘oziyev, E. Psixologiya. - Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2018. 8. Rogers, C. R. On Becoming a Person: A Therapist’s View of Psychotherapy. - Boston: Houghton Mifflin, 1961. 9. Vygotsky, L. S. Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. - Harvard University Press, 1978. 10.McCrae, R. R., & Costa, P. T. Personality in Adulthood: A Five-Factor Theory Perspective. - New York: Guilford Press, 2003.