O'QUVCHILARDA XOTIRANING PASTLIGI VA UNI RIVOJLANTIRISH
Full text
325 O‘QUVCHILARDA XOTIRANING PASTLIGI VA UNI RIVOJLANTIRISH Rahimberganova Sevinch Muzaffar qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti Aniq fanlar fakultrti 1-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17973198 Annotatsiya: Bugungi kunda o‘quvchilarda xotiraning pastligi dolzarb muamolardan biri bo‘lib kelmoqda. Ko‘p hollarda o‘quvchilar darslarni o‘zlashtirishining pastligi, ma’lumotlarni uzoq vaqt saqlay olmasligi, diqqatning tez chalg’ishi kabi muamolarga duch kelishadi.Bu esa o‘quv jarayonlari sifatiga tasir etmasdan qolmaydi. Tadqiqotning maqsadi – o‘quvchilarda xotira pastligining sabablarini aniqlash va uni rivojlantirishning samarali usullari haqida. Kalit so‘zlar. Xotira, diqqat, takrorlash, o‘quv jarayoni, psixologik omillar, ta’lim texnologiyalari, jismoniy faollik, stressni boshqarish, o‘quvchilar psixologiyasi. Annotation: Today, low memory capacity among students has become one of the pressing issues in education. In many cases, students face difficulties such as poor lesson comprehension, inability to retain information for a long time, and rapid loss of attention. These factors inevitably affect the quality of the learning process. The aim of the study is to identify the causes of low memory performance in students and to explore effective methods for improving it Keywords: memory, attention, repetition, learning process, psychological factors, educational technologies, physical activity, stress management, student psychology. KIRISH. Xorira – biz ilgari idrok qilga, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir. Xotira bu atrof-muhitdagi voqelikni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va aktiv holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo‘l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qaytadan esga tushirish, unutish hamda tanish, eslashdan iborat psixik jarayon alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa, barcha taassurotlarni ijodiy qayta ishlashga yo‘naltirilgan xotira faoliyat. Xotira shaxs psixik faoliyatining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, xotiraning bosh roli o‘tmishda yuz bergan narsa va hodisalarni aks ettirish bilan cheklanib qolmasdan, balki ham hozirgi, ham kelgusida amalga oshirish rejalashtirilgan voqelikning ruyobga chiqishini ta’minlaydi. O‘quvchilarda xotiraning past bo‘lishining asosiy sabablaridan biri diqqatning sustligi. Chunki diqqat sust bo‘lsa malumotlar xotiraga to‘liq joylashmaydi. Xotira pastligining yana bitta sabablaridan biri bu o‘tilgan darslarni takrorlamaslik ya’ni ta’lim jarayonida takrorlashning kamligi. O‘quv materiyalini muntazam mustahkamlash bo‘lmasa, u tezda unitiladi. Uyqu tartibining buzilishi ham xotira pasayishiga olib keladi ya’ni o‘z vaqtida ,yetarlicha uxlamaslik xotira pasayishining asosiy fiziologik omil hisoblanadi.Texnologiyalardan ortiqcha foydalanish, telefon va gadjerlarga kuchli bog’liqlik miyaning faol eslab qolish jarayonlarini sekinlashtiradi. Xotirani rivojantirishning samarali usullari – takrorlash texnikalari: klasterlar, jadvallar, diagramalar va har xil metodlar yordamida o‘rganish ma’lumotning yaxshi eslab qolishga yordam beradi.Diqqatni rivojlantiruvchi mashqlar, diqqatni jamlash o‘yinlari xotirani yaxshilashga yordam beradi. To‘g’ri uyqu rejimi: 8-9 soatlik sifatli uyqu ma’lumotlarni uzoq muddatli xotiraga o‘tkazish jarayonini kuchaytiradi. Sog’lom ovqatlanish: omega-3, B guruhi vitaminlari, yong’oq va ko‘k mevalar xorira uchun foydali. Muntazam jismoniy faoliyat:yengil sport mashiqlari miya
326 faoliyatini yaxshilab, xotirani faollashtiradi. Ruhiy holatni boshqarish:stressni kamaytirish miya faoliyatining barqaror ishlashiga yordam beradi. XULOSA. O‘quvchilarda xotiraning pastligi ko‘plab psixologik, fiziologik hamda tashkiliy omillarga bog‘liq bo‘lib, bu omillar ta’lim jarayonining samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Diqqatning sustligi, uyquning yetishmasligi, o‘rganilgan materialni takrorlamaslik, texnologiyalardan haddan ziyod foydalanish xotiraning tez pasayishiga olib keladi. Xotirani rivojlantirish muntazam mashqlar, to‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim metodlari, sog‘lom turmush tarzi, diqqatni boshqarish va stressni kamaytirish texnikalarini qo‘llash orqali samarali amalga oshiriladi. Xotiraning rivojlanishi nafaqat o‘zlashtirish sifatini oshiradi, balki o‘quvchilarning tafakkur, tahlil qilish, ijodkorlik qobiliyatlarini ham rivojlantiradi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. G‘oziev E. G‘. Umumiy psixologiya. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2022. 2. Zokirova R., Madaliyev A. Psixologiya asoslari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2019. 3. Pedagogik texnologiyalar bo‘yicha ilmiy maqolalar to‘plami. – Toshkent: Oliy ta’lim vazirligi nashriyoti, 2020. 4. Yuldasheva N., Karimova V. Ta’lim psixologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2018. 5. O‘G‘Li, O. O. B. (2024). Vatanparvarlik ruhini talаbalarda rivojlantirish pedagogik muammo sifatida. Central Asian Journal of Academic Research, 2(10-2), 37-41. 6. Bahodir o'g'li, O. O. (2024). RAHBAR VA XODIM MUNOSABATLARINING BOSHQARUV JARAYONIDAGI PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 41(1), 110-113. 7. Bahodir o'g'li, O. O. (2024). Samadova Laylo Alisher qizi 2024. FANLAR TIZIMIDA PEDAGOGIKA FANINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQADORLIGI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 41(1), 103-106. 8. Ozodqulov, O. B. O. G. L. (2020). O‘RTA OSIYODA CHO‘L MINTAQASINING EKOLOGIK OQIBATLARI. Academic research in educational sciences, (2), 196-200.