scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

FAOLIYAT. EMOTSIYA VA MOTIVATSIYA

Xidirova Dinora

Full text

341 FAOLIYAT. EMOTSIYA VA MOTIVATSIYA Xidirova Dinora Chirchiq davlat pedagogika universiteti Aniq fanlar fakulteti 1bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17974511 Annotatsiya: Tezisda inson faoliyati, faolligi, xatti-harakati, emotsiyalari va motivatsiyasining psixologik tuzilishi, tarkibiy qismlari, turlari va pedagogik ahamiyati qisqacha yoritilgan. Kalit so‘zlar: faoliyat, faollik, xatti-harakat, ichki va tashqi, interiorizatsiya, eksteriorizatsiya, maqsad, motiv, motivatsiya, emotsiya, kayfiyat, affekt, mehnat faoliyati, ta’lim faoliyati, o‘yin faoliyati. Abstract: The thesis briefly discusses the psychological structure, components, types and pedagogical significance of human activity, activity, behavior, emotions and motivation. Keywords: activity, activity, behavior, internal and external, interiorization, exteriorization, goal, motive, motivation, emotion, mood, affect, labor activity, educational activity, play activity. KIRISH. Odam tabiatan faol mavjudot hisoblanadi. U ma’lum bir faoliyat bilan shug‘ullanmasdan yashay olmaydi. Inson faoliyatining turlari nihoyatda ko‘p bo‘lib, ularning eng muhimi - ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ishlab chiqarish va mehnat faoliyatidir. Inson har doim jamoada mehnat qiladi, mehnat jarayoni va uning natijalari bilan jamoa orqali tanishadi hamda ularni o‘zlashtiradi. Har bir tirik organizmning faolligi, avvalo, uning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘ladi. Atrof-muhitdagi ijtimoiy vaziyatlar ham insonda faollikni uyg‘otadi. Hayvonlarning xatti-harakati to‘liq ravishda tashqi muhit omillari bilan belgilanadigan bo‘lsa, insonning faolligi yoshlik davridanoq jamiyat talablari, madaniy me’yorlar va insoniyat tajribasi bilan boshqariladi. Shu sababli “faoliyat”, “faollik”, “xatti-harakat” tushunchalarining mazmunini chuqur anglash muhimdir. Chunki bu tushunchalar bir-biriga uzviy bog‘liq. Faollik bo‘lmasa, faoliyat ham bo‘lmaydi, faoliyat esa harakatning maqsadga muvofiq, ongli tarzda amalga oshirilishini anglatadi. Faollik tushunchasi. Faollik - shaxsning hayotdagi barcha xatti-harakatlarini namoyon etuvchi kategoriyadir. Bir so‘z bilan aytganda, har qanday faoliyatning bajarilishi uchun bir nechta faollik turlari ketma-ket amalga oshiriladi. Masalan, taom pishirish jarayonini olaylik. Taom pishirish - bu bitta katta faoliyat. Ammo unga tayyorgarlik jarayonida bir nechta mayda faolliklar sodir bo‘ladi: sabzavotlarni tozalash, ularni to‘g‘rash, taomga mos shakl berish va hokazo. Bu kichik harakatlar yig‘indisi yakunda umumiy faoliyat - taom pishirishni tashkil etadi. Faoliyatning psixologik tuzilishida interiorizatsiya va eksteriorizatsiya kabi jarayonlar ham mavjud. Tashqi olamdagi buyumlar bilan amalga oshiriladigan jismoniy harakatlarning ichki, ya’ni fikriy (ideal) harakatlarga aylanish jarayoni interiorizatsiya deb yuritiladi. Bunda real predmetlar ustida bajariladigan amallar asta-sekin ongda bajariladigan fikriy jarayonlar bilan almashinadi. Masalan, odam dastlab hisob-kitobni predmetlar yordamida bajaradi, keyinchalik esa bularni ongida bajarishni o‘rganadi. Interiorizatsiya tufayli inson ko‘z o‘ngida mavjud bo‘lmagan narsalarning obrazlari bilan ishlay bilish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Eksteriorizatsiya esa buning aksi bo‘lib, inson ongida shakllangan rejalar va tasavvurlar tashqi real harakatlarga aylanishini anglatadi. Inson faoliyati xilma-xil bo‘lsada, barcha faoliyatlarning umumiy psixologik tuzilmasida uch asosiy tarkibiy qism mavjud: maqsad, motiv va harakat. Harakat nisbatan tugallangan, bitta 342 vazifani bajarishga yo‘naltirilgan amal bo‘lsa, maqsad faoliyatning yakuniy natijasini ifodalovchi obrazdir. Motiv esa insonni faoliyatga undaydigan ichki ehtiyoj yoki sababdir. Motivlar yig‘indisi motivatsiyani hosil qiladi va u odamni faol harakatga undovchi omillar majmuini tashkil etadi. Faoliyatning asosiy turlariga ta’lim (o‘quv) faoliyati, o‘yin faoliyati va mehnat faoliyati kiradi. Ta’lim faoliyati bilim o‘zlashtirishga, o‘yin faoliyati ayniqsa bolalar rivojida muhim bo‘lib, ijodiy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradi. Mehnat faoliyati esa jamiyat uchun foydali mahsulot yaratishga yo‘naltirilgan jarayondir. Emotsiya so‘zi lotincha “emotio” so‘zidan olingan bo‘lib, “harakatga keltirish”, “tashqi tomonga chiqarish” degan ma’nolarni bildiradi. Psixologiyada esa emotsiya - bu inson yoki hayvonning ma’lum vaziyat, hodisa yoki predmetga nisbatan sezgi va ruhiy reaksiyasidir. Oddiy qilib aytganda, emotsiya - bu his-tuyg‘u yoki ruhiy holatning qisqa muddatli ifodasi. Emotsiyalar inson psixikasining muhim qismi bo‘lib, ular nafaqat ichki hissiyotlarni aks ettiradi, balki insonning xatti-harakatlarini boshqarishda ham katta rol o‘ynaydi. Emotsiyalar qisqa muddatli bo‘lib, odatda bir hodisa yoki vaziyatga javoban yuzaga keladi. Shu bilan birga, ular subyektiv tajriba bilan bog‘liq bo‘lib, insonning ichki holatini ifodalaydi. Emotsiyalar tashqi tomondan ham namoyon bo‘ladi: yuz ifodasi, tana harakatlari, ovoz va intonatsiyada seziladi. Emotsiyalarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1. Qisqa muddatli bo‘lishi – ma’lum vaziyat bilan bog‘liq. 2. Subyektiv tajriba – shaxsning ichki hissiyotlari orqali seziladi. 3. Tashqi ifoda – yuz, tana harakatlari va ovoz orqali namoyon bo‘ladi. 4. Motivatsiya bilan bog‘liqlik – emotsiyalar odamning keyingi xatti-harakatlarini shakllantiradi. Emotsional xolatlarda kishining rangi oqarib ketadi yoki qizaradi, muskullarning taxi yoki bradikardiyasi, gipo yoki gipertoniyasi, ter, yosh, yog‘ bezlari va boshqa bezlarning faoliyati o‘zgaradi. Qo‘rqib ketgan kishining ko‘zlari katta-katta ochilib, ko‘z korachig‘i kengayadi, qon bosimi ko‘tariladi. Bazan “tovuq eti” paydo bo‘ladi, sochlari tik bo‘ladi va xokazo, ya'ni xayajonlanishda tomir – vegetativ va endokrin o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Asosan salbiy xarakterdagi juda kuchli kechinmalar bilan paydo bo‘ladigan nevrozlarda vegetativ-tomir buzulishlari sodir bo‘ladi.U yoki bu xis-tuyg‘uning uzoq davom etishi va ifodalaninish darajasiga qarab quyidagi emotsiyalar: kayfiyat, extiros, affekt mavjud bo‘ladi. Kayfiyat - uzoq davom etadigan emotsional xolat bo‘lib, u ko‘proq intensivlikka erishmaydi va yetarli darajadagi uzoq davr mobaynida muxim tebranishlarga ega bo‘lmaydi. Ijobiy yoki salbiy kayfiyatning davom etishi bir necha soatdan bir necha kungacha va xatto xaftagacha davom etadi. Motivatsiya - bu hayotimizningmuhim harakatlantiruvchi kuchi. U orqali insoniyat buyuk yutuqlarga erishadi. Zamonaviy psixologiyada motiv va motivatsiya o'rganilishi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.Motiv so'zi fransuzcha "motif" so'zidan kelib chiqqan. Bu so'z harakatga undovchi sababni anglatadi. Insonning ichki turtki va faoliyatga rag'batini ifoda etuvchi psixologik hodisa. Harakatlarimizni yo'naltiradi va maqsadga yo'naltirilgan faoliyatni shakllantiradi.Shaxsning ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarini qondirish yo'llarini belgilaydi. Motiv (psixologiyada) —inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab boʻluvchi omil, vaj motiv shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo boʻluvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot, ideal va boshqa motivlar jumlasiga kiradi. Hozirgi zamon psixologiyasida Motiv atamasi subʼyektni faollashtiruvchi turli hodisa va holatlarni ifodalash uchun qoʻllanadi. Xatti-harakat va faoliyat motivlarining majmuasi motivatsiya deyiladi. 343 Motivatsiya shaxsning ongli va faol harakatining asosi bo‘lib, uni tushunish va to‘g‘ri yo‘naltirish psixologik hamda pedagogik jarayonlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Shaxsning faoliyatga bo‘lgan qiziqishi, ehtiyoji va maqsadlari bilan bog‘liq motivatsion mexanizmlarni tahlil qilish orqali uning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish mumkin. Ayniqsa, ta’lim jarayonida o‘quvchilarning ichki motivlarini rivojlantirish orqali ularning o‘qishga bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirish imkoniyati mavjud. Nazariya va amaliyot uyg‘unligida motivatsiyani chuqur o‘rganish ta’lim samaradorligini oshirishda muhimomil bo‘lib xizmat qiladi. XULOSA Inson tabiatan faol mavjudot bo‘lib, uning xatti-harakatlari, emotsiyalari va motivatsiyasi faoliyatining samarali shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Faoliyat psixologik jihatdan maqsad, motiv va harakat tarkibiy qismlaridan iborat bo‘lib, ta’lim, o‘yin va mehnat faoliyati orqali namoyon bo‘ladi. Emotsiyalar va motivatsiya insonni ongli va maqsadli faoliyatga yo‘naltiradi, shaxsning ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishini ta’minlaydi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. G`oziyev E.G`. «Psixologiya». Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2008 yil. 2. Fayziev YA.M., Eshboev E.H. «Umumiy va tibbiy psixologiya». Toshkent, «Ilm Ziyo» nashriyoti, 2007 yil. 3. YUnusjonova Z.S., Mirzaeva S.A., Bositxonova E.I. «Psixologik parvarish» Toshkent, “O`zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2010 yil.