scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XAYOL

Maxmudjonova E'zoza Odiljon qizi

Full text

318 XAYOL Maxmudjonova E’zoza Odiljon qizi Chichiq davlat pedagogika universiteti 1bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17973119 Annotatsiya: Xayol - inson ongining voqelikda mavjud bo‘lmagan, ammo aqliy faoliyat jarayonida qayta yaratilishi yoki yangicha ko‘rinishda tasavvur etilishi bilan xarakterlanadigan psixik jarayondir. U tafakkur, idrok va xotira bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, shaxsning ijodiy faoliyatida asosiy o‘rin tutadi. Xayol natijasida inson real hayotdan tashqaridagi hodisalarni tasavvur qila oladi, kelajakni rejalashtiradi, muammolarga noodatiy yechimlar topadi va ijodiy mahsulotlar yaratadi. Kalit so‘z: xayol, ong, tafakkur, psixika, inson, jarayon, idrok, muammo, holat, ongsizlik. Annotation: Imagination is a mental process characterized by the creation of images and ideas that do not exist in reality but emerge in the course of cognitive activity, either by reconstructing past experiences or forming new combinations of them. It is closely connected with thinking, perception, and memory, and it plays a central role in a person’s creative activity. Through imagination, an individual can visualize phenomena beyond real life, plan for the future, discover unconventional solutions to problems, and produce creative works. Keywords: imagination, consciousness, thinking, psyche, human, process, perception, problem, state, unconsciousness. KIRISH Odam o’z hayoti davomida ilgari idrok qilgan narsa va hodisalarning tasavvur etibgina qolmay, balki hech qachon hayotida uchratmagan narsalarni ham tasavvur eta oladi. Odam faqat ilgari idrok qilgan narsalarinigina eslash bilan cheklanib qolmay, balki shu paytgacha hech qayerda uchratmagan yangi narsalarni ham o’z hayotida yarata oladi. Shuningdek, avlodajdodlarimizning hayotiga doir tarixiy kitoblarni o’qiyotganimizda yoki bo’lmasa, o’qituvchining uzoq chet el mamlakati haqidagi qiziqarli gaplarni eshitar ekanmiz, yuqoridagi narsalarga nisbatan tasavvurlar hosil bo’ladi. Xayol qilish jarayonidagi idrok qilingan obrazlar orqali hosil qilingan tasavvurlar va bunday tasavvurlarni ongimizda xotira orqali orttirilishi tufayli yuzaga keladi. Demak, xayol jarayonining bo’lishi uchun xotira tasavvurlarining bo’lishi shart. Shuning uchun xayolning rivojlanishi insonning bilim boyligi, turmush tajribasi bilan bog’liq. Xayol deb odamning ongida ilgaridan bor bo’lgan vaqtli aloqalarning (assotsiatsiualarni) qaytadan tiklanishi va bir-biri bilan yangicha qo’shilishi orqali narsa va hodisalarning yangi obrazlarini hosil qilishga aytiladi. Xayolobraz tasavvur yoki g’oya shaklida yangi narsaning yaratilishi, ong faoliyati, ya’ni ilgari idrok qilinmagan narsalarning obrazlarini mavjud tasavvurlar asosida miyada yaratishda ifodalanadigan faoliyatdir. Xayol qilish jarayoni juda ham murakkab aks ettirish jarayoni bo’lishiga qaramay, uning asosida yotgan fiziologik mexanizmlarni akademik I.P.Pavlovning oliy nerv – faoliyati haqidagi ta’limoti asosida ma’lum darajada tushuntirib o’tish mumkin. Xayolning nerv fiziologik asosida ham miyyaning po’stida ilgari hosil qilingan vaqtli aloqalarning (assotsiatsiyalarning) yana qayta tiklanib, bir – biri bilan yangicha qo’shilib jarayoni yotadi. Shuni ham aytish kerak-ki, bosh miya yarim sharlarida ilgari hosil qilingan vaqtli aloqalar birin-ketin tiklanadilar va binobarin ularning qo’shilishlari ham asta-sekin yuzaga keladi. Ana shuning natijasida bosh miyaning po’stida inson o’z shaxsiy hayotida hech qachon idrok qilmagan narsalarning obrazlari paydo bo’ladi. 319 Mashhur fizik Albert Eynshteyn “nisbiylik nazariyasi”ni yaratishda avvalo ongida tasavvuriy tajribalar o‘tkazgan. U “agar yorug‘lik nuri bilan birga bir tezlikda harakat qilsam, u qanday ko‘rinadi?” degan xayoliy vaziyatni tasavvur qilgan. Aynan shu xayoliy tajriba unga vaqt, makon va tezlik haqidagi yangi nazariyani yaratishiga asos bo‘lgan. Bugungi kunda bu nazariya GPS tizimidan tortib sun’iy yo‘ldoshlargacha bo‘lgan ko‘plab texnologiyalarning ilmiy poydevorini tashkil etadi. Rassom Leonardo da Vinchi odam tanasining tuzilishini chuqur o‘rganar ekan, tasavvurida hali hech kim ko‘rmagan mashinalar - uchadigan apparatlar, avtomatlashtirilgan qurollar, hatto robotlarga o‘xshash mexanizmlarning chizmasini yaratgan. Uning bu xayollari keyingi asrlarda real ixtirolarga asos bo‘ldi. Xayol jarayoni va uning vujudga kelishi bir qancha sharoitlarga bog’liqdir. Xayol har doim ma’lum bir yo’nalishga ega. Odatda vujudga kelgan xayol odamning o’z faoliyati davomida nimaga intilyotgani, nimani istayotgani bilan bog’liq bo’ladi. Masalan, tarbiyachi tarbiyalagan bolalarning kim bo’lib yetishishlarini xayolan ko’z oldiga keltirib ko’radi. XULOSA: Xayol - insonning eng katta boyliklaridan biridir. U bizga real hayotda hali mavjud bo‘lmagan narsalarni tasavvur qilish, o‘zimizga yangi maqsadlar qo‘yish va ularga erishish yo‘lini topishda yordam beradi. Inson xayol qilgan sari fikrlash doirasi kengayadi, ijodkorlik kuchi ortadi va yangi g‘oyalar tug‘iladi. Shuning uchun ham taraqqiyot, kashfiyot, hatto oddiy hayotdagi qulayliklarning aksariyati avval inson tasavvurida paydo bo‘lgan. Bugun ham har birimizning kichik yoki katta orzularimiz xayoldan boshlanadi. Kimdir kelajak kasbini ko‘z oldiga keltiradi, kimdir yaxshi natijalarga erishishni o‘ylaydi, kimdir esa muammoning o‘ziga xos yechimini tasavvur qiladi. Demak, xayol nafaqat ijodkorlar uchun, balki har qanday odamning hayoti uchun zarur bo‘lgan ichki kuchdir. Shu sababli xayolga berilgan vaqt behuda emas - aksincha, u insonning o‘zini topishiga, imkoniyatlarini anglashiga va yanada faol hayot kechirishiga xizmat qiladi. Har qanday yutuqning tubida avvalo xayol yotadi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Psixologiya darsliklari (masalan, “Umumiy psixologiya” bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar) 2. Yaratijchilik va tafakkur haqida maqolalar 3. Ilmiy-ommabop manbalar 4. G‘.B. Shoumarov – “Umumiy psixologiya” (O‘zbekiston darsliklari orasida xayol jarayoni batafsil berilgan.) 5. O‘G‘Li, O. O. B. (2024). Vatanparvarlik ruhini talаbalarda rivojlantirish pedagogik muammo sifatida. Central Asian Journal of Academic Research, 2(10-2), 37-41. 6. Bahodir o'g'li, O. O. (2024). RAHBAR VA XODIM MUNOSABATLARINING BOSHQARUV JARAYONIDAGI PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 41(1), 110-113. 7. Bahodir o'g'li, O. O. (2024). Samadova Laylo Alisher qizi 2024. FANLAR TIZIMIDA PEDAGOGIKA FANINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQADORLIGI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 41(1), 103-106. 8. Ozodqulov, O. B. O. G. L. (2020). O’RTA OSIYODA CHO’L MINTAQASINING EKOLOGIK OQIBATLARI. Academic research in educational sciences, (2), 196-200.