O'QUVCHILARDA DIQQATNING PASTLIGI VA UNI RIVOJLANTIRISH
Full text
327 O‘QUVCHILARDA DIQQATNING PASTLIGI VA UNI RIVOJLANTIRISH Rizayeva Elnura Maratjon qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti Aniq fanlar fakulteti https://doi.org/10.5281/zenodo.17974293 Annotatsiya: O‘quvchini diqqatini rivojlantirish uchun darsga qiziqtiradigan, diqqatni jalb qiladigan usullardan foydalanish, mavzuni kengaytirish va chuqur o‘zlashtirishga yordam beruvchi psixologik usullarni qo‘llash zarur. Bularning barchasi o‘quvchilarning dars jarayonida to‘liq diqqatini jalb qilishga qaratilgan, o‘quvchlarning diqqatini jalb qiladigan va dars mavzusiga e’tiborini qaratadigan sharoitlar yaratish mumkin. Belgilangan vaqt davomida o‘quvchilar o‘z diqqatini butunlay mavzu va dars jarayoniga qaratish kerak. Kalit so‘zlar: diqqat, diqqatni rivojlantirish, o‘quvchi e’tibori, psixologik omillar, faol o‘qitish metodlari, motivatsiya, pedagogik texnologiyalar, dars samaradorligi, chalg‘ish, kognitiv jarayonlar. Annotation: To develop students’ attention, it is necessary to use teaching methods that spark interest, attract attention, and support deeper understanding of the topic. Such approaches help broaden and strengthen students’ comprehension while fostering sustained focus throughout the lesson. The effective use of psychological techniques ensures that learners remain fully engaged in the learning process, directing their attention to the topic and participating actively. Maintaining students’ concentration on the lesson content during the allocated time is one of the key factors in increasing the effectiveness of education Keywords: attention, attention development, student focus, psychological factors, active teaching methods, motivation, pedagogical technologies, lesson effectiveness, distraction, cognitive processes. KIRISH. Diqqat – bu aqliy kuchni xohish orqali istalgan joyga yo‘naltirish qobilyati bo‘lib, diqqatsiz boshqa qobilyatlar rivojlana olmaydi. Agar biz o‘qitishda yuqori natijaviylikka erishmoqchi bo‘lsak diqqatning chalg’masligiga erishishimiz muhim. Diqqat o‘smaydi, uni faqat boshqarish mumkin. Ba’zi psixologlar o‘quvchi diqqati 10-15 daqiqa davom etishini ta’kidlaydilar, ammo ularning diqqat darajasi motivatsiya, kayfiyat, qabul qilingan materialning dolzarbligi va boshqa omillarga qarab o‘zgarishi tabiiy. O‘quvchilarni uzoq vaqt davomida qiziqish va hushyor tutish uchun ko‘rsatmalarda aniq taktika mavjudligini ilm-fanda tekshirilgan. O‘quvchlarning “qisqa” e’tibori 10-15 daqiqagacha bo‘lishiga oid keng tarqalgan tushunchaga qaramay, uning aksini ko‘rsatadigan juda ko‘p dalillar mavjud. 2007-yil Karen Uilson va Jeyms Korn ma’ruza davomiyligi jarayonida talabalarning yozuvlarida pasayib ketishni aniqlashdi.O‘quvchilar diqqat-e’tibori o‘rganilganda ma’ruza paytidagi vaqt oraliqlariga tanaffuslarni kiritishgan. Tanaffuslar bilan ham ma’ruzaning 10-18 daqiqasida, keyin esa dars yakuniga qadar har 3-4 daqiqada diqqat yetishmovchiligi kuzatilgan. Uilson va Korn o‘quvchilarning diqqatini aniq o‘lchab bo‘lmasligini va ma’ruza paytida ular e’tiborining pasayishi kuzatilishi mumkin bo‘lsa-da, o‘rtacha diqqat-e’tiborning davomiyligi aniq emasligini isbotlashadi. 2010-yil kimyo yo‘nalishining uchta kurslarida talabalardan tugmalarni bosish yordamida ularda diqqat-e’tibor yetishmayotgani to‘g’risida xabar berishlarini so‘radilar. Har bir kursni
328 alohida professor o‘qitishini va har xil uslubda (ma’ruza qilish, namoyish qilish yoki savol berish) tashkil qiladilar. Tadqiqotchilar talabalar tomonidan bildirilgan diqqat yetishmovchiligi va har bir professor tomonidan qo‘llanilgan turli xil pedagogik usullar o‘rtasidagi bog’liqlikni o‘lchashdi. O‘quvchilar 1 daqiqa yoki undan kam davom etgan diqqat-e’tiborni ko‘rsatish uchun bitta tugmani, 2 dan 3 daqiqagacha bo‘lganda boshqa tugmani va 5 daqiqadan yoki undan ko‘proq vaqtni ko‘rsatadigan uchinchi tugmani bosdilar. Javoblar kompyuterga yuborildi va bu ma’lumotlar har bir professor tomonidan qo‘llaniladigan turli xil o‘qitish uslublari vaqt jadvalida aks etdi. Bu tadqiqotchilarga professorning bir uslubdan ikkinchisiga o‘tishi bilan diqqat-e’tiborning sustlashishi tez-tez sodir bo‘ladimi (yoki bir xil bo‘lib qoldimi) yoki umuman bo‘lmaganini aniqlashga imkon berdi. Tadqiqotchilar uchta qiziqarli holatni aniqladilar. Birinchidan, e’tiborning 1 minutda davomiyligi yoki undan kam bo‘lganligi – juda qisqa tanaffuslarda diqqat uzoqroq ushlab turgan. Ikkinchidan, tadqiqotchilar 10-15 daqiqalik diqqat nazariyasining haqiqat emasligini kuzatishgan. Buning o‘rniga, uchta kursda ham ular ma’ruza davrida atigi 30 soniya ichida paydo bo‘lgan diqqate’tibrning pasayishini kuzatdilar, navbatdagi ma’ruzada bu 4,5-5,5 daqiqada sodir bo‘ldi; keyingi ma’ruzada 7-daqiqadan 9minut oralig’da va keyingi 9 dan 10 minutgacha vaqt oralig’da kuzatilgan. Tadqiqotchilarning ta’kidlashcha, bu o‘sish va susayish uslubi ma’ruza davomida bo‘lib o‘tdi va ma’ruza davom etar ekan, diqqat yetishmovchligi tez-tez yuz bergan. Ma’ruza oxiriga kelib, har ikki daqiqada susayish yuz bergan. Uchinchidan, tadqiqotchilar diqqat bilan faol o‘rganish yoki ta’lim oluvchilarga yo‘naltirilgan pedagogika o‘rtasidagi munosabatni topdilar. Eng ko‘p ishlatiladigan ikkita faol ta’lim usuli va savolar texnikasini ishlatib diqqat-e’tibor oshganini guvohi bo‘lishadi. Ta’lim usuli qo‘llanilgan paytida yoki savol berilgandan keyin diqqat-e’tibor ko‘rsatgichi oshgan. Olimlar dars davomida o‘quvchilar e’tiborini jalb qilish va dars davomidagi saqlanuvchi diqqat-e’tiborga faol o‘qitish usullari orqali erishish mumkin, degan xulosaga keladilar. Diqqatni rivojlantirish uchun pedagog o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari va individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda interaktiv metodlardan, qisqa faollik tanaffuslaridan va mavzuni jonlantiruvchi yondashuvlardan foydalanishi zarur. Ota-ona va o‘quvchi bilan hamkorlikda ishlash esa diqqatni boshqarish va mustahkamlash jarayonining muhim omilidir. To‘g‘ri va tizimli yondashuv orqali o‘quvchilarning diqqatini sezilarli darajada rivojlantirish, ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, bilimlarni puxta o‘zlashtirishga erishish mumkin. Diqqatni rivojlantirish uchun pedagog o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari va individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda interaktiv metodlardan, qisqa faollik tanaffuslaridan va mavzuni jonlantiruvchi yondashuvlardan foydalanishi zarur. Ota-ona va o‘quvchi bilan hamkorlikda ishlash esa diqqatni boshqarish va mustahkamlash jarayonining muhim omilidir. To‘g‘ri va tizimli yondashuv orqali o‘quvchilarning diqqatini sezilarli darajada rivojlantirish, ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, bilimlarni puxta o‘zlashtirishga erishish mumkin XULOSA. O‘quvchilarda diqqatning pasayishi ko‘plab ichki va tashqi omillar ta’sirida yuzaga keladi. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchi diqqatining davomiyligi aniq bir vaqt oralig‘i bilan chegaralanmaydi; diqqat turli sharoitlarga qarab tez susayishi yoki tiklanishi mumkin. Ma’ruza jarayonida o‘qituvchi uslubining o‘zgarishi, savol berish yoki faol o‘qitish metodlarini qo‘llash diqqatning qayta tiklanishiga katta yordam beradi.
329 Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Wilson, K., & Korn, J. H. (2007). Attention During Lectures: Beyond Ten Minutes. Teaching of Psychology, 34(2). 2. Bunce, D. M., Flens, E. A., & Neiles, K. Y. (2010). How Long Can Students Pay Attention in Class? Journal of Chemical Education, 87(12). 3. Zimnyaya, I. A. (2002). Pedagogik psixologiya. Moskva. 4. Jalolov, J. (2012). Pedagogika va psixologiya asoslari. Toshkent. 5. O‘G‘Li, O. O. B. (2024). Vatanparvarlik ruhini talаbalarda rivojlantirish pedagogik muammo sifatida. Central Asian Journal of Academic Research, 2(10-2), 37-41. 6. Bahodir o'g'li, O. O. (2024). RAHBAR VA XODIM MUNOSABATLARINING BOSHQARUV JARAYONIDAGI PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 41(1), 110-113. 7. Bahodir o'g'li, O. O. (2024). Samadova Laylo Alisher qizi 2024. FANLAR TIZIMIDA PEDAGOGIKA FANINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQADORLIGI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 41(1), 103-106. 8. Ozodqulov, O. B. O. G. L. (2020). O’RTA OSIYODA CHO’L MINTAQASINING EKOLOGIK OQIBATLARI. Academic research in educational sciences, (2), 196-200.