scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YASHIL PEDAGOGIKANING KONSEPTUAL-PEDAGOGIK ASOSLARI

Xodjayev Begzod Xudoyberdiyevich; Raxmatova Dilnoza Abdurashidovna

Abstract

Mazkur maqola “Yashil pedagogika” konseptining pedagogik va nazariy asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda yashil pedagogika tushunchasi, uning ekologik, ma’naviy va ijtimoiy ahamiyati, shuningdek, maktab va oliy ta’lim muassasalarida uni joriy etish usullari tahlil qilinadi. Maqolada yashil pedagogikaning asosiy prinsiplari – tabiatga hurmat, resurslarni tejash, barqaror rivojlanish g‘oyalari va ekologik ongni shakllantirish – yoritilgan. Shuningdek, pedagogik jarayonda yashil pedagogikani qo‘llashning amaliy tavsiyalari keltirilgan. Tadqiqot natijalari pedagoglar, o‘qituvchilar va ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 586 YASHIL PEDAGOGIKANING KONSEPTUAL-PEDAGOGIK ASOSLARI Xodjayev Begzod Xudoyberdiyevich O’zbekiston Milliy pedagogika universiteti Pedegogika fanlari doktori, professor. Raxmatova Dilnoza Abdurashidovna Pedagogika nazariyasi va tarixi 1kurs magistranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17973137 Annotatsiya. Mazkur maqola “Yashil pedagogika” konseptining pedagogik va nazariy asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda yashil pedagogika tushunchasi, uning ekologik, ma’naviy va ijtimoiy ahamiyati, shuningdek, maktab va oliy ta’lim muassasalarida uni joriy etish usullari tahlil qilinadi. Maqolada yashil pedagogikaning asosiy prinsiplari – tabiatga hurmat, resurslarni tejash, barqaror rivojlanish g‘oyalari va ekologik ongni shakllantirish – yoritilgan. Shuningdek, pedagogik jarayonda yashil pedagogikani qo‘llashning amaliy tavsiyalari keltirilgan. Tadqiqot natijalari pedagoglar, o‘qituvchilar va ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Kalit so‘zlar: Yashil pedagogika, ekologik ta’lim, barqaror rivojlanish, pedagogik konsepsiya, ekologik ong, innovatsion pedagogik texnologiyalar. КОНЦЕПТУАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ЗЕЛЕНОЙ ПЕДАГОГИКИ Аннотация. Данная статья посвящена изучению педагогических и теоретических основ концепции «зеленой педагогики». В ней анализируется концепция зеленой педагогики, ее экологическое, духовное и социальное значение, а также методы ее внедрения в школах и высших учебных заведениях. В статье рассматриваются основные принципы зеленой педагогики – уважение к природе, ресурсосбережение, идеи устойчивого развития и формирование экологического сознания. Также приводятся практические рекомендации по применению зеленой педагогики в педагогическом процессе. Результаты исследования могут быть полезны для педагогов, учителей и специалистов, работающих в сфере образования. Ключевые слова: Зеленая педагогика, экологическое образование, устойчивое развитие, педагогическая концепция, экологическое сознание, инновационные педагогические технологии. CONCEPTUAL-PEDAGOGICAL FOUNDATIONS OF GREEN PEDAGOGY Annotation. This article is devoted to the study of the pedagogical and theoretical foundations of the concept of “Green Pedagogy”. It analyzes the concept of green pedagogy, its ecological, spiritual and social significance, as well as methods of its implementation in schools and higher educational institutions. The article covers the main principles of green pedagogy - respect for nature, resource conservation, ideas of sustainable development and the formation of environmental awareness. It also provides practical recommendations for the use of green pedagogy in the pedagogical process. The results of the study may be useful for educators, teachers and specialists working in the field of education. Keywords: Green pedagogy, ecological education, sustainable development, pedagogical concept, environmental awareness, innovative pedagogical technologies. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 587 Zamonaviy ta’lim tizimi global ekologik muammolar va barqaror rivojlanish talablariga javob berishi lozim. Shu nuqtai nazardan, “yashil pedagogika” kontseptsiyasi yangi pedagogik paradigma sifatida ahamiyat kasb etadi. Yashil pedagogika – bu nafaqat tabiiy muhitni asrash va ekologik ongni shakllantirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya tizimi, balki insonning ijtimoiy va ma’naviy rivojlanishiga ham xizmat qiladigan konseptual yondashuvdir. Maqola maqsadi – yashil pedagogikaning nazariy va amaliy asoslarini, uning ta’lim jarayonidagi prinsiplari va metodlarini tahlil qilish, shuningdek, pedagogik faoliyatda uni joriy etishning samarali usullarini aniqlashdir. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, ekologik ongni erta yoshdan shakllantirish, o‘quvchilarda tabiatga hurmatni rivojlantirish va barqaror turmush tarzini targ‘ib qilish zamonaviy pedagogik jarayonning muhim vazifalaridan biridir. Maqolada quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi: yashil pedagogika tushunchasi va mohiyati, uning pedagogik konsepsiyasi, asosiy prinsiplari, shuningdek, amaliy tadbiqlari va pedagogik jarayonda qo‘llanilishi. Yashil pedagogika kontseptsiyasi ekologik va pedagogik bilimlarni uyg‘unlashtiruvchi yangi ilmiy yondashuv sifatida shakllangan. Uning nazariy asoslari quyidagi tamoyillarga tayangan holda amalga oshiriladi. Ekologik ongni rivojlantirishda ta’lim jarayonida o‘quvchilarda tabiatni asrashga, atrofmuhitni hurmat qilishga, resurslardan oqilona foydalanishga oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, barqaror rivojlanish prinsipi asosida pedagogik faoliyat davomida o‘quvchilarga nafaqat ekologik bilim berish, balki ularni jamiyatda ijtimoiy mas’uliyat va madaniy ong bilan bog‘lash, integratsion yondashuvlar orqali yashil pedagogika turli fanlar (biologiya, geografiya, ijtimoiy fanlar, san’at) o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlaydi, shuningdek, pedagogik va ekologik bilimlarni uyg‘unlashtiradi hamda innovatsion pedagogik texnologiyalar orqali amaliy mashg‘ulotlarda loyihaviy, eksperimental va interaktiv metodlardan foydalanish orqali ekologik va ma’naviy kompetensiyalarni shakllantirish. Nazariy jihatdan, yashil pedagogika shaxsning ekologik ongini, ijtimoiy mas’uliyatini va madaniy ma’naviyatini bir vaqtning o‘zida rivojlantirishga qaratilgan konseptual tizimni tashkil etadi. Shu sababli, u nafaqat ta’limning ekosistemaga bo‘lgan munosabatini, balki shaxsning ichki dunyosini ham shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi. Yashil pedagogika sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar ko‘plab olimlar tomonidan turli nuqtai nazardan o‘rganilgan. Masalan, 2023 yilda A.Boranbayev ekologik pedagogika bo‘yicha mahalliy va xalqaro adabiyotlarni tahlil qilgan, turli tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlari va muammolarini sistematik kontent-analiz orqali ko‘rsatgan [1]. Shu bilan birga, 2023 yilda A.Seilkhan va A.Aksoy oliy ta’lim muassasalarida “yashil universitet” kontseptsiyasini joriy etish va talabalarda ekologik madaniyat hamda ongni shakllantirish bo‘yicha empirik tadqiqot natijalarini keltirgan [2]. 2023 yillarda A.L.Busygina va boshqalar tabiiy fanlar kurslari davomida kelajak o‘qituvchilarining ekologik madaniyati shakllanishini o‘rganib, pedagogik jarayonda ekologik ongni rivojlantirish usullarini tahlil qilgan [3]. Shu bilan birga, 2025 yilda esa Z.Shanasirova maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ekologik ta’lim-tarbiya texnologiyalarini tavsiflagan bo‘lib, ularning mazmuni, shakllari va yoshga mos metodlarini yoritgan [4]. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 588 2025 yilda I.M.Yusupov maktab o‘quvchilarini ekologik ta’lim bilan ta’minlash, ularda tabiiy resurslarga mas’uliyat bilan munosabatni shakllantirish metodologiyasini izohlagan [5]. 2024 yilda A.X.To‘rayev esa ekologik ong tushunchasini psixologik va pedagogik jihatdan tahlil qilib, boshlang‘ich sinf yoshidagi o‘quvchilarda ekologik ongni shakllantirish omillarini ko‘rsatgan [6]. Mazkur tadqiqotlar yashil pedagogikaning nazariy va amaliy asoslarini rivojlantirish, pedagogik jarayonda ekologik ong va madaniyatni shakllantirishning muhimligini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, ular turli yosh guruhlari va ta’lim darajalari uchun pedagog bu maqolada yashil pedagogikani o‘rganish uchun kompleks tadqiqot metodologiyasi qo‘llanildi. Tadqiqotning metodologik yondashuvi nazariy, empirik va tahliliy usullarga asoslandi. Nazariy metodlar: 1. Pedagogik va ekologik adabiyotlarni tahlil qilish orqali yashil pedagogikaning nazariy asoslarini aniqlash. 2. Konseptual tahlil yordamida yashil pedagogika tushunchasi, prinsiplari va pedagogik tamoyillarini izohlash. 3. Integrativ yondashuv orqali ekologik va pedagogik bilimlarni uyg‘unlashtirish. Empirik metodlar: 1. Kuzatish: o‘quv jarayonida ekologik ongni shakllantirish amaliyotini aniqlash. 2. So‘rov va intervyu: pedagoglar va o‘qituvchilarning yashil pedagogikani qo‘llash tajribasini o‘rganish. 3. Amaliy tajriba: o‘quvchilarda ekologik ong va madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan interaktiv metodlar va loyihaviy ishlardan foydalanish. Tahliliy metodlar: 1. Ma’lumotlarni sifat va miqdor jihatdan tahlil qilish. 2. Tadqiqot natijalarini statistik va sifatli tahlil qilish orqali pedagogik tavsiyalar ishlab chiqish. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 589 3. Ilmiy tadqiqotlar va amaliy natijalarni solishtirish, xulosalar chiqarish. Shuningdek, metodologiyada ekologik pedagogikaning maktabgacha, boshlang‘ich va o‘rta ta’lim darajalarida qo‘llanilishiga e’tibor qaratildi. Tadqiqot natijalari pedagogik jarayonda yashil pedagogikaning samarali joriy etilishi va o‘quvchilarda ekologik ongni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga imkon beradi. Mazkur konseptual bo‘lim sifatida ajratilgani shuni ko‘rsatadiki, yashil pedagogika bir xil mazmunda emas, balki ko‘p yo‘nalishli tizim sifatida qaraladi. Uning turlari ekologik ta’lim, barqaror rivojlanish pedagogikasi, atrof-muhit madaniyatini shakllantirish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi. Har bir tur ta’lim mazmuni va metodikasida turlicha yondashuvlarni talab qiladi. Ta’lim jarayoniga tabiat bilan uyg‘unlik, ekologik mas’uliyat va ongli iste’mol g‘oyalarini integratsiya qilishni kuchaytiradi. Ya’ni bu bo‘limning mavjudligi yashil pedagogikaning ko‘lamdor, o‘zgaruvchan va ko‘p qirrali ekanini tasdiqlaydi. Grafikda funksional xususiyatlar alohida blok sifatida berilgani yashil pedagogikaning amaliy yo‘nalishlarini ochib beradi. O‘quvchilarni ekologik muammolarni anglash va hal qilishga yo‘naltirish, ta’limda “o‘rganish — tajriba — refleksiya — ongli harakat” siklini shakllantirish, o‘qituvchilar uchun ekologik kompetensiyalarni rivojlantirish va tabiatga ehtiyotkorlik va mas’uliyatli munosabatni axloqiy qadriyat sifatida shakllantirish. Tahliliy xulosalar shuni ko’rsatadiki funksional xususiyatlar yashil pedagogikaning faqat nazariy emas, balki amalda bajariladigan aniq pedagogik vazifalardan iborat ekanini ko‘rsatadi. “Tarixiy bosqich” yashil pedagogika birdan paydo bo‘lgan tushuncha emas, balki uzoq tarixiy taraqqiyotga ega g‘oyadir. Uning rivoji jamiyatning ekologik tafakkuri, ilmiy qarashlari va global ekologik inqiroz bilan bog‘liq. Tarixiy bosqichlarni tahlil qilish orqali: - hozirgi holatni baholash, - istiqbol yo‘nalishlarini aniqlash, - ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etish mumkin. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 590 Tarixiy asosning ajratilishi yashil pedagogikani chuqur tushunish uchun zarur bo‘lgan konseptual mezon ekanini ko‘rsatadi. Umumiy konseptual natijalar uch asosiy blokning (turi, funksional xususiyatlari, tarixiy bosqich) barchasi markaziy konsept — “Yashil pedagogikaning konseptual-pedagogik asoslari” bilan bog‘langan. Bu quyidagi umumiy xulosalarni beradi: - tarixiy rivojlanish, - turli yo‘nalishlarning shakllanishi, - amaliy funksional mexanizmlar kiradi. Diagramma mazmuni ekologik ta’limni tizimli o‘rganish uchun metodologik asos yaratadi va yondashuvning konseptual tuzilmasi uni: - o‘qitish metodlari, - ta’lim mazmuni, - o‘quvchilar kompetensiyasi, - o‘qituvchilar tayyorgarligi bilan uzviy bog‘lash imkonini beradi. Zamonaviy ta’lim tizimi barqaror rivojlanish tamoyillariga asoslangan ekologik ongni shakllantirishni o‘zining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilamoqda. Shu nuqtai nazardan, maqolada ko‘rib chiqilgan yashil pedagogika konsepsiyasi nafaqat ekologik tarbiya, balki shaxsning ijtimoiy, ma’naviy va madaniy rivojlanishiga xizmat qiluvchi kompleks pedagogik yondashuv sifatida asoslab beriladi. Yashil pedagogikaning nazariy asoslari ekologik va pedagogik bilimlarning o‘zaro integratsiyasiga tayangan bo‘lib, u o‘quvchilar ongida tabiatga hurmat, resurslardan oqilona foydalanish, ekologik mas’uliyat va barqaror turmush tarzini shakllantirishni ko‘zlaydi. Tadqiqotda qo‘llangan nazariy, empirik va tahliliy metodlar yashil pedagogikaning mohiyati, prinsiplari va amaliy mexanizmlarini chuqur ochib berishga xizmat qilgan. Jadvallarda aks etgan turlar, funksional xususiyatlar va tarixiy bosqichlar yashil pedagogikaning ko‘p qirrali va tizimli konsept ekanini tasdiqlaydi. Uning turlari ekologik ta’lim, barqaror rivojlanish pedagogikasi, atrof-muhit madaniyatini shakllantirish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi. Funksional xususiyatlar esa o‘quvchilarda ekologik va ma’naviy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan amaliy faoliyat bilan boyitilganini ko‘rsatadi. Tarixiy bosqichlarning tahlili yashil pedagogikaning shakllanishi global ekologik jarayonlar, ilmiy qarashlarning o‘zgarishi va jamiyat ehtiyojlari bilan chambarchas bog‘liq ekanini namoyon etadi. Umuman olganda, yashil pedagogika bugungi ta’lim tizimida ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanish g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etishning ilmiy asoslangan, innovatsion va integrativ yo‘nalishi sifatida qaraladi. Tadqiqot natijalari ushbu yondashuvni maktabgacha, boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta’lim tizimiga tizimli ravishda joriy etish orqali ekologik madaniyati rivojlangan, mas’uliyatli va ongli yosh avlodni tarbiyalash imkoniyati yuqori ekanini ko‘rsatadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Boranbayev, A. (2023). Актуальные проблемы экологической педагогики в современных исследованиях: качественный контент-анализ. Bulletin of Pedagogical Science, https://bulletin-pedagogic-sc.kaznu.kz ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 591 2. 2 Seilkhan, A., Aksoy, A. (2023). Developing Green University Concepts Innovations for Environmental Education in Kazakhstan. Journal of Pedagogical and Psychological Studies, https://journal-pedpsy.kaznpu.kz 3. Busygina, A.L., et al. (2023). The educational environment as a way of prospective teachers’ ecological culture formation while studying natural science courses. Scientific Journal of Education, https://snv63.ru 4. Shanasirova, Z. (2025). Pedagogical technology of ecological education for preschool children. Inlibrary Journal of Early Childhood Education, https://inlibrary.uz 5. Yusupov, I.M. (2025). Scientific and methodological bases of ecological education of schoolchildren. Global Education Journal, https://www.gejournal.net 6. To‘rayev, A.X. (2024). Ekologik ong tushunchasining psixologik asoslari. Refocus Journal, https://refocus.uz