TIK TOK VA QISQA VEDIO FORMATLARI DIQQATNI QANDAY YO'QOTMOQDA
Full text
349 TIK TOK VA QISQA VEDIO FORMATLARI DIQQATNI QANDAY YO’QOTMOQDA Ziyadullayeva Zulayho Laziz qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti Aniq fanlar fakulteti 1bosqich talabasi https://doi.org/ 10.5281/zenodo.17974571 Annotatsiya: Zamonaviy raqamli madaniyatda diqqat atamasi tobora dolzarb boʻlib bormoqda. Bunda TikTok, Instagram Reels, YouTube Shorts kabi platformalarning qisqa video formatlari inson psixikasiga chuqur taʼsir koʻrsatmoqda. Ushbu tezisda formatlarning diqqatni jamlash qobiliyatiga qanday taʼsir qilishini, ularning kognitiv funksiyalar, maʼlumotlarni qayta ishlash va uzoq muddatli diqqat oraligʻiga salbiy taʼsirini murakkab koʻp qatlamli tahli qiladi. Kalit so‘zlar: diqqat iqdisodiyoti, analog platformalar, Tik Tok, psixika, diqqat, nevrolog, informatsiya, ilmiy tadqiqotlar, dopamin tsikli,Default Mode Network (DMN), smartfon, Variabl mukofot tizimi. Abstract : In contemporary digital culture, the concept of attention is becoming increasingly relevant. Short-form video platforms such as TikTok, Instagram Reels, and YouTube Shorts exert a profound influence on human psychology. This thesis provides a multilayered analysis of how these formats impact individuals’ ability to concentrate, examining their negative effects on cognitive functions, information-processing mechanisms, and long-term attention span. The study explores how rapid, highly stimulating content contributes to cognitive fatigue, informational overload, and reduced attentional stability, ultimately shaping users’ growing dependence on fastpaced stimuli. As a result, the research aims to reveal the cognitive transformations triggered by short-form content consumption and to explain the mechanisms behind the emerging attention crisis in modern digital culture. Keywords: attention economy, analog platforms, TikTok, psyche, attention, neurologist, information, scientific research, dopamine cycle, Default Mode Network (DMN), smartphone, variable reward system. Kirish Zamonaviy raqamli ekosistemada "diqqat iqtisodiyoti" haqiqiy urush maydoniga aylanib, platformalar inson e'tiborini bir soniya ham bo'lmasa o'ziga qaratish uchun qizg'in raqobat olib bormoqda. Bu kurashning eng zamonaviy va samarali quroli sifatida TikTok va uning analog platformalari (Instagram Reels, YouTube Shorts) paydo bo'lib, ular qisqa video formatlari orqali milliardlab foydalanuvchilarning kognitiv resurslarini o'zlashtirishga muvaffaq bo'lmoqda. Biroq, bu "qisqalik" paradoksal ravishda inson psixikasida chuqur o'zgarishlarni keltirib chiqarmoqda: uzoq muddatli diqqatni jamlash qobiliyati pasaymoqda, qanoatni kechiktirish mexanizmlari buzilmoqda va miyaning informatsiyani qayta ishlash yo'llari tubdan o'zgarib bormoqda.Ushbu maqola qisqa video formatlarining nevrologik, psixologik va jitimoiy ta'sirini ko'p qirrali tahlil qilishga qaratilgan bo'lib, ularning inson diqqatini qanday qayta shakllantirishini, ilmiy tadqiqotlar orqali tasdiqlangan xavflarni va ushbu tendensiyaga qarshi turishning amaliy strategiyalarini keltiradi. Diqqatning nevrologik mexanizmlari va qisqa formatlar ularga qanday ta'sir etadiDiqqat - miyaning cheklangan kognitiv resurslarini tanlab boshqarish jarayoni bo'lib, prefrontal korteks tomonidan modulyatsiya qilinadi. Ushbu soha maqsadli harakatlar, murakkab vazifalarni bajarish va impulsni nazorat qilish uchun javobgardir. Default Mode Network (DMN) faolligining pasayishi: Chuqur fikrlash va ijodiy jarayonlar paytida faollashadigan miya tarmog'i, tez-tez kontent o'zgarishi sababli to'liq faollasha olmaydi. O'rtacha inson diqqat muddati 2000-
350 yilda 12 soniyadan 2015-yilda 8 soniyaga qisqargan. Smartfonlarni tez-tez ishlatadigan odamlarda diqqatni jamlash qiyinligi 2 baravar yuqori. Stanford universiteti tadqiqoti (2021): TikTok kabi platformalarni kuniga 2 soatdan ortiq ishlatadigan talabalarda: Stroop testida 30% sekinroq reaksiya vaqti, Matnli ma'lumotlarni eslab qolish darajasi 25% pastroq, Murakkab masalalarni hal qilishda 40% ko'proq xatolar. 1970-yillarda o'tkazilgan klassik "marshmallow testi" ning zamonaviy versiyasi shuni ko'rsatdiki, qisqa video formatlarini ko'p iste'mol qiluvchi bolalar o'z imtiyozlarini kechiktirishda qiyinchilik chekmoqda (o'rtacha 4 daqiqaga qarshi 1970-yillardagi 6 daqiqa). O'qituvchilar o'quvchilarning diqqatini 15 daqiqadan ortiq ushlab turolmasligini qayd etmoqda. Uzoq matnlarni o'qish qobiliyati sezilarli darajada pasaygan. Z avlodining (2000-yillardan keyin tug'ilganlar) diqqat grafigi "U" shaklida bo'lib, faqat juda qisqa yoki juda qiziqarli kontentga reaksiya beradi. Xodimlarning diqqati parchalanganligi sababli ish unumdorligi pasayishi (kuniga o'rtacha 2,1 soat ish vaqti yo'qoladi). Xatolar sonining oshishi va ijodiy yechimlar darajasining pasayishi. Tadqiqot davomida ishtirokchilar kuniga 95 daqiqa davomida qisqa videolar tomosha qilishgan. Bir necha oy ichida ularning miyasida va umuman hayot sifatida jiddiy o‘zgarishlar yuzaga kelgan. Kuzatilgan o’zgarishlar:Miyaning degradatsiyasi. Atigi ikki oy ichida ishtirokchilarning orbitofrontal qismida kulrang modda hajmi 2,3% ga kamaygan. Bu miya faoliyatining pasayishi va intellektual qobiliyatlarning zaiflashuviga olib keladi. Uyqu sifati buzilishi. Qisqa videolarni muntazam tomosha qilganlar orasida uyquga ketish vaqti 40% ga cho‘zilgan, uyqu sifati 30% ga pasaygan. Tadqiqot ishtirokchilarining yarmida esa surunkali uyqusizlik rivojlangan. Diqqatning yo‘qolishi. Qisqa videolarni tomosha qilishni yaxshi ko‘ruvchilarning bir narsaga diqqatni jamlash vaqti avvalgi 2,5 daqiqadan 47 soniyaga qisqargan. Bu esa ularni yana telefonga qaytishga undagan. Depressiya va xavotirlik. 64% ishtirokchilar o‘zlarida kuchayib borayotgan xavotirlik hissini his qilishgan. Bu hissiyotni faqat ijtimoiy tarmoqlarni varaqlash orqali yengish mumkin bo‘lgan. Qisqa videolarning insonning kundalik hayotiga ta’siri, ayniqsa, kitob o‘qish, kechki ovqat yoki odamlar bilan suhbatlashish kabi odatiy zavqlardan kamroq jozibadorlikka aylanishiga sabab bo‘ladi. Miyaning tizimlarini buzish va shunday holatlarda odamlar uchun “jozibadorlik” kamayadi. Tezkor videolar odamning diqqatini faqat bir soat yoki muayyan bir ishga uyushtirishda muammo tug‘diradi. Ayniqsa, miyaning qaror qabul qilish va diqqat markazlashuviga javobgar bo‘lgan qismi – prefrontal qobig‘i zarar ko‘radi. Shuning uchun, yuqori tempdagi yorqin stimullar, miyaning hatto bir vazifaga diqqatini to‘plashga va ma’lumotni yodda saqlashga xalaqit beradi. Mamlakatimizda bu kabi o‘zgarishlarning ko‘payishiga olib keluvchi faktorlar ortidan maslahatlar kelib chiqadi. Olimlar ekranlar bilan omonlik bilan bog‘liq faollikni yopish, ekran oldidagi vaqtini qisqartirish va har 10-15 daqiqada bir tanaffus qilishni yoki raqamli gigiyenani har kuni amalga oshirishni tavsiya qiladilar. Shuningdek, muxim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu “sonli salomatlik”ning ilmiy tafsiri va ruhiy salomatlikning yangi himoyasi kelgusida har bir insonga barqaror ravshanlik va yorqin tafakkurni ta’minlashga yordam beradi. XULOSA
351 Qisqa video formatlari diqqatning tabiatini tubdan o'zgartirib, inson miyasini zamonaviy raqamli ekotizimga moslashishga majbur qilmqoda. Bu jarayon nafaqat individual kognitiv qobiliyatlarning degradatsiyasi, balki jamiyatning intellektual salohiyatining umumiy pasayishiga olib kelishi mumkin.TikTok va uning analog platformalari qulaylik va qiziqarli kontentni taqdim etish orqali foydalanuvchilarni o'ziga qaram qilmoqda, ammo bu qaramlikning narxi - diqqatning parchalanishi, chuqur fikrlash qobiliyatining yo'qolishi va kognitiv chidamlilikning pasayishidir.Yechim ko'p qirrali yondashuvni talab qiladi: shaxsiy mas'uliyat (raqamli gigiyena qoidalariga rioya qilish), texnologik tartibga solish (dizayn etika tamoyillari) va ta'lim tizimini diqqatni saqlash ko'nikmalarini rivojlantirishga yo'naltirish. Diqqat - bu XXI asrning eng qimmat resursi bo'lib, uni qanday investitsiya qilishimiz nafaqat shaxsiy, balki butun jamiyatning kelajagini belgilaydi.Eng muhimi, biz texnologiyaning xizmatkorlari emas, balki uning egasi bo'lishni o'rganishimiz kerak. Aks holda, qisqa videolarning cheksiz oqimi inson aqlining chuqurliklari va ijodiy salohiyatini yutib yuborish xavfi mavjud. Diqqatni qayta egallash - bu nafaqat psixologik, balki madaniy va madaniy qadriyatlar uchun ham kurashdir. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. https://uz24.uz/uz/articles/video-25-1-19[elektron resurs] 2. Fayziev YA.M., Eshboev E.H. «Umumiy va tibbiy psixologiya». Toshkent, «Ilm Ziyo» nashriyoti, 2007 yil. 3. https://zamin.uz/uz/hayot-tarzi[elektron resurs] 4. O‘G‘Li, O. O. B. (2024). Vatanparvarlik ruhini talаbalarda rivojlantirish pedagogik muammo sifatida. Central Asian Journal of Academic Research, 2(10-2), 37-41. 5. 5.Bahodir o'g'li, O. O. (2024). RAHBAR VA XODIM MUNOSABATLARINING BOSHQARUV JARAYONIDAGI PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 41(1), 110-113. 6. Bahodir o'g'li, O. O. (2024). Samadova Laylo Alisher qizi 2024. FANLAR TIZIMIDA PEDAGOGIKA FANINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQADORLIGI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 41(1), 103-106. 7. Ozodqulov, O. B. O. G. L. (2020). O’RTA OSIYODA CHO’L MINTAQASINING EKOLOGIK OQIBATLARI. Academic research in educational sciences, (2), 196-200.