scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TYPES OF EDUCATION AND ITS ESSENCE

Sulaymonova, Charos; Saidjonova, Dilshoda

Abstract

This article discusses the main types of upbringing, their content and role in the development of the individual. The process of upbringing is aimed at the comprehensive development of the individual, in which the areas of spiritual and moral, physical, labor, aesthetic, civic and ideological upbringing are of particular importance. The article explains the essence, tasks of upbringing and the role of each type in the educational process.

Full text

ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 900 TARBIYA TURLARI VA UNING MOHIYATI Sulaymonova Charos Farhod qizi Saidjonova Dilshoda Durinboy Qizi Termiz davlat pedagogika instituti talabasi SULAYMONOV[email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada tarbiyaning asosiy turlari, ularning mazmuni va shaxs rivojlanishidagi o‘rni yoritilgan. Tarbiya jarayoni shaxsni har tomonlama kamol toptirishga qaratilgan bo‘lib, unda ma’naviy-axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, fuqarolik va mafkuraviy tarbiya yo‘nalishlari alohida ahamiyat kasb etadi. Maqola tarbiyaning mohiyati, vazifalari hamda har bir turining ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘rnini tushuntirib beradi. Kalit so‘z: Tarbiya, ta’lim, shaxs kamoloti, ma’naviy tarbiya, jismoniy tarbiya, mehnat tarbiyasi, estetik tarbiya, fuqarolik tarbiyasi, axloq. KIRISH Tarbiya – yosh avlodni maqsadga yo‘naltirilgan holda shakllantirish, ularda to‘g‘ri dunyoqarash, ijtimoiy xulq-atvor va zarur hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish jarayonidir. Inson tarbiyasiga bo‘lgan ehtiyoj jamiyat taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, har bir davr tarbiyani o‘z talablari asosida takomillashtirib boradi. Tarbiya turlari turli yo‘nalishlarda amalga oshiriladi va har biri shaxsning ma’lum jihatini rivojlantirishga qaratilgan. Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, rivojlanishi, yoʻnalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir. Chunki, kadrlar tayyorlash milliy modelimizning bosh muddaosi barkamol shaxs va intellektual salohiyatli mutaxassis tayyorlashdan iborat boʻlib, Oʻzbekistonning xalqaro andozalardagi zamonaviy taraqqiyotini ta’minlay oladigan, mustaqil fikr yuritadigan, tafakkurli, malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda insonning ichki sifatlari barq urib kamolotga yetgan kadrlarni tayyorlashni koʻzlaydi. Mazkur maqsadni amalga oshiruvchi asosiy omillardan biri tarbiya jarayonidir. Tarbiyaning maqsadi natijasi barkamol avlodni shakllantirishdir. Bu jarayon ikki tomonlama boʻlib, uyushtirish va rahbarlikni, shuningdek, oʻquvchi shaxsning oʻzi tomonidan faollik koʻrsatishni taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog yetakchi vazifani bajaradi. Chunki ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari, mohiyatini tushunadi, maqsad yoʻlida amalga oshirilayotgan vazifalar tizimidan yaxshi xabardor, tarbiya shakllari, metodlar va vositalarni asosli, ilmiy tarzda tanlab oladi va tarbiyaga tadbiq etadi. Inson shaxsi koʻp sonli omillar ta’siri natijasida shakllanadi va rivojlanadi: ob’ektiv va sub’ektiv, tabiiy va ijtimoiy, ichki va tashqi, odamlarning ongi va shuuriga bogʻliq boʻlgan va boʻlmagan. SHu sababli insonning oʻzi ham tashqi ta’sirni shunchaki aks ettiruvchi sust mavjudot emas. U oʻzining shaxsiy shakllanishi va rivojlanishi sub’ektidir. Tarbiya – shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon boʻlib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi. Tarbiya - shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan hissiyotlarga ega boʻlishini ta’minlash yoʻlida koʻriladigan chora-tadbirlar yigʻindisi . ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 901 Demak, tarbiya ijtimoiy hodisa boʻlib, insoning shaxs boʻlib shakllanishini ta’minlaydigan eng qadimiy va abadiy ma’naviy qadriyatdir. Tarbiya insoniyat paydo boʻlishi bilan birga paydo boʻlgan boʻlib, usiz alohida shaxs ham, kishilik jamiyati ham faoliyat koʻrsata olmaydi. Chunki, tarbiya inson va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyat boʻlib, u avloddan, avlodga oʻtib boraveradi. Tarbiya yordamida inson shaxsining ma’naviy jihatlarini qaror toptirish koʻzda tutiladi. Dunyoqarash, e’tiqod ezgulik, goʻzallik, yaxshilik, odatlilik va koʻnikmalarning shaxs sifatiga aylantirilishi tarbiya yordamida amalga oshiriladi. Tarbiya jarayoni oʻzaro bogʻliq boʻlgan ikki faoliyatni – oʻqituvchi va oʻquvchi faoliyatini oʻz ichiga oladi. Tarbiya jarayonida oʻquvchining ongi shakllanib boradi. His-tuygʻulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur boʻlgan va ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil boʻladi. Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan toʻgʻri uyushtirish gʻoyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda boʻladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta’siri bolaning ularga munosabati, bogʻliqligini koʻrsatadi. Bola faoliyatini uyushtirish emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan qanday anglashni baholashi, his qilishni anglashi e’tiborga molikdir. Ulardan oʻzi uchun nimalarni maqsad qilib olayotganligini bilishi zarur. Bularning barchasi turli kishilar bilan aloqa qilish, jamoadagi munosabatlar jarayonida murakkablashib boradi. Tarbiya jarayoni oʻquvchining ongini emas, balki his-tuygʻularini ham oʻstirib borishi, unda jamiyatning shaxsga qoʻyadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan huquqiy malaka va odatlarni hosil qilishi lozim. Bunga erishish uchun oʻquvchining ongiga, hissiyotiga va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga oʻqituvchi rahbarlik qiladi. Oʻquvchilar faoliyatini belgilaydi, ularni ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi. Tarbiyani samarali yoʻlga qoʻyish uchun uning harakatlantiruvchi kuchini – tarbiya jarayonining manbasini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bir soʻz bilan aytganda tarbiya jarayoni – har bir insonning hayotda yashashi (umumiy faoliyat, ta’lim, tarbiya) jarayonida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy koʻnikmasini oʻzida shakllantirish va oʻzgalarga berish jarayonidir. Tarbiya jarayonida ichki va tashqi qarama-qarshiliklar mavjud boʻlib, u bevosita tarbiyalanganlik darajasiga bogʻliq boʻladi. Tarbiyada oʻquvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish kerak boʻladi. Bu jihat unutilsa, qarama-qarshiliklar kuchayadi. Tarbiyalanganlik – milliy urf-odatlar, qadriyatlarga e’tiqod bilan rioya qiladigan, noqonuniy ishlardan oʻzini tiya oladigan, oʻz xatti-harakatlari bilan oʻzgalar nafratini qoʻzgʻamaydigan xulqatfordir. Faoliyat jarayonida hosil boʻlgan malaka va odatlar axloq me’yorlariga rioya qilishni yengillashtiradi. Demak, tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri – oʻquvchilik yillarida uning ongiga turlituman faoliyat (oʻqish, mehnat, oʻyin sport, badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir etishi mumkin. Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshiriladi, uning tarkibiy qismlari ham ayni bir vaqtda faoliyatning biror turi asosida amalga oshiriladi. Tarbiya pedagogikadagi asosiy tushunchalardan biri sanaladi. Jamiyat va pedagogikaning tarixiy rivoji davomida mazkur kategoriyani tushuntirishga turlicha yondashuvlar yuzaga keldi. Eng avvalo, yuqorida ta’kidlab oʻtganimizdek, keng va tor ma’nodagi tarbiya farqlanadi. Keng ma’noda tarbiya ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 902 shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uygʻunlashadi. Tor ma’nodagi tarbiya deganda, pedagogik jarayon sharoitida ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi. Ushbu holatda pedagoglarning tarbiyaviy faoliyati tarbiyaviy ish deb ataladi. Tarbiya mazmuni deganda, qoʻyilgan maqsad va vazifalar bilan bogʻliqlikda ta’lim oluvchilarning egallashi lozim boʻlgan bilim, malaka, e’tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi. Tarbiya qonuniyatlari – bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlgan barqaror aloqalar. Tarbiya tamoyillari deb yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan kelib chiqadigan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni va yoʻnalishiga qoʻyiladigan eng muhim talablarni belgilab beruvchi asosiy gʻoya va qoidalar yigʻindisiga aytiladi. Tarbiya tamoiyllari oʻqituvchi va tarbiyalanuvchilarga yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi qoidalar boʻlib, yosh avlodni tarbiyalash, barkamol insonni shakllantirish vazifalariga muvofiq belgilanadi, shuningdek, ular shaxs tarbiyasi borasidagi ilgʻor ta’limotlar gʻoyalariga hamda pedagogika fanida erishilgan yutuqlarga asoslanadi. Tarbiya tamoyillari tarbiya jarayoni qonuniyatlarini aks ettiradi. Tarbiyaviy jarayonda ilgʻor tamoyillarga amal qilinishi tarbiya samarasini ta’minlaydi. Tarbiya tamoyillari quyidagilardan iborat: ➢ Tarbiyaning maqsadga yoʻnaltirilganligi va gʻoyaviyligi; ➢ Tarbiyada demokratik va insonparvarlik gʻoyalarining ustunligi; ➢ Tarbiyada milliy, umumbashariy qadriyatlarning ustunligi; ➢ Tarbiyada izchillik va tizimlilik; ➢ Tarbiyaning ijtimoiy hayot bilan qoʻshib olib borish; ➢ Tarbiyani mehnat bilan bogʻlash; ➢ Tarbiyalanuvchi shaxsni xurmat qilish; ➢ Tarbiyada oʻquvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish; ➢ Jamoa va jamoa yordamida tarbiyalash; ·Tarbiyada oʻquvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy tomonlarni yoʻqotish. Tarbiyaning maqsadga yoʻnaltirilganligi va gʻoyaviyligi – oʻqituvchi ijtimoiy tarbiya maqsadi va vazifasini aniq tasavvur etishi va puxta anglab olishi zarur. Yosh avlodni yuksak gʻoyaviylik ruhida tarbiyalash – ularning ongiga xalq, millat, yurt, jamiyat manfaatlaridan yuqoriroq manfaat boʻlishi mumkin emasligini singdirish, ularni vatanga, xalqqa muhabbat ruhida va sadoqatli qilib tarbiyalash demakdir. Bu sohada mustaqil respublikamiz xalq ta’limi hodimlarining asosiy vazifasi erkin, ijodkor, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, yetuk mutaxassis komil shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning barchasi ijtimoiy tarbiyaning maqsadini ruyobga chiqarishga yoʻnaltirilishi zarur. Oʻqituvchi (tarbiyachi)lar jamoasi va har bir oʻqituvchi – tarbiyachi tarbiyaning maqsadi har tomonlama kamol topgan mukammal inson shaxsini tarbiyalashdan iborat boʻlishi lozim. Ana shunda mazkur tamoyil oʻz vazifasini bajargan boʻladi. Tarbiyada demokratik va insonparvarlik gʻoyalarining ustunligi – tarbiyada inson shaxsini ijtimoiy qadriyat deb tan olish har bir bola, oʻsmir va oʻspirinning betakror va oʻziga xosligini xurmatlash, ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 903 uning ijtimoiy xulqi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash bu – tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlaridan yuqori qoʻyish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi oʻrtasidagi oʻzaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini oʻzgartirish demakdir. Bu tarbiya ishiga jamoatchilikni jalb qilish, uning rivojlanishiga jamoat omilini kiritish demakdir. Oʻqituvchi oʻquvchiga avvalgidek tarbiya obyekti emas, balki oʻzi kabi subyekt deb qarashi darkor. Ya’ni oʻquvchi teng huquqli hamkor, hamfikr deb qarash lozim. Umuman, ta’lim va tarbiyani insonparvarlashtirishning diqqat markazida insonning muhim masalasi va muddaosi, ya’ni bolalarda inson shaxsiga dunyodagi eng yuqori, bebaho boylik sifatidagi munosabatini shakllantirishdek faoliyat yotadi. Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustunligi – xalqning koʻp asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy merosini chuqur bilmasdan milliy oʻzlikni anglash, milliy gʻurur tuygʻusini qaror toptirish mumkin emas. Shu bois, xalq an’analari, urf odatlari, marosimlari, xalq ogʻzaki ijodi, milliy oʻyinlar va ularda ifodalangan gʻoyalarni oʻquvchilar ongiga singdirish, ularda ushbu gʻoyaga nisbatan hurmatni qaror toptirish lozim. Umumbashariyat uchun qadrli, ardoqli boʻlgan, insoniyat oʻtmishi, buguni hamda kelajagi uchun dahldor qadr-qimmatga ega boʻlgan an’anlar, urf-odatlar haqida ma’lumotlar berish, ularda mehrmuhabbat tuygʻusini uygʻotish, ularni qoʻllab-quvvatlash, ezgu gʻoyalar uchun kurashish hissini qaror toptirish tarbiya jarayonida amalga oshirilishi lozim. Tarbiyada izchillik juda muhimdir. Oʻquvchilarga birdaniga koʻp talab va qoidalarni taqdim qilish mumkin emas. Oʻqituvchilar oʻquvchilarga boʻlgan munosabat jarayonida oʻzaro bir-biriga zid harakatda boʻlmasliklari, yagona talab qoʻyishlari lozim. 3. Tarbiya jarayonini amalga oshirishda innovasion texnologiyalardan foydalanish. Tarbiya jarayonining mohiyati, qonuniyatlari hamda oʻziga xos jihatlari xususidagi mavjud nazariy va amaliy gʻoyalarga, pedagogik bilimlarga tayangan holda tarbiya texnologiyasining tarkibiy qismlarini quyidagicha belgilash mumkin: ➢ tarbiya jarayonining umumiy loyihasi; ➢ tarbiyani tashkil etishga boʻlgan ijtimoiy ehtiyoj (ragʻbat); ➢ tarbiya maqsadi; ➢ tarbiya mazmuni (shakl, metod, usul va texnik vositalar); ➢ tarbiyachi faoliyati; ➢ tarbiyalanuvchi faoliyati; ➢ tarbiya samarasi (natija). Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida tashkil etiluvchi tarbiyaviy tadbirlarga nisbatan tyexnologik yondashuv quyidagi holatlarning namoyon boʻlishi bilan tavsiflanadi: tarbiyaviy tadbir mavzusi va gʻoyasini yoshlar tomonidan bildirilgan shaxsiy tashabbuslar, ularning xohish-istaklariga kura byelgilash; tarbiyaviy tadbir stsyenariysini ishlab chikishda yoshlarning mustaqil faoliyat yuritishlari uchun shart-sharoitlarni yaratish; tarbiyaviy tadbir mazmunida oʻz ifodasini topgan rollarning majburiy tarzda emas, balki yoshlarning layoqati, qobiliyati, shuningdyek, kizikishlarini inobatga olish asosida taksimlanishiga erishish; tarbiyaviy tadbirning tashkil etilishi va oʻtkazilishida oʻqituvchining roli buyruk byerishdan iborat bulmay, aksincha, yoshlarga yoʻl-yurik koʻrsatish, ularning faoliyatini yoʻnaltirib turish hamda zarur urinlarda maslaxat byerish sifatida aks etishiga erishish; tarbiyaviy tadbir maqsadining natijalanganligini sinf, gurux yoshlarining faol ishtirokiga ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 904 tayangan xolda muxokama qilish, muxokama jarayonida oʻqituvchi tomonidan turli tanbyexlarning byerilishiga yoʻl qoʻymaslik, aksincha yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarning yoshlarning oʻzlari tomonidan aniqlanib, ularni bartaraf etish (kyeyingi tadbirni oʻtkazish jarayonida ularning takrorlanishining oldini olish) yoʻlida chora-tadbirlarni byelgilash muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda tarbiyaviy tadbirlarning tashkil etilishiga nisbatan tyexnologik yondashuv mohiyati yoshlar mustaqilligini ta’minlashda quyidagi omillarning mavjudligiga e’tiborni qaratishni ham taqozo etadi: - yoshlarda tarbiyaviy tadbirlarning oʻtkazilishiga nisbatan ichki ehtiyoj, qiziqish va ragʻbatning mavjudligi; - yoshlarning tarbiyaviy tadbirlarni mustaqil tashkil etish borasida muayyan tajribalarga ega ekanliklari; - tarbiyaviy tadbir gʻoyasining yoshlar ichki ehtiyojlariga mos kyelishi. Ta’lim muassasalari amaliyotida yuqorida bayon etilgan omillarni inobatga olish va shu asosida tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish ularning muvaffaqiyatli tashkil etilishini ta’minlab qolmay, balki yoshlarda ularning oʻtkazilishiga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantiradi, ma’naviy-axloqiy sifatlarning tarbiyalanishi uchun qulay sharoitni hosil qiladi. Tarbiya texnologiyasida oʻqituvchi tomonidan belgilanadigan maqsadlar turli darajada boʻlishi va bosqichma-bosqich bir-biriga boʻysunishi, ketma-ket bajarilishi mumkin. Biroq tarbiyaviy maqsadning asosiy mohiyati — davlat maqsadlari, ijtimoiy buyurtmalardan kelib chiqishi lozim. Aytish mumkinki, asosiy daraja - mamlakatda inson va uning fuqarolari qadr-qimmati toʻgʻrisidagi ijtimoiy tasavvurlarni aks ettiradigan maqsadlardir. Ular mutaxassislar tomonidan ishlab chiqiladi, hukumat tomonidan qabul qilinadi, qonunlar va boshqa hujjatlarda qayd etiladi. Keyingi daraja - ta’lim dasturlari va standartlarida aks etadigan maqsadlar, ya’ni davlat ta’lim standartlari, maxsus ta’lim tizimlarining va ta’lim bosqichlarining maqsadlari. Eng quyi daraja — muayyan yoshdagi kishilarni tarbiyalashda maqsadning birligi. Barcha ta’lim muassasalarida pedagoglar 3 asosiy jihatlarga ahamiyat berishlari lozim: nazariy, ruhiy, amaliy. Nazariy jihati - bu tarbiyachining pedagogik va psixologik bilimlarini tizimiy ravishda oʻz mehnat faoliyatiga moslash; Psixologik jihati – bu tarbiyalanuvchilar bilan kun davomida oʻzaro munosabat oʻrnatish, muloqotda boʻlish jarayoni uchun sharoit yaratish. Amaliy jihati – bu tarbiyalanuvchi bilan oʻzaro munosabat oʻrnatish davomida bilim va tajribasiga tayanib, barcha malaka va koʻnikmalarni qoʻllash. Bu uchala jihatlarning oʻzaro mantiqan bogʻliqligi ta’lim jarayonini nazariy bilimlardan foydalangan holda amaliyotda qoʻllash uchun zamin yaratadi. Xulosa Tarbiya turlari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, har biri shaxs rivojida muhim o‘rin tutadi. Ma’naviy-axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik va fuqarolik tarbiyasi uyg‘un holda olib borilganda, o‘quvchi hayotga tayyor, mustaqil fikrlay oladigan, jamiyatda o‘z o‘rnini topa oladigan barkamol shaxs sifatida shakllanadi. Tarbiya jarayonining samaradorligi pedagogning mahorati, oilaning roli va ta’lim muassasasining tarbiyaviy ish tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir. Foydalanilgan adabiyotlar 1. H. Hasanboyeva, O. To‘xtayeva. Pedagogika. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2020. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 905 2. X. Yo‘ldoshev, B. Qurbonov. Pedagogika nazariyasi va tarixi. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 2019. 3. G‘. Shoumarov, R. Ishmuhamedov. Umumiy pedagogika. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2021. 4. A. Jo‘rayev. Tarbiya nazariyasi va metodikasi. – Toshkent: “Innovatsiya-Ziyo”, 2022. 5. M. Ochilov. Barkamol avlod tarbiyasi asoslari. – Toshkent, 2018. 6. UNESCO Education Reports. Holistic Child Development and Education, 2020. 7. *O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” Qonuni, 2020-yilgi tahriri. 8. Abdullaeva Sh., Nasriddinova D. Yoshlar tarbiyasida zamonaviy yondashuvlar. – Toshkent, 2022. 9. I. Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent, 2008. (Ma’naviy tarbiya uchun asosiy manba sifatida) 10. Bolalar psixologiyasi va tarbiyasi bo‘yicha xalqaro ilmiy maqolalar (Google Scholar, ResearchGate bazalari).