scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TA'LIM SIFATINING EVOLYUTSIYASI

Xayitov, Akmal Xolboyevich

Full text

3 6 4 7.2 _____Pedagogika fanlari__________________________________________ TA’LIM SIFATINING EVOLYUTSIYASI Xayitov Akmal Xolboyevich Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) University of Business and Science E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17973917 Annotatsiya. Mazkur ishda ta’lim sifati tushunchasining tarixiy jarayon davomida bosqichmabosqich rivojlanishi va mazmunan boyib borishi ilmiy asosda tahlil qilingan. Tadqiqot ta’lim sifati evolyutsiyasini besh asosiy davr ‒ an’anaviy davr, industrial davr, natija-g‘oyaviy davr, boshqaruv va standartlar davri hamda raqamli va kompetensiyaviy davr kesimida yoritadi. Har bir bosqichda ta’lim sifati mezonlarining o‘zgarishi, unga ta’sir etgan ijtimoiy-iqtisodiy omillar, ilmiy-pedagogik g‘oyalar, texnologik taraqqiyot hamda global baholash tizimlarining shakllanishi o‘rganilgan. Ayniqsa, XXI asrda raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, funksional savodxonlik, kompetensiyaviy yondashuv va xalqaro baholash dasturlarining ta’lim sifatiga ta’siri alohida tahlil qilingan. Ish natijalariga ko‘ra, ta’lim sifati dinamik, ko‘p qirrali va jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda o‘zgarib turadigan konseptual kategoriya ekanligi ilmiy xulosa sifatida asoslangan. Kalit soʻzlar: Ta’lim sifati, sifat evolyutsiyasi, an’anaviy ta’lim, industrial davr, natija-g‘oyaviy yondashuv, Bloom taksonomiyasi, kompetensiya, raqamli ta’lim, AKT, sun’iy intellekt, PISA, TIMSS, PIRLS, ta’lim boshqaruvi, ta’lim standartlari, funksional savodxonlik, soft skills, EdTech, individual o‘quv yo‘li, learning analytics. Аннотация. В данной работе на научной основе анализируется поэтапное историческое развитие и содержательное обогащение понятия качества образования. Исследование рассматривает эволюцию качества образования в разрезе пяти ключевых периодов: традиционного, индустриального, результативно-идеологического, периода управления и стандартизации, а также цифрового и компетентностного этапов. На каждом этапе изучаются изменения критериев качества образования, социально-экономические факторы, научнопедагогические идеи, технологический прогресс и формирование глобальных систем оценивания. Особое внимание уделено влиянию цифровых технологий, искусственного интеллекта, функциональной грамотности, компетентностного подхода и международных оценочных программ на качество образования в XXI веке. По результатам исследования обоснован научный вывод о том, что качество образования является динамичной, многогранной и концептуальной категорией, изменяющейся в соответствии с потребностями общества. Ключевые слова. качество образования, эволюция качества, традиционное образование, индустриальная эпоха, результативно-идеологический подход, таксономия Блума, компетентность, цифровое образование, ИКТ, искусственный интеллект, PISA, TIMSS, PIRLS, управление образованием, образовательные стандарты, функциональная грамотность, soft skills, EdTech, индивидуальная образовательная траектория, learning analytics. Annotation. This study provides a scholarly analysis of the gradual historical development and conceptual enrichment of the notion of education quality. The research examines the evolution of education quality across five major stages: the traditional era, the industrial era, the outcome-oriented stage, the management and standards stage, and the digital and competency-based stage. At each phase, changes in quality criteria, influencing socio-economic factors, pedagogical theories, technological advancement, and the emergence of global assessment systems are explored. Particular emphasis is placed on the impact of digital technologies, artificial intelligence, functional literacy, competency-based approaches, and 3 7 4 7.2 international assessment programs on education quality in the 21st century. The findings substantiate the conclusion that education quality is a dynamic, multidimensional, and conceptual category that continuously evolves in response to societal needs. Keywords: quality of education, quality evolution, traditional education, industrial era, outcomeoriented approach, Bloom’s taxonomy, competence, digital education, ICT, artificial intelligence, PISA, TIMSS, PIRLS, education management, educational standards, functional literacy, soft skills, EdTech, individual learning pathway, learning analytics. Kirish. XXI asrga kelib ta‘lim sifati tushunchasi inson kapitali, texnologik taraqqiyot, global raqobat va bilim iqtisodiyoti bilan bevosita bog‗liq bo‗lgan eng muhim strategik kategoriyalardan biriga aylandi. Tarixiy jarayonlar davomida ta‘limning maqsadi, mazmuni va sifat mezonlari jamiyatning siyosiy, iqtisodiy hamda ilmiy ehtiyojlariga qarab izchil ravishda o‗zgarib borgan. Shuning uchun ta‘lim sifatining evolyutsiyasini o‗rganish nafaqat pedagogik jarayonlarni tushunish, balki jamiyat taraqqiyoti mantig‗ini anglash uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ta‘lim sifati avval an‘anaviy davrda tartib, intizom va yodlashga asoslangan tor talqinda ko‗rilgan bo‗lsa, industrial davrda u jamiyatning iqtisodiy ehtiyojlari bilan bog‗liq holda resurslar va infratuzilmaga yo‗naltirildi. 1960–1990 yillarda ilmiy pedagogika rivoji natijasida ta‘lim sifati birinchi marta o‗quvchining aniq o‗lchab bo‗ladigan natijalari bilan baholanadigan bosqichga ko‗tarildi. 1990-yillardan boshlab ta‘limda boshqaruv, standartlar, akkreditatsiya va monitoring tizimlarining shakllanishi sifatni tizimli boshqarish imkonini yaratdi. 2000-yillardan hozirgacha bo‗lgan davr esa raqamli texnologiyalar, kompetensiyaviy yondashuv va global baholash tizimlarining jadal rivoji bilan ta‘lim sifatining mazmunini tubdan yangiladi. Adabiyotlar tahlili. Bugungi kunda ta‘lim sifati faqat bilim miqdori bilan emas, balki shaxsning funksional savodxonligi, raqamli kompetensiyalari, ijodkorligi, tanqidiy fikrlashi, muammoni hal qilish qobiliyati va real hayotga moslashuvchanligi bilan o‗lchanadi. Bu esa ta‘lim sifatining tarixiy evolyutsiyasini izchil tahlil qilish, har bir bosqichning ijtimoiypedagogik jihatlarini o‗rganish va zamonaviy talablarga mos xulosalar chiqarishni talab qiladi. Mazkur maqolada ta‘lim sifati evolyutsiyasi besh asosiy tarixiy bosqichda ko‗rib chiqiladi: an‘anaviy davr, industrial davr, natija-g‗oyaviy davr, boshqaruv va standartlar davri hamda raqamli va kompetensiyaviy davr. Har bir bosqichning o‗ziga xos mezonlari, yondashuvlari, afzalliklari va cheklovlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. 1. An’anaviy davr (XVIII – XX asr boshlarigacha) Bu davrda ―ta‘lim sifati‖ tushunchasi hali shakllanmagan, ammo quyidagi g‗oyalar ustun bo‗lgan:  Sifat deganda asosan o‗qituvchining saviyasi tushunilgan.  Ta‘lim sifati o‗quvchilarning intizomi va bilim yodlash darajasi bilan o‗lchangan.  Asosiy mezon — standartlashtirilgan bilimlarni o‗zlashtirish. 3 8 4 7.2 Ta‘lim sifati tor talqin qilingan, shaxs rivoji yoki kompetensiyalar ko‗zga olinmagan. Ta‘lim sifatining tor talqin qilinishiga ijtimoiy ehtiyojlarning soddaligi, ilmiy yondashuvlarning rivojlanmaganligi, o‗qituvchi markazli modelning hukmronligi va murakkab natijalarni o‗lchash imkoniyatlarining yo‗qligi sabab bo‗lgan: - psixologiya va pedagogika ilm-fan sifatida rivojlanmagan edi, o‗quvchini shaxs sifatida tushunish, uning qobiliyatlari, individual rivoji bilan bog‗liq ilmiy qarashlar hali shakllanmagan. Natijada sifat faqat bilim yodlash va intizom bilan o‗lchangan. - jamiyat ehtiyojlari sodda bo‗lgan. Agrar va erta industrial jamiyatlarda murakkab kompetensiyalar talab qilinmagan. Jamiyatga ko‗proq savodli, tartibli, buyruqqa bo‗ysunadigan ishchi kuchi kerak edi. Shuning uchun ta‘lim sifati ham ―bilim bor/yo‗q‖ darajasida baholangan. - o‗qituvchi markazli ta‘lim modeli hukmron edi, o‗qituvchi – yagona bilim manbai, o‗quvchi – faqat qabul qiluvchi bo‗lgan. Bunday tizimda sifat ko‗proq o‗qituvchining mahorati va dars jarayoni tartibi bilan bog‗langan. - o‗lchash vositalari cheklangan edi. Ijtimoiy-emotsional rivojlanish, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, kompetensiyalar kabi murakkab natijalarni o‗lchash texnologiyasi yo‗q edi. Natijada faqat yodlangan bilimlar test qilinardi — sifatning tor talqiniga olib kelgan. - ta‘lim tizimlari ommaviylashgan, lekin sifati boshqarilmagan. XIX–XX asrlarda maktablar soni tez oshdi, lekin sifatni boshqarish standartlari rivojlanmadi. Ko‗p hollarda sifat ―yana ko‗proq o‗quvchi qabul qilish‖ bilan tenglashtirilgan. - shaxsning rivoji emas, tizim samaradorligi asosiy maqsad edi, maktabning asosiy vazifasi — davlatga xizmat qiladigan fuqarolarni tarbiyalash. Shu bois sifat ko‗proq tartib, intizom, bilim hajmi bilan o‗lchangan, o‗quvchining tashabbusi yoki ijodiy fikri ahamiyatli emas edi. - xalqaro standartlar va ilmiy baholash tizimlari mavjud emas edi. PISA, TIMSS, PIRLS kabi global baholash tizimlari yo‗qligi sababli har bir davlat sifatni o‗zicha, tor doirada tushungan va taqqoslash imkoniyati bo‗lmagan. 2. Industrial davr (XX asr o‘rtalari) Ta‘lim sifati jamiyatning iqtisodiy ehtiyojlari bilan bog‗lanadi, ta‘lim sifatini resurslar bilan o‗lchash (maktab infratuzilmasi, kitoblar, o‗qituvchi soni), ―Ko‗proq ta‘lim – yuqori sifat‖ tamoyili kuchayadi, dunyo miqyosida standartlashtirish jarayoni boshlanadi. Tadqiqot metodologiyasi. Ta‘lim sifati kirimlar (resurslar) asosida baholangan, ammo natijalar unchalik inobatga olinmagan. Ta‘lim sifati jamiyatning iqtisodiy ehtiyojlariga xizmat qilgan, chunki u: malakali kadrlar yetkazib bergan. Innovatsion iqtisodiyotga asos yaratgan. Raqobatbardoshlikni oshirgan. YaIM o‗sishiga ta‘sir qilgan. Aholi farovonligini oshirgan. Inson kapitalini shakllantirgan. Zamonaviy sanoatni rivojlantirgan. 3 9 4 7.2 Tahlillar va natijalar. Ta‘lim sifati jamiyatning iqtisodiy ehtiyojlariga juda katta xizmat qilganligi bilan qimmatlidir: - ta‘lim sifati malakali ishchi kuchini yetkazib bergan, jamiyatning rivojlanishi uchun doimo turli sohalarda malakali va bilimli kadrlar kerak bo‗lgan, ixtisoslashgan, kasbni yaxshi egallagan mutaxassislar ishlab chiqarish samaradorligini oshirgan, iqtisodiyotda mehnat unumdorligi ko‗tarilgan, sanoat va xizmat ko‗rsatish sohasi rivojlangan. - innovatsiya va texnologiyalar rivojiga turtki bergan, hamda sifatli ta‘limga ega jamiyatda, ilmiy tadqiqotchilar, texnologlar, muhandislar, ixtirochilar shakllanadi, ularning faoliyati yangi texnologiyalarning paydo bo‗lishiga olib keladi va natijada iqtisodiyot innovatsion rivojlanish yo‗liga o‗tadi, mahsulot sifati oshadi, eksport salohiyati kengayadi. - raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirgan sifatli ta‘lim olgan avlod: yangi kasblarni tez o‗zlashtiradi, bozor talabiga moslashadi, zamonaviy texnologiyalarni boshqara oladi. Bu esa iqtisodiy raqobatbardoshlikni oshiradi va mamlakat global bozorlar bilan raqobat qila oladi. - ta‘lim sifati yaxshilanganda iqtisodiy o‗sishga bevosita ta‘sir ko‗rsatgan, mehnat unumdorligini oshirgan, ishlab chiqarish xarajatlari kamaytirgan, yangi ish o‗rinlari yaratilishiga turtki bo‗lgan, soliq tushumlari ko‗payadi va YaIM o‗sadi, iqtisodiyot barqarorlashadi. - sifatli ta‘lim sotsial-iqtisodiy farovonlikni oshirgan, yuqori maoshli ish o‗rinlarini ta‘minlaydi, aholining daromadi oshadi, kambag‗allik kamayadi va jamiyatning umumiy farovonlik darajasi ko‗tariladi. - zamonaviy iqtisodiyotlarda eng katta boylik - inson kapitali bo‘lib sifatli ta‘lim olish orqali insonda bilim, ko‗nikma, malaka, salohiyat kabi kapital shakllanishiga asos bo‗ladi, natijada inson kapitaliga sarmoya iqtisodiy rivojlanishni tezlashtiradi. - sifatli ta‘lim innovatsion va zamonaviy tarmoqlarni rivojlantirishga xizmat qilgan. IT sanoati, muhandislik, tibbiyot, energetika, robototexnika kabi talab yuqori bo‗lgan sohalar faqat yuqori sifatli ta‘lim mavjud bo‗lsa rivojlanadi, yangi iqtisodiy yo‗nalishlar yaratiladi, iqtisodiyot diversifikatsiyalanadi. 3. Natija-g‘oyaviy davr (1960–1990 yillar) Bu davr ta‘lim sifati tushunchasida burilish yasagan davr bo‘ladi. ―O‗quv natijalari‖ sifatning asosiy mezoniga aylandi. Robert Mager, Benjamin Bloom kabi pedagoglar ta‘limda o‗lchab bo‗ladigan natijalar tushunchasini asoslab berdi. Ta‘lim sifati: bilimlar, ko‗nikmalar, ijtimoiy kompetensiyalar orqali baholanadigan bo‗ldi. Sifat tushunchasi birinchi marta o‗quvchining natijasiga bog‗landi, ya‘ni bu zamonaviy sifat yondashuvining boshlanishi bo‗ldi. 1960–1990 yillar ta‘lim tarixida sifat tushunchasining tubdan o‗zgarishi bilan ajralib turadi. Bu davrda ta‘lim sifati avvalgidek faqat tartib, resurslar yoki o‗qituvchining 3 10 4 7.2 mahorati bilan emas, balki o‗quvchining aniq o‗lchab bo‗ladigan natijalari bilan bog‗lanadigan bo‗ldi. Bu ―burilish‖ ta‘lim sifatini zamonaviy ma‘noda shakllantirgan. Nima uchun aynan shu davrda burilish yuz berdi? bu davrda: B. Bloom, J. Bruner, R. Mager kabi olimlar inson qanday o‗rganishi, qanday bilimni qay darajada egallashi mumkinligini ilmiy o‗rgandi. Bilimlar endi yodlash emas, o‗quv natijalari orqali baholanadigan bo‗ldi. Robert Mager ta‘limda aniq ko‗rinadigan, o‗lchanadigan maqsadlar qo‗yish metodologiyasini ishlab chiqdi. Bu o‗zgarish ta‘lim sifatini: subyektiv baholashdan aniq, o‗lchash mumkin bo‗lgan indikatorlar asosida baholashga o‗tkazdi. Bloom taksonomiyasining joriy etilishi (1956–1965dan boshlab keng tarqaldi). Bloomning maqsadlar tizimi:  bilim,  tushunish,  qo‗llash,  tahlil,  sintez,  baholash kabi zinapoyali bilim darajalarini belgilab berdi va ta‘lim sifati faqat faktlarni eslab qolish emas, balki yuqori darajadagi fikrlash ko‗nikmalarini shakllantirish bilan o‗lchana boshlandi. Ta'limni boshqarishda natijaga yo‗naltirilganlik kuchaydi. 1960–1990 yillarda ko‗plab davlatlar ta‘limni modernizatsiya qila boshladi. Bosqichma-bosqich o‗quv dasturlarini, baholash tizimlarini, o‗qitish metodlarini natijaga yo‗naltirilgan tamoyillarga o‗tkaza boshladi. XX asr oxiriga kelib jamiyatga murakkab kasb egalari, aniq ko‗nikmaga ega mutaxassislar, texnologiyalarni boshqara oladigan kadrlar zarur bo‗ldi. Bu ta‘lim sifatini kompetensiyalar bilan bog‗lash zaruratini tug‗dirdi. Baholashning yangi usullari yaratildi, standartlashtirilgan testlar, diagnostik baholash, formatif baholash, o‗quv natijalarini monitoring qilish tizimlari yaratildi. Sifat birinchi marta ilmiy asosda o‗lchanadigan kategoriyaga aylandi. 4. Boshqaruv va standartlar davri (1990–2000 yillar) 1990-yillar O‗zbekiston va ko‗plab post-Sovet davlatlari uchun ta’lim tizimini isloh qilish va sifatni boshqarish davri bo‗ldi. Bu davrda markazlashgan sovet tizimi asta-sekin liberallashtirildi va xalqaro standartlarga moslashishga urinish boshlandi. Davlat mustaqillikka erishgach, ta‘lim tizimi mustaqil rivojlanish va modernizatsiya talablariga duch keldi. Sovet davrida sifat ko‗proq markazlashgan nazorat orqali baholangan bo‗lsa, 1990-yillarda sifatni baholash va boshqarish tizimi mustaqil indikatorlar va standartlarga asoslanishga o‗tdi. Globalizatsiya davri sifatni tizimli boshqarish zaruriyatini tug‗dirdi. Sifat endi o‗quv muassasasi, boshqaruv va tizim miqyosida o‗lchanadigan ko‗p darajali kategoriya sifatida qaraldi. 3 11 4 7.2  ISO 9001: Ta‘limda sifat menejmenti tizimlari paydo bo‗ldi.  Ta‘lim tizimlari monitoring, reyting, attestatsiya orqali baholanishi rivojlandi.  Milliy ta‘lim standartlari joriy qilina boshladi.  O‗quv dasturlari kompetensiyaga asoslangan modelga o‗tishga kirishdi.  Ta‘lim jarayonini monitoring qilish va baholash tizimlari joriy etila boshlandi.  Universitet va maktablar o‗z-o‗zini baholashni o‗rganishdi.  Oliy ta‘lim muassasalari uchun milliy ta‘lim standartlari ishlab chiqildi.  Akkreditatsiya va sertifikatlash tizimi shakllandi.  Ta‘lim sifatini oshirish uchun o‗qituvchilarga malaka oshirish kurslari, yangi o‗quv dasturlari joriy etildi.  Fanlar bo‗yicha standartlashtirilgan dasturlar ishlab chiqildi.  Ta‘limning natijaga yo‗naltirilgan modeliga o‗tish (learning outcomes).  Xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda milliy standartlarni ishlab chiqish.  Ta‘lim sifatini monitoring qilish, baholash va akkreditatsiya jarayonlarining shakllanishi.  Bosqichma-bosqich sifatni boshqarish tizimining institutlashuvi. Ushbu davrda sifatli ta‘limni ta‘minlash uchun bir qancha muammolar va cheklovlar mavjud edi. Moliyaviy resurslar yetishmasligi, o‗qituvchilarni yangi standartlar bilan tanishtirishdagi qiyinchiliklar, ta‘lim sifatini baholashning samaradorligini oshirish uchun yetarli instrumentlarning yo‗qligi. 5. Raqamli va kompetensiyaviy davr (2000-yillardan hozirgacha) 2000-yillardan boshlab global ta‘lim tizimida sifat mezonlari tubdan o‗zgarishni boshladi. Raqamli texnologiyalar rivoji, bilim iqtisodiyoti, mehnat bozoridagi yangi talablar va kompetensiyaviy yondashuvning paydo bo‗lishi ta‘limni butunlay yangi bosqichga olib chiqdi. Bu davrda ta‘lim sifati endi faqat bilim miqdori bilan emas, balki raqamli savodxonlik, ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, moslashuvchanlik, hamkorlik, real hayotiy vaziyatda muammoni hal qilish kabi kompetensiyalar bilan baholana boshladi. Bugungi kunda ta‘lim sifati quyidagi mezonlar asosida shakllandi:  bilim emas, balki qo‗llay olish, ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, kommunikatsiya asosiy mezonga aylandi.  sifat faqat maktab bilan cheklanmaydi; butun umr davomida o‗quv faoliyatiga bog‗lanadi.  EdTech, onlayn kurslar, sun‘iy intellekt, moslashuvchan o‗qitish sifati belgilaydi.  PISA, PIRLS, TIMSS kabi testlar ta‘lim sifati bo‗yicha global mezon yaratdi.  Sifat endi milliy emas, xalqaro taqqoslama orqali o‗lchanadi.  Har bir o‗quvchining rivojlanishi, qiziqishi va individual strategiyalari sifatning tarkibiy qismiga aylandi.  Kompyuterlar, internet va multimedia vositalarining ta‘limga keng kirib kelishi. 3 12 4 7.2  Elektron o‗quv qo‗llanmalar, multimediali darsliklar paydo bo‗lishi.  Ta‘lim jarayonida ―axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)‖ ning majburiy komponentga aylanishi.  PISA, TIMSS kabi xalqaro baholash dasturlariga qo‗shilish orqali o‗quvchilarning funksional savodxonligini o‗lchashga qiziqish kuchayishi. Raqamli savodxonlikning ta‘lim sifatiga ta‘siri doirasida ta‘lim mazmuni texnologiyalar bilan boyidi, o‗qituvchi roli axborotni beruvchi emas, balki yo‗l-yo‗riq ko‗rsatuvchi murabbiy sisatida qayta talqin qilindi, O‗quvchiga faol ishtirokchi, mustaqil izlovchi sifatida qaraldi. Natijada Kompetensiyaviy yondashuvlar shakllandi (2010–2020 yillar). Ushbi yillardan boshlab OECD, UNESCO va boshqa xalqaro tashkilotlar ta‘lim sifatini baholashda kompetensiya tushunchasini asosiy mezonga aylantira boshladi va soft skills (yumshoq ko‗nikmalar) ning ahamiyati ortdi, muloqot, hamkorlik, kreativlik, liderlik, moslashuvchanlik kami ko‘nikmalar shakllantirishga o‘tildi. 2010-2020 yillar oralig‘ida o‗quv dasturlari kompetensiya asosida qayta ko‗rib chiqildi, baholash tizimi natijaga yo‗naltirilgan bo‗ldi, raqamli kontent yaratish va onlayn ta‘lim bo‗yicha yangi standartlar paydo bo‗ldi. Natijada ta‘lim sifatining yangi talqini paydo bo‘ldi. Endi ta‘lim sifati, o‗quvchi egallagan ko‗nikmalar, ularning amaliy hayotda qo‗llanish darajasi, mehnat bozoriga tayyorgarlik, ijodiy va tanqidiy fikrlash salohiyati bilan baholanadigan bo‗ldi. Pandemiya ta‘limni bir zumda onlayn shaklga o‗tkazib, raqamli texnologiyalarni ta‘lim sifatining asosiy omiliga aylantirdi. Masofaviy ta‘limning jadal rivoji (Zoom, Google Classroom, Moodle va b.), katta o‗quv kontentlari ochiq platformalarda paydo bo‗ldi (MOOC – Coursera, EdX), raqamli pedagogika, sun‘iy intellekt asosidagi ta‘lim vositalari shakllandi. Raqamli kompetensiyalar rivojlana bordi, data literacy (ma‘lumotlar bilan ishlash), Coding, STEM, STEAM, sun‘iy intellekt savodxonligi avjiga chiqqan bir davr bo‗ldi. Sifat monitoringining raqamlashtirilishi natijasida elektron jurnallar, portfoliolar, onlayn testlar, elektron baholash tizimlari, learning analytics orqali o‗quvchilarning rivojlanishini kuzatish mumkin bo‘lmoqda, suniy entelkt va raqamli ta‘lim sifati orqali shaxsda hayotiy kompitensiyalar shakllandi. Masalan shaxsiy muammoni hal qilish, adaptiv fikrlash, emosional intellekt, uzoq muddatli o‗rganishga tayyorlik, individual o‗quv yo‗llari, adaptiv ta‘lim tizimlari (AI asosida), o‗quvchining kuchli tomonlarini rivojlantirish birinchi darajaga ko‘tarila bordi. Xulosa. Ta‘lim sifati evolyutsiyasi jamiyat taraqqiyoti, ilm-fan rivoji va texnologik yangilanishlar bilan chambarchas bog‗liq bo‗lib, u bir necha asr davomida bosqichmabosqich takomillashib kelgan murakkab jarayondir. An‘anaviy davrda sifat faqat intizom va yodlashga asoslangan bo‗lsa, industrial davrda resurslar, infratuzilma va ommaviylik sifat mezonining asosiy ko‗rsatkichi bo‗lib xizmat qilgan. Natija-g‗oyaviy davr ta‘lim sifatini o‗quvchining aniq natijalari bilan bog‗lab, ilmiy asoslangan baholash tizimiga o‗tish uchun 3 13 4 7.2 poydevor yaratdi. 1990–2000 yillar esa ta‘limni boshqarish, standartlar, akkreditatsiya va monitoring tizimlarining shakllanishi bilan ajralib turadi. 2000-yillardan hozirgacha bo‗lgan raqamli va kompetensiyaviy davr ta‘lim sifatining mazmunini tubdan o‗zgartirdi. Endi sifat faqat bilim bilan emas, balki shaxsning kreativ fikrlashi, tanqidiy tahlil qilish qobiliyati, kommunikatsiya, hamkorlik, raqamli savodxonlik va real hayotiy vaziyatlarda bilimni qo‗llay olish kabi keng qamrovli kompetensiyalar orqali baholanadi. Global baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS), EdTech texnologiyalari, sun‘iy intellektga asoslangan o‗qitish, moslashuvchan o‗quv platformalari ta‘lim sifatining yangi ko‗rinishlarini shakllantirdi. Shu bois ta‘lim sifati bugungi kunda murakkab, ko‗p qirrali va dinamik kategoriya bo‗lib, uning mazmuni o‗zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar, texnologik rivojlanish va inson kapitaliga bo‗lgan talablar bilan belgilanadi. Ta‘limning tarixiy evolyutsiyasini chuqur tahlil qilish hozirgi ta‘lim siyosati, o‗qitish strategiyalari va sifatni boshqarish tizimlarini yanada takomillashtirish uchun muhim asos bo‗lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. O‗zbekiston Respublikasi ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi Qonuni (yangi tahrir). 2. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat ta‘lim standartlariga doir qarorlari. 3. Xalq ta‘limi vazirligi va Oliy ta‘lim vazirligi (hozir Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi) tomonidan e‘lon qilingan metodik qo‗llanmalar va standartlar. 4. Karimov, D., To‗laganov, B. Pedagogika va Ta’lim Texnologiyalari. Toshkent, 2020. 5. Bloom, B. S. Taxonomy of Educational Objectives: The Classification of Educational Goals. New York: Longmans, 1956. 6. Bruner, J. The Process of Education. Harvard University Press, 1960. 7. Mager, R. Preparing Instructional Objectives. Fearon Publishers, 1962. 8. OECD. Education at a Glance. OECD Publishing (turli yillar). 9. UNESCO. Education for the 21st Century. UNESCO Reports, 2015–2023. 10. European Commission. Key Competences for Lifelong Learning, 2018.