scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"HARBIY MADANIYAT" TUSHUNCHASI VA UNING IJTIMOIY-FALSAFIY MOHIYATI.

B.X.Jurayev

Full text

AMERICAN JOURNAL OF EDUCATION AND LEARNING ISSN: 2996-5128 (online) | ResearchBib (IF) = 10.91 IMPACT FACTOR Volume-3| Issue-11| 2025 Published: |30-12-2025| 459 UDK: 130.2:130.3 “HARBIY MADANIYAT” TUSHUNCHASI VA UNING IJTIMOIYFALSAFIY MOHIYATI. https://doi.org/10.5281/zenodo.17971991 B.X.Jurayev O‘zMU HTO‘M TMIU sikli katta o‘qituvchisi, dotsent КОНЦЕПЦИЯ «ВОЕННОЙ КУЛЬТУРЫ» И ЕЕ СОЦИОФИЛОСОФСКАЯ СУЩНОСТЬ. THE CONCEPT OF “MILITARY CULTURE” AND ITS SOCIOPHILOSOPHICAL ESSENCE. Annotatsiya Mazkur maqolada harbiy madaniyat, har xil tarixiy bosqichlarda turli xil munosabatlar va xususiyatlar sifatida so‘z olib boriladi. Ta’kidlash joizki, harbiy madaniy hodisalarni har xil nuqtai nazardan o‘rganish mumkin. Ular harbiy madaniyatni nafaqat o‘ziga xos xususiyatlarni belgilabgina qolmay, balki jamiyat hayotining ko‘plab xususiyatlarini ifoda etadigan konsentrlangan (o‘rganish darajasi avvalgi tarkibning birligi bilan bog‘liq va undan murakkabligi va hajmi jihatidan farq qiladi) ma’lumotlar to‘plangan. Kalit so‘zlar Madaniyat, jamiyat, urush, armiya, xavfsizlik, ma’rifatlilik, xavf-xatar, qonunqoidalar, kuch–qudrati, axloqi, baxt-saodati, buzish, vayron. Аннотaция В данной статье рассматривается военная культура как совокупность отношений и характеристик на разных исторических этапах. Стоит отметить, что явления военной культуры могут изучаться с разных точек зрения. Они представляют собой концентрированные (уровень исследования связан с единством предыдущего содержания и отличается от него сложностью и объемом) данные, которые не только определяют специфические особенности военной культуры, но и выражают многие черты общественной жизни. Ключевые слова AMERICAN JOURNAL OF EDUCATION AND LEARNING ISSN: 2996-5128 (online) | ResearchBib (IF) = 10.91 IMPACT FACTOR Volume-3| Issue-11| 2025 Published: |30-12-2025| 460 Культура, общество, война, армия, безопасность, просвещение, опасность, законы, власть, мораль, счастье, разрушение, уничтожение. Abstract This article discusses military culture as a set of relations and characteristics at different historical stages. It is worth noting that military cultural phenomena can be studied from different perspectives. They are concentrated (the level of study is related to the unity of the previous content and differs from it in complexity and volume) data that not only determine the specific features of military culture, but also express many features of social life. Keywords Culture, society, war, army, security, enlightenment, danger, laws, power, morality, happiness, destruction, destruction. KIRISH Harbiy madaniyat, har xil tarixiy bosqichlarda turli xil munosabatlar va xususiyatlar sifatida tushunilgan. Ta’kidlash joizki, harbiy madaniy hodisalarni har xil nuqtai nazardan o‘rganish mumkin. Masalan, harbiy madaniyatni davlatning “siyosiy ongli tuzilma”si sifatida, ikkinchi tomondan esa, milliy madaniyatning bir shakli sifatida talqin qilish mumkin. Ular harbiy madaniyatni nafaqat o‘ziga xos xususiyatlarni belgilabgina qolmay, balki jamiyat hayotining ko‘plab xususiyatlarini ifoda etadigan konsentrlangan (o‘rganish darajasi avvalgi tarkibning birligi bilan bog‘liq va undan murakkabligi va hajmi jihatidan farq qiladi) shaklda ham bo‘lishi mumkin. Bevosita maqolada “madaniyat”, “jamiyat”, “urush”, “armiya” va “xavfsizlik” boshqa bir qator atamalar mazmuniga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Bu atamalar yangi bo‘lmasada, O‘zbekiston milliy mustaqilligi sharoitida olib borilayotgan ichki, tashqi va harbiy siyosat natijasida ularning mazmun va mohiyati o‘zgardi, yangicha qarashlar vujudga keldi. Tadqiqot obyektimizni nazarda tutgan holda, madaniyat tushunchasini nazariy jihatdan ko‘rib chiqamiz, chunki bu so‘zining mazmunmohiyatini bilish, bizning tadqiqot mavzumiz uchun muhim ahamiyatga ega. ADABIYOTLAR TAHLILI “Madaniyat – jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishlar hayoti va faoliyatining turli ko‘rinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va ma’naviy boyliklarda ifodalanadi.” 87 Bundan tashqari u “ ma’rifatlilik”, ”tarbiya ko‘rgan” ma’nolarida 87 Ўзбекистон Миллий Энсклопедияси. –Тошкент: ЎзМЭ, 2006. – Б.53. AMERICAN JOURNAL OF EDUCATION AND LEARNING ISSN: 2996-5128 (online) | ResearchBib (IF) = 10.91 IMPACT FACTOR Volume-3| Issue-11| 2025 Published: |30-12-2025| 461 ham keladi 88 . Bu so‘z arab tilidagi “madina” hamda “iyat” so‘zlarining birikishidan hosil bo‘lgan bo‘lib,”shaharga oid” degan ma’noni anglatadi. Qadimdan madaniyat tushunchasiga olimlarning turli qarashlari ham mavjud bo‘lgan. Masalan, nemis faylasufi F. Shiller kishilarning ichki dunyosi, ularning insoniylik fazilatlarini, ma’naviylik darajasini madaniyat, deb tushuntirgan. Ingliz etnografi, antropologiyaning asoschilaridan biri Eduard Teylor (1832-1917) “madaniyat” atamasini ilm-fanga kiritdi. Madaniyatga berilgan ta’riflar ichida eng mukammali Eduard Taylorning ta’rifi deb hisoblanadi. Uning nazarida, “madaniyat – insonning kuch–qudrati, axloqi, baxt-saodati taraqqiy etishiga bir vaqtning o‘zida ko‘maklashish maqsadida alohida shaxsning va butun jamiyatning yuksak darajada tashkil qilinishi yo‘li bilan insoniyatning kamol topishidir” 89 . Э.B. Taylorning ushbu ta’rifi har tomonlama mukammal bo‘lsada, hozirda madaniyatning yangi qirralari kashf qilinmoqda. Shuning uchun E. Taylorning madaniyatga bergan ta’rifi mohiyatini saqlab qolgan holda, quyidagicha ta’rif berilgan: “Madaniyat – inson jamiyat a’zosi sifatida o‘zlashtirgan bilimlarni, inonch– e’tiqodlarni, san’atni, axloq va qonunlarni, urf–odatlarni, shuningdek, uning boshqa qobiliyati va ko‘nikmalarini o‘z ichiga olgan majmuadir.” 90 “Jamiyat” tushunchasi esa, “kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui” 91 sifatida izohlanadi. Jamiyatdagi barcha narsalar, moddiy va ma’naviy boyliklar, insonlar yashashi uchun muhim bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish ma’lum faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlarning hayotiy faoliyati, shuningdek, ular o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar, jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Ma’naviy sohada insonlar turlicha ma’naviy va moddiy qadriyatlarni yaratadi va bular jamiyatning turli qatlamlari tomonidan o‘zlashtiriladi. Demak, “jamiyat” deganda biz o‘zaro munosabatlar, institutlar va meyorlar, qadriyatlar va hayot tamoyillari asosida birlashtirilgan ijtimoiy harakatlar subyektlarining yig‘indisini nazarda tutamiz. “Urush — millat (xalq)lar, ijtimoiy guruhlar, davlatlar orasidagi nizolarning, qurolli kuchlar yordamida kuch orqali hal qilinishi. Urushda asosan, qurolli kuchlardan hal qiluvchi vosita sifatida hamda kurashishning siyosiy, iqtisodiy, g‘oyaviy vositalaridan foydalaniladi. Urushlar davlatlarning ichki va tashqi siyosati natijasida vujudga keladi. Urush kelib chiqishiga turlicha omillar sabab bo‘ladi. Bu omillar urushning sodir bo‘lgan davri va xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Oldindan 88 Ҳозирда ўзбек тилида “маданият” тушунчасига бериладиган мазмунни араблар “сақофа” термини билан ифодалайдилар.Иқтибос. Шермухамедов С.Маданият фалсафаси. -Тошкент: ТИУ,2009. –10 б. 89 Эдуард Тайлор 90 Абдураҳмонов М, Раҳмонов Н. Маданиятшунослик. –Тошкент: ЎзМУ,2014. – Б14. 91 Ўзбекистон Миллий Энсклопедияси. –Тошкент: ЎзМЭ, 2006. – Б.50. AMERICAN JOURNAL OF EDUCATION AND LEARNING ISSN: 2996-5128 (online) | ResearchBib (IF) = 10.91 IMPACT FACTOR Volume-3| Issue-11| 2025 Published: |30-12-2025| 462 tayyorgarlik ko‘rilgan, ma’lum maqsad yo‘lida olib boriladigan harbiy harakatlar urush hisoblanadi” 92 . Urushnig maqsadi buzish, vayron qilishga qaratilganligiga qaramasdan, u ijtimoiy madaniy hodisa hisoblanadi. “Xavfsizlik” nazariyotchi Hasan Abulqosimov bergan ta’rifga asosan, insonlar hayoti va faoliyatida vujudga keladigan xavf va xatardan himoyalanish, kafolatlanishdir” 93 . Xavf-xatar esa, jamiyatning ravnaq topishiga, tinch turmush tarziga tahdid qiluvchi potensial yohud real omil, kuchdir. Xavfsizlik turlicha bo‘lib, u butun jamiyat, davlat, insoniyat, iqtisodiy tizimning normal holatda faoliyat yuritishi, taraqqiy etishida zararli ta’sirlardan, xavf-xatarlardan himoyalanish holati hisoblanadi. Umuman, ijtimoiy tizim, shaxs, jamiyat va davlat hayot-faoliyatining normal amal qilishini ta’minlashda xavfsizlik, xavf-xatardan himoyalanish sharti va strategiyasi sifatida yo‘naltiriladi. Demak, O‘zbekistonning harbiy xavfsizligi deganda O‘zbekistonga qarshi qurolli zo‘ravonlikka samarali qarshi kurashish va shu orqali uning barqaror rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratadigan jamoat munosabatlarining holati ko‘zda tutiladi 94 . O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, uning oldida yangi xavfsizlik muammolari vujudga keldi. O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizligi Konsepsiyasida xavfsizlik kategoriyalariga siyosiy (tashqi va ichki tahdid); iqtisodiy (tashqi va ichki tahdid); ijtimoiy-gumanitar; harbiy; ilmiy-texnik, texnologik va axborot; ekologik xavf-xatarlari kiritilgan 95 . “Harbiy madaniyat” tushunchasi haqida esa, yuqorida aytib o‘tganimizdek, oldingi ya’ni inqilobdan oldingi Harbiy ensiklopediyada tushunchalar keltirilmagan. Sakkiz jildli “Sovetskaya voyennaya ensiklopediya” (“Sovet harbiy ensiklopediyasi”)da ham bunday tushuncha mavjud emas 96 . Shu bilan birga 1997 yildan nashr etilgan “Novaya voyennaya ensiklopediya” (“Yangi harbiy ensiklopediya”)da (5 jildi nashr qilingan), 97 shuningdek 1986 yilda nashr etilgan “Harbiy ensiklopedik lug‘at”da 98 ham harbiy madaniyatga ta’rif keltirilmagan. “Словарь военных терминов” (“Harbiy atamalar lug‘ati”)da hamda 2002 yilda nashr etilgan “Военно-энциклопедический словарь” (“Harbiy ensiklopedik lug‘at”)da ma’lumotlar topa olmaymiz. Mamlakatimizda nashr etilgan “Harbiy atamalarning ruscha-o‘zbekcha qisqacha lug‘ati” 99 . O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasida R.Jumayev tomonidan tayyorlangan “Harbiy 92 Ўзбекистон миллий энциклопедияси. –Тошкент: ЎзМЭ,2008. –Б.158. 93 Абулқосимов Ҳ.П. Иқтисодий хавфсизлик –Тошкент: Академия, 2006. –Б.6. 94 Шу манба –Б.7. 95 “Ўзбекистон Республикасининг Миллий хавфсизлиги Концепциясини тасдиқлаш тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонуни 1997 йил 29 август. 96 Советская военная энциклопедия : –Москва:Военное изд-во М-ва обороны СССР, 1976. 97 Российская Военная Энциклопедия. –Москва: Воениздат, 1997. — 639 с.: 98 Военный Энциклопедический словарь –Москва: Воениздат, 1986. - 922 с. 99 Иброҳим Раҳим Ҳарбий атамаларнинг русча-ўзбекча қисқача луғати – Тошкент:.: Фан, 1993. AMERICAN JOURNAL OF EDUCATION AND LEARNING ISSN: 2996-5128 (online) | ResearchBib (IF) = 10.91 IMPACT FACTOR Volume-3| Issue-11| 2025 Published: |30-12-2025| 463 atamalar lug‘ati”da, Sh.Z.Dolimov tomondan tayyorlangan “Harbiy atamalarning qisqacha lug‘ati” 100 da harbiy faoliyat sohasiga tegishli 585 tadan ortiq so‘z sharhlanadi, lekin, “harbiy madaniyat“ tushunchasi kiritilmagan. 2003 yili nashrdan chiqqan, o‘zbek adabiy tili tarixini o‘zida jamlagan, til va terminologiya tarixida muhim bo‘lgan, 16 bosma taboqdan iborat yirik fundamental manba, ya’ni “Tarixiy harbiy terminlar lug‘ati”ning 2008 yili ikkinchi nashri e’lon qilindi. Mazkur lug‘atda uch mingdan ortiq VIII-XIX asr turkiy tilda qo‘llangan harbiy terminlarning izohi keltirilgan, lekin bu manbada ham harbiy madaniyat tushunchasi o‘z sharhini topmagan. 2020 yilda f.f.d.polkovnik Samarov. R. “Harbiy atamalarning yangi izohli lug‘ati” .( – Toshkent: “Innovatsiya Ziyo”, 2020. –382 b.)da ham bu tushuncha haqida ma’lumot berilmagan. Lekin, harbiy masalalarga oid so‘zlarning juda ko‘p to‘plami, jamiyatning harbiy madaniyati haqiqatan ham hodisa sifatida mavjudligini aniq ko‘rsatib turibdi. Bundan tashqari tarixchi olimlar va yozuvchilarning ba’zi manbalarida, yoki xorijiy davlatlari olimlarining asarlarida harbiy madaniyat to‘g‘risida ko‘p ma’lumotlar keltirilgan. Masalan mil. avv. 1 ming yillikka oid yozma yodgorliklar, muqaddas “Avesto” kitobida, shuningdek, axomaniylar davri kitobalarida (Naqshi Rustam, Bihistun, va b.) Turon va Movarounnahrning tabiiy shroiti, xalqlarining harbiy faoliyati haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Yurtimizning boy tarixi hamda xalqimizning harbiy faoliyat haqida Ksenofont, Polibiy, Strabon, Ktesiy, Kursiy Ruf, Gerodot, Diodor, shuningdek, arman, xitoy, arab muallatlari tomondan yaratilgan yozma manbalarda uchratish mumkin. Asrlar mobaynida yurtimiz iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy hayoti va harbiy faoliyati haqidagi ma’lumotlar tarixchilar, saroy yilnomachilari, podshohlar, xonlar tomonidan qo‘lyozma shaklida jamlanib borilgan. Urxun-Yenisoy toshbitiklari, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Nizomulmulkning «Siyosatnoma» kabi asarlarida harbiy ishga oid ko‘plab pandnomalarni uchratish mumkin. 101 YA’kubiyning «Kitob al buldon» («Mamlakatlar xaqida kitob»), Tabariyning «Tarixi Tabariy», Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»; Nasafiyning «Kitob alqand fi tarixi Samarqand» («Samarkand tarixi haqida kitob») hududlar tarixiga doir — Narshaxiyning «Tarixi Buxoro», kabi nodir qo‘lyozmalarda O‘rta Osiyo mamlakatlarining geografik joylashuvi, katta shaharlari aholisining turmush tarzi va bajaradigan mashg‘ulotlari, karvon yo‘llari va harbiy faoliyati, urushlar, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid ma’lumotlar bayon etilgan. Fikrimizcha, lug‘atlar va ensiklopediyalarda harbiy madaniyatga oid ta’riflarning yo‘qligi, uni madaniyat shakli sifatida ajratish uchun asos yo‘q, deb 100 Долимов Ш.З. Ҳарбий атамаларнинг қисқача луғати. – Тошкент: ЎМВ, 2007. 101 Ўзбекистон миллий энциклопедияси. –Тошкент: ЎзМЭ,2008. –Б.106. AMERICAN JOURNAL OF EDUCATION AND LEARNING ISSN: 2996-5128 (online) | ResearchBib (IF) = 10.91 IMPACT FACTOR Volume-3| Issue-11| 2025 Published: |30-12-2025| 464 ta’kidlashga sabab bo‘lmaydi. Ta’kidlash joizki, bu borada 2006 yil rus harbiy tadqiqotchilari A.V.Korotenko, 2008 yil YE.N.Romanova, 2012 yil falsafa fanlari doktori V. N.Grebenkovlar tomondan harbiy madaniyat tushunchasiga bir necha ta’riflar keltirildi va ular nazariy asoslab berildi. Rossiyalik olim, falsafa fanlari doktori V.N.Grebenkovning fikricha: “harbiy madaniyat, ijtimoiy tafakkur va ma’naviy madaniyati elementlarini qamrab oladi. U harbiy sohada yagonalikni ta’minlovchi xulqatvor pritsiplari, meyorlar, ideallarni o‘z ichiga oladi. Harbiy madaniyatnig tarkibiy elementlari sifatida, jamiyatni harbiy himoya an’analarining avloddan avlodga o‘tib kelishi, jamiyat himoyasi, mavjud meyor va qadriyatlar, konepsiyalar va armiyaga bo‘lgan xalq e’tiqodini ko‘rsatib o‘tadi. 102 Rus tadiqiqotchisi A.B. Grigoryev esa, harbiy madaniyatni keng tushuncha, deb talqin qiladi. Bunga harbiylarning tili, tafakkuri, etikasi, falsafasi kiradi. Amaliy jihatdan jismoniy madaniyat bilan harbiy madaniyat bog‘liqligini ta’kidlab o‘tadi. Harbiy madaniyat harbiy kuchlarni tizimli faoliyatini, harbiy faoliyat qoidalarini va harbiy sohada o‘rnak bo‘ladigan holatlarni o‘z ichiga oladi, degan xulosaga keladi 103 . Bizning nazarimizda, harbiy madaniyat tushunchasini muhim xususiyatlarini nazariy-uslubiy jihatdan chuqur, har tomonlama tahlil qilinishda, unga bog‘liq yoki sinonim tushunchalarning doirasini aniqlash va tahlil qilish o‘ta muhimdir. Shundan kelib chiqib, harbiy madaniyatga eng yaqin tushuncha “harbiylar madaniyati” tushunchasini tahlil qilamiz. Ta’kidlash joizki, ko‘p tadqiqotlarda ushbu tushunchalarga sinonim deb qaraydilar, chunki ularning mohiyatan farqi sezilarli darajada emas. Nazarimizda, bu tushunchalarni farqlash uchun ularni ma’nosini tahlil qilishimiz maqsadga mufoviq. Podpolkovni Sh.Z.Dolimov ishlab chiqqan “Harbiy atamalarning qisqacha lug‘ati”da “harbiy xizmatchi” - armiyada xizmat qiluvchi, armiyadagi xizmatga aloqador shaxs, “jangchi”- dushman bilan jang qiladigan, vatanini qurolli himoyachisi” 104 . Ko‘rinib turibdiki, “harbiy xizmatchi” tushunchasi ”jangchi” tushunchasiga qaraganda tor ma’noni anglatadi. Bundan tashqari, “jangchi” tushunchasini ko‘proq harbiy tadbirlarda harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llaniladi. Shuni alohida ta’kidlash keraki, qurolli to‘qnashuvlarda qatnashadigan har qanday shaxsga nisbatan “jangchi” so‘zini qo‘llash mumkin, u harbiy xizmatga aloqador bo‘lmasa ham. Harbiy xizmatchi esa, hayoti armiya faoliyati bilan bog‘liq, vatan himoyasi uchun doim tayyor turadigan shaxs. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, “harbiy xizmatchi” tushunchasi “jangchi” tushunchasiga nisbatan torroq ma’no kasb etadi. Demak, ikkala tushuncha bir biridan farq qiladi. Yuqoridagi fikrlardan, “harbiy madaniyat” bilan “harbiylar 102 Гребеньков В.Н. Военная культура российского общества: философско-культурологическая концепция: Дисс. к. филос. н. – Ставрополь: 2011. – 272с. 103 Григорьев А. Военная культура: где точка опоры? // Вестник границы России. - № 1.-2000.-С.44. 104 Долимов Ш.З. Ҳарбий атамаларнинг қисқача луғати. – Тошкент: ЎМВ, 2007. – 82 б. AMERICAN JOURNAL OF EDUCATION AND LEARNING ISSN: 2996-5128 (online) | ResearchBib (IF) = 10.91 IMPACT FACTOR Volume-3| Issue-11| 2025 Published: |30-12-2025| 465 madaniyati” o‘rtasidag farqni ajratib olsa bo‘ladi. Bundan harbiy madaniyat, moddiy va ma’naviy mehnat bo‘lib, shu sohaga tegishli bo‘lgan qadriyatlar, meyorlar,axloqiy qoidalarni o‘z ichiga oladi va harbiy xizmatchilar ongiga maqsadli ravishda singdiriladigan harbiy faoliyatni tashkil qilishning o‘ziga xos usuli, degan xulosaga kelish mumkin. Shuni alohida aytish keraki, harbiy madaniyat haqida fikr yuritganimizda, armiya madaniyatini jamiyatning harbiy madaniyatidan ajratishimiz kerak, sababi jamiyat harbiy madaniyatida haqiqiy armiya madaniyati elementlaridan tashqari ijtimoiy sohaga tegishli bo‘lgan harbiy ong elementlarini ko‘rishimiz mumkin. “Harbiylar madaniyati” esa, qurolli to‘qnashuvlarda qatnashadigan shaxslarga tegishli bo‘lgan axloqiy normalar, qonun-qoidalar va qadriyatlarni qamrab oladi. Fikrimizcha, harbiylar madaniyatini harbiy madaniyatining bir qismi sifatida ko‘rish maqsadga muvofiq, yuqoridagi fikrlarimiz esa bunga asos bo‘ladi. Tadqiqot obyektimiz bo‘lgan harbiy madaniyatning muhim xususiyatlarini nazariy-uslubiy jihatdan tahlil qilishda «harbiy ishlar» tushunchasini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Agar biz Sh.Z.Dolimov tomondan tuzilgan “Harbiy atamalar lug‘ati”dagi ma’lumotlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, “harbiy ishlar” qo‘shinlar jangovar tayyorgarligining maqsadi, dasturi, uslubiyati, yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash ishlarini anglatadi. Keng ma’noda esa, harbiy nazariya va amaliyotdagi barcha masalalarni, ya’ni urush holatiga aholini tayyorlash, urush va tinchlik davrida qo‘shinlarning tuzilishi, tayyorgarligi va harakatlari tushuniladi. Bundan tashqari, harbiy xizmatchilar va harbiy xizmat uchun mas’ul bo‘lganlar, o‘zlarining harbiy burchlarini muvaffaqiyatli bajarishlari uchun zarur bo‘lgan maxsus bilim, ko‘nikma va ko‘nikmalar tizimidir. Ushbu bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilar va chaqirilishga qadar bo‘lgan yoshdagi harbiy xizmatchilar harbiy tayyorgarlik kursidan o‘tadilar 105 . XULOSA Xulosa qilib aytganda, «harbiy madaniyat» tushunchasining «harbiy ishlar» tarkibiga kiritsak, harbiy madaniyatning ijtimoiy hodisa doirasi sezilarli darajada torayadi va unda faqat harbiy xizmatchilarning harbiy madaniyati tushuniladi va ushbu yondashuv bilan boshqa madaniy mavzular tahlildan tashqarida qoladi. Demak, harbiy madaniyat harbiy ishlarga nisbatan kengroq tushuncha hisoblanadi. Endi esa, harbiy madaniyatni tahlil qilishda «harbiy soha» tushunchasini kiritish qanchalik maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqamiz. Ta’kidlash joizki, armiyada harbiy sohaning o‘zigagina xos xususiyatlari mavjudligini hisobga oladigan 105 Военное дело // Военный энциклопедический словарь / Гл. ред. А. П. Горкин. — Москва: Большая российская энциклопедия, 2001. — Т. 1. — С. 305. AMERICAN JOURNAL OF EDUCATION AND LEARNING ISSN: 2996-5128 (online) | ResearchBib (IF) = 10.91 IMPACT FACTOR Volume-3| Issue-11| 2025 Published: |30-12-2025| 466 bo‘lsak, harbiy harakatlar jarayonida harbiy sohani alohida ko‘rib chiqishimiz mumkin bo‘ladi. Harbiy sohada harbiy siyosat maqsadlari shaxsiy tarkib, qurolyarog‘, harbiy texnika va harbiy infratuzilma orqali amalga oshiriladi, shuningdek, harbiy siyosatni ishlab chiqishda urush qurollari ishlab chiqiladi va ishlatiladi. Bundan tashqari, davlatning ma’lum bir siyosiy maqsadiga erishish uchun olib boradigan qurolli to‘qnashuvlariga tayyorlanish va amalga oshirish uchun mablag‘larni yo‘naltiradigan mexanizm hisoblanadi. Yuqoridagi fikrlardan “harbiy ishlar” tushunchasiga nisbatan “harbiy soha” tushunchasi kengroq ma’no anglatishini guvohi bo‘lamiz. Biz yuqorida harbiy madaniyatining sinonim tushunchalarning doirasini, ya’ni “harbiylar madaniyati”, “harbiy soha”, “harbiy ishlar” tushunchalarini tahlil qildik. Biz foydalanadigan terminologiyaga oid yuqoridagi tushunchalar tahlili ijtimoiy hodisa sifatida jamiyatning harbiy madaniyatini tahlil qilish imkoniyatini yaratadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Ўзбекистон Миллий Энсклопедияси. –Тошкент: ЎзМЭ, 2006. – Б.53. 2. Ҳозирда ўзбек тилида “маданият” тушунчасига бериладиган мазмунни араблар “сақофа” термини билан ифодалайдилар.Иқтибос. Шермухамедов С.Маданият фалсафаси. -Тошкент: ТИУ,2009. –10 б. 3. Abdurahmonov M, Rahmonov N. Madaniyatshunoslik. –Toshkent: O‘zMU,2014. – B14. 4. Abulqosimov H.P. Iqtisodiy xavfsizlik –Toshkent: Akademiya, 2006. – B.6. 5. “O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizligi Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 1997 yil 29 avgust. 6. Российская Военная Энциклопедия. –Москва: Воениздат, 1997. — 639 с.: 7. Военный Энциклопедический словарь –Москва: Воениздат, 1986. - 922 с. 8. Иброҳим Раҳим Ҳарбий атамаларнинг русча-ўзбекча қисқача луғати – Тошкент:.: Фан, 1993. 9. Долимов Ш.З. Ҳарбий атамаларнинг қисқача луғати. – Тошкент: ЎМВ, 2007.